Ishlab chiqarishda shikastlanish - xodinming kasbga oid mehnat qobiliyatini ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vaqtincha yoki turg’un yo’qotishi.
Kasb kasalligi - xodimning unga ishlab chiqarishning zararli yoki xavfli omili ta’siri natijasi bo’lgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yohud turg’un yo’qotishiga sabab bo’lgan o’tkir yoki surunkali kasallik.
Ishlab cbiqarish predmeti (jarayoni) xavfsizligi – predmet (jarayon)ning me’yoriy-texnikaviy hujjatlarda belgilab qo’yilgan sharoitlarda topshirilgan ishni xavfsiz bajarishni ta’minlashdir.
Mebnat sharoitlari - insonga uning mehnat faoliyati jarayonida sog’lig’iga, xavfsizligi, ish qobiliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi ishlab chiqarish muhiti omillarining jamlanmasidir.
Texnika xavfsizligi - xodimga xavfli ishlab chiqarish omillari salbiy ta’sirining oldini olishga qaratilgan tashkiliy choralar va texnika vositalari
tizimidir.
Asosiy tushunchalar haqida gap ketganda mehnatni muhofaza qilish tushunchasini texnika xavfsizligi yoki mehnat gigiyenasi bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Chunki, ular faqatgina mehnatni muhofaza qilish unsurlari hisoblanadi. Shuni aniq tasavvur qilish kerakki, mehnatni muhofaza qilish bu tizimdir, mehnat sharoitlari, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi esa uning tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Mehnat resurslarini muhofaza qilishni boshqarish xodimlar uchun nominal mehnat sharoitlari yaratishni ko’zda tutadi. Mehnat sharoitlari xodimlar organizmining funksional holati, ular sog’lig’i va ish qobiliyatiga ta’sir ko’rsatadigan ishlab chiqarish muhiti omillari jamlanmasidir.
“Mehnat sharoitlari» atamasi kundalik hayotda juda ko’p ishlatiladi. Bu haqda gap borganda har bir odam mazkur atamaga o’z nuqtai nazarini ifoda etadi. Bir toifa odamlar uchun mehnat sharoitlari ish haqi miqdori, boshqalarga - ish vaqti davomiyligi, yana bir xil kishilarga mehnatning og’ir jismoniy kuch talab etishi va hokazolarni anglatadi.
Umuman olganda, bu fikrlarning hammasi to’g’ri, ammo ular mehnat sharoitlari tushunchasini to’liq aks ettirmaydi. Chunki, inson, uning sog’lig’i va ish qobiliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar juda ko’pdir.
Ularni to’liq tasavvur etish uchun bu omillarni tasniflash talab etiladi. Omillarning kelib chiqish joyi va manbasiga qarab ularni ikki kata guruhga ajratiladi:
- ishlab chiqarish xususiyatlariga bog’liq bo'lmagan omillar;
- ishlab chiqarishning xususiyatlaridan kelib chiqadigan omillar.
Yuqorida qayd etilgan omillar har bir guruhini o’z navbatida ikki qismga ajratish mumkin. Ishlab chiqarish xususiyatlariga bog’liq bo’lmagan omillar o’rtasida, eng avvalo, tabiiy omillarni ajratib ko’rsatsak bo’ladi. Ular korxona joylashgan geograflk o’rin bilan belgilanadi. Davlatda qabul qilingan mehnat qonunchiligi, ijtimoiy ne'matlar va kafolatlar jamlanmasi tizimi ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan belgilanadi.
Har bir muayyan ishlab chiqarish va uning jamoasiga bog’liq bo’lgan omillar o’z navbatida, bir tomondan, mazkur ishlab chiqarishda qo’llaniladigan texnika, texnologiya, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish xususiyatlari ta’siri ostida shakllanadi. lkkinchi tomondan, korxonadagi shart-sharoitlar, shuningdek, personalning o’ziga xos xususiyatlari ta’siri ostida shakllanadi. Bu omillar guruhini ijtimoiy-psixologik omillar deb atash mumkin.
Endi omillar guruhlarini batafsilroq ko’rib chiqaylik. Tabiiy omillar guruhi quyidagi omillarni qamrab oladi:
-geografik iqlim omillari;
-geografik kenglik, dengiz sathidan balandlik, joy relyefi, iqlim, havo harakati, namligi va boshqalardir:
-geologik;
-foydali qazilmalar joylashishi, ish zonasidagi tog’ bosimi, harorat, namlik;
- biologik - mazkur joy o’simlik va hayvonot dunyosining o’ziga xos xususiyatlari, odamlarning xavfii hayvonlar, qushlar, boshqa mavjudot, mikroorganizmlar, o’simliklar bilan aloqasi.
Tabiiy omillar, ayniqsa, qishloq xo’jaligi, transport, qurilish, kon-sanoati ishlab chiqarishida mehnat sharoitlarini shakllantirishga bevosita ta’sir ko’rsatishi bilan bir qalorda muayyan mashina-uskunalar, texnologiyalar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishga aniq talablar qo’yadi.
Insonning tabiiy omillarga ta’sir ko’rsatish imkoniyatlari chegaralangan. Ammo, ularni hisobga olmaslikning iloji yo’q. Shuning uchun normal mehnat sharoitlari yaratishda tabiiy omillar albatta hisobga olinishi kerak. Korxonalarda tabiiy omillarning xodimlarga noqulay ta’sirini bartaraf etish yoki kamaytirish uchun zarur choralar: binolarda konditsionerlar o’rnatish, xonalarni izolyatsiya qilish, yilning sovuq davrida issiqlik ta’minotini yo’lga qo’yish va hokazo choralarni ko’rish kerak.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar xodimlarning umuman jamiyatdagi holatini belgilaydi. Ular mehnatga haq to’lash, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishnl tartibga soladigan mehnat qonunchiligida, ijtimoiy ne’matlar va kafolatlarda o’z ifodasini topadi.
Davlatning me’yoriy-huquqiy hujjatlari bir smenadagi va haftalik ish vaqti davomiyligini, sanitariya me’yor va qoidalarini, pensiyaga chiqish yoshini, homiladorlik va tug’ish bo’yicha imtiyozlarni, ko’p bolali oilalar, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotganlar uchun va boshqa masalalarda tegishli me’yorlarni belgilaydi.
Muayyan ishlab chiqarish xususiyatlari hamda o’ziga xos mehnat sharoitlarini shakllantiradigan ishlab chiqarish omillari eng ko’p sonli omillar guruhini tashkil etadi. Ular xodim organizmiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Korxona personali tarkibi va xususiyatlari bilan bog’liq omillar ijtimoiy-psixologik omillar guruhini tashkil etadi. Ularni bir necha kichik guruhlarga tasniflash mumkin:
a) personalning ijtimoiy va demografik jinsi, yoshi, tarkibi:
b) xodimlar manfaatlari, ular qadriyatlari jamlanmasi;
d) korxona va uning bo’linmalarida rahbarlik usuli.
Ana shu omillar ta’siri ostida korxonada ma’naviy-psixologik iqlim shakllanadi. Bu personalning barqarorligi, jipsligi, xodimlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, kayfiyat, mehnat intizomi, rnehnat faolligi va ijodiy tashabbuskorlikda o’z ifodasini topadi.
Ko’rinib turibdiki, inson va uning ish qobiliyatiga juda ko’p va murakkab omillar ta’sir ko’rsatadi. Ular, bir tomondan, hisobga olinishi, ikkinchi tomondan, yuksak unumli mehnat qilish uchun eng qulay shart-sharoit yaratish maqsadida shakllantirilishi yoki o’zgartirilishi lozim. Bu mehnatni muhofaza qilishning eng asosiy vazifalaridan biridir.
Bundan mehnat resurslarini muhofaza qilish xodimlarning mehnat faoliyati jarayonida ularning hayoti xavfsizligini ta’minlash, sog’ligi va ish qobiliyatini saqlash tizimi degan xulosa chiqarish mumkin. Ana shu asosiy maqsadga xavfli va zararli omillarni belgilangan me’yoriy talablarga muvofiq ravishda bartaraf etish yoki ular ta’sirini kamaytirishga qaratilgan huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa tadbirlar kompleksini amalga oshirish orqali erishiladi.
Yuqorida qayd etilganidek, mehnat resurslarini muhofaza qilish mehnat jarayonida insonning xavfsizligini ta’minlab, salomatligini saqlashi bilan birgalikda uning ish qobiliyati saqlanishini ham ta’minlaydi. Ish qobiliyati inson organizmining muayyan ishni bajarish uchun zarur bo’lgan funksiyaviy xususiyatidir. Bundan tashqari, mehnat qobiliyati tushunchasi ham mavjud bo’lib, u xodimning ish vaqti birligida muayyan ish hajmini bajarish qobiliyatini anglatadi.
O’zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti tizimiga o’tilishi mehnatni muhofaza qilish sohasida ham jiddiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Shu munosabat bilan mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimidagi eng muhim yangiliklarni ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimida Mehnat vazirligining ko’rsatma va qarorlari tarmoq vazirliklariga yuborilar, ular esa o’z navbatida bu me’yoriy-huquqiy hujjatlarni quyi organlar va korxonalarga jo’natar edi. Bu tizim amalda bekor qilindi.
Hozirgi paytda boshqaruv qonunchilik zanjiriga asoslangan: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, mamlakat qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, hukumat qarorlari-respublika subyektlarining me’yoriy-huquqiy hujjatlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining hujjatlari, korxonalarning me’yoriy hujjatlari.
Mehnatni mllhofaza qilishni boshqarish sohasida vakolatlarni taqsimlashda ham jiddiy o’zgarishlar ro’y berdi. Bu davlat hokimiyat organlari tashkiliy tizimidagi o’zgarishlar bilan bog’liq. Bu yangiliklarda eng muhimi mehnatning xavfsiz sharoitlarini ta’minlash mas’uliyatini avval bo’lganidek, ma’muriyat zimmasidan endilikda ish beruvchilar zimmasiga yuklashdir. Bu mehnat sharoitlarini yaxshilash va mehnatni muhofaza qilish xarajatlari ish beruvchilar mablag’lari hisobiga amalga oshirilishini anglatadi. Davlat esa mehnatni muhofaza qilish bo’yicha normativ talablarni belgilaydi. Bunda hamisha ham iqtisodiy imkoniyatlar va belgilangan tadbirlar bajarilishining qiymati hisobga olinmasligini ham ko’rsatib o’tish lozim.
Shu bilan birga, mehnatni muhofaza qilishni boshqarishning ayrim funksiyalarini davlat organlaridan turli nodavlat tashkilotlariga berish ham ro’y bermoqda. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida mehnatni muhofaza qilish sohasida Xalqaro Mehnat Tashkilotining konvensiya va tavsiyalari, shuningdek, chet el mamlakatlari tajribasi ham keng qo’llanila boshlandi.
Nazorat savollari:
1 Mehnat gigiyenasi
2.Mehnat xavfsizligi
3.Baxtsiz hodisa
4.Ishlab chiqarishda shikastlanish
5.Kasb kasalligi.
6.Ishlab cbiqarish predmeti (jarayoni) xavfsizligi
7.Texnika xavfsizligi
Do'stlaringiz bilan baham: |