1-mavzu: Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati va uni o‘rganishning obyektiv zarurligi Reja



Download 39,95 Kb.
bet3/6
Sana22.06.2022
Hajmi39,95 Kb.
#691491
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati va uni o‘rganishni 2 ta rejali

Birinchidan, ma’lum moliyaviy prinsiplar va qonunlarni bilish shaxsiy
mablag‘dan to‘g‘ri foydalanish imkonini beradi. Shunday ekan, kim bunday
imkoniyatlarga ega bo‘lishni istamaydi, deysiz?! Siz biror bir moliyaviy bilimsiz
yashay olasizmi? Balki yashay olarsiz. Ammo, odam moliya sohasida butkul omi
(savodsiz) bo‘lsa, boshqalarga to‘liq qaram bo‘lib qoladi3. Yoki Siz bunga
ishonmaysizmi? Bir aqidani eslang-a?: “Ahmoq puli bilan tez xayrlashadi!”. Bu –
bekordan-bekorga aytilgan emas. Bu ham hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan
– aksioma. U isbot talab qilmaydi. Va aksincha, “Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva”,
“Vaqt – bu pul” degan maqollar bekordan-bekorga kundalik hayotimizga shiddat
bilan kirib borib, tobora dolzarbroq ahamiyat kasb etayaptimi?! Ijobiy ma’noda
“Hammasini pul hal qiladi”, deb ham bejizga aytilmayapti-ku?! Bunday sharoitda
pulingiz bilan tezda xayrlashadigan ahvolda bo‘lsangiz, unda nima qildik?


    1. -rasm. “Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganish sabablari.

Hayotda moliyaviy maslahatchiga biror masalada maslahat so‘rab muro-jaat
qilinadigan vaziyat ko‘p va tez-tez bo‘lib turadi. Bugungi kunda ko‘plab xususiy
maslahatchilar va maslahat firmalari: bank xodimlari, fond va sug‘urta brokerlari, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlarini sotuvchi kompaniya xodimlari va
ko‘plab shu kabi shaxslar shunday xizmatlarni taklif etadilar. Ko‘pincha bunday
maslahatlar bepul beriladi, chunki yordam so‘rab murojaat qilgan mutaxassis yaqin
kunlar (kelajak)da kompaniyaning yoki tegishli mutaxassisning potensial
(salohiyatli) mijozi(ga) bo‘lishi (aylanishi) mumkin. Ammo, olingan maslahatning
sifatini qanday baholasa bo‘ladi? Sizni chuv tushirib ketishmadimikan? Balki,
“oltin tog‘” va’da qilinib, qo‘yningiz puch yong‘oqqa to‘ldirilgandir? “Zamonaviy moliya” (fani)ni chuqur o‘rganibgina shunday ob’ektiv baholash uchun zarur
asosiy me’zonlar bilan tanishish mumkin.
Misol: Siz o‘zingiz uchun “Moliyaviy maslahatchining maslahati kerakmi?”,
degan savolga javob topmoqchisiz. Buning uchun quyidagi foydali
maslahatlardan ogoh bo‘lsangiz, foydadan xoli bo‘lmas yoki ayni muddao!
Faraz qilaylik, Siz 50,0 mln. so‘mlik moliyaviy aktivlar portfel4i (shu
jumladan, pensiya (nafaqa) hisob varaqlari)ga, uy-joy, oddiy qarz majburiyatlari va
aksiyalar opsioniga egasiz. Vaqti kelib, Siz bugungi kunda kapital qo‘yilmalaringiz
qanchalik oqilona ekanini, pensiya (nafaqa) jamg‘armangiz yetarlimi yoki yo‘qmi
va o‘z investitsiyalaringizning samara-dorligini oshirish uchun yana qanday
choralar ko‘rish (masalan, uzoq muddatli sug‘urta polisi olish yoki o‘z
hayotingizni sug‘urta qilish) kerakligini bilishni istadingiz. Xullas, bir qancha
reklama broshyuralarini o‘qib, katta tajribaga ega mutaxassisni tanladingiz.
Mutaxassis o‘z mijozlaridan olgan tavsiyanomalarni Sizga taqdim etdi. U yaxshi
inson. Xo‘sh, endi nima qilish kerak?
Bunday vaziyatda mana nimani kutsa bo‘ladi: moliyaviy maslahatchilarning aksariyati (ko‘pchiligi) – yoki brokerlar, yoki sug‘urta agentlari bo‘ladi.
Ularning vazifasi Sizni o‘z investitsiyalaringiz tarkibi va yo‘na-lishini
o‘zgartirishga ishontirishdan iborat (axir, ana shuning evaziga ular daromad
oladilar-da!). Bundan tashqari, ba’zi maslahatchilar o‘z xizmat-larini xuddi yurist
va buxgalterlar kabi soatbay baholaydilar. O‘zini zamonaviy moliya borasida
maslahatchi deb ataydiganlarning taklifini tushunib olishingiz va to‘g‘ri qaror
qabul qilishingiz uchun bir necha maslahat beramiz. Ularning eng muhimlari
quyidagilardan iborat:

Download 39,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish