1-Mavzu: Yurist yozma nutqining shakllantirish talablari Reja: Yurist yozma nutqining shakllantirish


Huquqshunos kadrlarning yurtimizda adolatli jamiyat barpo etishdagi roli



Download 4,54 Mb.
bet63/66
Sana31.12.2021
Hajmi4,54 Mb.
#202568
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
Ma`ruza matn Huquqiy ko`nikmalar va metodologiya(1)

Huquqshunos kadrlarning yurtimizda adolatli jamiyat barpo etishdagi roli



  • Oʼzbekistonda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash uzluksiz taʼlim tizimining mustaqil bosqichi hisoblanadi. Yurist kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi muhim oʼrin egallaydi.

    Oʼzbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan soʼng yurist kadrlarga boʼlgan ehtiyoj yanada ortib, zamonaviy yurist kadrlarga qoʼyiladigan talab ham oʼzgardi. Istiqlolning dastlabki yillarida bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishdek murakkab jarayonlarning huquqiy jihatlarini taʼminlab berishga qodir boʼlgan mutaxassislar kerak edi.

    Shu sababli Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 19 yanvardagi “Oʼzbekiston Respublikasi adliya opganlapi va sudlapi faoliyatini tashkil etish masalalapi toʼgʼrisida”gi 18-sonli qarori bilan adliya xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari negizida Sud va adliya organlari xodimlari malakasini oshirish instituti tashkil qilindi. Davlat hokimiyati va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning yuqori malakali kadrlarga boʼlgan ehtiyojini qondirish, zamonaviy bilimlar asosida huquqshunos xodimlarning kasbiy tayyorgarligini hamda ularni qayta tayyorlashni tubdan yaxshilash, shuningdek, huquqshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar saviyasini oshirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini oʼrganish ishini yaxshilash haqida”gi UP-1791-sonli Farmoni asosida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 iyuldagi 364-sonli qarori bilan Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tashkil etildi.

    Markazning asosiy vazifasi sud, adliya, advokatura idoralarining vakillari, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yuridik xizmatlarining xodimlarini qayta tayyorlashdan iborat etib belgilan. Markazda bir yilda oʼrtacha 500-800 yurist oʼqitilgan boʼlsa, soʼnggi yillarda bu koʼrsatkich 3000 dan ortgan. Bugungi kunda Markaz yurist kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida yetakchi taʼlim muassasasi hisoblanadi. Markazda yuridik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari tizimli va yuqori saviyada olib borilishi yoʼlga qoʼyilgan.

    Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 12 iyuldagi 212-son qarori bilan Yuristlar malakasini oshirish markazining yangi tahrirdagi ustavi tasdiqlangan edi. Ushbu hujjat Markazning vakolatlari hamda vazifalarini davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda aniqlashtirib berdi.

    Markazda ushbu qaror asosida 5 ta kafedra: Fuqarolik-huquqiy fanlar, Jinoiy-huquqiy fanlar, Davlat-huquqiy fanlar, Xalqaro huquq va inson huquqlari, Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedralari hamda 5 ta boʼlim: Oʼquv-uslubiyot boʼlimi, Xalqaro aloqalar boʼlimi, Axborot-kompyuter boʼlimi, Nashriyot boʼlimi va Xoʼjalik boʼlimlari faoliyat yuritgan.

    Kafedralarda yuqori malakali huquqshunoslar hamda sud, prokuratura hamda adliya organlarida faoliyat yuritgan, katta amaliy ish tajribasiga ega boʼlgan yuqori salohiyatli professor-oʼqituvchilar faoliyat olib borgan.

    Markazda oʼquv jarayonini yanada yuqori saviyada oʼtkazilishida mamlakatimizning Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy xoʼjalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuraturasi, Respublika sud ekspertizasi markazi, Advokatlar palatasi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritib kelingan. 

     Markazda 1997-2019 yillar davomida 30 mingdan ortiq tinglovchi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʼqitilgan: 2000 yillarda har bir oʼquv yilida oʼrtacha 600-800 nafargacha tinglovchilar malaka oshirgan boʼlsa, 2017-2018 hamda 2018-2019 oʼquv yillariga kelib, bu koʼrsatkich yiliga 3000 nafar tinglovchini tashkil etmoqda.

    Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyunda “Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʼgʼrisidagi” 531-sonli qarori qabul qilingan. Shu asosda Markaz Ustavi ham qabul qilingan.

    Mazkur Ustav Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar alakasini oshirish markazining (keyingi oʼrinlarda Markaz deb ataladi) maqomi, maqsadi, vazifalari va faoliyati asosiy yoʼnalishlarini, huquq va majburiyatlarini, oʼquv jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.

    Markaz adliya organlari hamda advokatura xodimlarini, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlarini (yuristkonsultlar) qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan davlat taʼlim muassasasidir.

    Markazda hozirgi kunda 6 ta kafedra: Davlat va jamiyat qurilishi kafedrasi, Fuqaroviy-huquqiy fanlari kafedrasi, Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi, Jinoyat-huquqiy fanlari kafedrasi, Qonunchilik texnikasi va korruptsiyaga qarshi ekspertiza kafedrasi, Ijtimoiy fanlar va psixologiya, yuridik etika kafedralari faoliyat yuritadi.

    Kafedralarda yuqori malakali, salohiyatli katta amaliy ish tajribasiga ega boʼlgan huquqshunos professor-oʼqituvchilar faoliyat olib borishadi.

    Markazda Fan, innovatsiya va taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, Oʼquv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish boʼlimi, Taʼlim sifatini uslubiy taʼminlash, monitoring qilish va baholash, Buyurtmalar portfeli va marketingni shakllantirish boʼlimlari faoliyat yuritishadi.

    Bundan tashqari Markaz tarkibiy tuzilmasiga Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va masofadan oʼqitishni tashkil etish, Xalqaro hamkorlik, Tahririy-nashriyot, Maʼmuriy xoʼjalik, buxgalteriya, Axborot-resurs markazi, kadrlar boʼyicha katta inspektor kabi boʼlimlar kiradi.

    Oʼzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʼgʼrisida”gi qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019 yil 31 yanvardagi 54-mh-son buyrugʼi bilan tasdiqlangan “Mediatorlarni tayyorlash dasturi”ga muvofiq 2019-2020-oʼquv yilidan boshlab Markazda professional mediatorlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari faoliyati yoʼlga qoʼyilgan.

    Mediatorlar guruhi tinglovchilariga malakali professor-oʼqituvchilar xorijiy mamlakatlarning mediatsiya institutlari mutaxassislari tajribalaridan foydalangan holda, tinglovchilar guruhiga oʼz bilimlarini yetkazishadi.

    O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim natijalaridan biri ijtimoiy himoya siyosatining demokratik jamiyatni barpo etishdagi o‘rnini va ahamiyatining ortib borishi bilan belgilanmoqda. “Bugungi kunda ijtimoiy hayot sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etib, odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, aholining himoyaga muhtoj qatlam va guruhlarini ijtimoiy muhofazasini ta’minlagan holda, O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik.”[1] Darhaqiqat, bozor munosabatlariga o‘tish davrida mamlakatimizda kuchli ijtimoiy himoya tizimi shakllantirildi va hozirda uni takomillashtirish muhim masala bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tish ehtiyoji paydo bo‘ldi. SHu munosabat bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy tizimi shakllantirilmoqda.

    Adolat tushunchasining kelib chiqishi (sotsiogenezi) to‘g‘risidagi ta’limotni buyuk ajdodimiz Abu Nasr  Forobiy ham yaratishga uringan. Buyuk mutafakkir adolat g‘oyasini  jamiyatning  asosiy davrlariga tadbiqan qarab chiqqan. Bunda u insoniyat  jamiyatining kelib chiqishida tabiiy ehtiyojlar yotishini, bu ehtiyojlarni uyg‘unlashtirish esa adolat tuyg‘usini shakllantirishini ta’kidlagan edi. SHarq mutafakkiri Konfutsiyning g‘oyalarini davom etirgan  holda Forobiy «adolat» tushunchasi insoniyatning ma’rifiy davriga to‘g‘ri kelganligini  ta’kidlaydi. Bu davrda hususiy mulk o‘rnatiladi va u  kishilarning  o‘zaro tengsizligini  keltirib chiqaradi. SHunisi muhimki, teng taqsimlashni  ifodalagan  adolat tushunchasi endi mulk ta’sirida tengsizlikni ifoda eta boshlaydi. Bu tushunchaning o‘zi hususiy mulkni  o‘rnatishda ishtirok etadi.

    Demak, adolat to‘g‘risidagi tasavvurlar insoniyatning oddiy egalitarizm, ya’ni  barcha baravar bo‘lgan holdagi darajasidan yuqori ko‘tarila borishi  natijasida yanada to‘laroq shakllana borgan. Tenglashtiruvchi qoida bo‘lgan, zo‘rlikni aks zo‘rlik bilan muvofiqlashtiruvchi vosita sifatida da’volar tengligini o‘rnatib  kelgan «adolat» tushunchasi hususiy mulkka asoslangan  jamiyatda  yangicha mazmun kasb eta boshlagan. Endi jamiyat ijtimoiy munosabatlarni muvozanatga keltirishning  yangi tizimiga muhtojlik seza boshladi.  YUz bergan ulkan ijtimoiy o‘zgarishlar kishilar  ongida, dunyoqarashida, siyosiy-huquqiy fikrda, axloqiy  normalarda ijtimoiy adolat g‘oyasining uzil-kesil shakllanishiga  olib kelgan. Bu haqda SHarqning  boshqa  bir mutafakkiri – Abu Ali ibn Sino qiziqarli fikrlarni bayon qilgan. Uning fikricha, o‘zaro  bog‘liqlik va almashuv jarayonida  insonlar bir-birlarini qandaydir muhtojlikdan holi etadilar. Buning uchun insonlar o‘rtasida o‘zaro kelishuv zarur bo‘lib, bu kelishuv tufayli adolat  qoidalari va qonunlari o‘rnatiladi.

    Ijtimoiy hayotda adolatparvarlikni qat’iy turib himoya qilgan ta’limotlardan biri tasavvuf falsafasidir. Tasavvuf  namoyondalari boshqa sharq mutafakkirlari singari o‘z umidlarini ma’rifatli va odil shohga bog‘laydilar, u orqali barcha ijtimoiy illatlarni bartaraf etish mumkin, deb hisoblaydilar.

    Tasavvuf namoyondalari hokim va xalq, shoh va saltanat  munosabatlarida donolik bilan adolatli ish tutish, davlatni  adolatli qonunlar orqali boshqarish, qabul qilinayotgan tadbirlarning xalq tomonidan qo‘llanishi kabi ijtimoiy muammolarni  ko‘taradilarki, bu xalqparvar tuzum ideallarini  ulug‘lashtirdi.

    Tasavvufning ko‘pgina namoyondalari shohlar, hokimlar, amaldorlardan adolatni kutib o‘tirmay, o‘z amaliy  faoliyatlarida unga amal qilish bilan o‘rnak bo‘lganlar. Hasan Basriy, Abdulla Ansoriy, Abdulhasan Haraqoniy, Bahouddin Naqshband, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Ho‘ja Ahror Valiy, Mahdumi A’zam Kosoniy ko‘pincha shoh va hokimlar  adolatsizliklariga  qarshi chiqib, mazlumlarni dadil himoya qilganlar, haqiqat uchun kurashganlar.

    SHarq mutafakkirlari adolatni asoslashda lirik-ruhiy, ma’naviy-axloqiy jihatdan yondashganlar. Zero, sharqona jamiyatlarda azaldan adolat tushunchasiga hamohang tarzda «haq», «me’yor», «haqiqat», «burch» tushunchalari qadrlanib kelingan. SHuningdek, jamoa manfaati, oiladagi tartib-intizom, e’tiqod va ma’naviylik yuqori baholangan. 

     G‘arb mutafakkirlari esa ko‘proq huquqiy, amaliy, kundalik hayot muammolari nuqtai nazaridan  fikr yuritganlar. SHuning uchun ham SHarqdagidan ancha farqli tarzda «erkinlik», «teng huquqlilik», «erk» tushunchalariga  ko‘proq darajada ahamiyat berilgan. SHu bilan birga individualizm, individning tartib-intizomi, huquq adolatga olib boruvchi vositalar sifatida qadrlanadi, ma’naviylikdan ham ko‘ra ratsionalizm mustahkam  o‘ringa  ega bo‘lgan.

     

    Birinchi Prezident I.A. Karimov ta’kidlaganidek, biz shunchaki demokratik davlat emas, balki adolatli demokratik davlat qurishga intilyapmiz. Adolatga intilish - xalqimiz ma’naviy - ruhiy dunyosiga xos eng muhim hususiyat. Adolatparvarlik g‘oyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko‘maklashuv mexanizmida o‘z aksini topishi kerak.[2]Darhaqiqat, O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etishda  adolat omili muhim o‘rin tutadi. SHu ma’noda  adolat tushunchasi, uning erkinlik, demokratiya va barqaror taraqqiyot g‘oyalari bilan mushtarak jihatlari bugungi kunda ham zamonaviy mazmun kasb etmoqda.



    Lekin tarixan oladigan bo‘lsak, ijtimoiy adolat g‘oyasi insoniyatning butun tarixi orqali o‘tib kelgan. SHu bilan birga jamiyatni adolatli tashkil etish  orzusi va uning  hayotdagi haqqoniy mavjudligi o‘rtasida doimo ziddiyat bo‘lib kelgan. SHunga qaramay  uni «naqd qilib qo‘yishga» urinish to‘xtamagan. SHu nuqtai nazardan insoniyat  sivilizatsiyasining  butun tarixi  ijtimoiy adolatni kengaytirish  tarixi hamdir. Albatta, SHarq va g‘arb jamiyatlaridagi bu kabi qadriyatlar bir-biriga  zid emas, ular o‘zaro uyg‘unlikda umuminsoniy qadriyat darajasida jamiyat hayotida ijtimoiy adolat qoidalarining barqaror bo‘lishiga hizmat qiladi. SHarq va g‘arb an’analarida asrlar davomida shakllanib kelgan bu kabi tushunchalar hamda  qadriyatlar mustaqillik davrida jamiyatimizda umuminsoniy g‘oyalar sifatida qayta shakllanishi shu jihatdan katta  ahamiyatga ega. Zero, bu jamiyatimizda insonparvarlik, birdamlik, inson erki va mas’uliyatini manfaatlar uyg‘unligi, qonun ruhi va demokratiya qadriyatlari asosida amalga oshirishga va shu tariqa ijtimoiy  adolatni  mustahkamlashga hizmat qiladi.

      Umuman, mustaqillik davrida odamlarimiz ongida ijtimoiy adolatning yangicha tushunchasining shakllanishi  mamlakatimiz kelajagi  va islohotlar  muvaffaqiyati garoviga  aylanmoqda.  Adolatli  jamiyat qurish haqidagi umuminsoniy orzular va qarashlarni yangi jamiyat barpo etish manfaatlariga bo‘ysundirish muhim amaliy masala bo‘lib turibdi. Biz barpo etayotgan jamiyat insonparvar bo‘lmog‘i zarur.  Bunda demokratik modellarni ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olmasdan, balki ilg‘or demokratik jamiyatlar tajribasini  tanqidiy o‘rganish asosida fuqarolik jamiyatini qurish ehtiyojlariga hizmat qildirish talab etiladi.

    Aholining yordamga eng muhtoj qatlami - bolalar, yolg‘iz qariyalar, nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlash ishlarini aniq mo‘ljalli tarzda amalga oshirish zarur. SHu bois, islohotlarning hozirgi bosqichida ijtimoiy yordam tizimini takomillashtirish, aholini ijtimoiy himoyalashning ta’sirchan mexanizmini shakllantirish davom ettirilmoqda. Muayyan moddiy yordam aniq oilalarga etib borishi, jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlariga mo‘ljallangan tabaqalashtirilgan yordam bo‘lishi va haqiqatan ham bunday yordamsiz kun kechirolmaydiganlarga borib tegishi lozimligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. 

    hozirgi paytda aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga davlat tomonidan shunchaki moddiy yordam ko‘rsatishgina emas, balki jamiyat a’zolarining aksariyat qismini ehtiyoj va manfaatlarini qondirish va ro‘yobga chiqarishda avvalo, ularning o‘z tashabbusi, intilishi va mas’uliyatini kuchaytirish asosidagi ijtimoiy himoya tizimini  takomillashtirish vaqti etdi.  Aynan shu ma’noda ijtimoiy sohada   amal qilib kelayotgan  ustuvor tamoyillar, hususan, qonun ustuvorligi,   islohotlarni bosqichma-bosqich joriy etish, kuchli ijtimoiy siyosat kabi tamoyillar ijtimoiy himoya tizimini  rivojlantirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

    Har qanday demokratik jamiyat ma’lum ma’noda ijtimoiy asoslarni birlamchi manba sifatida qabul qiladi. Ijtimoiy asoslari bo‘lmagan jamiyat o‘z taraqqiyotida sobit bo‘la olmaydi. SHu ma’noda demokratik jamiyat taraqqiyoti uchun kuchli ijtimoiy himoya va adolat tamoyillari muhimdir.

    Umumiy ma’noda ijtimoiy himoya demokratik huquqiy davlat tomonidan fuqarolar, turli jamoalarning huquqlarini ta’minlash bilan cheklanib qolmay, ulardan amalda foydalanishni kafolatlash, amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishni anglatadi. YA’ni, insonlar davlat uchun emas, davlat xalq uchun hizmat qiladi‚ bu inson va uning qadr-qimmatiga hurmat deb baholanadi.

    Ijtimoiy himoya», «ijtimoiyadolat» tushunchalariningshakllanib  borishi insoniyatning demokratik tafakkuri  bilan bog‘liqdir.  Hususan, Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida ifodalangan fozil jamiyat g‘oyasi bugungi kundagi demokratik jamiyat konsepsiyasiga hamohangdir.

    Forobiyning fozil jamiyat konsepsiyasiga ko‘ra, baht-saodatga intiluvchi jamiyatda qonun ustuvor bo‘lib, butun ijtimoiy hayot ana shu ustuvor tamoyil asosida tuziladi. SHu ma’noda fozil jamiyatda avvalo erkinlik mavjud bo‘ladi. Unda adolat, erkinlik va tenglik tushunchalari kun tartibida bo‘lib, bu me’yorlar fozil jamiyatning asosi bo‘ladi.SHu bilan birga, Forobiy fikricha, jamiyat davlat bilan kuchlidir. U etuklashgan sayin o‘z a’zolarini himoyaga ola boradi. SHuni ham alohida aytish kerakki, agar o‘tmish mutafakkirlari ijtimoiy kafolatlanish uchun inson faolligi masalasini ilgari surgan bo‘lsalar, Forobiy qarashlarida insonni ijtimoiy kafolatlashda jamiyatning roli alohida uqtirila boshlandi. Demak, jamiyat ham himoya vositasi bo‘lishga mas’ul, degan g‘oya ilgari surilgan.

    o‘zbekistonda kuchli ijtimoiy himoya muammolari siyosat darajasiga ko‘tarildi. Buning uchun esa dastavval qonunlar tizimi yaratildi, keskin tabaqalanishdan holi bo‘lgan mulkdorlar sinfi shakllantirila boshlandi, shu asosda iqtisodiy taraqqiyot inson manfaatlariga yo‘naltirilayapti. Bir so‘z bilan aytganda,«davlatning ijtimoiy tizimi bilan xalq ehtiyojlari o‘rtasidagi jarlik» bartaraf etildi. SHu bilan birga bugungi kunda mamlakatimizda insonning jamiyatdagi o‘rnini anglashi, o‘zini-o‘zi tarbiyalay olishi va o‘zini-o‘zi taraqqiy ettira olishiga mas’uliyatining kuchayib borishi ijtimoiy himoya tizimini amaliy jihatdan mustahkamlashga ko‘maklashishi zarur.

    Demokratik jamiyatning mohiyati shundaki, adolat va haqiqatg‘oyasi ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi. Jamiyatda mulkiy jarayonlarning ob’ektiv o‘zgarishi yuz berayotgan bir paytda jamiyatning keskin tabaqalanishiga, ya’ni oshib-toshib ketgan boylaru kambag‘al-qashshoqlarga bo‘linib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. SHu ma’noda ijtimoiy himoya muhofazaga muhtojlarni davlat himoyasiga olishdir. SHu bilan birga, ijtimoiy himoya insonning jamiyatdagi munosib o‘rnini belgilovchi va faolligining yuksalishini ta’minlovchi asosiy ko‘rsatkichdan biriga aylanadi.

    XXI asr boshlarida demokratik tamoyillarning ustuvor kelishi ko‘zga tashlanadi. Ijtimoiy himoya tizimi ham hozirgi zamon davlatchiligining o‘ziga xos demokratlashuvidagi asosiy omillardan biri bo‘lib hizmat qilmoqda. Jamiyatning kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoya qilish tamoyili hozirgi zamon taraqqiyot konsepsiyasida yangicha yo‘nalishdir. Ma’lumki, hatto barqaror demokratik taraqqiyotga erishgan bugungi Yyevropa mamlakatlari ham o‘z vaqtida bunday amaliyotni chetlab o‘tgan edilar. O‘zbekistonda esa ushbu tamoyilni amalga oshirish uchun hukumat dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Bu islohotlarni yanada kengaytirish uchun zarur edi. hozirda, aytish mumkinki, o‘zbekiston ijtimoiy siyosatida ana shu aniq natijaga erishildi. Bu real yo‘nalishga ega bo‘lgan amaliy bosqichdir. Ijtimoiy islohotlar konsepsiyasi jamiyatda barqarorlik va xavfsizlik tizimining mustahkamlanishiga qaratildi. Natijada o‘zbekiston ijtimoiy siyosatida barqaror o‘zgarishlarga erishildi. Jahon ekspertlarining xulosalariga ko‘ra, aynan ushbu konsepsiya O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyot bosqichiga kirishiga asos bo‘ldi. Hususan,  yaqinda BMTning YUNISEF tashkiloti tomonidan turli davlatlarning ijtimoiy rivojlanishi bo‘yicha e’lon qilgan qiyosiy tadqiqot natijalari ham fikrimizni tasdiqlaydi.

    o‘zbekistonda yuritilayotgan ijtimoiy siyosatdagi o‘zgarish jamiyat tabaqalarining manfaatlarini himoya qilishda amaliy ahamiyat kasb etishi zarur. Aynan ushbu ijtimoiy talab bajarilsagina, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning asoslaridan biri - ijtimoiy totuvlik saqlanadi.

    Albatta, muammolar ham mavjud. Jahon tajribasi bilan qiyoslaganda, avvalo, mehnatkashlar manfaatlarini himoya qiladigan nodavlat tashkilotlar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish lozim. Hususan, kasaba uyushmalari rivojlangan mamlakatlarda hodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish uchun korhona egalariga, ish beruvchilarga doimo ta’sir o‘tkazib keladilar. Bizda esa hali bunday tajriba mavjud emas. Birinchi navbatda jamoat tashkilotlari‚ hususan kasaba uyushmalari faoliyatini tubdan yaxshilash‚ ularni mehnatkashlar manfaatlarini himoya qiluvchi kuchga aylantirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

     

    Mamlakatimizning ijtimoiy himoya tizimi  rivojini umumiy tarzda  qarab o‘tish o‘rinlidir. Ma’lumki,  1991  yilda sobiq totalitar tuzum inqirozga uchragach, uning o‘rnida vujudga kelgan yangi mustaqil mamlakatlar demokratiyaga asoslangan jamiyat barpo etishda turli yo‘llarni tanladilar.



    Birinchisi, Yyevropa va Amerika davlatlari tajribasida sinab ko‘rilgan “falaj qilib davolash” yo‘li edi. Ko‘pgina mamlakatlar ushbu «tezkor» yo‘lni tanladilar. Bu mamlakatlarda mustahkam qonunlar majmui ishlab chiqilmasdanoq, jamiyatni keskin tarzda demokratlashtirishga o‘tildi. Oqibatda bu o‘z navbatida ko‘plab murakkab muammolarni keltirib chiqardi.

    Ikkinchi yo‘l - jamiyatni bosqichma-bosqich isloh qilib borish yo‘li bo‘lib, bunda O‘zbekiston tashabbuskor bo‘ldi. O‘zbekistonda avvalqonunlar majmui yaratildi, so‘ng bozor infrastrukturasi tizimini shakllantirishga e’tibor qaratildi va iqtisodiyotni isloh qilishga kirishildi. Natijada jamiyat keskin ijtimoiy larzalarni chetlab o‘tdi. Bu birinchi navbatda ijtimoiy himoya tizimiga ham tegishli edi. Aytaylik, 1992 yilda mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol tang holatda edi. SHunday sharoitda  kam ta’minlangan fuqarolar davlat tomonidan ijtimoiy muhofaza qilinishi zarurligi qat’iy belgilab qo‘yildi. Bu siyosat  davlatning islohotchilik roliga tayangan holda amalga oshirildi. SHu tariqa bozor iqtisodiyotiga o‘tishda davlat nazoratining bo‘lishi ijobiy natijalar berdi.

    Birinchi bosqich. Narhlar islohoti va narhlarning erkinlashtirish. (1992 yil 10 yanvardan boshlab).

    Ikkinchi bosqich. Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish. (1992 – 1994 yillar).

    O‘z o‘rnida demokratiyaning sharqona shakli hususida fikr bildirib o‘tish lozim. YAxshi bilamizki, SHarq qadriyatlari “inqilobiy sakrash” dan ko‘ra tadrijiylikni ustun biladi. SHu sababli azaldan SHarq jamiyatlarida iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy o‘pirilishlar nisbatan kam. O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish jarayoni SHarq va g‘arb demokratiya tamoyillari o‘zaro uyg‘unlashtirilgan holda amalga oshirilishi sababli ham, taraqqiyotda bosqichma-bosqichlik, harakatda esa qonun ustuvorligi asosiy xususiyat kasb etdi va hozir ham shunday bo‘lib qolmoqda.

    Tan olish kerak-ki, O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini amalga oshirish uchun shunchaki qulay sharoit yo‘q edi. SHunga ko‘ra, 1994 yil 24 avgustda «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 1994 yil oktyabrdan aholini ijtimoiy himoyalash tizimi takomillashtirildi. Negaki, ilgari faqat respublika byudjeti yo‘li bilangina 30 ta turli soha va yo‘nalishlar bo‘ylab ijtimoiy himoya amalga oshirilardi. Bunday holat mablag‘larning sochilib ketishiga olib keldi. Natijada yuqoridagi Prezident Farmoniga binoan 1994 yilda ijtimoiy himoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o‘tildi. Bu tizim bugungi kunga qadar o‘zini oqlamoqda. Ana shu Farmonga muvofiq yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida o‘quv yurtlari talabalarining stipendiyalari muntazam ravishda oshirib borilmoqda. Zero, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi aholi soni jihatidan eng yirik mamlakat bo‘lib, sanoat va makroiqtisodiyot tizimi bir yoqlama xususiyatga ega edi. Bu murakkablik jamiyat taraqqiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmasada, ma’lum ma’noda undan chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lindi. O‘zbekistondagi er usti va er osti boyliklari, intellektual salohiyat bunga imkon berdi. Undan unumli foydalanildi. SHunisi ham e’tiborliki, jamiyatni demokratlashtirish va ijtimoiy himoya tizimini yaratish o‘zaro bog‘liq jarayon sifatida rivojlandi.

    Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida shaxsga qo‘yiladigan talab ortib borganligi sababli, kishilar ilm o‘rganadilar‚ kasb egallaydilar‚ zamonaviy texnika‚ tehnologiyani o‘zlashtiradilar‚ kompyuter yoki tilni o‘rganish choralarini ko‘radilar. SHu talablarga javob bera oladigan insonlar hayotda o‘z o‘rinlarini topib oladilar.

    Lekin, O‘zbekistonda ijtimoiy o‘zini-o‘zi himoyalash tizimi  batamom yo‘lga tushib ketgan emas. Boqimandalik kayfiyatidan  ijtimoiy himoya iste’molchilari ham qutulishlari lozim. Fuqarolar endilikda o‘zlarini-o‘zi ta’minlash usuliga o‘tishlari kerak. O‘zbekistonda hususiy mulkchilikning qaror topishi bu sohada qat’iy o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi zarur. SHunisi ham muhimki, ijtimoiy himoyani doimiy jarayon sifatida tushunmaslik lozim. Aks holda boqimandalik kayfiyati battar kuchayishi mumkin. Ijtimoiy himoya ayrim fuqarolar uchun imkoniyat, holos. har qanday sharoitda ijtimoiy yordam jamiyat a’zolari uchun imtiyozga aylanmasligi lozim. Bu o‘rinda jamiyatning o‘zini-o‘zi ijtimoiy himoyalash tizimiga o‘ta borishini ta’minlash uchun ushbu tadbirlarni amalga oshirish lozim:

    -nodavlat, nohukumat tashkilotlar, jamg‘armalar, uyushmalar va turli shakldagi mulk egasi bo‘lgan tashkilotlarning moddiy ahvolini yaxshilashni qo‘llab-quvvatlash;

    - barcha turdagi korxonalar, muassasalar va uyushmalarni zamon talabiga javobberadigan hodimlar va ayniqsa huquqshunos, psixolog va sotsiolog mutahassislar bilan ta’minlashga alohida e’tibor berish lozim;

    - nomi zikr etilgan muassasalarning xorijiy turdosh muassasalar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish. Ular o‘z yo‘nalishlarida zarur tajriba orttirishlari talab etiladi;

    - ijtimoiy himoya tizimida iqtisodiy muhofazalanishni asta-sekin ijtimoiy fondlar zimmasiga o‘tkaza borish zarur. Bunday holatda odamlarni ijtimoiy muhofazalashning ta’sirchan vositasi yuzaga keladi;

    - ijtimoiy muhofazalashda boqimandalik, mas’uliyatsizlik, befarqlik singari illatlarga barham beruvchi ta’sirchan vosita va usullarni qidirib topish va hayotga joriy eta borish talab etiladi.

    SHuni aytib o‘tish zarurki, har qanday jamiyat ijtimoiy muhofaza tizimida o‘ziga  xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng oradan o‘n uch yil o‘tdi. O‘zbekistonda nafaqat moddiy farovonlik, jamiyatning demokratlashuvi kabi muhim jarayonlar kuchli ijtimoiy himoya tizimi mexanizmi yaratilgan taqdirdagina ma’no-mazmunga ega bo‘lishi mumkin.

     

    O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyatda asosiy boylik inson bo‘lib qoladi. O‘tkazilayotgan islohotlarning mazmuni ham shu bilan bog‘liq. Bu haqda prezident I.A.Karimov shunday ta’kidlaydi“ Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz - insondir. YUksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir”. Lekin, shunisi ham borki, islohotlar davrida ijtimoiy guruhlarning ham o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Demokratik jamiyat qurish sharoitida o‘rta mulkdorlar qatlami katta salmoqqa ega bo‘ladi. O‘rta sinf demokratik jamiyatni rivojlantirishda va uning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashda asosiy kuchga aylanadi. Zero, davlat bunday sharoitda kuchli muvofiqlashtiruvchi kuchga ega bo‘ladi, o‘rta sinf esa jamiyat taraqqiyotini tehnologik, texnik, ilmiy va ma’naviy ta’minlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.



     Adabiyotlar

    1. Mualliflar jamoasi. SHaxsiy rivojlanish. Darslik. – T.: TDYUU. 2019. – 160 b.

    2. Kiseleva E.V. Planirovanie i razvitie karerы. Uchebnoe posobie. — Vologda. Legiya. Filial SZAGS. 2010. — 332 s. ISBN 978-5-89781-345-2.

    3. A.Kazanseva. Kak sostavit blestyaщee rezyume. M., 2015.

    4. N.Dobrina, I.Mustafina. Rezyume, xarakteristiki, rekomendatsii: kak podgotovit pravilno i bыstro. M., 2012.

    5. Nasiba YUsupova. Taym menejment. Vaqtni boshqarish san’ati. YAngi asr avlodi. – T.: 2009.

    6. N. N. Ivakina. Professionalnaya rech yurista. Uchebnoe posobie. Izdatelstvo NORMA. Moskva, 2010g.

    7. N.N. Ivakina «Osnovы sudebnogo krasnorechiya». Uchebnoe posobie, 2-e izdanie.

    8. Aleksey Kapterev.«Masterstvo prezentatsii. Kak sozdavat prezentatsii, kotorыe mogut izmenit mir». – M.: Izdatelstvo “Mann, Ivanov i Ferber”. 2012.

    9. Menshova V.N. Formirovanie professionalnoy komandы. Uchebnoe posobie. – Novosibirsk: SiBAGS, 2004.

    10. SHepel V.M. Imidjelogiya. Kak nravitsya lyudyam. – M.: Narodnoe obrazovanie, 2002.

    11. Fisher R.R, YUri U.F. Put k soglasiyu ili peregovorы bez porajeniya. – M.: Nauka, 2012.


    Download 4,54 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish