1. Mif va badiiy ijod. Mif va jahon adabiyoti. Mifning jahon adabiyoti tadrijidagi o‘rni



Download 29,37 Kb.
bet3/4
Sana23.04.2022
Hajmi29,37 Kb.
#575821
1   2   3   4
Bog'liq
oraliq ish 1

Bor, izla о 'zingga bo'lak xizmatkor,

Sen boshlagan yo'Iga aslo bormasman.

Menda tangri bermish oliy huquq bor,

Sen deb men uni loyga qormasman.

She'riyat qalblarni yoqur ne sabab?

Nahot bois bo’lsa balandparvoz gap!

Shoir yuragida pinhondir olam,

Jahoniy uyg'unlik unda mujassam.

(Erkin Vohidov tarjimasi)
«Faust» asarida Gyote san'at to'g'risidagi ana shunday qarashla riga asoslangan, shoir Faust timsolida o'zining inson va borliq haqidagi qarashlarini bayon qiladi.
Tragediya qahramoni Faust -izlanuvchan, bilimga, haqiqatga tashna shaxs, u yaratuvchi, o'zgartiruvchi, quruvchi kuch timsoli, u o'zida aql, idrok, ehtirosni mujassamlashtirgan inson. Faust xarakteridagi muhim jihat biqiqlik, cheklanganlikka qarshi norozilikdir. Bu norozilik undagi inkor ruhi tarzida namoyon bo'ladi. «Men hargiz yomonlik tilab - yaxshilik qiluvchi kuchning bir qismi, Men inkor ruhiman, Inkor qilishni kasb qilib olganman... Xullas, siz yomonlik deb atagan Kuch - men o'zim».
Bu tragediyadagi Mefistofelning so'zlari. Mefistofel iblis timsoli. U tashqi tomondan Faustning tamom ziddi bo'lsa-da, botinda uning ruhida yashaydi, har ikki obrazning dunyoqarashi, e'tiqodi biri ikkinchisiga tamomila teskari bo'lsa-da, aslida bir butunlikni tashkil qiladi. Asarda inson bilan shayton o'rtasida tinimsiz kurash boradi. Faust olam sirlarini bilishga, inson qudratini namoyish qilishga intiladi, tabiat bilan birlashib ketishni orzu qiladi. Bundan ojiz qolganda o'lim sharbatini ichgisi keladi. Shunday paytda Shayton unga ko'makka keladi, unga ko'ngil parvoziga, istaklariga qanot va'da qiladi. Inson va Shayton o'zaro ittifoq tuzadilar. Mefistofel qalbi razolatga lo'la, unda tuban fikrlar hukmron, u odamzodning aqliga ishonmaydi, hayot uningcha insonga bir bor beriladigan omonat tortiq, imkon qadar undan ko'proq olish, nafsni qondirish uchun yashash kerak deb hisoblaydi. U alohida odam emas, aslida u insonning ichida, doimo uning qalbiga vasvasa solib, tuban, shaytoniy istaklarni yuzaga chiqarishga undaydi. Ko'rinadiki, Mefistofel an'anaviy yovuzlik timsoli. Biroq bunday hukm chiqarishga shoshilmaslik kerak. Gyote yaratgan Mefistofel murakkab obraz -u masxaraboz, lo'ttiboz, muttaham, ayni paytda nihoyatda aqlli, uning mushohadalari o'tkir kinoyaga boy, mo'ljalga aniq tegadi, ular zamirida haqiqat bor, tabiatiga isyonkorlik, jo'shqinlik xos. Tangri bejiz unga Faustni topshirmaydi: «Inson tabiati uyquga moyil, Sen unga qutqu sol, turtib tur doim. Atrofida aylan, qo'zg'ot erta-kech, har zamon bedor tut, orom berma hech». Mefistofel Faustga dunyoning u ilgari ko'rmagan tomonlarini, tatimagan ne'matlarini ko'rsatadi. Shu tariqa Faust Shayton ko'magida qaynoq zamin hayotiga otiladi, qalbida yoshlik, muhabbat olovi gurkiraydi, 14 yoshli ma'suma Margaritani sevib qoladi. Biroq hissiyotga to'la sof muhabbat shayton qutqusi tufayli dahshatli yakun topadi, soddadil Margaritaning fojiali taqdiriga sabab bo'Iadi. Faust sevgilisining azob-uqubatlarini ko'rganda iblisni la'natlab uni qutqarish uchun otiladi, uning qismatini o'zgartirolmagan bo'lsa-da, qalbida yana insoniylik uyg'onadi.
Faust Mefistofelga qarata, ya'ni qalbidagi Shaytonga qarata shunday xitob qiladi:
«Og'zingm yum! Bu dahshatli so'yloqtishlaringni menga ko'tsatma! Ey buyuk va poyonsiz rah! Sen meni bir bor ko'rding, qalbimga quloq tutding. Nega endi meni bu maxluq bilan, xayolida faqat yomonlik bo'lgan, o'zgalar g'amidan doimo yayragan bu benomus bilan bog'lading?»
Faust bilan Margaritaning so'nggi uchrashuvi asarning eng yorqin, ta'sirli sahifalaridandii. Bu yerda shaytoniy hislarga mag'lub bo'lgan insonlarning iztiroblari mahorat bilan tasvirlangan.
Asarning ikkinchi qismida Faustni o'zini Margaritaning mash'um qismati sababchisi deb bilib, og'ir iztiroblar iskanjasida qolgan holatda uchratamiz. Bu yerda ham uni jo'shqin hayot, go'zal tabiatning sehrli chorlovi, ilohiy qudrati qutqaradi, uning mudroq qalbida ikkinchi marotaba uyg'onish ro'y beradi.



Download 29,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish