Bukvitsa (harf) buyrug`i harflar turini, ularni katta-kichikligini, bosh harflarni kattalashtirib yozish imkonini beradi.
Spisok (ro`yxat) buyrug`ining uch bo`limi: Markerovanniy (markerlash), Numerovanniy (raqamlash), Mnogourovneviy (ko`p darajali) bor.
Ro`yxatlarga belgi qo`yish (Markerlash).
WORD turli ro`yxatlarni har bir satri boshiga qo`shimcha simvollarni qo`yish imkoniga ega. Bu amallar belgilash buyrug`i ostida amalga oshiriladi. Oddiy holda bu belgilar qora doiracha shaklida bo`ladi. WORDda bezak uchun ishlayotgan belgilarni o`z xohishimizga ko`ra ularning o`lchovini, shaklini va rangini o`zgartira olamiz.
Standart belgilar (Markerlar).
Ular ro`yxatda markerlar bilan bezash uchun quyidagilarni bajaradi: Ro`yxatdagi belgi qo`ymoqchi bo`lgan abzatsni sichqoncha bilan belgilaydi; Instrumentlar panelidan quyida ko`rsatilgan belgilash yoki markerlash klavishasini bosiladi.
Bu klavisha yordamida Ro`yxat (Spisok) muloqot oynasi mavjud bo`lgan belgilarni qo`ya oladi. Agar biz belgilarning o`lchami va shaklini o`zgartirmoqchi bo`lsak, quyidagilarni bajarish kerak:
a) Ro`yxatdagi abzatslarni tanlash;
b) Format ro`yxat buyrug`ini bajarish va belgilash (markerlash) bo`limini tanlash;
v) Biz ishlamoqchi bo`lgan belgi turini tanlab, OK klavishasi bosiladi.
Ro`yxatlarni raqamlash (Numerovanniy): Biz WORD yordamida hech qanday qiyinchiliksiz ramkalangan ro`yxatlar tuzishimiz mumkin. Raqamlangan ro`yxatdagi abzatslar o`chirilganda, qo`shilganda yoki joyi o`zgartirilganda, WORDning bu ro`yxat (spisok) buyrug`i avtomatik ravishda raqamlar ketma-ketligini to`g`rilaydi.
Standart raqamlashRo`yxatlarni raqamlash uchun quyidagi amallarni bajarashi kerak:
a) Raqam qo`ymoqchi bo`lgan abzatsni sichqoncha bilan belgilaymiz;
b) Formatlash asboblar panelidan quyida ko`rsatilgan raqamlash klavishasini bosamiz.
Ro`yxatlarni ich-ichiga joylashtirish, boshqacha qilib aytganda, ko`p darajali ro`yxatlar (Mnogourovneviy). Ko`p darajali ro`yxat tuzish uchun quyidagi amallarni bajariladi:
a) Raqamlamoqchi yoki belgilamoqchi bo`lgan turli darajadagi ro`yxat bo`laklari yoziladi;
b) Ro`yxatdan ikkinchi darajaga qo`ymoqchi bo`lgan qismni belgilanadi. Agar ketma-ket joylashmagan bo`lsa, har bir bo`lak uchun alohida uchinchi punktni bajarish kerak;
v) Formatlash asboblar panelidan *chekinishni ko`paytir*- (Uvelichit Otstup)klavishasi bosiladi;
g) Ro`yxatdan uchinchi darajaga tushirmoqchi bo`lgan bo`limni belgilab, «chekinishni ko`paytir» (Uvelichit Otstup) klavishasini (darajadan bitta kam marta) bosiladi. Misol uchun ro`yxatdagi belgilangan bo`limni, abzatsni to`rtinchi darajaga keltirish uchun «chekinishni ko`paytir» (Uvelichit Otstup) klavishasini uch marta bosish kerak;
d) Butun ro`yxatni ko`p darajaga keltirish uchun ro`yxatni belgilab, format menysidagi buyruq bajariladi va ko`p daraja ekranga chaqiriladi. Bizga to`g`ri kelgan ko`p darajali bezak, nomerlash turini tanlab, OK klavishasi bosiladi.
Stil (tur)Agar biz hujjatimizdagi abzats yoki bir bo`lakning tur ko`rsatkichlarini o`rganmoqchi bo`lsak, o`sha bo`lakni belgilab, quyida keltirilgan ikki amaldan biri bajariladi.
1) Format menysidagi Stil (tur) buyrug`ini bajarib hosil bo`lgan Stil oynasidan shu bo`lakka oid ko`rsatkichlarni ko`rib olishimiz mumkin.
2) Bizni qiziqtirgan ma'lumotlarni olish uchun, biz shu ma'lumotlarga aloqasi bo`lgan buyruqlarni bajarish bilan ma'lumotlarni olamiz. Bu usulda ishlayotganda biz bir qancha muloqot oynalaridan foydalanamiz va undagi axborotlarni eslab kolishimizga to`g`ri keladi. Ularni hammasini yig`ganimizdan so`ng abzats xaqidagi ma'lumotga ega bo`lamiz.