1-Mavzu: Yurist yozma nutqining shakllantirish talablari Reja: Yurist yozma nutqining shakllantirish



Download 4,54 Mb.
bet65/66
Sana31.12.2021
Hajmi4,54 Mb.
#202568
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
Ma`ruza matn Huquqiy ko`nikmalar va metodologiya(1)

 

Yuriskonsult  – yuridik mutaxassisliklardan biri boʻlib, u davlat organlari, xoʻjalik boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar (korxonalar, muassasalar va tashkilotlar)da huquqiy ishlarni amalga oshiruvchi yuridik xizmat xodimi hisoblanadi.

Xalqaro huquq normalarida va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda ham yuridik xizmat xodimini nomlanishi yuqoridagi ta’rifga mos keladi. Masalan, BMT Kongressi tomonidan qabul qilingan “Yuristlarning roliga doir asosiy prinsiplar”ida (Gavana, 1990 yil 27 avgust – 7 sentyabr) “yuriskonsult”  va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi «Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy ta’minlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 182-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati toʻgʻrisida” va “Xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʻgʻrisida”gi nizomlarda ham “yuriskonsult” termini qoʻllanilgan.

 

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2003 yil 22 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlari lavozimlari roʻyxatida – yuridik boʻlim yoki boshqa tarkibiy tuzilma boshligʻi, boshliq oʻrinbosari – rahbar (ma’muriy-boshqaruv xodimlar) toifasiga kiritilgan boʻlsa, yuriskonsultlar boshqaruv xodimlari mutaxassisi toifasiga kiritilgan.



 

Yuridik xizmat xodimlarini ham normativ-huquqiy hujjatlarda, ham yuridik adabiyotlarda bir xil – “yuriskonsult” deb nomlanishi, ularning huquqiy maqomini (vazifasi, huquqi va javobgarligi) aniq belgilanishini, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda yuridik texnika qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi, shuningdek bu kasb egasini nomini davlat tiliga notoʻgʻri tarjima qilinishini oldini oladi hamda uning boshqa yuridik mutaxassisliklardan (sudya, prokuror, advokat, notarius) farqini aniq aks ettiradi.

 

A.P. Korneyev yuriskonsult – davlat hokimiyati organlari, korxonalar (konsernlar, birlashmalar), ijtimoiy-madaniy muassasalar, tashkilotlar huquqiy xizmatining yuridik boʻlim (byuro)si boshligʻi, bosh (katta) yuriskonsulti, yuriskonsulti lavozimida boʻlgan xodim, deb ta’rif beradi.

 

Yuridik ensiklopedik lugʻatlarda ham  yuriskonsult - korxona, muassasa, tashkilotlar huquqiy xizmati xodimi - deyilgan.



 

Professor Gʻ. Abdumajidov korxona, muassasa, tashkilot oʻzining doimiy huquqshunosiga ega boʻlgani uning qonuniy nuqtai nazardan faoliyat yuritishida nechogʻlik foydali ekanligini ta’kidlaydi.

 

M.Yu. Radchenko nizoli holatlar murakkab boʻlmasa yoki kam kelib chiqsa korxonada arbitraj (hakamlik) ishlarini bajara oladigan xodimni ajratish yetarli ekanligini qayd qiladi. Shuningdek u bunday muammolarni hal qilishning maqbul yoʻli korxonada xodimlar soni koʻp boʻlmagan yuridik xizmatni tashkil etishdir degan fikrni ilgari suradi. Agar korxona doimiy ravishda nizo yoki unga yaqin boʻlgan holatlarga uchrab tursa, yuridik xizmat doirasida yoki hatto mustaqil, faqat arbitraj muammolari bilan shugʻullanadigan boʻlinma, ya’ni arbitraj xizmati tashkil qilinishi eng maqbul (koʻpincha yagona toʻgʻri) yoʻl degan xulosaga keladi.



 

M.Yu. Radchenkoning oxirgi xulosasi bilan kelishib boʻlmaydi, chunki birinchidan, mustaqil arbitraj xizmatining tashkil qilinishi korxonada tarkibiy boʻlinmalarning sonini koʻpayishiga olib keladi; ikkinchidan, u bajarishi lozim boʻlgan vazifalar jumlasiga yuridik xizmatning shartnomaviy munosabatlarning huquqiy jihatdan ta’minlanishini tashkil etish boʻyicha vazifalari toʻligʻicha kiritilgan; uchinchidan, bunday boʻlinmaning “arbitraj xizmati”  deb nomlanishi ham toʻgʻri emas, sababi bu xizmat faqat xoʻjalik (arbitraj) sudlarida koʻriladigan ishlarda qatnashish va buning uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash bilan cheklanib qolmasligi kerak, qolaversa bunday nomdagi xizmatni tashkil qilinishi uni nizolarni hal qilishi lozimligini anglatadi.

 

Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar yuridik xizmat uning eng muhim xizmatlaridan biri hisoblanadi va usiz korxona samarali faoliyat yurita olmaydi – deb ta’kidlaydilar S.M. Ayzin va M.Yu. Tixomirov.

 

Korxonadagi huquqiy ishlar oʻz ichiga korxona boshqaruv organlari (aksiyadorlar, ishtirokchilar umumiy yigʻilishi, direktorlar kengashi, bosh direktor va hokazo) tomonidan qabul qilinadigan qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar va boshqa huquqiy xususiyatga ega boʻlgan hujjatlarga viza qoʻyish yoʻli bilan huquqbuzarliklarni oldini olish; bitimlarni rejalashtirishda ishtirok etish, shartnomalar (kontraktlar)ni tayyorlash va viza qoʻyish, talabnoma va da’vo arizalarini taqdim etish, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda vakillik qilish orqali korxonaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek lokal hujjatlarni tizimlash boʻyicha ishlarni bajarish va mehnat jamoasida huquqiy tarbiya  ishlarida ishtirok etish funksiyalarini oladi.



 

Yuridik xizmatning oʻziga xosligi shundaki, u korxona tuzilmasining tarkibiy qismi hisoblanib, xoʻjalik faoliyatini yuritishni, biznesni qonuniy yoʻlga yoʻnaltirishni va aynan qonun nuqtai nazaridan korxonaning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashi lozim.

 

K.K. Lebedevning ta’kidlashicha, tadbirkorlik sohasida xizmat koʻrsatayotgan yuristlar korporativ yuristlar deb nomlanmoqda. Iqtisodiyot sohasida yuristning ishi – bu avvalo, tijorat tuzilmalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan notijorat tashkilotlarga huquqiy xizmat koʻrsatishdan iboratdir.



 

K.K. Lebedev va V.A. Zlobin “yurist” bilan “yuriskonsult”, atamalariga tenglik alomatini qoʻygan holda ularni bir xil ma’noda qoʻllaganlar.

  Amaliyotda va ayrim hollarda normativ-huquqiy hujjatlarda va yuridik adabiyotlarda ham yuridik xizmatni –  “shartnoma-huquqiy boshqarma”,  ”yuridik boshqarma”, ”huquqiy boʻlim”,  yoki yuriskonsult lavozimini - “yuristkonsult”, “yuristkonsultant”, ”yuridik maslahatchi”, ”yetakchi nazoratchi yurist”, ”yurist”,   ”yurist maslahatchi”, ”yuridik masalalar boʻyicha bosh mutaxassis”, “huquqiy maslahatchi”, ”huquqshunos”, “huquqiy masalalar boʻyicha rahbar oʻrinbosari (yordamchisi)”, ayrim holatlarda hattoki “adliya maslahatchisi” deb nomlangani yoxud oʻzbek tiliga tarjima qilinganini koʻrishimiz mumkin.

 

Yuridik xizmatni va uning xodimlari lavozimlarini  qonunchilikda va  amaliyotda bir xilda nomlanishini va tushunilishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishini hisobga olib, quyidagi takliflarni kiritish mumkin: 1) davlat organlari, xoʻjalik boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar yuridik xizmati xodimlari sonini hisobga olgan holda belgilangan tartibda “yuridik bosh boshqarma”, ”yuridik boshqarma”, ”yuridik boʻlim”, “yuridik guruh”, ”yuridik byuro” deb yuritilishi maqsadga muvofiqdir; 2) yuridik xizmat xodimlarini – tegishlicha “bosh yuriskonsult”, ”yetakchi yuriskonsult”, ”katta yuriskonsult”, “yuriskonsult” deb nomlash toʻgʻri boʻladi deb hisoblaymiz.



 

 


Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish