KORXONADA MEHNAT UNUMDORLIGI TAHLIL QILISH REJALASHTIRISH
Reja:
1. Mehnat unumdorligining umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlari va ularni hisoblash
2. Mehnat unumdorligini oshirish manbalari va uning zahiralarini hisoblash tartibi
3. Ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini tahlil qilish
1. Mehnat unumdorligining umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlari va ularni hisoblash
Mehnat unumdorligi darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlar tizimi qo’llaniladi. Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga bitta ishchining ishlab chiqargan o’rtacha yillik, o’rtacha kunlik va o’rtacha soatlik mahsuloti, shuningdek, bitta ishlovchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarishning qiymat ifodasi kiradi.
Xususiy ko’rsatkichlar bu muayyan turdagi mahsulot birligining ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi (mahsulotning sermehnatliligi) yoki bir kishi kunda yoxud bir kishi soatda muayyan turdagi natural mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqt. Yordamchi ko’rsatkichlar muayyan ish turining birligiga yoki vaqt birligi ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni tavsiflab beradi.
Mehnat unumdorligining ancha umumlashgan ko’rsatkichi – bitta xodimning o’rtacha yillik mahsulot ishlab chikarishidir. Uning hajmi faqat ishchilarning mahsulot ishlab chiqarishigagina emas, balki ularning sanoat ishlab chiqarish personali umumiy sonidagi salmog’iga, shuningdek, ishlagan kunlari va ish kunining qancha davom etishiga ham bog’liq bo’ladi.
jadval
Omillarni tahlil qilish uchun boshlang’ich ma’lumotlar
Bunda xodimning o’rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarishi quyidagi omillar ko’paytmasiga tengligidan kelib chiqadi:
Mazkur omillarning sanot ishlab chiqarish personalining o’rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarish darajasi o’zgarishiga ta’sirini mutlaq farqlar usuli bilan hisoblab chiqamiz.
1 va 2-jadvallar ma’lumotlariga qaraganda, korxona xodimining o’rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarishi rejadagidan 19 mln.so’mlik (499-480) ko’pdir. O’rtacha yillik sanoat mahsuloti ishlab chiqarish personali umumiy sonida ishchilar ulushi ortganligi munosabati bilan 10 mln.so’mlik va ishchilarning o’rtacha soatlik ishlab chiqarishi ortganligi sababli 40 mln.so’mlik ko’paygan. Uning darajasiga ish vaqtining rejadan tashqari butun kun bo’yi va smena ichida bekor sarf bo’lishi salbiy ta’sir ko’rsatgan, natijada u tegishli ravishda 22,27 va 8,83 mln.so’mlik kamaygan. Shu sababli tahlilni ana shu yunalishda chuqurlashtirish lozim.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |