7.Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mikroorganizmlar ham boshqa
tirik mavjudodlar singari organik olamning bir bo‘lagi hisoblanadilar. Shuning
uchun ular o‘zlari yashab turgan muhit omillari ta’siridan chetda qololmaydilar.
Ularning havoda, suvda tuproqda, o‘simlik va hayvonlarda tarqalishi, hayot
faoliyati ana shu muhit omillari ta’siriga moslashuvidan kelib chiqadi. Aks
holda hayot kechira olmas edilar.
SAVOLLAR:
1. Mikroblar bilan suv o‘rtasida qanday boglanish bor?
2. Gipertonik va gipotonik eritma deganda nimani tushunasiz?
3. Plazmoliz va plazmotiz qanday sodir bo‘ladi?
4. Harorat ta’siriga ko‘ra mikroorganizmlar qanday guruhlarga ajratilgan?
5. Muhit reaksiyasi mikroblarga qanday ta’sir qiladi?
6. Mikroorganizmlarning kislorodga munosabati bo‘yicha qanday guruhlarni bilasiz?
7. Quyosh nuri guruxlarini bilasizmi?
8. Quyosh nuri mikroorganizmlarga qanday ta’sir qiladi. Simbioz nima? Misollar keltiring.
9. Metabioz nima?
10. Anabioz va parazitizm haqida nimalarni bilasiz?
4-MAVZU: MIKROORGANIZMLARDA MODDALAR ALMAShINUVI
Reja:
1. Katabolizm va biosintez tushunchasi.
2. Mikroorganizmlarni oziq moddalarga bo‘lgan talabi.
3. Mikroorganizmlarni oziqlanish tiplari
4. Mikroorganizmlarni nafas olishi
5. Mikroorganizmlarda modda almashinuvida fermentlarning roli
6. Fermentlar klassifikatsiyasi
7. Mikroorganizmlar hujayralarida energiya yigilishi
8. Xulosalar
Adabiyotlar: 2,4,6,7
1. Katabalizm va biosintez tushunchasi. Mikroorganizmlar hujayrasi
ichiga kirgan ozuqa moddalar turli-tuman ximiyaviy reaksiyalar qatnashadilar.
Bu jarayonlarni umumiy bitta so‘z bilan metobolizm ya’ni moddalar
almashinuvi deymiz. Metobolizm hayotiy muhim ikki jarayondan katabolizm
va biosintezdan iborat. (Oldinlari dissimilyatsiya, assimilyatsiya deyilgan).
Katabolizm – ozuqa moddalari uglevodlar, yoglar, oqsillar oksidlanish
natijasida parchalanish va energiya ajralib chiqishi jarayonlaridir.
Mikroorganizmlarda katabolik jarayonlar ikki yo‘l bilan aerob nafas olish va
bijgish bilan bo‘ladi. Aerob nafas olishda ozuqa moddalarining to‘liq
parchalanishi (karbonat angidrid va suvgacha) va ko‘p miqdorda energiya
hosil bo‘ladi va energiyaga boy moddalar (etil spirti, sut kislota, moy kislota va
boshqa hayotiy zarur kislotalar) hosil bo‘ladi. Ajralib chiqayotgan energiya
ATF molekulasida yigiladi.
Biosintez – hujayrada NK, oqsil polisaxaridlar kabi makromolekulyarlar
moddalarning hosil bo‘lish jarayonidir. Bu jarayon energiya o‘zlashtirish bilan
sodir bo‘ladi. Energiya ATF shaklida o‘zlashtiriladi. ATF esa fotosintez,
xemosintez, nafas olish, bijgish jarayonlarida hosil bo‘ladi. Bu ikki jarayon bir
vaqtda sodir bo‘ladi. Ko‘pchilik oraliq maxsulotlar katabolizmda ham
biosintezda ham ishtirok etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |