2000 yil Zulfiya “Do‘stlik” sharafli ordeni bilan mukofotlanadi.
– Ayol qalbi… Jamiki ko’ngillarni mehru muhabbatining tafti ila isita oladigan muhabbat quyoshi. Uning go’zal sifatlari ham shu qadar serobki, ularning barchasini sanab sanog’iga yetib bo’lmasa kerak.
Ayolning qalb boyliklaridan birinchi navbatda fidoiylikka diqqatni qaratgan bo’lardim. Aslida, bu fazilat – ayol ko’nglining nafaqat boyligi, balki uning ustunidir. E’tibor bersangiz, ayol umri davomida o’zgalarning tashvishlari bilan ovora yashaydi, yon-atrofdagilariga g’amxo’rlik qiladi-yu, o’zini o’ylamaydi. Oilasi, farzandlari deb yashaydi. O’z manfaatlarini o’zgalarnikidan ustun qo’yishni xayoliga ham keltirmasa kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |