1. Mirzo Ulug’bekning ta’lim sohasidagi islohotlari Pedagogik odob va pedagogik nazokat haqida tushuncha



Download 19,17 Kb.
bet1/2
Sana27.06.2022
Hajmi19,17 Kb.
#708514
  1   2
Bog'liq
Hujjat (5)


11 variant
1. Mirzo Ulug’bekning ta’lim sohasidagi islohotlari
2. Pedagogik odob va pedagogik nazokat haqida tushuncha.
3. Ekologik tarbiyaning mazmuni va usullari.
4. Sharq mamlakatlarida madrasalarning paydo bo‘lishi va ularning ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni.
5. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning vazifalari
JAVOBLAR

1.Ulug’bek davrida maktab islohoti


Ulug’bek Movаrounnаhr shаhаrlаrini, xususаn Sаmаrqаnd vа Buxoroni ilm-u mа’rifаt dаrgohigа аylаntirishgа intilаdi. Uning fаrmoni bilаn 1417-yildа Buxorodа, 1417-1420-yillаrdа Sаmаrqаnddа vа 1433-yildа G’ijduvondа mаdrаsаlаr qаd ko’tаrаdi. Hаtto Buxoro mаdrаsаsining dаrvozаsigа «Bilim olish hаr bir musulmon аyol vа erkаkning burchidir» degаn kаlimа o’yib yozib qo’yilаdi. Movаrounnаhrning bu uchtа qаdimiy shаhаrlаridа bаrpo etilgаn ilmgohlаr, xususаn Sаmаrqаnd mаdrаsаsi zаmonаsining dorilfununi edi. Ushbu mаdrаsаlаrdа ilohiyat ilmlаri: Qur’on, hаdis, tаfsir, fiqh (din vа shаriаt qonun vа qoidаlаri) bilаn bir qаtordа riyoziyot, (mаtemаtikа), hаndаsа (geometriya), ilmi hаy’аt (аstronomiya), tibbiyot (meditsinа), tаrix, jo’g’rofiya, ilm-u аruz (poetikа), аrаbtili vа uning morfologiyasi (kofiya) kаbi dunyoviy ilmlаr hаm o’qitilаrdi. Ulug’bekning Sаmаrqаnddаgi mаdrаsаsi ikki qаvаtli, ellik hujrаli bo’lgаn. Hаr bir hujrа uch xonаgа: qаznoq (omborxonа), yotoqxonа vа dаrsxonаlаrgа bo’lingаn. Tаrixiy mаnbаlаrdа sаqlаngаn mа’lumotlаrgа qаrаgаndа, mаdrаsаdа yuzdаn ortiq tаlаbа istiqomаt qilgаn vа tа’lim olgаn. Mаdrаsаdа o’shа zаmonning iqtidorli olimlаridаn mаvlono SHаmsiddin Muhаmmаd Hаvofiy etаkchi mudаrris bo’lgаn. O’rtа аsrlаrning mаshhur olimlаri Qozizodа Rumiy, G’iyosiddin Jаmshid Koshoniy, Mirzo Ulug’bek vа uning shogirdi Аlouddin Аli Qushchilаr turli fаnlаrdаn dаrs bergаnlаr. XVI аsrning mаshhur аdibi Zаyniddin Vosifiyning yozishichа, 1420-yildа mаdrаsа ochilgаn. Kuni birinchi dаrsni SHаmsiddin Muhаmmаd Hаvofiy o’qigаn ekаn. Dаrsdа tolibi ilmlаrdаn to’qson nаfаri qаtnаshgаn, lekin dаrsning mа’nosigа Ulug’bek Mirzo bilаn Qozizodа Rumiydаn boshqа hech kirn tushunmаgаn. Аyrim mа’lumotlаrgа qаrаgаndа, mаdrаsаdа ilmi hаy’аt (аstronomiya)dаn dаrsni Qozizodа Rumiy bergаn. Hаtto fors-tojik аdаbiyotining klаssiklаridаn biri Аbdurаhmon Jomiy yoshlik chog’idа Sаmаrqаndgа kelib, Qozizodа Rumiydаn bir nechа mаrtа аstronomiya fаnidаn sаboq olgаn. Mаdrаsаdа kаmidа 15-16 yil tаhsil ko’rib, uning dаsturi bo’yichа fаnlаrni to’lа o’zlаshtirgаn vа imtihonli sаboqlаrdа o’z bilimini nаmoyish qilа olgаn tolibi ilmlаrgа «sаnаd» - shаhodаtnomа yozib berilgаn. Mаnа shundаy shаhodаtnomаlаrdаn biri Ulug’bekning Sаmаrqаnddаgi mаdrаsаsidа qаriyb o’n olti yil tаhsil ko’rgаn bаlxlik SHаmsiddin Muhаmmаd nomigа hijriy 838 (1435)-yil rаjаb oyining o’rtаlаridа Qozizodа Rumiy imzosi bilаn yozib berilgаn edi.
2.Pedagog odobi eng avvalo, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ozaro munosabatlarida namoyon boladi. Biroq bunday yondashuv bir qadar cheklangan nuqtai nazar ekanligini takidlash joiz. Zero, tarbiyachining kasbiy axloqi faqat tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti jarayonidagina namoyon bolmaydi, balki uning butun faoliyati davomida birinchi darajali ehtiyoj sifatida ifodalanadi. Boshqacha aytganda, pedagog odobi tushunchasi tarbiyachi dunyoqarashining hayotiy tizimini anglatadi. Pedagog odobi tushunchasining mazmuni axloqiylik bilan birga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy jihatlarni ham oz ichiga qamrab oladi.
Axloqiy talim-tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida pedagog odobi fazilatlarini shakllantirishda ikki yonalishdagi aloqador tushunchalarni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir: birinchisijamiyatning oqituvchi shaxsiga munosabati; ikkinchisioqituvchi shaxsining jamiyatga munosabati.
Oqituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim bolgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliyaxloqiy fazilatlar barcha kishilar, hamma kasb egalari, jumladan, oqituvchitarbiyachilar uchun ham juda zarurdir.
Axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fel-atvorini tartibga solib turuvchi axloqiy qoidalar, normalar, talablar, mezonlar shaklida ifodalanadi. Axloq normalari davlatning turli qonunlari bilan amalga oshiriladigan huquq normalaridan farq qilib, ommaviy odat va namuna kuchi, jamoatchilikning fikri tasirida yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqelik shaxs oldiga malum axloqiy talablar qoyadi, bu talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi. Jamiyat oz faoliyati va istiqboli uchun xizmat qiladigan axloq normalari, talablari, mezonlarini belgilaydi.
Oqituvchi umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlarni ozlashtirib olishi, tajribada qollashi, ozining dunyoqarashi, mafkurasi vaa axloqiy tajribasi bilan taqqoslash lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab korish natijasida umuminsoniy va milliy-axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar oqituvchining oz axloqiy fazilatiga, etiqodiga aylanadi. Bular muallimning dunyoqarashi, fikr va mulohazalari bilan qoshilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish sharoitida uning orni va rolini belgilaydi.
Oqituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilati va etiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy etiqod va sifatlar oqituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarida, tinglovchilar, ota-onalar va boshqa kishilar bilan muomala, munosabatlarida, kundalik turmushda ozining shaxsiy namunasi bilan axloqiy tasir otkazishida kozga tashlanadi.
Pedagogik takt oqituvchi axloqining amaliy korinishlaridan biridir.
Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy tasirining samaradorligida, axloqiy tarbiya sohasida erishgan yutuqlarida namoyon boladi.
Oqituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliyaxloqiy fazilatlar, tushunchalariga mos keladi va ularni pedagogik faoliyat bilan bogliq tarzda bir qadar oydinlashtiradi, aniqlaydi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy gurur, baynalmilalchilik, adolat, yaxshilik qilish, burch, qadr-qimmat, masuliyat, vijdon, halollik, rostgoylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar oqituvchi odobida pedagoglik faoliyati bilan bogliq ravishda tahlil qilinadi. Talim oluvchilarga yaxshilik qilish, oqituvchilik burchi, oqituvchilik shani, qadr-qimmati, oqituvchilik masuliyati, oqituvchilik vijdoni, talabchanlik va adolatli bolish, oqituvchining manaviy qiyofasi halolligi, pokligi, rostgoyligi kabilar oqituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularni chuqur va puxta ozlashtirish bolajak oqituvchi uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi.

Download 19,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish