«Turey-turey» qo’shiqlari. Bu qo’shiqlar qo’ylarni sog’ish va qo’zilarni emizishda aytiladi. Shuning uchun ham «Turey-turey» qo’shiqlarida ham ona sovliqni madh etish, uni iydirish uchun aytiladigan erkalash ohanglari yetakchilik qiladi.
Esli molim-oqilim, turey-turey,
Elkamdagi kokilim, turey-turey.
SHuncha molning ichida, turey-turey,
Bog’da ochilgan gulim, turey-turey.
Qo’ylarning hid sezuvchi organlari taraqqiy etgan bo’lib, yangi tug’ilgan qo’zilarga boshqa hayvonning hidi urib qolsa, ona qo’y o’z bolasini emizmay qo’yadi. SHunda sog’uvchi «agar bolangni olmasang, seni bozorga chikarib sotaman», deb sovliqqa do’q-po’pisa qiladi:
Qo’y ichida qorasan, turey-turey,
Aqllisan—donasan, turey-turey.
Agar bolang olmasang, turey-turey,
Bozorlarga borasan, turey-turey.
«Churey» qo’shiqlari. Sog’im qo’shiqlarining bu turi echkilarni sog’ish yoki uloqlarni emizish paytida aytiladi. Churey qo’shiqlarida uloq, yoxud echkining xarakteri, biror belgisi, ko’pincha soqoli, shoxi yoki qashqasi aytilib, ularning tashki qiyofasi tasvirlanadi:
SHoxlaring bor bir minora, churey-churey,
Minoraga qushlar qo’nara, churey-churey,
Bolang olib iskasang-a, churey-churey,
Olgan shu echkim yaxshi echki, churey.
Sog’ish paytida echki qarshilik qilmay tek turib bersa, sog’uvchi uni maqtab, erkalab, ba’zan yengil xazil bilan tegajoqlik qilib qo’shiq kuylaydi:
Tikraygan kulog’i bor, churey-churey,
Chashmadek bulog’i bor, churey-churey.
Ichida egiz ulog’i bor, churey-churey,
Olgan shu echkim yaxshi echki, churey.
Umuman sog’im qo’shiqlari san’ati kishiga o’z ichki dardlarini, ruhiy holatlarini, alam-iztiroblarini bayon kilishning muhim vositasi sifatida katta ahamiyat kasb etadi.
Xalq qo’shiqlari va ularning turlari haqida ma’lumot. Qo’shiq san’atning insoniyat tomonidan eng oldin o’ylab topilgan turi deb taxmin qilinadi. Rivoyat qiladilarki, yer yuzidagi birinchi qo’shiq Hobil otli o’g’li o’lganda, Odamato tomonidan aytilgan marsiya bo’lgan ekan. Negaki, odamzod tug’iliboq alla eshitadi, o’lganda yig’i bilan kuzatiladi. Shu sababli ham qo’shiq xalq og’zaki ijodining eng qadimgi va keng tarqalgan janrlaridan biri sanaladi. Xalqning iste’dodli vakillari juda uzoq asrlar oldin o’zlarining nozik va murakkab tuyg’ularini, qora so’zga sig’maydigan kechinmalarini qo’shiqqa aylantirganlar.
O’zbeklar g’oyat ko’p miqdordagi xalq qo’shiqlariga ega millatdir. Xalq qo’shiqlarini yaratish texnik taraqqiyot cho’qqiga ko’tarilgan bugungi kunda ham davom etayotganligi diqqatga molikdir. O’zbek xalq qo’shiqlari ko’pqirrali va sertarmoqlidir. Jumladan, xalqimiz tomonidan mehnat, marosim, mavsum, lirik yo’nalishlarda minglab qo’shiqlar yaratilgan. Lirik qo’shiqlar insonlarning ruhiy olami, ishqiy kechinmalari aks etadi, to’rt misralik bandlardan tashkil topadi, ular kasb, payt, o’rin tanlamaydi.
Mehnat qo’shiqlari va mavsum qo’shiqlar. KNN Mehnat qo’shiqlari. chorvadorli k Hunarmand chilik Dehqonchili k
§ Mehnat qo’shiqlari: Dehqonchilik bn bog’liq qo’shiqlar ; qo’shiqlar, o’rim qo’shiqlari , yanchiq qo’shiqlar (“Xo’p mayda”) kabilar. Chorvachilik bilan bog’liq qo’shiqlar; sog’im qo’shiqlari, turey-tury, churiyalar. Hunarmandchilik bilan bog’liq qo’shiqlar ; charx qo’shiqlari, bo’zchi qo’shiqlari, o’rmak qo’shiqlari, kashta qo’shiqlari kabilar kiradi.
Yil fasllari tasvirlangan qo’shiqlar mavsum qo’shiqlari deyiladi. Mavsumiy qo’shiqlar: Sust xotin (yomg’ir chaqirish qo’shig’i) Sust xotin qadimgi zardushtiylik dinida muqaddas sanalgan Tishtiriyning xalq o’rtasida nomi o’zgarib ketgan obrazlardan iborat. Choy momo (shamol to’xtatish). Bunday qo’shiqlarda iltijo qilinadigan Choy momo tarixan Chuy momo, ya’ni Shamol momo obrazidan iborat bo’lib, u zardushtiylikning shamol tangrisi hisoblangan.
Qo’shiqlar va ertaklarning bolalar tarbiyasidagi o’rni va roli. Xalq poetik ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan biri ertakdir. Xalq tomonidan yaratilgan ko’plab ertaklarda bolalarning o’ziga xos hayoti chetlab o’tilmagan. Ertaklar yosh avlodning tarbiyasiga kuchli ta’sir qiladi va ma’naviy hissiyotni uyg’otadi. Bolalarga tavsiya etiladigan ertaklarning asosiy qismini to’g’riso’zlik, halollik, birovlarni aldamslik kabi g’oyalar ifodalangan ertaklar tashkil etadi.
Masalan, Turkman xalq ertagi “Rostgo’y bola”ni olib ko’raylik. Ertak qahramoni to’g’riso’zligi, kattalarning pand-nasihatiga quloq solishi bilan yosh kitobxonda yaxshi taassurot qoldiradi. Bola tarbiyasida qo’shiqning roli katta. Qo’shiq xalq og’zaki ijodining eng ko’p tarqalgan va ommalashib ketgan janrlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, “Alla” qo’shig’i yetakchi o’rinda turadi. Bola allaning mohiyatini his etmasa-da, ovunib, tinch uyquga ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |