1. Mehmonxonaning xuquqiy maqomi, ta’sis xujjatlari, tashkiliy tuzilishi bilan tanishish



Download 88,41 Kb.
bet11/13
Sana08.03.2022
Hajmi88,41 Kb.
#486343
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
hisobot turizmi

Bosh oshpaz(Shef-povar (Chef de Cuisine))- oshxonani boshqaradi, yakka hokimlikka ega bo‘lib, taomlarning sifati, turli-tumanligi, umuman, restoranning muvaffaqiyati uchun mas’uldir. U menyuni ishlab chiqadi. Bunda nafaqat mijozlar uchun taomlar rang-barangligiga erishish, balki ma’lum darajada foyda keltiradigan, oqilona narxlar ham belgilashi zarurdir(narx past bo‘lsa zarar, yuqori bo‘lsa mijozlar kam bo‘ladi).
Bosh oshpaz xodimlar ishini bir maromdaliligini va bir-birini almashtirib turishlarini ham nazorat qiladi(kasallik paytida, uskunalar buzilganda, mijozlar ko‘payganda va b.). Bosh oshpaz kerakli mahsulotlarni harid qilish, sifatini tekshirish va ushbu narxga sifatning to‘g‘ri kelishi uchun mas’uldir.
Bosh oshpaz odatda o‘z o‘rinbosariga ega (Sous Chef). Bosh oshpaz yo‘qligida barcha ishlarni o‘rinbosar boshqaradi. Birinchi taom, ikkinchi taom, salatlar va boshqa yo‘nalishlar uchun keyingi oshpazlar daraji(Chef de Partie) javob beradi. Katta restoranlarda har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida oshpazlar mavjud(dengiz in’omlari bo‘yicha mutaxassis, konditer va b.)
Taomlarni tayyorlashda oshpazlarga bir necha yordamchilar yordam beradi(Commis Chef). Oshxona iyerarxiyasining quyi pog‘onasida idish- tovoq yuvuvchilar, farroshlar joylashgan. Masalan, «Balchug» mehmonxonasi restoranida 72 kishi ishlaydi.
Glavniy styuard (Chief Steward) otvechayet za sanitarnoye sostoyaniye kuxni, kontroliruyet mite posudi i uborku pomesheniya, podachu posudi v banketnie zali, zakupayet i xranit posudu, organizuyet nabor vspomogatelnogo personala dlya banketov.
Glavniy styuard (Chief Steward)- oshxonaning sanitar holati, idishlarning tozaligi, banket zalida idishlarning tarqatilishi, idishlarni sotib olish va saqlash, banketlarda qo‘shimcha xodimlarni yollash bilan shug‘ullanadi.


«Room service» —nomerda xizmat ko‘rsatish

Birinchi darajali mehmonxona nomerda xizmat ko‘rsatuvchi Room Service xizmatiga ega bo‘lishi kerak(hatto foyda keltirmasa ham). Agar ushbu xizmat to‘g‘ri tashkil etilsa, mehmonxona daromadining 15% ni tashkil etishi mumkin. Room Service da menyu odatda cheklangan bo‘ladi(ba’zida restoran menyusidan alohida tayyorlanadi), lekin yuqori klassli otellarda ushbu xizmat orqali restoran taomlariga ham buyurtma berish mumkin. Ushbu xizmatda eng asosiysi – yetkazib berish tezligi, shuning uchun maxsus servis lifti bo‘lishi talab etiladi. Taom telejkalarda, taomning zaruriy haroratini ta’minlovchi maxsus konteynerlarda olib kelinadi. Xizmatning asosiy ishi nonushtaga to‘g‘ri keladi ( 70%gacha). Ertalabki buyurtmaning ¾ qismi bu oddiy «kontinental» nonushtadir.


Room Service xizmatiga telefon orqali yoki mehmon kechqurun o‘z nomeri eshigining tashqi qo‘lida osib qo‘ygan kartochka orqali buyurtma berishi mumkin(menyu va buyurtma vaqtini kartochkada ko‘rsatadi). Kichik mehmonxonalarda ushbu xizmatlarning ish vaqti chegeralangan. Katta mehmonxonalarda uzluksiz ishlaydi. Room Service da narxlar restorandan ko‘ra qimmatroq bo‘ladi.
«Nomerlarda xizmat ko‘rsatish» termini avval nomer xonalariga xizmat ko‘rsatish ma’nosida qo‘llanilar edi. Ushbu bo‘limda u tor ma’noda qo‘llaniladi ya’ni- nomerda ovqat va ichimliklar olib kelish.
Mehmonxona oziq-ovqat kompleksining bu xizmati sifatini oshirish uchun quyidagi ikki yo‘nalishda ish olib borish zarur:

  • birinchidan, buyurtmani o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, ayniqsa nonushtalarni, chunki ushbu xizmat mehmonlar orasida eng mashhuri;

  • iloji boricha xizmat narxlarini arzonlashtirishga erishish;

Ushbu xizmat faoliyatini rejalashtirish uchun menejer quyidagi harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Zaruriy uskunular masalan, servis aravachasi, la’lilar,kerakli haroratni saqlab turuvchi maxsus qopqoqli tarelkalar va boshqa narsalarni buyurtma berish.
Rejalashtirilgan ish hajmiga qarab menejer kerakli xodimlar sonini belgilaydi va ularning ish grafigini tuzadi (ishsiz ham qolmasin, ishdan charchasmasin).
Menyu tuzilayotganda ayniqsa ehtiyotkor bo‘lish zarur, tayyorlangan taom ham ishtahali va ham sifatini yo‘qotmasligi muhimdir. Nomerda xizmat ko‘rsatish menyusi o‘rta hol mijozlar ta’biga mo‘ljallangan. Hatto besh yulduzli otellarda ham oddiy gamburgerni menyudan olib tashlash kerak emas, chunki uni bolalar yaxshi ko‘radi. Ko‘pincha ortiqcha tashvish orttirmaslik uchun(taomni tayyorlash jarayonida) «Room Service» menyusini restoran menyusidan kelib chiqib tuzadilar.
Alohida taomlarga narx belgilashda haqqoniy yondashish muhim, chunki hatto oqilona narx ham mehmonlar uchun juda ham qimmat tuyulishi mumkin va ular sizning xizmatingizdan voz kechadilar.
Axborotni aniq va tezkor uzatish- nomerlarga sifatli xizmat ko‘rsatish garovidir. Aloqa kanalining bir tarafida – buyurtma olish, ikkinchi tarafida minnatdor mijoz turadi. Bu voqealar o‘rtasida – mijozlar, buyurtma oluvchilar, oshpazlar va ofitsiantlar o‘rtasida axborot almashish jarayoni turadi.
Har bir qavatlarda joylashgan bufet-barlar yordamida mehmonxona nomerlarida xizmatni tashkil etish mumkin. Bufet-bar inshooti restoran oshxonasi tarqatish joyi bilan xizmatchi lift, zina va telefonlar bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Buyurtma berish uchun ofitsiantni nomerda chaqirish maxsus signallar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Qavatlarda yordamchi bufetlarni tashkil etish iloji bo‘lmaganda bevosita restoranning o‘zidan nomerda ovqatlanishni tashkil etish mumkin. Buning uchun nomerda beriladigan idish-tovoqlar, priborlar rangini, shaklini restoran idishlaridan ajratish kerak.
Nomerlarda xizmat ko‘rsatishni ikkita ofitsiantga topshirish maqsadga muvofiqdir.biri buyurtmani tayyorlaydi, ularning vaqtida bajarilishini ta’minlaydi, idishlarni, priborlarni, skatertlarni, ziravorlarni, nonni tanlaydi, ularni aravacha yoki la’liga joylashtiradi, ichimlik va gazaklarni tayyorlaydi, ularni nomerga olib boradi, yangi buyurtmani qabul qiladi.
Ikkinchi ofitsiant asosan mahsulotlarni restorandan yordamchi bufetga olib boradi, bo‘sh vaqtida esa birinchi ofitsiantga yordam beradi.
Bir vaqtning o‘zida bir nechta nomerlarga xizmat ko‘rsatishda ofitsiant bitta aravachada buyurtmalarni olib keladi, nomerlarga navbat bilan kirib, nima buyurilgan bo‘lsa nomerdagi maxsus stolga qo‘yadi. Keyin stolga skatert yoyib, yoki har bir odam uchun ittadan salfetka qo‘yib, servirovka qoidalariga rioya qilgan holda servirovka predmetlarini, buyurtmani, gazak, taom va ichimliklarni joylashtiradi.
Bo‘shagan idishlarni bir qancha vaqt o‘tganidan so‘ng olib ketadi. Idishlarni olib ketishdan oldin mehmonlardan so‘rash kerak bo‘ladi. Har bir nomerda ovqatlanish bo‘limining telefon raqami bo‘lishi zarur.Mehmon telefon orqali buyurtma beradi(nonushta, tushlik, kechki ovqat, ichimlik). Dispetcher mehmon xonasi raqami, odamlar soni, taom, buyurtma porsiyasi, buyurtmani qabul qilgan vaqt, buyurtmani taqdim etish vaqtini yozib oladi va ijro uchun yuboradi.
7. Moliyaviy hisobotlar bilan tanishish
Ushbu vazifa avans depozitlarini olish, mehmon schyotlarini ochish va turli bo‘limlardan kelgan barcha harajatlarni ruyxatlashdan boshlanadi. Ko‘pgina mehmonxonalar avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlariga va sotuv shoxobchalari terminallariga ega bo‘lib, ulardan ma’lumotlar bosh ma’mur ofisiga uzatiladi. Bu mehmonxonaning turli savdo shaxobchalarida kayd etilgan mehmonlarning harajatlari mehmon schyotlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilishi va mehmon ketayotganida haq to‘lanishini yoki «shahar grossbuxi»ga kiritilishini (kompaniya kredit ochgan firmalardan kelgan mehmonlar uchun) anglatadi. Bu holda schyotlar bo‘yicha ko‘rsatilgan muddatlarda haq to‘lanadi. Bir paytlar joriy oy oxiridan kechiktirmasdan xaq to‘lash belgilangan edi, keyinchalik bu muddat o‘ttiz kun kilib, imtiyozli muddat esa - 60 kun kilib belgilandi. Shunga karamay, aksariyat kompaniyalar 15-20 kundan kechiktirmasdan schyotlarni to‘lovga takdim etishga harakat kiladi. Bu mehmonxonaga ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish va xizmatchilari mehnatiga xaq to‘lash uchun yetarli nakd pullar kirimiga ega bo‘lish imkonini beradi.
Avtomatlashtirilgan boshkaruv tizimidagi eng so‘nggi yangilik -schyotni masofadan turib nazorat qilish. Ushbu tizim mehmonga o‘z schyotini nomerda o‘rnatilgan teleekran orkali nazorat qilish imkonini beradi. Mehmon mazkur tizimni ulaydi, barcha harajatlarini tekshirib ko‘radi va to‘lovga ruxsat beradi. Summa kredit kartochkasiga o‘tkazilishi, schyot nusxasi esa mehmonga yoki mehmonning firmasiga (agar bu firma schyoti bo‘lsa) yuborilishi mumkin. Xali bunday tizimga ega bo‘lmagan mehmonxonalar ba’zan mijoz mehmonxonani tark etishidan bir kun oldin u barcha harajatlarini tekshirib ko‘rishi uchun uning shaxsiy schyotidan ko‘chirma nusxasini eshigi ostiga suqib qo‘yadi. Mehmon bosh ma’mur ofisiga ko‘ngirok kilib, kassirdan schyotni yuborishini iltimos qilishi ham mumkin. Nakd pul kirimi muxim ahamiyatga ega bo‘lgan bugungi kunda haq to‘lash schyot-faktura olinganidan keyin yoki bundan bir necha kun o‘tgach talab kilinishi mumkin. Kredit kartochkalari ham mehmonxonalar o‘z xizmatlari uchun haq olishini tezlashtirib, mazkur jarayonga imkoniyat yaratadi.
3. Pochta, fakslar, xatlarni yetkazib berish, shuningdek, mahalliy yangiliklar va mehmonxona yangiliklari bilan ta’minlash tarzidagi xizmatlarni taklif qilish, Ma’mur stolini ko‘plab odamlar qurshab, unga minglab savollar bilan murojaat etadi. Mazkur seksiya xodimlari mehmonxonaning turli-tuman xizmatlari ishidan boxabar bo‘lishlari kerak. Stolning katta-kichikligi, shuningdek, xodimlari soni mehmonxonaning katta-kichikligiga bog‘lik bo‘ladi. Markazdagi 800 nomerli gavjum mehmonxona, tabiiyki, qishloq mehmonxonasiga o‘xshamaydi. Bosh ma’mur stoli uch smenada uzzukun ishlaydi. Muayyan smena ishga tushadigan vakt turli mehmonxonalarda har xil bo‘lishi mumkin. Birok, ko‘pincha kunduzgi smena soat ertalab 7.00 dan 15.00 gacha, kechki smena - 15.00 dan 23.00 gacha, tungi smena esa - 23.00 dan 7.00 gacha ishlaydi.

Download 88,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish