1. Menejment funksiyalari Menejer mexnati va uning xususiyatlari


Menejer mexnatini tashkil etish mexanizmi



Download 76 Kb.
bet6/7
Sana31.12.2021
Hajmi76 Kb.
#219827
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Menejer faoliyatini tashkil etish

5. Menejer mexnatini tashkil etish mexanizmi.

Menejer mexnatini tashkil etishda boshqaruv apparatidagi xar bir ijrochining ishi cheklangan va nisbatan bir turda bo’lishiga erishish talab qilinadi. Bu mexnat unumdorligi ortishi, ish sifati yaxshilanishi va xar bir ijrochi tajribasi ortib borishiga imkon yaratadi. Ixtisoslashuv majburiyatlar doirasini shunday belgilash lozimki, bunda xar bir ishlovchi masalasi imkoni boricha tulik ishga solinsin.

Mexnatni kooperasiya qilish boshqaruv tashkilotlari bilan boshqaruv apparati turli bo’linmalari xodimlari urtasida aloqa o’rnatilishini ko’zda tutadi. Boshqaruv jarayonida, xam shu korxonada, xam undan tashqaridagi aloxida xodimlar, xizmat va bo’linmalar faoliyati birlashtiriladi.

Menejerlar mexnati taksimlash va kooperasiya qilish yo’llari tarkibiy bo’linmalar xaqida koidalar va boshqaruv apparati xodimlari lavozim qo’llanmasi tomonidan belgilangan bo’ladi. «Korxonalar to’g’risida» qonun asosida korxona va uning bo’linmalarida xar bir raxbar, mutaxassis va texnikaviy ijrochi uchun lavozim qo’llanmalari ishlanadi. Lavozim qo’llanmalari, xuquq va majburiyatlari yakka boshchilik tamoyili asosida mansabdor shaxslarning buysunushi, topshirilgan vazifa uchun javobgarligi beliglanadi.

Lavozim qo’llanmalari va koidalar davriy ravishda qayta kurilib, ishlab chiqarish, mexnat va boshqaruv jarayonlari takomillashib borganligini xisobga olgan xolda to’zatilib, tuldirilib berilishi kerak.

Boshqaruv apparati mexnatini maqbullashtirishga yagona yondashuvni ta’minlash maksadida ta’rif-malaka ma’lumotnomasi xam qo’llanilib, ularda xodimlar bajarishi lozim bo’lgan ishlar xajmi murakkabligi, raxbarlik lavozimi turli boshqaruvchilik vazifalarini bajaruvchilar uchun talab etiladigan daraja xamda ish staji ko’rsatiladi.

Boshqaruv ishi texnologiyasida ish vaqtining katta qismi (70%) xujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Shu sababli xujjatlar almashinuvini doimo takomillashtirib borish lozim.

Menejer mexnatiga, shuningdek, korxona va tashkilotda axborot oqimlari yunalishi va xujjatlar aylanish texnologiyasi maqbulligi xam katta ta’sir ko’rsatadi. Bu yerda xujjatlar utadigan bosqichlar sonini ularni birlashtirish natijasida kiskartirish katta samara berib, natijada asoslanmagan muvofiqlashtiruv bartaraf etiladi. Agar muvofiqlashtirish muxim bo’lsa, xujjatlar utish bosqichlari urnini almashtirish xam yaxshi natija beradi.

Xujjatlar almashinuviga ketadigan vaqtni kiskartirish maksadida ular utish texnologiyasi belgilanadi, axborot o’zatilishining maqbul yo’llari belgilanadi. Raxbar fakat boshqalarga topshirish mumkin bulmagan xujjatlarga imzo chekadi. Xatlar tayyorlash bilan bog’liq ish vaqtini tejashda maxsus namunali matnlar standart blanklardan foydalanish katta ahamiyatiiyatga ega. Korxona va tashkilotlar urtasida yozishmalarda kelgan xujjatni javobi bilan qaytarish keng qo’llaniladi.

Xujjatlarni bir xillashtirish va standartlash - menejer mexnatini tashkil etishning muxim yunalishidir. Standart blanklarni qo’llash xatolar kamayishiga va natijada boshqaruv xarajatlari kiskarishiga olib keladi.

Axborot xajmi muntazam ortib borayotgan sharoitda menejer mexnatini mexanizasiyalash va avtomatlashtirish ayniqsa muximdir. Mutaxassislar fikriga kura boshqaruv apparatida tashkiliy va xisoblash mashinasi, aloqa vositalari yordamida 7g% ishni mexanizasiyalash mumkin ekan. Menejer mexnatini takomillashtirishning muxim younalishi ish joyini maqbul tashkil etish va eng avvalo, mexnat xususiyatlarini bo’linmalar o’zaro aloqasini ishlar muximligini xisobga olgan xolda joylashtirishdir. Ish stollari, uskuna, javon, kartotekalar kulay va kul yetadigan qilib joylashtirilishi kerak.

Ish joylari joylashtirilishi va ularni texnika vositalari xamda yordamchi uskunalar bilan jixozlashda o’zluqsiz ishlashni ta’minlash talablarini xisobga olinishi kerak. Tajribadan ma’lumki, ish joyini texnologiya, ergonomika, psixofiziologiya, estetika talablariga muvofiq joylashtirish mexnat unumdorligini oshirish (50% va undan ko’pga) imkonini beradi.

Boshqaruv apparati mexnati uchun sanitar-gigiyena meyorlari, temperatura, namlik, yoruglik meyorlari, shovkin darajasi, shuningdek mexnat va dam olish tartiblarini xisobga olgan xolda sharoit yaratish muxim ahamiyatiiyatga ega.

Mexnat unumdorligiga - psixologik omil, xodimlar va raxbar, shuningdek xodimlar urtasidagi o’zaro munosabatlar xam katta ta’sir ko’rsatadi. Ularning kayfiyati, mexnat faolligi, oxir natijada mexnat natijalari bu omilga bog’liq bo’ladi.

Boshqaruv samaradorligi asosan raxbar o’z vazifasini qanchalik muvaffaqiyatli bajarish bilan bog’liq bo’ladi. Xozirgi davr menejeri mexnat va boshqaruvni tashkil etishning yangi ilmiy va texnikaviy yechimlari, usullarini qo’llashi, ishlab chiqarish imkoniyatlarini iqtisodiy ravishda kengaytirishi lozim. Menejer xam tashkilotchi, tarbiyachi, xam izlanuvchi, ma’muriyatchi sifatlariga ega bo’lishi kerak.

Menejerlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar murakkabligi va javobgarlik ortishi bajariladigan ishlar turli - tumanligi ulardan vaqtni unumli taksimlanishi talab kiladi. o’z faoliyatini rejalashtirishni bilmaydigan, fakat joriy masalalar bilan shug’ullanuvchi menejerlar fakat boshqaruv jarayonida vujudga keluvchi u yoki bu vaziyat natijalarini taxlil qilishgagina ulgurub, kelajakda qilinishi lozim bo’lgan ishlarni xal etish uchun vaqt topolmay koladilar.

Menejer faoliyati maksadini belgilashda avvalo undan yuqorirok boshqaruv tizimi oldida turgan vazifalardan kelib chiqishi lozim, chunki aks xolda butun tizim faoliyatiga to’g’ri kelmaydigan (yoki qarama-qarshi) ish qurishi mumkin.

Raxbar ishi sur’atining tezligi uning mexnat faoliyati tulakonli dam olish bilan, shuningdek ish kuni davomida mexnat turlari almashinishini talab etadi, chunki fakat shunday qilinganda mexnat yuqori samarali bo’lishi, ish kobiliyati tulik tiklanishi mumkin.

Menejer mexnatida maqbul ish sur’atini o’rnatish, u amalga oshiruvchi xarakatlarning doimiy tartibini o’rnatish juda muximdir.

Menejer ish vaqtining katta qismi xujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Olinuvchi axborot (xat, farmoyish, xujjat va x.k.lar) xajmi juda katta. Bunday xolda axborotni «filtrdan» utkazish juda muximdir. Raxbarga fakat u xal qilishi mumkin bo’lgan axborot berilishi lozim. Bu bosqichda raxbarga axborotni ijrochilar urtasida taksimlovchi kotib yoki yordamchi (referent) katta yordam ko’rsatadi. U malakali xodim bo’lishi, boshqaruvning barcha bo’linmalari va tashkilotlari faoliyati xususiyatini bilishi lozim.

Raxbar va unga buysnuvchi boshqaruv apparati urtasida majburiyatlarni maqbul taksimlash raxbar ish avqtini samarali sarflashda imkon beradi. Ijrochilarga mavjud qonunchilik doirasida iloji boricha ko’prok xujjatga imzo chekishi uchun imkon berishi kerak. Bu raxbar vaqtini tejash, ijrochilar tashabbuskorligi va javobgarligini oshirish imkonini beradi.

Menejerlar faoliyatida turli-tuman yigilish va majlislar muxim o’rin egallab, ularga ish vaqtining 70%i sarf bo’ladi. Shu sababli, majlislarni to’g’ri tashkil etish uchun quyidagilarga aloxida e’tibor berish lozim.



  1. Majlisda quriladigan masala fakat jamoa tomonidan xal etiladigan muammodan iborat bo’lishi kerak. Bu muammo bitta majlis davomida xal etilishi lozim.

  2. Majlis katnashchilari muxokama etilayotgan muammo bo’yicha yetarli tajriba va bilimga ega bo’lishlari kerak.

  3. Majlisda quriladigan masalalar mavzusi katnashchilarga ular tayyorgarlik qurish uchun vaqtga ega bo’lishlari uchun avvaldan e’lon qilinishi lozim.

  4. Yigilish utkaziladigan sana, vaqt va joy avvaldan ko’rsatilishi lozim, chunki uning katnashchilari o’z ish vaqtlarini rejalashtirishlari kerak.

  5. Yigilish raxbari avvaldan yigilish maksadi va utkazilish shaklini belgilash lozim.

Yigilish utkazilish tartibi, erkin, ishchan muxokama uchun sharoit yaratish xam muximdir.

Raxbarning ko’plab majburiyatlari ichida tashrif qiluvchilarni qabul qilish va suxbat utkazishni aloxida ajratib ko’rsatish lozim. Kul ortida ishlovchilar tashabbusi bilan qabul qilish uchun aloxida vaqt ajratish muximdir, chunki «ochik eshiklar siyosati» tashqaridan demoqratik xususiyatga ega bo’lsada, ish vaqtini noto’g’ri sarflashga olib keladi. Suxbat davomida raxbar savollar berish yo’li bilan xodimlardan ular niyatini aniq bilib olishi, o’z iltimos yoki takliflarini asoslab berishiga intilishi kerak. Agar suxbat raxbar tashabbusi bilan amalga oshadigan bo’lsa, xodim suxbat vaqti va maksadi xaqida ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Bu x odimga masala mazmuni bo’yicha tayyorgarlik qurish psixologik tanglikka duch kelmaslik uchun imkon yaratadi. Suxbat davomida o’zaro ishonch muxitini yaratish u muvaffaqiyatli bo’lishiga imkoniyat beradi. Bunda raxbar muxbat maksadi va xodimning o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olishi kerak. Suxbat oxirida raxbar albatta muxokama etilgan masala bo’yicha erishilgan natija va uni keyincha xal etish yo’llarini kayd qilib quyishi kerak.

Raxbar mexnati samaradorligining muxim omillaridan biri - qabul qilingan qarorlarni bajarilishini nazorat qilishni tashkil etishdir. Nazorat raxbarning doimiy vazifasi bo’lib, uning ish rejasida xisobga olinishi lozim, xamda materiallar bilan tanishuv, shaxsan ma’lumot berish uchun qabul qilish, inspeqsiya qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Nazorat qilishning kulay shakli - topshiriklarni maxsus muddatli kartochkalar va perfokartalar vositasida xisobga olishdir.

Raxbar butun jamoa va boshqaruv apparati osoyishta ishlashi uchun sharoit yaratishi lozim, chunki butun boshqaruv tizimi va natijada butun ishlab chiqarish samaradorligi shu narsaga bog’liqdir.



Xulosa.

Boshqaruvchilik mexnatining predmeti ishlab chiqarishning moddiy elementi emas, balki axborot, xar-xil xujjatlar, boshqaruv yechimlari xisoblanadi. Menejer mexnatida va texnik bajaruvchilarning ulushi - bu mexnat xarajatlarini olish uchun axborotni qayta ishlash, ta’minlash va saklash asosiy o’rinni egallaydi. Bitta buyum ishlab chiqaruvchining taxnologik operasiyasiga beshtagacha va undan ko’p operasiyalar to’g’ri keladi.




Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish