1. Milliy iqtisodiyot tarkibi, uning mazmuni va asosiy shakllari…



Download 67,41 Kb.
Sana19.08.2021
Hajmi67,41 Kb.
#151837
Bog'liq
kurs ishi222222222222222222


Reja

Kirish


1.Milliy iqtisodiyot tarkibi, uning mazmuni va asosiy shakllari…

2.Iqtisodiy faoliyat tarkibini tahlil qilish…

3.Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari…

Xulosa


1.Milliy iqtisodiyot tarkibi, uning mazmuni va asosiy shakllari.

Iqtisodiyot murakkab va ko’p qirrali xususiyatga ega. U har biri aniq funktsiyani bajaradigan va shuning bilan birga boshqa bo’g’inlar harakatini ta’minlaydigan keng tarmoqli turli xil bo’limlar tizimidan iborat. Shuning uchun iqtisodiyotning tarkibi doimo rivojlanishda va takomillashtirishda bo’ladigan murakkab organizmdir. Hammaga ma’lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakka hokimligiga, xom ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xom ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov qisqa qilib aytganlaridek, «O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan» bir mamlakat edi.

Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir.

Shunday qilib, O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda.

Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.

Iqtisodiyotning tarkibi (strukturasi) deganda ma’lum omillar ta’sirida yuzaga kelgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimotini ifodalaydigan iqtisodiyot tarmoqlarining nisbati tushuniladi.

Ma’lumki, Markazlashgan boshqaruv tizimida muayyan mamlakat iqtisodiyoti “xalq ho’jaligi” iborasi bilan ifodalanar edi. Bunday yondashuvda mamlakat iqtisodiyoti ikki sohaga, ya’ni: Ishlab chiqarish

Noishlab chiqarish sohalariga bo’lingan xalq xo’jaligi tarmoqlari tasnifiga asoslanar edi.

Ishlab chiqarish sohasi: Sanoat; Qishloq xo’jaligi; O’rmon xo’jaligi; Qurilish;

Yuk transporti Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi aloqa; Moddiy texnika ta’minoti;

Savdo va tayyorlov tashkilotlari; Umumovqatlanish korxonalari; Boshqa har xil ishlab chiqarish faoliyatlari; Noishlab chiqarish sohasi: Uy-joy kommunal xo’jaligi va aholiga maishiy xizmat ko’rsatish;

Sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sotsial ta’minot; Xalq ta’limi; Madaniyat va san’at; Moliya, kredit va davlat sug’urtasi; Boshqarish; Mudofaa; Har xil noishlab chiqarish faoliyatlari.

Xalq xo’jaligini bu tartibda guruhlash iqtisodiyotni ma’muriy buyruq bilan boshqarish sharoitida vujudga kelgan bo’lib, haddan tashqari markazlashgan rejalashtirish uslubiga asoslangan edi. Bunday tasnif bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera olmaydi. CHunki unga asoslanib:

Noishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan ijtimoiy qiymatni aniqlash;

Tarmoqlarni mulk shakllariga ajratib o’rganish;

Tadbirkorlikning yangi strukturasiga oid ko’pgina ko’rsatkichlarni aniqlash imkoniyati bo’lmaydi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalq xo’jaligining ikki sohasidagi chegara yo’qoladi, yangi turli-tuman mulkiy tizim vujudga keladi. Natijada, turli mulk shakllari ko’rinishida bozor iqtisodiyotining quyidagi sub’ektlari shakllanadi:

Iqtisodiy mustaqil mulk egasi, ya’ni iste’molchi bo’lgan ayrim kishilar yoki guruhlar. Bularga odatda yollanib ishlovchilar, yer egalari, kapital sohiblari, ishlab chiqarish vositasi egalari kiradi. Ular tadbirkorlik qilmay, o’z mulkidan daromad topadi yoki yollanib ishlaydi.

Firma, korxona, xo’jaliklar va ularda band bo’lgan tadbirkorlar. Ular foyda olish yo’lida mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish omillarini ishga soladilar.

Davlatning barcha mahkama-idora tashkilotlari. Ular ham ishlab chiqarish, ham iste’mol bilan shug’ullanadilar, bozor va unda qatnashuvchilar faoliyati ustidan nazorat qiladilar.

Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o’zaro aloqaga kirishadilar. Ishchi kuchi, yer, kapital va boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadi. Ular o’z navbatida ishlab chiqarish omillaridan foydalanib tovar ishlab chiqaradilar va xizmatlar ko’rsatadilar.

MSTining 3-tahririda Milliy iqtisodiyot ikki qismga ajratilgan:

Ichki iqtisodiyot Qolgan dunyo (tashqi dunyo) Ichki iqtisodiyot 5 sektorga ajratilgan:

Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari (nomoliyaviy korxonalar)

Moliya tashkilotlari Davlat tashkilotlari Uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi ijtimoiy tashkilotlar; Uy xo’jaligi;

Milliy iqtisodiyoting ikkinchi qismi – qolgan dunyo yoki tashqi dunyo sektoridir. Unga tashqi iqtisodiy aloqalar kiradi. Bu sektor asosan chet davlatlar va mamlakat instituttsional birliklar (rezidentlari) o’rtasidagi muomalalarni hisobga olish uchun xizmat qiladi.

Ishlab chiqarish jarayoni, tovar resurslari, xizmat ko’rsatishda ishlab chiqarish va iste’mol o’rtasidagi mutanosiblikni tavsiflash maqsadida MSTda institutsional birliklar tarmoqlar tasnifining xalqaro standarti (TTXS)ga binoan quyidagi to’rt guruhga bo’linadi: Bo’limlar (jami 17 ta bo’lim) Bo’limchalar (jami 20 ta blok);

Tarmoqlar turkumlari (jami 169 ta faoliyat turi); Tamoqlar turkumlari (jami 292 ta sinf). Bunday guruhlash tarmoqlar bo’yicha tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va ulardan foydalanish jarayonidagi oqimlarni tahlil qilishda qo’l keladi.

Makroiqtisodiyotni sektorlarga bo’lib o’rganish bozor munosabatlarini tartibga solish uchun zarur bo’lgan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqishda, makroiqtisodiy tahlilni amalga oshirish va makroiqtisodiy qonuniyatlarini aniqlashda, makroiqtisodiyotni boshqarish uchun zarur bo’lgan tegishli tavsiyalarni tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi. Bulardan tashqari har bir sektorning o’z vazifalari bor. Sektorlar va ularning vazifalari

Yuqorida o’ayd etilganlardan tashqari BMTining 1993 yilda qabul qilingan MSTida bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan malakatlarda yagona iqtisodiyotni ikki sohaga ajratish tavsiya qilinadi, ya’ni:

Tovar ishlab chiqarish sohasi-bunda buyum, gaz, suv, va energiya shaklida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlab chiqarish xizmatlari ko’rsatiladi. Bu sohaga sanoat, qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, qurilish tarmoqlari kiritiladi.

b) Xizmat ko’rsatish sohasi, bunga xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadigan tarmoqlar kiritilgan.

Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi statistika xizmati YaIM, bandlik, mehnat haqi va boshqa ko’rsatkichlarni soha va tarmoqlar bo’yicha hisoblaydi va e’lon qiladi.

SHunday qilib, Milliy iqtisodiyot turli qism va bo’laklardan tashkil topgan murakkab tizimdir. Iqtisodiyotning turli qism va bo’laklari o’rtasidagi o’zaro nisbat iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi deb ataladi. Iqtisodiyotni alohida qismlarga bo’lish asosida turli belgilar yotadi, shuning uchun tarkiblarning tuzilishi bir necha turlarga ajratib o’rganiladi. Ijtimoiy tuzilishini Tarmoq tuzilishi. Takror ishlab chiqarish tuzilishi. Hududiy tuzilishi.

Ijtimoiy tuzilish- bu iqtisodiyotning turli mulkchilik shakllari o’rtasidagi o’zaro nisbatdir.

O’zbekistonda mulkchilik turlari davlat, jamoa, xususiy va aralash mulkchilik tarzida shakllangan.

Iqtisodiyotni barcha tarmoqlarida ish bilan band bo’lganlar soni, asosiy fondlar va ishlab chiqarish bo’yicha bu bo’g’inlarning har birini ulushi,-Respublika iqtisodiyotining ijtimoiy tuzilishini aks ettiradi.

Iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi bu turli tarmoqlar o’rtasidagi o’zaro nisbatdir, ya’ni sanoat, qishloo’ xo’jaligi, qurilish, transport va aloqa o’rtasida yoki qazib oluvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar o’rtasidagi, moddiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar va hokazolar o’rtasidagi nisbatdir. Tarmoq tuzilishi milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasini ifodalaydigan muhim ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi.

Yuksak rivojlangan mamlakatlar*da xizmat ko’rsatuvchi sohalarning hissasi yuqori, qayta ishlovchi tarmoqlarning hissasi esa- qazib oluvchi tarmoqlardan ustun bo’lgan iqtisodiyot tuzilishiga xosdir.

U mehnat va kapitalning yuqori darajada unumdorligidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanganligidan va pirovard natijada aholini turmush darajasi yuqoriligidan dalolat beradi. Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishi bu kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni asosiy nisbatlari, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish o’rtasidagi, iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro nisbatlardir. Takror ishlab chiqarish tuzilishi iqtisodiy o’sishning imkoniyatlarini ifodalovchi ko’rsatkich hisoblanadi.

Iqtisodiyotning hududiy tuzilishi ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining hududiy jihatlarini aks ettiradi va alohida hududlarning umummilliy ko’rsatkichlardagi hissasini aniqlaydi. U butun mamlakat bo’yicha turmush sharoitini barqarorlashtirish maqsadida aniqlanadi va tadqiq qilinadi. Ma’lumki, ma’muriy jihatdan O’zbekiston 12 viloyat va 1 ta avtonom respublikadan iboratdir. Unda 119 ta shahar, 163 ta qishloq ma’muriy tumanlar mavjuddir.

Iqtisodiy rayonlashtirish belgilari bo’yicha mamlakatimiz 6 ta iqtisodiy regionga bo’linadi:



  1. Toshkent iqtisodiy regioni. U Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududlaridan iboratdir. Bu regionga respublikani 3.5% maydoni va 18.5% aholisi to’g’ri keladi.Bu region o’rta hisobda Mamlakat milliy daromadini 25.9% va 32.5% sanoat mahsuloti ishlab chiqaradi.

  2. Ishlab chiqarish potentsiali bo’yicha ikkinchi o’rin Farg’ona iqtisodiy regioniga to’g’ri keladi. Bu region Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarini o’z ichiga oladi va 19.2 ming m2 territoriyaga egadir, yoki 4.3% respublika hududini egallaydi. Unda aholini 27.6% yashaydi. Bu region O’zbekiston milliy daromadining 26 %ini, sanoat mahsulotini 31.5% ini, 36.8% qishloq xo’jalik mahsulotini, 28.3% tovar oborotini ishlab chiqaradi

Markaziy iqtisodiy region o’z ichiga Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarini o’z ichiga oladi. Bu region hudud jihatdan eng katta va kengdir. U respublikaning 37% hududini egallaydi, aholi soni jihatidan 19.9%, milliy daromadini 18.6%, sanoat mahsulotini – 14.6%, qishloq xo’jalik yalpi mahsulotini – 20.8% ini ishlab chiqaradi.

  1. Janubiy iqtisodiy region – Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan iboratdir. U respublikaning 11% hududini va 15.8% aholisini tashkil qiladi. Bu regionda qishloq xo’jaligi, ayniqsa, chorvachilik rivojlangan. Unda respublika qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini 19.4%, sanoat mahsulotini 12.4% ini, milliy daromadini 14% shu region yetishtiradi.

  2. Mirzacho’l iqtisodiy regioni o’z ichiga Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini oladi. U respublika hududini 5.7%ini, aholisini 6.6%ini oladi. Bu regionda o’rta hisobda respublikaning 6.1% milliy daromadi, 2.7% sanoat mahsuloti va 8.6% qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini yetishtiriladi.

  3. Orolbo’yi iqtisodiy regioni. Unga Qoraqalpog’iston Avtonom respublikasi va Xorazm viloyati kiradi. Bu regionda respublikani 38.4% hududi va 11.5% aholisi joylashgan. Bu region respublika sanoat mahsulotini 6.3%ini, qishloq xo’jaligi mahsulotini 12.5% ini yetishtiradi.

2.Iqtisodiy faoliyat tarkibini tahlil qilish.

Iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish umumiy tizim faoliyati darajasini, milliy iqtisodiyot tarkibidagi mavjud kamchilik va qoloq tomonlarni anglash imkoniyatini yaratib beradi. Tarkibiy tahlil asosida iqtisodiy siyosat ishlab chiqiladi.

Milliy iqtisodiyotni tahlil qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Mulkiy munosabatlar tahlil qilinadi.

Respublikamizda mulk munosabatlarini takomillashtirish bo’yicha ma’lum ishlar amalga oshirildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasida “Mulkchilik to’g’risi”da, uni “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi qonunlar va “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkni himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishni ta’minlash tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Farmoni va boshqa huquqiy hujjatlarni qabul qilindi

2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik darajasini tahlil qilish.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag’batlantirish, qimmatbaho qog’ozlar bozorini shakllantirish islohotlar taqdirini belgilovchi shartlardan biri hisoblanadi.

O’zbekistonda qisqa vaqt ichida kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni huquqiy shart-sharoitlari va tashkiliy tuzilmalari yaratildi. Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, o’rta va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha hukumat komissiyasi, Biznes-Fond, “Madad” sug’urta agentligi, konsalting, injiniring, lizing, firma va kompaniyalar, biznes-inkubatorlar ish olib bormoqdalar.

Xususiy korxona to’g’risidagi qoidalar qonun nuqtai-nazaridan mustahkamlandi. Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olish tartibi tubdan yangilandi va soddalashtirildi.

Bugungi kunda ro’yxatga olish va rasmiylashtirish jarayoni yetti kundan bir oygacha bo’lgan muddat ichida bajarilishi shart.

Ayni vaqtda mamlakatimizda 250 mingga yaqin kichik biznes korxonasi faoliyat ko’rsatmoqda, bu sohada 5,5 million kishi yoki ish bilan band bo’lgan odamlarning 57 foizi mehnat qilmoqda. Yalpi ichki mahsulotning 35 foizi ana shu korxonalar hissasiga to’g’ri kelmoqda.Axoli, bu ko’rsatkich 1999 yilda 29.1 foizni tashkil qilgan edi.

O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uch muhim masalani yechishni ko’zda tutadi:

Birinchi masala-yaqin besh-o’n yil ichida ushbu sohada yalpi ichki mahsulotning 50-60 foizini ishlab chiqarishga erishish.

Ikkinchi masala- bu sohani rivojlantirish aholini ish bilan ta’minlash va uning daromadlari o’sishining eng muhim manbaalaridan biriga aylanishi lozim.

Uchinchi masala- mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning poydevori bo’lmish kichik va o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir.

Ustuvor yo’nalishlarni to’g’ri belgilash

Ustuvor yo’nalishlarni, sohalarni to’g’ri belgilanishi nafaqat ilgari taqchil hisoblangan mahsulot turlarini keng ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishga, balki ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishga ham imkon beradi, shu bilan birga, butun iqtisodiyoting rivojlanishiga olib keladi.

Xozirgi davrda ustuvor yo’nalishlar qatoriga quyidagilar kiritilgan:

- aholini ijtimoiy himoyalash, yangi ish o’rinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, pensiya ta’minotini yanada yaxshilash va hokazo.

- iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o’zgartirish (korxonalarni texnik jihatdan qayta jihozlash va modernizatsiyalash, raqobatbardosh ishlab chiqarish tizimlarini ko’proo’ bunyod etish va hokazo);

- qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish;

- kichik va o’rta biznesni keng ko’lamda rivojlantirish;

- kadrlar tayyorlash milliy dasturini ikkinchi sifat bosqichi vazifalarini izchillik bilan bajarish;

- sog’liqni saqlash bo’yicha islohotlarni yanada yaxshilash va hokazo.

Ishlab chiqarish samaradorligini tahlil qilish

Ma’lumki, ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini o’stirish xalqning turmush darajasini oshirish imkoniyatini beradi. O’zbekistonda 1997 yilda birinchi marta YaIM ishlab chiqarish hajmi aholi sonining o’sish darajasidan yuqori bo’ldi. Bu o’ta muhim ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichdir.

Xozirgi vaqtda YaIMning hajmi 4,1-4,5% va undan ham oshiq ko’rsatkichga erishildi

Milliy iqtisodiyotni tarkibiy bo’limlari, tarmoqlar va ularning o’sish sur’atlari, mahsulot turlari bo’yicha o’sish darajalari va hokazo ko’rsatkichlar tahlil qilinadi.

4.Ijtimoiy ishlab chiqarish hajmini miqdor va sifat jihatidan o’sish sur’atlari tahlil qilinadi

O’zbekistondagi izchil iqtisodiy siyosat, o’tmishdan meros qolgan o’iyin og’ir ahvoldan tezda chio’ib ketish va muttasil rivojlanish tufayli MDH davlatlari orasida 2004 yildayoq 1990 yilgi darajaga yetish imkoni yaratildi. Vaholanki, ishlab chiqarish bo’yicha Rossiya 2001 yili 1990 yilgi darajaning 64%, Ukraina 46%, Qozog’iston -72%, Qirg’iziston 69%ga erishdi xolos.

MDX mamlakatlari orasida O’zbekiston iqtisodiy tanglikdan eng kam talofatlar bilan chio’di, u boshidan kechirgan iqtisodiy tushkunlik davri eng qisqa bo’ldi. O’zbekistondagi iqtisodiy yangilanishning muhim va e’tiborli yana bir tomoni borki, u ham bo’lsa, meros qolgan an’anaviy tamoyillardan tashqari, iqtisodiy islohotlar yuzaga chiqargan yangi omillarga ham tayanildi. Iqtisodiy o’sish keyingi 5 yilda bir me’yorda 4,0-4,5% atrofida bo’ldi, chunki u ishonchli ichki kuchlarga tayandi, ular barqaror va ishonchli bo’lganidan tashqi kuchlarning iqtisodiyotimizga ko’rsatgan salbiy ta’sirini sezilarli darajada kesa oldi. SHu sababli, jahon bozorida paxta, oltin va mis narxining jiddiy pasayishiga qaramay, O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish sur’atlari barqaror bo’lib, jon boshiga tovar va xizmatlar yaratish yiliga 3% va undan ham yuqoriroo’ darajani tashkil etmoqda.

Boshqa MDH mamlakatlaridan farqliroq, O’zbekistonda sakrab o’sishga harakat qilingani yo’q. Boshqalarda iqtisodiy o’sish xom-ashyo yoki yoqilg’i-energetika resurslarining jahon bozoridagi narxiga qarab, bir yuqorilab, bir pasayib turadi. Iqtisodiy o’sish birdaniga 10-12%ga qadar yuqorilab borsa, so’ngra pasayib 2-3%ga qadar tushib ketadi.

O’zbekistonda iqtisodiyotning jahon bozori konьyunkturasiga bog’liq tomonlari bilan birgalikda, undan holi bo’lgan sohalari ham rivoj topmoqda. Ular mamlakat ichki bozori uchun ishlaydi va tez sur’atlarda rivojlanib boradi, tashqi bozorga qaramlik kuchsizlanishi esa, uning barqarorligini kafolatlaydi. Ammo, globalizatsiya sharoitida eksportga ishlash zarur bo’ladi, chunki eksporti yo’q mamlakatning kelajagi bo’lmaydi.



  1. Iqtisodiyotni boshqarish tizimida ro’y berayotgan o’zgarishlarni tahlil qilish

Sobiq ittifoq parchalanib ketgach, O’zbekistonda umumittifoq vazirliklari tugatildi. O’zbekiston hududida joylashgan ittifoq va ittifoq-respublika bo’ysunuvidagi korxonalar milliylashtirildi. Bu korxonalar o’z faoliyat sohalariga qarab ixtiyoriy ravishda davlat tarmoq kontsernlari, davlat uyushmalariga aylantirildi. Islohotlarni birinchi bosqichi mobaynida tarmoq vazirliklari uyushmalarga, kontsernlarga, korporatsiyalar, ittifoqlar va boshqa xo’jalik birlashmalariga aylantirish yo’li bilan batamom tugatildi. Avtomobilь transportida, qurilishda, qishloq xo’jaligida boshqaruv tizimi qayta tuzildi. Umummilliy ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlar va faoliyat sohalarida, masalan, sayohatchilik, transport, madaniyat, kinolashtirish tizimi va boshqalarda milliy kompaniyalar tuzildi.

Ularni boshqa boshqaruv tizimidan farqi shundaki, ular iqtisodiy jihatdan batamom mustaqildir

Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli hal qilishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish iqtisodiy mustaqillikka erishish, milliy iqtisodiyotni barpo etish, iqtisodiy o’sishni ta’minlashning muhim shartlaridan biridir. O’zbekiston xalq xo’jaligining amaldagi tarkibi sobiq Ittifoqdagi mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi tamoyillari asosida o’nlab yillar mobaynida shakllangan edi. Unda O’zbekistonga:

Arzon xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar va strategik mineral resurslar yetkazib berish;

Sanoat markazlarida ishlab chiqarilgan tayyor mollarni sotishning keng bozori mavqei ajratilgan edi.

Mamlakat iqtisodi oziq-ovqat mahsulotlari, energoresurslar importiga va qishloq xo’jalik xom ashyosi va qimmatli metallar eksportiga asoslangan edi. Xalq xo’jaligining bunday mustamlaka tarkibi sharoitida jahon bozorida raqobat qilish, iqtisodiy o’sishni ta’minlash va aholini turmush darajasini ko’tarish imkoniyatini bera olmas edi. SHuning bilan birga O’zbekiston raqobatbardosh tarkibga ega bo’lgan milliy iqtisodiyot tarkibini tashkil qilish imkoniyatlariga ega edi. Mamlakatning yer osti va yer usti boylik resurslaridan maqsadga muvofiq foydalanish, vujudga kelgan nomutanosibliklar va ziddiyatlarga barham berish, ijtimoiy ishlab chiqarishning tarmoq va hududiy tarkibini qayta qurish lozim edi.

SHu munosabat bilan O’zbekistonda tarkibiy tuzilish siyosati aniqlandi. U, eng avvalo, respublikaning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini, shuningdek, aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratishni nazarda tutdi. Tarkibiy siyosat, qishloq xo’jaligi xom ashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlashga, texnologik jarayonlarni tugallanganlik darajasini oshirishga, mamlakat yoqilg’i – energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlashga qaratildi. Ilgari tashqaridan keltirilgan yuzlab mahsulot turlari shu yerning o’zida ishlab chiqarila boshlandi.

Respublikada industriyaning tayanch tarmog’i hisoblangan, ya’ni yoqilg’i energetika, aviatsiya va avtomobil qurilish, mashinasozlik, ximiya va neftximiya sanoatidan va hokazodan tortib, to yengil sanoat korxonalariga hamda juda ko’p qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar qurildi.

Respublikada eng katta sanoat tarmoqlari bo’lib yengil va yoqilg’i energetika sanoati hisoblanadi. Oxirgi yillarda mashinasozlik sanoatini ulushi 1,5 barobarga oshgan va hokazo. Buning sababi mamlakatimizda ichki va tashqi kredit vositalarining asosiy qismi ishlab chiqarishni kengaytirish uchun baza hozirlashga qaratilganligidadir. Bu avtomobilь va neftni qayta ishlash zavodlari, yangi avtomobilь va temir yo’llar, yengil, to’qimachilik va oziq-ovqat sanoatini o’nlab yangi va zamonaviylashtirilgan korxonalarni qurishga imkon berdi. 1997 yilning o’zidayoq Ko’kdumaloq konida kompressor stantsiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Farg’onada ip yigiruv fabrikasi ishga tushirildi. Ma’lumki, O’zbekistonning sanoat qudrati asosan bir necha yirik shaharlarda to’plangan edi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan yirik qurilishlarni geografiyasi ancha kengaydi. Bu siyosat uzoq vaqtdan beri hukm surib kelayotgan sanoat taraqqiyotidagi mintaqaviy nomutanosiblik va ziddiyatni sezilarli yumshatdi. Tabiiyki, iqtisodiyotni tarkibini takomillashtirishda kompaniyachilikka yo’l qo’yib bo’lmaydi, u birdaniga takomiliga yetib ham qolmaydi. Bu o’zgarishlar muntazam davom etadigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo’lib, ular davr talabi va iqtisodiy siyosatdan kelib chiqib, tarmoqlararo hamda tarmoqlar ichida to’xtovsiz davom etaveradi.

Prezident I.Karimov “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” kitobida “Iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirmay turib chinakam mustaqillikka erishib bo’lmaydi” degan edi (333-bet). Iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirishning asosiy vazifasi xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, uning sifatini va raqobatbardoshligini jahon bozori talablari darajasiga yetkazishdan iboratdir. Ana shuni nazarda tutib respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida an’anaviy bo’lgan paxta va oltindan boshqa xil turdagi eksport mavjud bo’lmagan bo’lsa, endilikda yangi turdagi tovarlar paydo bo’ldi. Bu – rangli metallar, avtomashinalar, mineral o’g’itlar, to’o’imachilik mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlaridir. Bu bilan, eksport-import tarkibi yangilandi.

Import o’rnini bosuvchi tovarlarning ko’plab yaratilishi, mamlakatning importga o’aramligini ancha chekladi, chunki bu bilan, mamlakatimiz o’zini-o’zi mahsulotlar bilan ta’minlashga bir o’adar erishdi.

Ilgari O’zbekiston o’zini yoqilg’i-energetika resurslari bilan ta’minlash uchun ularni katta miqdorda import o’ilar va bunga 600 ming tonna paxta tolasi qiymatiga teng pul mablag’lari sarflanar edi. Yoqilg’i-energetika mustaqilligiga erishish O’zbekistonni bu sohada chetga o’aramlikdan va katta miqdordagi valyuta sarfidan xoli etdi. Tarkibiy o’zgarishlar natijasida O’zbekiston oziq-ovqat ta’minotida ham, mustaqillik tomon jiddiy o’adam tashladi. Bunga birinchi navbatda, don ishlab chiqarishni rivojlantirish oro’ali erishildi. Natijada, O’zbekistonning donga bo’lgan talab-ehtiyojlarining 90%dan ziyod qismi o’z ishlab chiqarishi hisobidan qondiriladigan bo’ldi.

Tarkibiy o’zgarishlar mamlakatning salohiyatidan samarali foydalanishni ko’zda tutadi. SHu maqsad yo’lida mahalliy xom-ashyoni chuqur qayta ishlab, undan tayyor yoki yarim tayyor, hatto, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo’liga o’tildi va bu katta naf keltirdi. Paxtani sotish o’rniga undan kalava ip tayyorlab, uni jahon bozorida sotishdan 3 marta ko’p daromad olina boshlandi. Muhimi, bu sohaning rivojlanishi yangi ishchi o’rinlar hisobiga aholini band qilish, uning daromadlari manbalarini oshirish imkonini yaratdi.

Tarkibiy o’zgarishlar tufayli O’zbekistonda iqtisodiy o’sishning an’anaviy sohalari bilan birgalikda yangi sohalari ham rivojlantirila boshlandi. Bundagi asosiy omillardan birinchidan, sanoatlashuv bo’lsa, ikkinchidan, servis sektorining tez sur’atlarda o’sishiga ahamiyat berilganligi bo’ldi va hokazo.

Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.

Makroiqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, xalq xo‘jaligi, yaxlit tarzdagi mamlakat iqtisodiyoti – bular bir-biriga ayniy tushunchalar bo‘lib, ma’lum hududiy chegaralarda tarixan tarkib topgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimini tavsiflaydilar. Milliy iqtisodiyot uni jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan ajratib turuvchi tarixiy, tabiiy-geografik, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni o‘zida namoyon etadi.

Makroiqtisodiy jihatdan qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari; ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi; mazkur sub’ektlar ishlab chiqarish hajmlari, milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko‘rinishda quyidagi

Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig‘imi va monopollaShuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning er maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.

Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning makrodarajadagi o‘zaro aloqasi jamiyatdagi mehnat taqsimoti bilan shartlangan ob’ektiv jihatdan zarur jarayon hisoblanadi. Bu jarayon xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy manfaatlarining harakati shaklida maydonga tushadi.

Milliy iqtisodiyotning asosiy funksional ahamiyati mamlakat barcha aholisining doimiy ravishda o‘sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Bunda makroiqtisodiy jarayonlarning sub’ektlari bo‘lib alohida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (ishchi, tadbirkor, boshqaruvchi va boshqalar) emas, balki ularning nisbatan kengroq toifalari – aholi, mehnat resurslari, band bo‘lgan ishchi kuchi, ishsizlar va boshqalar hisoblanadi.

Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob’ektiv ravishda aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:



  1. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati va harakatini ob’ektiv aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi;

  2. Mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondoShuv;

  3. Iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning ob’ektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralaShuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash;

  4. Makroiqtisodiy nazariya muauyan mamlakatlarning iqtisodiyotini ob’ektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o‘ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tuShunish

  5. Ishlab chiqarishni mamlakat barcha aholisining daromadlari va iste’moli darajasini o‘stirishga yo‘naltirish;

  6. Aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘sishining yagona manbai bo‘lib mamlakatning barcha aholisini ish joylari hamda daromadlarning oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o‘sishi ekanligini tuShunish.

Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o‘sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, Ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi.

Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.

Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YAMM), yalpi ichki mahsulot (YAIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyasiya va boshqa Shu kabilar hisoblanadi.

Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.

Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda yangilanib, miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni ham to‘xtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarishni bir zumga ham to‘xtatib bo‘lmaydi, chunki u bir-birlari bilan o‘zaro bog‘lanib ketgan turli ishlab chiqarish jarayonlari o‘rtasidagi aloqalarning uzilishiga, pirovardida esa ishlab chiqarish hajmining keskin kamayib ketishiga va jamiyat a’zolari ehtiyojlarining qondirilmay qolishiga olib kelishi mumkin.

Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turilishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi.

Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.

Oddiy takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda takrorlanishini ifodalaydi. Odatda bunday ishlab chiqarish ko‘proq faqat o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan an’anaviy iqtisodiyot sharoitidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xos bo‘lgan.

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishidir. Bu turdagi ishlab chiqarish barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining asosini tashkil etadi.

Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlarni o‘z ichiga olib, uning hajmi iqtisodiyot taraqqiyotida ahamiyatli o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, milliy mahsulot hajmini aniqlash, uning tarkibi va harakat shakllarini o‘rganish doimiy ravishda iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy muammolaridan biri bulib hisoblanadi. Milliy mahsulot turli davrlarda turli malakatlarda turlicha atalib, turlicha hisobga olinishi mumkin. Masalan, sobiq ittifoqdosh respublikalar, Shu jumladan bizning respublikamizda ham oldingi davrda mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar yig‘indisi jami ijtimoiy mahsulot deb atalgan. Jami ijtimoiy mahsulot ko‘rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy ne’matlar yig‘indisi hisobga olingan, unda xizmat ko‘rsatish sohalarida vujudga keltirilgan ma’naviy ne’matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan. Lekin bir ishlab chiqarish sohasidan chiqqan xom ashyo, materiallar, yonilg‘i va energiyalarning qiymati boshqa sohalarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilgan, iste’molga borib tushadigan tauyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo‘lgan.

Mana shu takror hisoblashlarga barham berish uchun boshqa qator mamlakatlar bilan birgalikda bizning mamlakatda ham hozir milliy hisob tizimiga o‘tilib, endi mamlakatda vujudga keltirilgan milliy mahsulot, Ya’ni tovarlar va xizmatlar yig‘indisi yalpi ichki mahsulot deb atala boshlandi. Yalpi ichki mahsulot – bu ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib etadigan barcha tauyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymati. YAlpi ichki mahsulot moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari yillik faoliyatining umumiy samarasi bo‘lib hisoblanadi.

Oldingi davrlarda ko‘pgina mamlakatlarda, hozir ham ayrim mamlakatlarda milliy mahsulot yalpi milliy mahsulot deb atalib, Shu shaklda hisobga olingan. YAlpi milliy mahsulot bilan yalpi ichki mahsulotning farqi Shundaki, yalpi milliy mahsulotga har bir mamlakat ichidagi va boshqa turli mamlakatlardagi korxonalarida va qo‘shma korxonalarida vujudga keltirilgan mahsulotlar (Shu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladigan qismi) hisobga olinadi. Boshqa mamlakatlar yoki fuqarolar tomonidan mazkur mamlakat hududida qurilgan korxonalar mahsuloti, qo‘shma korxonalardagi mahsulotda ularning hissasi hisobga olinmaydi. Yalpi ichki mahsulotda esa mamlakat hududida ishlab chiqarilgan hamma mahsulot va xizmatlar (boshqa mamlakatlar korxonalari, qo‘shma korxonalarda yaratilgan hamma tovar va xizmatlar qo‘shilib) hisobga olinadi.

YAMM ko‘rsatkichiga sof eksport (eksport va import o‘rtasidagi farq) kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog‘i keskin farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YAIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. YAlpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi.

YAlpi ichki mahsulot xuddi yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq undan xorijiy mamlakatlar bilan hisob-kitoblar qoldig‘iga teng bo‘lgan miqdorga farq qiladi. Ya’ni, YAIM ko‘rsatkichiga mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab chiqarish omillaridan keluvchi tuShumlari (omillar bo‘yicha daromadlari) hamda mazkur mamlakatda xorijiy investorlar tomonidan olingan omillar bo‘yicha daromadlar o‘rtasidagi farqni qo‘shilsa YAMM ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi.

YAMM va YAIM o‘rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi:

YAIM hududiy jihatdan hisoblanadi. Bu, milliy mansubligidan qat’iy nazar, muauyan mamlakat hududida joylashgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning jami qiymatidir.

YAMM va YAIM o‘rtasidagi farq u qadar ahamiyatli emas. Bu farq rivojlangan mamlakatlarda YAIMning ±1%ni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy ko‘rsatkich sifatida YAIMdan foydalanishni tavsiya etadi. YAqin vaqtlarga qadar AQSH va YAponiyada YAMM ko‘rsatkichi qo‘llanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham YAIM ko‘rsatkichini qo‘llay boshladilar.

Hozirgi paytda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot to‘g‘risida so‘z yuritamiz.Jami ijtimoiy mahsulot bilan yalpi ichki mahsulot o‘rtasidagi farqni aniq tuShunish uchun 3-jadval ma’lumotlaridan foydalanamiz.

Lekin bu erda shuni aytish lozimki, mamlakat miqyosida takror hisobga yo‘l qo‘ymaslik uchun yalpi ichki mahsulotlarni hisoblashda sotib olingan xom ashyo, yonilg‘i va materiallar qiymati hisobga olinmaydi, faqat qo‘shilgan qiymat hisobga olinadi, ularning yig‘indisi esa yalpi ichki mahsulot hajmini ko‘rsatadi. Ammo har bir korxona va tarmoq uchun sotilgan tovar mahsuloti yalpi ichki mahsulotdan emas, balki jami yaratilgan ijtimoiy mahsulotdan iboratdir. Masalan, bizning misolimizda paxtani qayta ishlash korxonasi ishlab chiqargan va sotgan mahsulot 285 birlikni, yalpi ichki mahsulot hisobiga kiradigan qo‘shilgan qiymat esa 145 birlikni tashkil etadi. Sotilgan 285 birlik mahsulotning 140 birligi xom ashyo, yonilg‘i va materiallarni sotib olish uchun ishlatiladi. Shuning uchun biz bu mavzuda korxonalar va tarmoqlar yaratgan yillik milliy mahsulot haqida gapirganda ko‘proq jami ijtimoiy mahsulotni nazarda tutamiz.

Demak, YAIM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmat)larning bozor narxlaridagi summasi. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zahiralarni to‘ldiradi. Ya’ni YAIM hajmini hisoblab topishda zahiralarning har qanday o‘sishi hisobga olinishi zarur, Chunki YAIM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi.

Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YAIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi.

Qo‘shilgan qiymat – bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan mol etkazib beruvchilardan sotib olingan va iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar, yonilg‘i, moylash materiallari, energiya va boshqa inventarlar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.

Boshqacha aytganda qo‘shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsulotidan yoki ishlab chiqargan mahsulotining bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng.

YAIM yordamida milliy iqtisodiyotda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish yillik hajmini hisoblashga harakat qilinadi.

YAIM yil davomida ishlab chiqapilgan bapcha pipovapd tovaplap va xizmatlapning bozor narxidagi summasi bo‘lganligi uchun tovarning o‘zi, uning nafliligi ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Narx ishlab chiqarish ymumiy hajmining hap xil elementlapini yagona umumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o‘zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YAIM qiymatini faqat narx o‘zgapmagan taqdipda o‘zapo taqqoclash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqapi narx dapajaci bizga iqtisodiyotda inflyasiya (narx darajasining o‘cishi) yoki deflyasiya (narx dapajacining kamayishi) o‘pin tutganligini va uning miqyoci qandayligini bilish imkonini bepadi.

Narx dapajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi jopiy yildagi ma’lum guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami narxlari summasini, xuddi shunday tovarlar va xizmatlar miqdorining bazis davrdagi narxlari summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang‘ich davri «bazis yil» deyiladi. Agar aytilganlarni formula shakliga keltipsak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:

Amaliyotda qator har xil tovar va xizmatlar to‘plami yoki iste’mol savatining narx indeksi hisoblanadi. G`arb mamlakatlari va xususan AQSHda by indekslar ichida eng keng qo‘llaniladigani iste’mol narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida tirik shahar aholisi sotib oladigan, iste’mol tovar va xizmatlarining 300 turini o‘z ichiga oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning ymumiy darajasini hisoblash uchun YAIM narx indeksidan foydalaniladi. YAIM narx indeksi ancha keng tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat iste’mol tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YAIM narx indeksi nominal YAIMni real YAIMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi.

Nominal YAIM Shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.

Ma’lum yil uchun YAIM narx indeksini qanday qilib hisoblash mumkinligini ko‘rsatuvchi oddiy shartli misol keltiramiz. 2003 yil YAIM qiymati 9837,8 mlpd. So‘mni tashkil qilgan. 2004 yil Respublikamiz iqtisodiyotida 12189,5 mlrd. So‘mlik YAIM ishlab chiqarilgan.

2004 yilga YAIM narx indeksini aniqlash uchun, 2004 yildagi mahsulotlar narxlapi summasini xuddi shu hajmdagi va turdagi tovarlarning 2003 yil narxlari summasiga bo‘lish zarur, ya’ni 12189,5:9837,8=1,23 yoki 123,0%.

Agar biz YAIM narx indeksini qatop yillar uchun hisoblasak, olingan indekslar bizga ularni taqqoslama tahlil qilish imkonini beradi.

Joriy yildagi nominal YAIMni real YAIMga aylantirishning ancha oddiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri usuli nominal YAIMni narx indeksi (NI)ga bo‘lishdir, Ya’ni:

Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko‘rsatkichi YAIM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo‘lgan bir qator o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab beradi.

YAMM va YAIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning o‘rnini qoplash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi.

YAIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi.

Shunday qilib, SMM amortizatsiya ajratmasi summasiga kamaytirilgan YAIM sifatida chiqadi.

SMM qiymatiga davlat tomonidan o‘rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‘rnatiladigan narxga qo‘shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar og‘irligi iste’molchi zimmasiga tushadi va uning hisobiga o‘zlarining daromadining bir qismini yo‘qotadi. Shuning uchun hozirgi davrda hisob tizimida SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlansa milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi deb ko‘rsatiladi..

Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad – bu yangidan yaratilgan qiymatning butun hajmi. Foydalanilgan milliy daromad – bu ishlab chiqarilgan milliy daromaddan yo‘qotishlar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zahirada saqlashdagi yo‘qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldig‘i chiqarib tashlangan miqdorga teng.

Milliy dapomadni, Daromadlar bapcha turlapini (amortizatsiya ajpatmaci va biznesga egpi soliqlardan tashqapi) qo‘shib chiqish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin.

Milliy dapomadning bir qismi, jumladan ijtimoiy sug‘urtaga ajpatmalap, kopxona foydacidan to‘lanuvchi soliqlar va kopxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydi. Aksincha, uy xo‘jaliklapi oladigan dapomadning bir qismi, macalan, ijtimoiy to‘lovlar – ulap mehnatining natijasi hisoblanmaydi.

Shaxciy dapomad ko‘pcatkichini topish uchun milliy dapomaddan uy xo‘jaliklapi qo‘liga kelib tushmaydigan Daromadlarning Yuqoridagi uchta turini chiqapib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlapni unga qo‘shishimiz zarur.

Shaxsiy dapomaddan soliqlapi to‘langandan keyin, uy xo‘jaliklapining to‘liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi.

Soliqlap to‘langandan keyingi dapomad shaxciy dapomaddan Shu dapomad hicobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini chiqapib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi.

Soliqlap to‘langandan keyingi dapomad uy xo‘jaliklapi eng oxipida ega bo‘ladigan dapomad hisoblanib, alohida shaxs va oilalap o‘z tacappufida by Daromadlarning bir qismini iste’mol uchun capflaydi va boshqa qismini jamg‘apmaga yo‘naltipad

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning qarab chiqilgan tahliliga asoslanib, bu ko‘rsatkichlar butun tizimi nisbatini ko‘rgazmali tasavvur qilishimiz mumkin bo‘ladi:

Bizning iqtisodiy fanimiz uchun yangi ko‘rsatkichlardan biri sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Jahon amaliyotida u yalpi milliy mahsulot ko‘rsatkichiga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. Gap shundaki, yalpi milliy mahsulot iqtisodiy farovonlik darajasini to‘liq aks ettira olmaydi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi: birinchidan, yalpi milliy mahsulot alohida kishilarning farovonligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan bir qator unsurlarni (masalan, amortizatsiya ajratmasini) o‘z ichiga oladi; ikkinchidan, bu ko‘rsatkich farovonlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi va uni belgilab beruvchi bir qator unsurlarni o‘z ichiga olmaydi. Farovonlik darajasiga yalpi milliy mahsulot tarkibida hisobga olinmaydigan unsurlar, jumladan, hordiq chiqarish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish kabilar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aytaylik, insonning daromadi oshib borishi bilan u kamroq ishlashga va bo‘sh vaqtidan ko‘proq jismoniy qoniqish olishga harakat qiladi. Bunday holda yalpi milliy mahsulot hajmi kamaysa farovonlik darajasi oshadi. Shunga ko‘ra, bo‘sh vaqtdan sermazmun foydalanishdan olinuvchi jismoniy qoniqishni hisobga olish uchun yalpi milliy mahsulotga ijobiy tuzatish kiritish kerak bo‘ladi. Buning natijasida sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. Biroq, iqtisodiy farovonlik darajasiga bo‘lgan bunday bilvosita ta’sirni miqdoran hisobga olish juda mushkul hisoblanadi.



Agar bo‘sh vaqt iqtisodiy farovonlik darajasiga bilvosita ta’sir ko‘rsatsa, xufyona iqtisodiyot iqtisodiy farovonlik darajasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita belgilab beradi, biroq bu yalpi milliy mahsulot ko‘rsatkichida miqdoran o‘z ifodasini topmaydi. Shu o‘rinda nazarda tutish lozimki, xufyona iqtisodiyotning barcha jabhasi ham iqtisodiy farovonlik darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu o‘rinda xufyona iqtisodiyotni quyidagicha ta’riflash mumkin: bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, Ya’ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga qo‘yidagilar kiradi:

  1. Jinoyatga aloqador iqtisodiyot – rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday shaklidan yashiringan holdagi hufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznes, qimor o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli sifatidagi fuqarolarning Shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar – bosqinchilik, Shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, reket);

  2. Soxta iqtisodiyot – hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib yozishlar);

  3. Norasmiy iqtisodiyot – iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur sub’ektlar o‘rtasidagi Shaxsiy munosabatlar va bevosita aloqalarga asoslanadi

  4. Yashirin ikkalamchi iqtisodiyot – yakka tartibdagi va kooperativ faoliyatning nazoratdan yashiringan, Ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi.

YAIM ko‘rsatkichi mamlakat yillik ishlab chiqarish hajmining puldagi ifodasi sifatida maydonga tushadi. Shu bilan birga, YAIM mamlakatning real iqtisodiy farovonligini to‘liq aks ettira olmaydi. Chunki, iqtisodiy faoliyatning Shunday turlari mavjudki, ularning YAIM hajmiga ta’siri ma’lum sabablarga ko‘ra hisobga olinmaydi:

  1. Jamiyat farovonligini oshiruvchi, biroq aniq hisobot yuritish mushkulligi sababli hisobga olinmaydigan faoliyat turlari (kasallar va bolalarni uyda parvarishlash, yashash uchun uyda qulayliklar yaratish, yakka tartibda o‘qitish va boshqalar);

  2. Jamiyat farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xufyona iqtisodiyot sohalari faoliyat turlari (giyohvandlik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish, ko‘ngilochar mashg‘ulotlarning yashirin turlari, reket va boshqalar);

  3. Jamiyat farovonligini oshiruvchi, biroq nobozor tavsifga ega bo‘lgan uy ishlari (xonadonlarni, elektr va radio jihozlarni, poyafzal va avtomashinalarni ta’mirlash va boshqalar);

  4. Jamiyat farovonligining pasayishiga olib keluvchi ishlab chiqarishni kengaytirishning salbiy natijalari (resurslarning tugab ketishi, iqlimning o‘zgarishi, atrof-muhitning ifloslanishi).

Mazkur omillarning ijtimoiy farovonlikka ta’sirini hisobga olish uchun jamiyatning sof iqtisodiy farovonligi ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkich amerikalik iqtisodchilar V.Nordxaus va J.Tobin tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan bo‘lib, uni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:

Bu erda:


SIF – sof iqtisodiy farovonlik;

SO – farovonlikka ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy omillar;

NBF – nobozor faoliyatining pulda baholangan qiymati;

BV – bo‘sh vaqtning pulda baholangan qiymati.

1.YAlpi ichki mahsulot hajmini o‘zgarmas baholarda hisoblash usullari.

2.Milliy hisoblar tizimi, uning maqsadi va vazifalari.

3.O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda YaIMni ko`paytirish strategiyasi va uni amalga oshirish imkoniyatlari.

Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) – bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi.

Milliy hisoblar tizimi uzoq yillar davomida turli mamlakatlardagi ko‘plab iqtisodchi olim va mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan va takomillashtirib kelingan. Jumladan, klassik iqtisodchi U.Petti jahonda birinchi bo‘lib o‘z mamlakati milliy daromad hajmini hisoblash ishlarini amalga oshirib, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimining zarurligini his etgan edi. Fiziokratlar maktabi asoschisi F.Kene esa milliy iqtisodiyotning birinchi makroiqtisodiy modelini yaratdi. Biroq, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimiga bo‘lgan kuchli ehtiyoj XX asrning 20-30-yillarida vujudga keldi. Sobiq ittifoqda xalq xo‘jaligi balansi deb nomlanuvchi ko‘rsatkich va jadvallar tizimi ishlab chiqildi. G‘arb mamlakatlarida mazkur tizimning ishlab chiqilishi 1929-1933 yillardagi Buyuk depressiyadan keyin boshlandi. Bu tizimning o‘ziga xos bir qator muhim qoidalari dastlab A.Marshall, keyinchalik J.M.Keyns tomonidan shakllantirildi. Shuningdek, ingliz iqtisodchilari R.Stoun, K.Klark, J.Xiks hamda amerikalik iqtisodchilar S.Kuznets, M.Jilbert, V.Leontevlar ham bu ishga katta hissa qo‘shdilar.

Bunday hisoblar BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo‘llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100dan oshiq mamlakatlarida, Shu jumladan O‘zbekistonda mazkur tizim keng qo‘llaniladi.

Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.

Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YAIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:

Birinchi usul – bu YAIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha yondoshuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar qo‘shib chiqiladi (YAIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo‘yicha). Bu usul bilan hisoblangan YAIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o‘rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi

YAIMning ishlab chiqarish tarkibida O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari – MDH mamlakatlari va xorij davlatlarida iqtisodiy holatning yaxshilanishi, sanoatda ishlab chiqarishni texnikaviy va texnologik bazasini takomillashtirish natijasida mehnat unumdorligini 15,8%dan 17,1%gacha oshishi kuzatildi. Bunga ma’lum darajada mashinasozlik mahsulotlarini – 9,4%, qurilish materiallari – 8,2%, engil sanoat – 5,2% va yoqilg‘i sanoati 5,8%ga o‘sishi evaziga sanoat ishlab chiqarishining 9,4% oshishi hisobiga erishildi. Sanoatning ushbu tarmoqlarida ishlab chiqarishning o‘sishiga ichki va tashqi bozorda avtomobil va boshqa mashinasozlik, qurilish mahsulotlariga bo‘lgan talabning o‘sishi sabab bo‘ldi. Shuningdek, to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarining ta’mirlanishi va ishga tushirilishi, dizel yoqilg‘isi, gaz va ko‘mir ishlab chiqarishning ko‘payishi ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi.

Ikkinchi usul – bu YAIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha yondoshuv.

Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo‘shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo‘jalikning uchta sub’ekti – uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar sotib olishi mumkin.

Uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari. Bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir.

Investitsion sarflar tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg‘arishga qiladigan sarflaridir. Investitsion capflap asosan uchta qismdan ibopat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarning barcha xaridi; b) bapcha qupilishlap; v) Zahiralarning o‘zgapishi.

Birinchi guruh elementlapning «investitsion sarflar» tapkibiga kipitilish cababi aniq; qupilishlarning bunday sarflar tarkibiga kipitilishi, o‘z-o‘zidan aniqki, yangi fabrika, ombop yoki elevatop qupilishi investitsiyalar shakli hisoblanadi. YAIM tapkibiga tovar zahiralarning ko‘payishi, Ya’ni ishlab chiqapilgan, lekin mazkup yilda sotilmagan bapcha mahculotlap kipitiladi. Boshqacha aytganda YAIM o‘z ichiga yil davomidagi Zahiralar va ehtiyotlap bapcha o‘cishining bozop qiymatini oladi. Zahiralarning by o‘cishi YAIMga jopiy ishlab chiqarish hajmi ko‘pcatkichi cifatida qo‘shiladi.

Zahiralar kamayganda, bu kamayish YAIM hajmidan chiqapilishi zarur. Zahiralapning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqapilgandan ko‘ppoq mahculot sotilganligini bildipadi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab chiqapilgan barha mahsulotni va bunga qo‘shimcha oldingi yillardan qolgan zahiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo‘ladi.

Milliy hisoblar tizimida YAIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investisiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investisiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni bildipadi. Yalpi investisiyalar o‘z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o‘rnini qoplash uchun mo‘ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda kapital qo‘yilmalar hajmiga har qanday sof qo‘shimchalarni oladi. Yalpi investisiyalar mohiyatiga ko‘ra iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash summasini va investisiyalarning o‘sgan qismidan iborat bo‘ladi. Boshqa tomondan sof xususiy ichki investisiyalar tushunchasi joriy yil davomida qo‘shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi. Ularning farqini oddiy misolda ancha aniq tushuntirish mumkin. Faraz qilaylik, mamlakatimiz iqtisodiyotida 2004 yilda 500 mlrd. So‘mlik investitsion tovarlar (ishlab chiqarish vositalari) ishlab chiqasilgan bo‘lsin. Ammo YAIMni ishlab chiqarish jarayonida shu yili 400 mlrd. So‘mlik mashina, uskuna va boshqa investitsion tovarlar iste’mol qilingan. Natijada bizning iqtisodiyotga 100 mlrd. So‘mlik jamg‘arilgan kapital qiymati qo‘shiladi. Shu yili yalpi investisiyalar 500 mlrd. So‘mni, sof investisiyalar faqat 100 mlrd. So‘mni tashkil qiladi. Ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi farq, 2004 yilgi YAIM hajmini ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilgan va iste’mol qilingan kapital qiymatini ifodalaydi.

YAlpi investisiyalar va amortizatsiya (Shu yili ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital hajmi) o‘ptasidagi nisbat, iqtisodiy yuksalish, turg‘unlik yoki tanazzul holatida joylashganligini tavsiflab beruvchi ko‘rcatkich (indikator) hisoblanadi.

YAlpi investisiyalar amortizasiyadan ortiq bo‘lsa, iqtisodiyot yuksalish bosqichida joylashadi, uning ishlab chiqarish quvvatlari o‘sadi. Masalan, bizning yuqoridagi misolda ta’kidlanganidek, 2004 yil yalpi investisiyalar 500 mlrd. So‘mni, ishlab chiqarishda iste’mol qilingan investitsiya tovaplapi hajmi 400 mlrd. So‘mni tashkil qilgan. Bu iqtisodiyotda Shu yil oxipida 100 mlpd. So‘mlik investitsion tovaplap ko‘p bo‘lganini bildiradiki, investitsion tovaplap taklifining ko‘payishi, iqtisodiyotning ishlab chiqarish quvvatlapini ko‘paytipishning acociy vocitaci hisoblanadi.

Turg‘un iqtisodiyot yalpi investisiyalar va amortizatsiya teng bo‘lgan vaziyatni aks ettipadi. Bu iqtisodiyotda mazkup yilda YAIMni ishlab chiqarish japayonida iste’mol qilingan vositalarni qoplash uchun zarur bo‘lgan miqdorda asosiy kapital ishlab chiqarishni bildiradi. Boshqacha aytganda, sof investisiyalar taxminan nolga teng bo‘ladi, ishlab chiqarish quvvatlari kengaymaydi.

Yalpi investisiyalar amoptizasiyaga qaraganda kam bo‘lsa, Ya’ni iqtisodiyotda ishlab chiqarilganga qaraganda kapital ko‘proq iste’mol qilinsa, iqtisodiyotda tanazzul holati vujudga keladi. Bunday sharoitda iqtisodiyotda investisiyalarning qisqarishi ro‘y beradi. By yil oxirida kapital hajmi yil boshida mavjud bo‘lgandan kam bo‘lib qolishga olib keladi. Masalan, «Buyuk turg‘unlik» davrida, aniqrog‘i 1933 yil AQSHda yalpi investisiyalar hammasi bo‘lib 1,6 mlrd. Doll.ni, yil davomida iste’mol qilingan kapital – 7,6 mlrd. Doll.ni tashkil qilgan. Shunday qilib, investisiyalarning sof qisqarishi 6 mlrd. Doll.ga teng bo‘lgan.

Davlat sarflari – bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni, xususan ishchi kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilgan barcha carflarini o‘z ichiga oladi.

Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog‘liq. Shu sababli YAIMni sarflar bo‘yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, Ya’ni eksport qiymati ham qo‘shiladi. Boshqa tomondan, iste’mol va investitsion sarflar hamda davlat mablag‘larining bir qismi import qilingan, Ya’ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YAIM tarkibidan chiqariladi. Buning uchun eksport va import miqdorlari o‘rtasidagi farq aniqlanadi. Bu farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo‘lsa ijobiy, import eksportdan ortiq bo‘lsa salbiy bo‘ladi.

Qarab chiqilgan sarflarning to‘rt toifasiga notijorat muassasalar (kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tashkilotlar) sarflari va moddiy aylanma vositalari zahirasidagi o‘zgarishlarni qo‘shib chiqish yo‘li bilan YAIM hajmi aniqlanadi.

2004 yil O‘zbekistonda sarflar (foydalanish) bo‘yicha YAIM 12189,5 mlrd. So‘mni tashkil qilib, u tarkiban quyidagicha bo‘lgan:

Pirovard iste’molga sarflar – 8386,4 mlrd. So‘m (68,8%)

Yalpi jamg‘arish – 2913,3 mlrd. So‘m (23,9%);

Sof eksport – 889,8 mlrd. So‘m (7,3%).

Uchinchi usul – bu YAIMni hisoblashga daromadlar bo‘yicha yondoShuv.

Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo‘jaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta to‘lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YAIM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana Shu barcha daromadlarni qo‘shib chiqish orqali aniqlanadi.

YAIMni daromadlar bo‘yicha hisoblashda uy xo‘jaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, Ya’ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h.k.) ajratish mumkin. YAIMni mazkur usul bo‘yicha hisoblashda daromadlarning barcha summasiga iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar summasi ham qo‘shiladi.

Agar YAIMni hisoblashning oxirgi ikki usulini oddiy tenglik shaklida tasvirlasak:

Mazkur yilda ishlab chiqarilgan YAIMni sotib olishga sarflar hajmi = Mazkur yilda ishlab chiqarilgan YAIMdan olingan pul daromadlari summasi.

Mahsulot ishlab chiqarishning barcha sarflari ayni paytda mazkur mahsulotni ishlab chiqarishga o‘zining ishchi kuchi va moddiy resurslarini bozordagi sotuvchilar uchun daromad hisoblanadi.

Milliy mahsulot hajmini sarflar summasi bo‘yicha hisoblash

Milliy mahsulot hajmini daromadlar summasi bo‘yicha hisoblash



    1. Uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari

1. Daromad bilan bog‘liq bo‘lmagan sarf va to‘lovlar

a) amortizatsiya, b) egri soliqlar

YAIMni hisoblashda uning tarkibiga kirgan daromadlar va daromad bilan bog‘liq bo‘lmagan sarflar (amortizatsiya va egri soliqlar) ning alohida turlarini to‘laroq qarab chiqamiz.

Asosiy kapitalning ko‘pchilik turlarining foydali xizmat muddati uzoq davrni tashkil qiladi. Investitsion tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar va ularning unumli xizmat muddati amalda bir davrga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli korxonalar investitsion tovarlarning foydali xizmat muddatini hisoblaydi va ularning ymumiy qiymatini butun xizmat muddatiga teng taqsimlaydi. Asosiy kapitalning yil davomida ishlab chiqarish japayonida iste’mol qilingan va yaratilayotgan mahsulotga ko‘chgan qiymati amortizasiya ajratmasi deyiladi. Amortizatsiya ajratmasi asosiy kapital turlari bo‘yicha hap yili ajratib boriladi. Macalan, to‘quv dastgohining qiymati 5 mln. So‘m, xizmat muddati 10 yilga teng. Yillik amortizatsiya ajratmasi 0,5 mln. So‘mni (5:10) tashkil qiladi.

Amortizatsiya ajratmasi Shu yil ishlab chiqarilgan mahsulot (YAIM) qiymati tapkibiga ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kirib, mahsulot sotilishi natijasida pul shaklida qaytib keladi va amortizatsiya fondi hicobida to‘planib bopadi. By fond mablag‘lapidan iste’mol qilingan asosiy kapitalni qayta tiklash, Ya’ni yangi investitsion tovarlap sotib olish va amal qilib turganlarini kapital remont qilish va ta’mirlash uchun foydalaniladi. U ishlab chiqarishni kengaytipish va kredit pecupclapining manbai ham hisoblanadi.

Dapomad to‘lash bilan bog‘liq bo‘lmagan xapajatlapning boshqa tyri egpi soliqlar kopxonalap uchun ishlab chiqarish xapajatlapi cifatida chiqadi va Shu cababli mahculot narxiga qo‘shiladi.

Bunday soliqlar o‘z ichiga aksiz to‘lovlari, sotishdan olinadigan soliqlar, mulk solig‘i, litsenziya va bojxona to‘lovlarini oladi.

Daromadlarning eng muhim turi ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlarga to‘lanadi. U ish haqiga ko‘plab qo‘shimchalar, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari va nafaqa ta’minotining har xil Xususiy fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa har xil mukofot hamda imtiyozlarni o‘z ichiga oladi. Ish haqiga bu qo‘shimchalar ish kuchini yollash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatining bir qismi sifatida chiqadi va Shu sababli korxonaning ish haqi to‘lashga umumiy sarflarining tarkibiy qismi sifatida qaraladi.

Renta to‘lovlari iqtisodiyotni resurslap (kapital, ep) bilan ta’minlovchi uy xo‘jaliklarining oladigan daromadi hisoblanib, korxona xarajatlari tarkibiga kiradi.

Foiz pul kapitali egalariga pul daromadi to‘lovlaridan iborat. Bunda davlat tomonidan amalga oshiriladigan foizli to‘lovlar, foizli Daromadlar tarkibidan chiqariladi.

Mulkdan olinadigan Daromadlar ikki turga bo‘linadi: bir qismi mulkga daromad va boshqa qismi esa korporasiyalar foydasi deyiladi.

Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan edi.

Mazkur vazifani amalga oshirish yo‘lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma’ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o‘rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o‘rganish hamda umumlashtirish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan: 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda – Harakatlar strategiyasi); Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda – Davlat dasturi) tasdiqlandi. Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga joylashtirildi, ularning natijasida ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar. Xususan, loyihalarning “Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi” portalida yo‘lga qo‘yilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bo‘yicha 1 310 ta taklif va mulohaza kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, 2017-yil 23-27-yanvar kunlari Toshkent shahrida mediahaftalik va xalqaro davra suhbati tashkil etilib, ularda 1 300 dan ortiq mutaxassis va ekspert, jamoatchilikning, ommaviy axborot vositalarining, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy investorlarning vakillari ishtirok etishdi.

Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi. Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.



Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishi belgilangan:

  1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;

  2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;

  3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;

  4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;

  5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. Mazkur yo‘nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat. Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi. Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” deb nomlangan birinchi yo‘nalishini amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish nazarda tutilgan. Davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlarning o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash Davlat dasturining eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri bo‘ldi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, shuningdek mahallaning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

Davlat dasturining ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi kerak bo‘lgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ma’muriy sudlarni, xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellatsiya sudlarini tuzish, sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish orqali sudlarni kelgusida ixtisoslashtirish va ularning devonini mustahkamlash nazarda tutilmoqda. Sansalorlikka va ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz cho‘zib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining vakolatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Ushbu yo‘nalish doirasida barcha huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish, aholi ularga erkin murojaat eta olishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaatlarning, xabarlarning o‘z vaqtida olinishini ta’minlash nazarda tutilmoqda. Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimiga, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek ushbu yo‘nalish 2018-2021-yillarda jinoyat va jinoyatprotsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishni, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini o‘qitish, tanlash va joy-joyiga qo‘yish tizimini takomillashtirishni, murojaatlarni muntazam tahlil qilishni hamda vaqti-vaqti bilan uning natijalarini e’lon qilib borishni, advokaturani rivojlantirishni, notariat tizimini va FHDYo organlarini isloh qilishni ham o‘z ichiga oladi.

“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichmabosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda. Shuningdek ushbu yo‘nalish xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim milliy korxonalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi.

2017-2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5-yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi. “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qariyb 25 mingta investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish o‘rni tashkil etish orqali aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini to‘liq ijro etish nazarda tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori bo‘lgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish o‘rni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ta’lim muassasalarining 10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda. Katta yoshli avlodni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritilgan. Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Qishloq joylarda 15 mingta arzon uy-joy, 415 kilometrlik suv ta’minoti quvurlari, 316 kilometrlik gaz ta’minoti quvurlari va 291 kilometrlik ichki yo‘llar qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida 86 ta yangi avtobus yo‘nalishini joriy etish va 537 ta zamonaviy avtobus xarid qilish nazarda tutilmoqda. “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga doir “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, O‘zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan 2017-yilga mo‘ljallangan savdoiqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlantirish va kengaytirish rejalashtirilmoqda. Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlarini amalga oshirishga 37,7 trillion so‘m va 8,3 milliard AQSh dollari yo‘naltiriladi. Kelgusi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning strategik va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida Farmon asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya tuzilmoqda. Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish Harakatlar strategiyasi beshta yo‘nalishining har biri bo‘yicha tuzilgan komissiyalar zimmasiga yuklatilgan. Ushbu komissiyalar zimmasiga nafaqat yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish, balki 2018-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash ham yuklatilmoqda. Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash yo‘lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bag‘ishlaydi.

Xulosalar

Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Milliy iqtisodiyot, barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.

3.Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari.

Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga xalq xo‘jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.

Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o‘sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi.

Butun milliy iqtisodiyotining holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YAMM), yalpi ichki mahsulot (YAIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad(MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyasiya va boshqa Shu kabilar hisoblanadi.

Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy mahsulot tarkibiga faqat tovar shaklida bo‘lib, bozor narxi mavjud bo‘lgan yoki, hech bo‘lmaganda, ularni yaratish uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar miqdori bo‘yicha baholash mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar kiritilishi mumkin.

YAIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi. Qo‘shilgan qiymat – bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan mol etkazib beruvchilardan sotib olingan va iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.

Milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YAIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. YAlpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi.

Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.

YAIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin: 1) qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha yondoShuv; 2) sarf-xarajatlar bo‘yicha yondaShuv; 3) daromadlar bo‘yicha yondoShuv.

Asosiy tayanch tushunchalar:

Makroiqtisodiyot – moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.

Milliy hisoblar tizimi – milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimi.

Yalpi milliy mahsulot (YAMM) – milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushadigan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi summasi.

Yalpi ichki mahsulot (YAIM) – yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati.

Sof milliy mahsulot (SMM) – amortizatsiya ajratmalari summasiga kamaytirilgan YAIM sifatida chiqib, tarkiban milliy daromad va egri soliqlardan iborat bo‘ladi.

Milliy daromad – yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo‘lib, SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Shaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo‘liga kelib tushadigan ijtimoiy to‘lovlar summasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.

Nominal YAIM – joriy narxlarda hisoblangan YAIM.

Real YAIM – narxlarning o‘zgarishini hisobga olib, o‘zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YAIM.

Qo‘shilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.

Oraliq mahsulot – ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib olingan mahsulotlar.

Pirovard mahsulot – ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, Shaxsiy va unumli iste’mol qilishga tayyor bo‘lgan mahsulotlar.

Xufyona iqtisodiyot – YAIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:

Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada? Ular iqtisodiyotning qanday ko‘rinishlari uchun xos ekanligini izohlang.

Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy qismlari mavjud?

Makpoiqtisodiy ko‘pcatkichlap nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol o‘ynaydi?

YAIM va SMM bir-biridan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy dapomad-chi?

Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering.

YAIM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat.

Nominal va real YAIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini ko‘rsating.\

Agar joriy yildagi nominal YAIM hajmi 700 mlrd. So‘mga, narx indeksi 1,5 ga teng bo‘lsa, real YAIM hajmi qancha bo‘ladi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng bo‘lsa-chi?

Takroriy hisob, qo‘shilgan qiymat, oraliq mahsulot va pirovard mahsulot tushunchalarini izohlab bering.

Sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichining mohiyati hamda hisoblash tartibini tuShuntirib bering.

Yalpi talab va yalpi taklif (4 soat)

Yalpi talab tushunchasi, yalpi talab egri chizig‘i va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar.

Yalpi taklif tushunchasi, yalpi taklif egri chizig‘i (klassik, oraliq – keynsian kesmalar) va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar.

Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatlik hamda uning o‘zgarishi.(Valras modeli).

Biz ushbu darslikning VII-mavzusida talab va taklif tushunchalari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillar, Shuningdek, talab qonuni va taklif qonuni hamda ular o‘rtasidagi muvozanatlikka e’tibor berib, ularni yoritgan edik. Lekin u bobda talaba va boshqa ushbu kitob o‘quvchilariga tuShunish oson bo‘lsin uchun tovar va xizmatlarning alohida olingan turi bo‘yicha bu masalalar ko‘rib chiqilgan edi. Endi esa milliy iqtisodiyot yaxlit holda, Ya’ni makroiqtisodiyot darajasida o‘rganilayotgan jarayonda butun mamlakat fuqarolari, barcha tadbirkorlar, davlat va chet el iste’molchilarining barcha tovarlar va xizmatlar turlari bo‘yicha talabi va taklifini o‘rganish iqtisodiyotni samarali yuritishda muhim ahamiyatga egadir.

Shuning uchun bu bobda makroiqtisodiy tahlil davom ettirilib, eng avvalo yaxlit olingan milliy bozor ko‘rib chiqiladi va uning makrodarajadagi asosiy unsurlari bo‘lgan yalpi talab va yalpi taklif tushunchalarining iqtisodiy mazmunini tavsiflanadi. Tahlil davomida yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillar, ular ta’sirida narxlar darajasining o‘zgarishi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi qanday o‘rnatilishini bayon etiladi.

Yalpi talab (aggregate demand, AD) – bu barcha iste’molchilar, Ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmi yoki milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmidir.

Yalpi talab barcha iste’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo‘lgan talablaridan tashkil topadi. Biz bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo‘ladi: aholi iste’mol qiladigan iste’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – kapital va ishchi kuchi. (Biz ishlab chiqarish omillari tarkibida er ham borligini bilamiz. Lekin bizning mamlakatimizda er oldi-sotdi ob’ekti bo‘lmagani uchun uni bu erda yalpi talab tarkibida hisobga olmaymiz va keyingi o‘rinlarda omillarga talab haqida gap ketganda faqat kapital va ishchi kuchi haqida gap boradi)

Iste’mol tovarlari esa o‘z navbatida turlig‘tuman moddiy va ma’naviy tovarlardan hamda xizmatlardan tashkil topadi. Shuningdek, tadbirkorlarning (davlat, xususiy, jamoa, korporativ) omillarga, Ya’ni investitsion tovarlarga va ishchi kuchiga bo‘lgan talabi ham turli-tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbobg‘uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg‘i, xom ashyo, materiallar va h.k.). Talabning umumiy miqdori, Ya’ni Shu aytilgan tovarlarni sotib olishga mo‘ljallangan pul miqdori ularning turlariga, miqdoriga, sifatiga hamda narxiga bog‘liq bo‘ladi.

Yalpi talab Ist`mol buyumlarigam Investisiya tovarlari va ishchi kuchiga

Turlari, miqdori va sifati (ijtimoiy nafliligi)

Narxi


Yalpi talab, ya`ni umumiy pul miqdori

Turlari, miqdori va sifati (ijtimoiy nafliligi)

Narxi

. Yalpi talabning umumiy miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog‘liqligi



Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta’sirida o‘zgarib turadi.

Turli o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondoshiladi. Jumladan, akademik V.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» bo‘yicha darslikda yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig‘indisi sifatida ifodalanadi,

Ya’ni bu erda:

Yd – yalpi talab;

C – uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari

I – xususiy sektorning investitsiya sarflari;

G – davlat xaridi

NX – sof eksport.69

Akademik V.Kamaev esa yalpi talabni real yalpi milliy mahsulot unsurlariga bo‘lgan umumiy pul talabi sifatida namoyon bo‘lishini hamda uni pulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko‘rinishda ifodalanishini ta’kidlaydi:

Bu erda: AD – yalpi talab;

M – pul miqdori

V – pulning aylanish tezligi

P – narx darajasi.70

Bundan ko‘rinadiki, yalpi talab milliy ishlab chiqarish hajmi va narx darajasiga bevosita bog‘liq.

Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo‘lsa, iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab chiqarish real hajmining Shuncha katta qismini va aksincha, narx darajasi qancha Yuqori bo‘lsa, Shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, boshqa sharoitlar o‘zgarmagan holda narx darajasining oshishi ishlab chiqarishning real hajmiga bo‘lgan yalpi talab hajmining kamayishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmiga yalpi talabning oshishiga olib keladi. YAlpi talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o‘zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga olib keladi.

Narx darajasi va talab ta’siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi bu teskari bog‘liqlik

Ishlab chiqarish real hajmi

Yalpi talab egri chizig‘i yakka talab egri chizig‘iga o‘xshaydi, biroq o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar bir-biridan farqlanadi. Agar yakka talab egri chizig‘i turli narx ko‘rsatkichlarida alohida iste’molchining muayyan tovarga bo‘lgan talabi miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig‘i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishning real hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi

Shuningdek, yakka talab egri chizig‘ining pasayuvchanligi daromad va almashuv samaralarining amal qilishi bilan izohlansa, yalpi talab egri chizig‘ining pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lishi narxlar umumiy darajasining o‘zgarishi natijasida ro‘y beruvchi foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import tovarlar xaridi samarasi orqali izohlanadi. Foiz stavkasi samarasi. Mazkur samaraning mohiyati Shundan iboratki, narx darajasining o‘sishi bilan pulga bo‘lgan talab ham ortadi. Bu esa muomaladagi pul miqdorining o‘zgarmagan hajmi sharoitida foiz stavkasining o‘sishiga olib keladi. O‘z navbatida foiz stavkasining o‘sishi iste’mol va investitsiya sarflari hajmini pasaytiradi. Chunki foiz stavkalarining oshib ketishi aholi tomonidan uy va uy jihozlari, avtomobil kabi uzoq muddatli iste’mol tovarlarini sotib olish uchun kredit olishni samarasiz qilib qo‘yadi. Shuningdek, tadbirkorlar ham foizning Yuqori darajasida o‘zlarining nisbatan past daromad keltiruvchi investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan voz kechadilar.

fIste`molchilar pulga talabining oshishi

Tadbirkorlar pulga talabining oshishi

Narx darajasi oshishining yalpi talabga ta’siri.

Bu erda biz narx oshgan holatda pulga bo‘lgan talabning, foiz stavkasining oshishini va, nihoyat, yalpi talab miqdorining kamayishini ifoda etdik. Narx pasaysa, Shu holatning teskarisi, Ya’ni pulga bo‘lgan talab hamda foiz stavkasining pasayishi va oqibatda yalpi talab miqdorining oshishi ro‘y beradi.

Boylik samarasi. U ba’zida real kassa qoldiqlari samarasi deb ham atalib, narx darajasining oshishi bilan moliyaviy aktivlar (bank omonatlari, aksiya va obligatsiyalar) real qiymatining pasayishini anglatadi. Buning natijasida aholi daromadlari ham pasayib, ular tomonidan sotib olinuvchi tovar va xizmatlar miqdori kamayadi.

Import tovarlar xaridi samarasi. Bu samara narx darajasi o‘zgarishining u yoki bu mamlakatdagi ichki va jahon narxlari nisbatiga ta’siri orqali namoyon bo‘ladi. Mamlakatdagi narxlar umumiy darajasining oshishi milliy iste’molchi uchun chetdan xorijiy tovarlarni olib kelishni foydali qilib qo‘yadi. O‘z navbatida, mazkur mamlakat tovar va xizmatlarini xorijiy iste’molchilar tomonidan xarid qilish hajmi ham qisqaradi. Natijada bu mamlakatning eksport hajmi kamayadi. Eksport hajmining kamayishi va import hajmining oshishi sof eksportning va, pirovardida, yalpi talab umumiy hajmining qisqarishiga olib keladi.

Sanoatning Yuqori sur’atlar bilan rivojlanishida korxonalarni qaytadan tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlar boshqaruv tizimini isloh qilish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi sabab bo‘ldi. Sanoatning YAIM tarkibidagi ulushi 15,8%dan 17,1%ga oshdi. Qo‘shilgan qiymat o‘sishining yarmidan ko‘prog‘i tayanch tarmoqlarda ishlab chiqarishning kengayishi hisobiga yuz berdi.

YAlpi talab hajmiga narxdan tashqari omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Quyida ulardan eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz:


  1. Iste’mol sarflaridagi o‘zgarishlar. Narx darajasining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan holda, narxdan tashqari bir yoki bir nechta omillar ta’sirida iste’molchilar xaridi hajmida o‘zgarish ro‘y berishi mumkin. Bu iste’molchi farovonligi, iste’molchining kutishi, iste’molchining qarzlari va soliqlarning o‘zgarishi natijasi hisoblanadi.

Iste’molchining farovonligi iste’molchi ega bo‘lgan barcha moliyaviy aktivlarga (aksiya va obligatsiya) hamda uy va er kabi ko‘chmas mulklarga egaligiga bog‘liq bo‘ladi. Ularning real qiymatining keskin kamayishi tovar xarid qilish hajmining kamayishiga olib keladi. Iste’mol sarflarining qisqarishi natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha moddiy va moliyaviy boyliklar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida iste’mol sarflari o‘sadi. Bunga, aksiya kursining keskin oshishi, xatto narxlar darajasi o‘zgarmay qolganda iste’molchi farovonligining o‘sishiga olib kelishini misol qilib keltirish mumkin. Uy va er real qiymatining keskin kamayishi narx umumiy darajasining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan holda iste’molchi farovonligining pasayishiga olib keladi.

Iste’molchining kutishi. Iste’mol sarflari hajmidagi o‘zgarish, iste’molchining narxlar va daromadlar darajasidagi kelajakdagi o‘zgarishlarni oldindan bilishiga bog‘liq. Masalan, agar iste’molchi kelajakda o‘zining real daromadi ko‘payadi, deb hisoblasa, u joriy daromadlarining ko‘proq qismini sarflashga tayyor bo‘ladi. Natijada bu davrda iste’mol sarflari ko‘payadi, jamg‘arish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar iste’molchi kelajakda o‘zining real daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning iste’mol sarflari va demak, yalpi talabi qisqaradi. Xuddi Shunday tarzda inflyasiyaning kutilishi bugungi yalpi talabni oshiradi. Chunki iste’molchilar narxlar oshgunga qadar tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha, yaqin kelajakda narxlar pasayishining kutilishi, bugungi iste’mol miqdorining kamayishiga olib keladi.

Kurs ishi yozish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar

I. O'zbekiston Respublikasi qonunlari

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. -T.: "O'zbekiston", 2017. -76 b.

2. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi "soliq kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni.

3. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi "investisiyalar va investisiya faoliyati to'g'risida"gi Qonuni.

4. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi "2020 yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risida"gi Qonuni.

5. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 11 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida qonun.

6. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 5 noyabrdagi "banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida qonun.

7. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 22 oktyabrdagi "valyutani tartibga solish to'g'risida"gi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida qonun.

8. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 18 iyuldagi "turizm to'g'risida"gi Qonuni.

9. O'zbekiston Respublikasining byudjet kodeksi, 2014 y.

II. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari

10. O'zbekiston Respublikasi Prezdentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni.

11. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-sonli "qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni.

12. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli "Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to'g'richida"gi Farmoni.

13. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 sentyardagi PF-5837-sonli "soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni.

14. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-sonli "turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni.

15. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5780-sonli "xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to'g'risida"gi Farmoni.

16. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 noyabrdagi PF-5587-son "mahalliy ishlab chiaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga o'zgartirish kiritish to'g'risidagi 2019 yil 31 iyuldagi Farmoni.

17. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 iyundagi "soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni.

18. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 maydagi "turizm tarmog'ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori.

III. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va ma'ruzalari

19. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T.: O'zbekiston, 2016. -56 b.

20. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. –T.: O'zbekiston, 2017. -104 b.

21. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –T.: O'zbekiston, 2017. -48 b.

22. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: O'zbekiston, 2017. -488 b.

23. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi. 2017 yil 22 dekabr

24. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi. 2018 yil 28 dekabr.

IV. Darsliklar

25. McConnell, Brue. Economics. Mcgraw-hill/Irwin, USA, 2013.

26. Shodmonov Sh.Sh., G'afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: "Fan va texnologiya",

27. O'lmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. T.: "Sharq", 2006y.

28. Juravleva G.P. Ekonomicheskaya teoriya. Mikroekonomika - 1, 2. Mezoekonomika: Uchebnik / Moskva: Dashkov i K, 2016. - 934 s.

29. Kochetkov A.A. Ekonomicheskaya teoriya: Uchebnik dlya bakalavrov / Moskva.: Dashkov i K, 2016. - 696 s.

30. Samuelson, Pol E., Nordxaus, Vilyam D. Makroekonomika. -M.: OOO "I.D. Vilyams", 2009. -592 str.

31. Larionov I.K., Silvestrov S.N. Ekonomicheskaya teoriya. Ekonomicheskie sistemi: Formirovanie i razvitie: Uchebnik dlya magistrov / Moskva.: Dashkov i K, 2015. - 876 s.

V. O'quv qo'llanmalar

32. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga murojaatnomasini keng jamoatchilik o'rtasida targ'ib etishga bag'ishlangan ilmiy-ommabop qo'llanma. –T.: "Ma'naviyat" nashriyoti, 2018.

33. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasini o'rganish va keng jamoatchilik o'rtasida targ'ib etishga bag'ishlangan maxsus kursning o'quv dasturi. O'zbekiston Oliy ta'lim muassasalari rektorlari kengashi. Toshkent-2019.

34. Shodmonov Sh.Sh., Mamaraximov B.E. Iqtisodiyot nazariyasi. Ma'ruzalar matni. -T.: Iqtisod-moliya, 2016. -728 bet.

35. Tojiboeva D. Iqtisodiyot nazariyasi, T.: "O'qituvchi", 2002

VI. Statistik ma'lumotlar to'plamlari

36. O'zbekiston raqamlarda 2017-2018. Toshkent-2019.

37. O'zbekiston hududining yillik statistik to'plami. Toshkent-2019.

38. O'zbekiston qishloq xo'jaligi 2015-2018. Toshkent-2019.

39. O'zbekiston sanoati 2015-2018. Toshkent-2019.

40. O'zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi 2015-2018. Toshkent-2019.

41. O'zbekistonda mehnat va bandlik 2015-2018. Toshkent-2019.

VII. Internet saytlar

42. www.gov.uz - O'zbekiston Respublikasi hukumat portali.

43. www.lex.uz - O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

44. www.mineconomi.uz - O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi veb sayti.

45. 53. www.mf.uz - O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi veb portali.

46. 54. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi veb sayti.

47. 55. www. soliq.uz - O'zbekiston Respublikasi davlat soliq qo'mitasi veb sayti.

48. 56. www.сbu.uz. - O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki veb sayti.



49. 57. www.ziyonet.uz – elektron kutubxona portali.


Download 67,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish