4-mavzu: Ishlab chiqarishdagi shovqin va vibratsiyani hisoblash. 1.“Shovqin” va “vibratsiya” terminlarining ta’rifini ayting;
2.Shovqin darajasi qanday me’yorlashtiriladi va o ‘lchanadi ?
3. Korxonalarda va muassasalarda shovqinni va vibratsiyani kamaytirish uchun qanday tadbirlar amalga oshiriladi ?
Javoblar:
Inson o’zining eshitish sezgilari orqali toza tovushlarni, aralash tovushlarni va shovqinni farqlaydi. Toza tovush bir xil chastotadagi sinusoidal tebranishlardan iboratdir. Bir sekunddagi tebranishlar soni tovush chastotasi deb ataladi. Chastota fizik olim Genrix Gerts (1857-1894 y.y.) sharafiga «gerts» (Герц) orqali o’lchanadi. Bir gerts (1гц) - bir sekundda bir tebranish demakdir. Aralash tovush bir necha toza tovushning yig‘indisidan iborat. Shovqin esa har xil chastota va tebranishdagi tovushlar aralashmasidir.
1660 yili Robert Boyl (1627-1661 y.y.) tovush tarqalishi uchun gazsimon suyuqlik yoki qattiq jism holatidagi muhit zarurligini isbotlaydi. Tovush tarqalishiga sabab bo‘ladigan muhitga bog‘liq holda shovqinlar mexanik va aerogidrodinamik ko‘rinishda bo’ladi. Tovush intensivligining o‘lchov birligi «Bel» qabul qilingan.U telefon yaratilishining asoschisi Aleksandr Greyma Bel (1847-1922y) sharafiga atalgan. Insonning qulog‘i bir xil bosimdagi turli xil chastota va qattiqligi tovushlarni eshita oladi. Tovush qattiqligi («громкость») - «fon» bilan o‘lchanadi. Bir fon- 1000 Gts chastotadagi va 1dB intensivliqdagi tovush qattiqligidir. Sanoat korxonalarida shovqinni o‘lchashning dV birligi qabul qilingan.
Shovqin – turli chastota va tezlikdagi tovushlarning tartibsiz birikmasidir.
2. Shovqin darajasini aniqlash uchun Shum-1, ISHV-1 markali shovqin o‘lchagichlardan foydalaniladi. Shovqinni spektr chastotasi bo’yicha baholash uchun ASH-2M, AS-3 markali chastotali analizatorlar ishlatiladi. Tovush spektrlarini vizual kuzatish va rasmga tushirish maqsadida S-34 va SP-1 spektrometrlari hamda N-110, N327-3 markali o’zi yozar jihozlar ishlatiladi.
Shovqindan himoyalanish usullari turlicha bo’lib, u birinchi navbatda shovkin manbasiga hamda shovqin darajasiga boglik holda tanlanadi. Shovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari o’z ichiga quyidagi tadbirlarni birlashtiradi: shovqinni ajralib chiqayotgan manbayida kamaytirish; shovqinni tarkalish yunalishini o`zgartirish; ishlab chiqarish binolarga akustik ishlab berish; sanoat korxonalari binolari va uchastkalarini joylashishini ratsional rejalashtirish; shovqinni tarqalish yo`lida kamaytirish, shovqin manbaini uzoqroq masofada joylashtirish, jamoa va SHXV qo‘llash. Ushbu usullar ichida shovqinni shovqin manbaida kamaytirish eng samarali hisoblanadi.
Mashina va mexanizmlar shovqinini kamaytirish, detallarni tayyorlanish sifatini oshirish, kam shovqin hosil qiluvchi materiallardan foydalanish, uzatmalarni to`g`ri tanlash, yoyilgan detallarni o‘z vaqtida almashtirish va shu kabi yullar orkali amalga oshiriladi.
3. . Ma’lum nuqtada shovqin darajasini pasaytirish uchun shovqin chiqaruvchi asbobni shu nuqtadan iloji boricha uzoqroq joylashtirish kerak.
Shuning uchun sanoat korxonalarining loyihalarini tuzganda shovqin chiqaruvchi sex va uchastkalarni, shovqin ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan uchastkalardan (masalan, aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan laboratoriyalar, zavod boshqarmalari, konstruktorlik bo‘limlari) bir-ikki joyga jamlagan holda qarama- qarshi tomonga joylashtirish tavsiya etiladi. Agar sanoat korxonasi shahar chegarasida yoki aholi yashaydigan punktning o‘rtasida joylashgan bo‘lsa, unda shovqin chiqaruvchi mexanizmlarni sanoat korxonasining o‘rtasiga joylashtirish tavsiya etiladi.