6-mavzu:Mexanik jarohatlanishdan muhofazalanish va muhofazalovchi vositalarni aniqlash.
1. Mexanik jarohatlanishdan muhofazalovchi qanday vositalarni bilasiz ?
2. Ish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish?
Javoblar:
1.Himoya vositalari masalan, qo’lqop, shlem, maxsus kiyimlar, botiklar, turli himoya asboblari va to’siqlar.
2. .Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan shikastlanishlar. Bular o’z navbatida transport shikasti, temir yo’l, avtomobil, tramvay va hokazo, piyoda ketayotganda, sport shikasti, sport bilan shug’ullanganda, tabiiy ofatlar ta'sirida shikastlanishlar, yer qimirlash, sel kelish va hokazo, turmushda urush-janjallar oqibatida uchraydigan shikastlanishlarga bo'linadi.
7-mavzu: Elektr tokining inson organizmiga fiziologik ta’siri.
1 .Tokining o ‘tish yo ‘li deganda nimani tushunasiz ?
2. Tokining ta’sir qilish vaqtini inson organizmiga ta’sirini izohlab bering.
3. Yurak fibrillyatsiyasi to ‘g‘risida nima bilasiz ?
4. Inson tanasining elektr tokiga ko ‘rsatadigan qarshiligi haqida nima
bilasiz ?
5.Elektr tokidan jabrlangan insonga qanday birinchi yo ‘rdam ko ‘rsatiladi ?
Javoblar:
1. Bunda elektr tokining kishi tanasidan o‘tish yo‘li tushuniladi. Bu jarohatlanishda muhim rol o‘ynaydi. Organizm datokning o‘tish yo‘li quyidagicha bo‘lishi mumkin.
2. Bu factor ham tok orqali jarohatlanishdagi muhim faktorlardan hisoblanadi. Tok urish vaqti qancha kata bo‘lsa uning havfli ta’siri ham shuncha kata bo‘ladi. Amaliyotda kishi tanasiga tokning ta’siri 0,001 dan 2 sek. bo‘lgan vaqtda ko‘proq jarohat bo‘lishi kuzatilgan.
Tok bilan jarohatlangan kishilarga dastlabki bir minut ichida yordam berganlarning 90 % gacha saqlab qolishgan.
Tokning ta’sir vaqti uzaygan sari organizmning qarshiligi keskin kamayadi. Masalan: 30 sek dan keyin qarshilik 25 % ga, 90 sek dan keyin esa 70 % ga kamayadi.
3. Odatda yurak bir minut davomida 60-80 marta qisqarib-kengayib turadi, ya’ni taqriban har-bir zarba bir sekundga to‘g‘ri keladi. SHu vaqt ichida yurak mushaklari ham taranglashgan va bo‘shashgan holatda bo‘ladi. Bu vaqtni sikl deb ataladi. Bir sikl davomida yurak 0,1 s davomida bo‘shashgan holatda bo‘aldi. Bu esa faza deb ataladi. Agar tokning urish vaqti fazaga to‘g‘ri kelib qolsa yurak fibrillyatsuyasi deb atalgan hodisa ro‘y beradi, ya’ni yurak urishdan to‘xtab qoladi. Bu esa juda havfli. Bunday hollarda vrachlar deffibrillyator degan asbob bilan katta tok yordamida yurakni yana ishlatib yuboradilar.
4. Elektr toki bilan jarohatlanishda kishi organizmining fizik va psixik holatlari muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa yurak va oshqozon tuberkulyoz va asab kasalliklari bilan og‘rigan kishilarga tokning ta’siri kuchlidir. Shuning uchun elektr toki bilan ishlaydigan ishlarga shu kasalliklari bor odamlar olinmaydi.
5. Inson elektr tokidan jarohatlanganda uni avvalo elektr tokining ta`siridan qutqarish kerak.Bunga jarohatlangan kishini tok o`zatuvchi qismlardan ajratish yoki kuchlanishni o`chirish bilan erishiladi. Kuchlanish 1000 V gacha bo`lgan setlarni tok o`zatuvchi qismlardan odamni ajratish, quruq tayoq, yog`och, kiyim yoki boshqa biror bir tok o`tkazmaydigan narsalar yordamida amalga oshiriladi. Agar odamni tok o`zatuvchi qismlardan ajratish qiyin bo`lsa, tok uzatuvchi simni quruq dastali bolta yoki boshqa izolyatsiyalangan dastali qurol bilan chopish kerak. Kuchlanish 1000 V dan yuqori bo`lgan setlarda jarohatlangan kishini ajratish izolyatsiyalangan shtanga yoki kiskich, dielektrik qo`lqop va botinkalar yordamida bajariladi. Shu bilan birga o`no`tmaslik kerakki, tok ta`siri ostida odamga elektr xavfsizligi tadbir choralari ko`rmasdan tegish qo`tqaruvchi kishining o`zi uchun xavflidir. Jarohatlangan kishiga yordam berishda muvaffaqiyatning asosiy sharti yordam berishning tezligi hisoblanadi, chunki inson yuragi shol bo`lgandan besh mino`tdan so`ng uni asrab qolish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |