Bardoshim so’z bermas, deyman, qoyaga… Roziman, o’lguncha xalqim deb o’ldim.
Zulfiya Mo‘minova 15 iyul kuni Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. O‘zining tarjimai xolida yozishicha, Horatov tog‘ining yon bag‘rida joylashgan so‘lim qishlog‘i go‘zal tabiati bilan mahliyo qiladi. Bu yerda xalq ijodini juda yaxshi tushunadigan va ijro etib bera oladigan insonlar yashaydi. Bolaligimdan Mo‘min oqin bobom bir necha soatlab dostonlar kuylashlarini eshitardim. Yillar o‘tdi, ko‘p suvlar oqib ketdi, ammo xalq og‘zaki ijodi hanuz she’rlarimda jaranglaydi.
Ilk she’riy to‘plami “Vatan tashlab ketmaydi” 1988 yil chop etilgan. Shundan so‘ng, 1988 yil “Beshiklarni asragin”, 1993 yil “Yonayotgan ayol”, 1997 yil “Azizim, baxtiyorman” kabi she’riy to‘plamlari bosmadan chiqdi. Ayniqsa, “Yonayotgan ayol” to‘plami kitobxonlarga manzur keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |