Mintaqaviy siyosat bo'yicha xorijiy tajribalar
Xorijiy adabiyotlami o'rganish shuni ko'rsatadiki, hududlarni rivojiantirish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo'yicha turli mamlakatlarda xilma-xil yo'nalishlar mavjudligiga qaramay, ular o'rtasida tafovutlar kam, mintaqaviy iqtisodiy siyosatni amalga oshirishdagi maqsadlari esa quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:
iqtisodiy qoloq mintaqalar rivojlanishini rag'batlantirish;
markaziy hokimiyat vazifalarining katta qismini mahalliy davlat organlari zimmasiga yuklash;
yirik shaharlarda sanoat ishlab chiqarishi to'planishini cheklash;
yangi o'zlashtirilgan hududlarda ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirishni rag'batlantirishahri
Mintaqaviy siyosatni amalga oshirishning eng ommaviy usullaridan biri hududiy rivojlantirish jamg'armalarini tashkil etish hisoblanadi. Birinchi marta 1975-yilda Yevropa Ittifoqi qoshida hududiy muvofiqlashtirish jamg'armasi tashkil etilgan. Boshqa bir qancha mamlakatlarda ham ayrim hududlarning ijtimoiy- iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida maxsus jamg'armalar (Italiyada davlat subsidiyasi hisobiga faoliyat yuritadigan va janubiy hududlar infratuzilmalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan «Janub xazinasi»; Bolgariyada ayrim hududlar rivojlanishini jadallashtirish davlat dasturini ta’minlash bo'yicha jamg'arma, Vengriyada uchta maqsadli jamg'armadan iborat hududlar rivojlanishining markaziy jamg'armasi va boshq.) tuzilgan.
Ko'plab xorijiy mamlakatlar mintaqaviy siyosatining muhim xususiyati shundaki, unda yirik ma’muriy-hududiy birliklar (guberniya, shtat, provintsiya) emas, balki muayyan shahar va munitsipalitetlar hududiy muvofiqlashtirish makonlari hisoblanadi. Jumladan, Fransiyada kam rivojlangan Janubi-g'arb mintaqasining 9 ta aglomyeratsiya va 17 shahar, Ispaniyada 10 ta “rivojlanish markazlari” va 2 ta “sanoatni rag'batlantirish markazlari”, Yaponiyada 10 ta “sanoat rivojlanishining alohida rayonlari”, 6 ta “yangi sanoat shaharlari”, Italiyada 12 ta “sanoatni rivojlantirish areallari” va 26 ta “sanoatlashtirish yadrolari”, Germaniyada 300 ta “muhim aholi punktlari” va hokazo.
Bu sohada nidyerlandiyaliklar va belgiyaliklar tajribasi ayniqsa diqqatga sazovor. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Belgiyada shahar va qishloqlar rivojlanishini rejalashtirish bo'yicha qonun ilk bora 1915-yilda qabul qilingan.
Ko'plab mamlakatlarda mintaqaviy siyosat ichki imkoniyatlari va shart- sharoitlaridan kelib chiqib, turli hududlar uchun turlicha qo'llanilishi mumkin. Masalan, tug'ilishni kamaytirish siyosati nihoyatda qat’iy yo'lga qo'yilgan Xitoyning zichlik ko'rsatkichlari ancha past bo'lgan Uyg'ur-Syangan avtonom okrugi va Tibet uchun oilada bolalar soni cheklanmagan.
Rivojlangan mamlakatlar orasida Yaponiyaning bu sohadagi tajribasi alohida afzalliklarga ega. Aniq maqsadga yo'naltirilgan uzoq muddatli dasturlar izchil amalga oshirilishi natijasida Yaponiya tarixan qisqa davr ichida dunyodagi eng taraqqiy etgan mamlakatlar safidan joy oldi.
Yaponiya mintaqaviy-iqtisodiy siyosati yer va tabiiy resurslarning cheklanganligidan, kishilar faoliyatini tabiiy sharoit bilan uyg'unlashtirish zarurati va mamlakat turli hududlari aholisining turmushi bo'yicha bir xil sharoit yaratish talabidan kelib chiqadi.
Umuman, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining har bir bosqichida mintaqaviy dasturlar ishlab chiqish jamiyat va davlat oldida turgan maqsad va vazifalar, ularning miqyosi va amalga oshirish imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Yaponiyada moddiy va moliyaviy resurslar hamda ishlab chiqarish quvvatlarini kam rivojlangan, “chekka” mintaqalarga jalb etishning tez moslashuvchan va qulay usuli barpo etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |