Kiritish ko`rsatkichini sichqoncha orqali harakatlantirish.Buning uchun kerakli yerga sichqoncha ko`rsatkichi keltirilib chap klavishasi bosiladi. Hujjatni varaqlash kerak bo`lsa, prokrutka chiziidan foydalaniladi.
Kiritish ko`rsatkichini klaviatura orqali harakatlantirish. Kiritish ko`rsatkichini xarakatlantirish uchun quyidagi klavishalar kombinatsiyasidan ham foydalanish mumkin.
Klavisha harakat Klavisha harakat
[ ] bir belgi chapga
[ ] bir belgi o`ngga
[ ] bir satr yuqoriga
[ ] bir satr pastga
[Ctrl+ ] bir so`z chapga
[Ctrl+] bir so`z o`ngga
[End] satr oxiriga
[Home] satr boshiga
[Ctrl+ ] bir abzats yuqoriga
[Ctrl+ ] bir abzats pastga
[PgUp] bir oyna yuqoriga
[PgDn] bir oyna pastga
[Ctrl+PgUp] oynaning yuqori chegarasiga
Holatlar satri.Bu satr WinWord oynasining ostki qismiga joylashgan. Matnni kiritish davomida bu satrda ko`rsatkich holati, meny va buyruqlar haqidagi ma'lumotlar berib boriladi.
holatlar satri haqidagi ma'lumot
Qisqartmalar Ma'nosi
Str 2 kiritish ko`rsatkichi joylashgan varaq tartibi
Razd 1 kiritish ko`rsatkichi joylashgan bo`lim tartibi
2/18 kiritish ko`rsatkichi joylashgan varaq tartibi va hujjatdagi varaqlar soni
Na 24-8sm varaq yuqori chegarasidan kiritish ko`rsatkichigacha bo`lgan masofa
St 3 kiritish ko`rsatkichi joylashgan satr
Kol 5 kiritish ko`rsatkichi va chap chegara orasidagi belgilar soni
Ushbu satrning o`ng tomonida klaviatura rejimi yoki WinWord programmasining ish rejimi haqidagi ma'lumotlar ham joylashgan bo`ladi.
qisqartmalar ma'nosi
ZAP makrobuyruqni yozish bajarilayapti
ISPR muharrir yordamida tahrirlash rejimi
VDL (F8 klavishasi yordamida) belgilashni kengaytirish
ZAM (Ins) almashtirish rejimi
Orfografiyani tekshirish
WinWord da matnni kiritish davomida orfografiyani tekshirish funksiyasi kiritilgan bo`lib, u xato so`zlar ostiga to`lqinsimon qizil rangdagi chiziq tortib qo`yadi. Holatlar satridagi kitob tasviriga sichqoncha yordamida ikki bor shiqillatsak, dinamik meny ochilib, u yerda xato terilgan jumlani mumkin bo`lgan almashtirish ko`rinishini tanlashimiz yoki shu jumlani lug`atga kiritib qo`yishimiz mumkin bo`ladi. Dinamik menyni ochish uchun ostiga chizilgan jumla ustiga sichqonchani kelitrib o`ng klavisha bosilsa ham bo`ladi.
Holatlar satrida foydalanuvchi uchun ma'lumot ham keltiriladi. Agar foydalanuvchi meny satridan element tanlasa, u holda holatlar satrida shu meny yoki buyruq haqida qisqacha ma'lumotnoma beriladi. Holatlar satri amallarning qisqacha ta'rifini ham berishi mumkin. Masalan, hujjatning saqlanish vaqtida ushbu buyruqni bajarilishi, hujjatning nomi va hajmi haqidagi ma'lumot paydo bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |