1-Mavzu: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar turlari. (2 soat). Reja



Download 159,88 Kb.
bet4/19
Sana31.12.2021
Hajmi159,88 Kb.
#222596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-Mavzu

Pedagogik texnologiya bu - texnikaviy va insoniy manbalarni va ularning o‘zaro bog‘liqligini inobatga olib, o‘z oldiga ta’lim shakllarini maqbullashtirish vazifasini qo‘yadigan, butun o‘qitish va bilim olish jarayonini, yaratish, qo‘llash va aniqlash bo‘yicha tizimli qarashdir.







Keltirilgan bu ta’rifdan, pedagogik texnologiyaning – tizimlilik va samaradorlik kabi majburiy belgilarini alohida ta’kidlash mumkin. Bunga pedagogik texnologiyaning majburiy tashkil etuvchi belgilarining yana biri qayta takrorlanishni qo‘shish lozim bo‘ladi.



Yuqoridagilarni e’tiborga olib, pedagogik texnologiyani maqbullashtirilgan, unifikatsiyalashtirilgan va qayta takrorlanadigan o‘quv jarayonini yaratish va qo‘llash deb, xarakterlash mumkin. Respublikamizning ijtimoiy iktisodiy kamoloti yosh avlodning sayi harakatlariga bog‘liq ekanligi endi hech kimga sir emas. O‘sib kelayotgan yosh avlod va ularning kelajakda qanday kasbkor egallashlariga

karab, Respublikamiz kelajagini tasavvur qilsa bo‘ladi. Kelajak yoshlarniki. Yoshlar faoliyati farovon hayotimiz mezonidir. Xuddi shu ma’noda yoshlarni ta’lim tarbiyasiga jiddiy e’tibor bermog‘imiz lozim. Yoshlar ta’lim tarbiyasi har bir ota-onaning, pedagog tarbiyachining Vatan oldidagi muqaddas burchidir.



Savol tug‘iladi: ular ta’lim tarbiya borasi nima qilishlari qanday yul tutishlari, nimalarga e’tibor berishlari lozim. Bu savollarga pedagogika fani javob beradi.

Pedagogika fani nima va u qachon paydo bo‘lgan? Tarixiy manbalarda yozilishicha, kishilik jamiyati paydo bo‘lgach, ijtimoiy hayotda orttirilgan tajribalarni quyi avlodga o‘rgatish ehtiyoji tug‘ildi. Tajribalarni to‘planishi natijasida ta’lim tarbiyaning dastlabki omillari vujudga keldi. Tabiat, ijtimoiy hayot haqidagi tajribalar asosida ma’lum bilimlar boyib bordi. Ta’lim tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachilar kasb-hunar homiylari sifatida ajralib chiqdi. Ularning ta’lim-tarbiya borasidagi faoliyatlari va to‘plagan tajribalaridan o‘rinli foydalanishlari pedagogika fanining vujudga kelishiga olib keldi. Shu asnoda dastlabki maktab ko‘rinishidagi muassasalar vujudga keldi, taraqqiy etdi. Shunday qilib pedagogika fanining ta’lim tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari xaqida ma’lumot beruvchi fanga aylandi.

Qadimgi dunyo falsafa tizimlaridan boshlanib, pedagogikaning fan sifatida shakllanish jarayoni nazariy tafakkurning taxmin va fikrlashlaridan ilmiy bilim sari harakat kilish jarayoni yuz berdi. Pedagogik g‘oyalar Aflotun (er.ol. 427 - 347 yillar) Arastu (er.ol.384-322 y.) Plutarx (tax.416-tax.327 yillar) Kvintilian (35-95 yillar chamasi) ning falsafiy va siyosiy asarlarida namoyon etila boshladi.



Xalqimizning buyuk mutafakkirlari bo‘lmish Imom- al-Buxoriy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Bahouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Bobur, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Maxmudxuja Bexbudiy va boshqa shu kabi ko‘plab buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviyat sarchashmalari o‘zining tarbiyaviy ahamiyatga, ma’rifatni targ‘ib etish xususiyatlariga va ibratlilik xususiyatlariga ega ekanligi tufayli xozirgi kunga qadar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay kelmoqda. Mukammal pedagogik tizimni Yan Amos Komenskiy yaratdi. U o‘z davrining ilgor g‘oyalariga tayangan holda hammani xamma narsaga o‘rgatish tug‘risida da’vat bilan chiqdi. Uning Buyuk didaktika degan katta risolasi nazariy pedagogikaningilk sarlaridan hisoblanadi.

Pedagogikaning ilmiy asoslarini tuzishga J.J.Russo (1712-1858), (I.G.Pestolotsiy, A.Destervenrg, R.Ouen (17711-1858), A.N.Radishchev (1749-1802), V.G.Belinskiy, A.Gersen, I.I.Pirogov, N.G.Chernishevskiy (1822-1899), N.D.Dobrolyubov kabi olimlar asos solib fanning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan.

Ta’lim nazariyasi, ta’lim-tarbiya mazmuni, shaklini va uslublarining asosiy jihatlari Sharqda ishlab chiqilib, Yevropa orqali o‘zgarib, rivojlanib yana Sharqga qaytib kelganini va dunyo pedagogik jarayonini bir butunligini hisobga olinsa, quyida keltiradigan tushunchalarda xususiy milliylikdan ko‘ra umuminsoniylik jihatlarining ko‘pligi ko‘zga tashlanib turadi. Ta’lim turli yo‘llar (mustaqil o‘qish, radio va televizion eshittirishlar, kurslar, lektorlar, ishlab chiqishda ishlash va shu kabilar) orqali olinadi. Har bir o‘quvchi, o‘qituvchi-tarbiyachi va ona yurti tarixini bilishi, vatanparvar bo‘lishi lozim. Ta’lim-tarbiya tarixi pedagogika tarixi fanidan xabardor bo‘lmay turib, o‘qituvchilik qilish mumkin emas. Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun esa uning o‘tmishidagi taraqqiysini bilmoq kerak.

Biz ta’lim-tarbiya sohasidagi keng ko‘lamli islohatlarimizni, albatta, oxiriga yetkazishimiz, bunday ta’lim dargohlarini nafaqat qurish, ta’mirlash va jihozlash, balki farzandlarimizni zamon talablari asosida kamol toptirish uchun eng yuksak malakali pedagoglarni jalb etish, ularning bilim va tajribasini muntazam oshirib borishga eng muhim, g‘oyat mas’uliyatli vazifa deb qarashimiz zarur shuningdek, ―Faqatgina zamonaviy asnoda ta’lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi2 –deydi birinchi Prezidentimiz o‘zining ―Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir nomli asarida.

Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo‘nalish - pedagogik innovatsiya va ta’lim jarayonini yangilash g‘oyalarining paydo bo‘lishi natijasida pedagogning pedagogik faoliyatida ham yangi yo‘nalish «pedagogning innovatsion faoliyati» tushunchasi paydo bo‘ldi. Pedagogikada innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion pedagogika, ta’limda innovatsion jarayonlarni boshqarish kabi tushunchalar XX asrning 60-yillarida dastlab, AQSh va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ta’lim texnologiyasi tushunchasi e’tirof etilgan vaqtda paydo bo‘ldi. O‘sha vaqtdayoq Yevropada pedagogik innovatsiyalar markazi va instituti tashkil etildi. Bu tushunchalarning paydo bo‘lishi va innovatsion ta’lim nazariyasining yaratilishi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu tushunchalar ta’lim tizimini texnologiyalashtirish, pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimiga kiritish orqali ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini ta’minlash, bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishish uchun ta’lim jarayonida bolaga do‘stona munosabatlarni shakllantirishga o‘rinish natijasida vujudga keldi.


Download 159,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish