1-Mavzu: Yurist yozma nutqining shakllantirish talablari Reja: Yurist yozma nutqining shakllantirish



Download 4,54 Mb.
bet1/66
Sana31.12.2021
Hajmi4,54 Mb.
#202568
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
Ma`ruza matn Huquqiy ko`nikmalar va metodologiya(1)


1-Mavzu: Yurist yozma nutqining shakllantirish talablari

Reja:

  1. Yurist yozma nutqining shakllantirish

  2. Notiqlik uslublari va nutq turlari.

Kishilik jamiyati paydo bo‘libdiki, so‘z va nutqdan foydalanish,

uning imkoniyatlari doirasida fikr yetkazish va qabul qilishning turli usullari shakllangan. Notiqlik, voizlik ana shunday san’atdir. “Ritorika”,“oratorlik”, “xatoba” nomlari bilan ham yuritiluvchi ushbu san’at har bir davrda o‘sha zamonning mafkurasiga xizmat qilib kelgan. Shu ma’noda, notiqlikni dudama xanjarga o‘xshatishadi. Ya’ni, u ikki tomoni ham kesuvchi quroldir. Bir tomonida adolat tursa, ikkinchi tomonida adovat. Kim undan qanday foydalanishiga bog‘liq. Bu san’atdan buyuk bobokalonlarimiz – Amir Temur, Hazrat Navoiy, Mirzo Boburlar ham, Chingizxon, Gitler, Gebbelslar ham maqsadli foydalangan.

Zamon rivoji, insonlar dunyoqarashi jadal rivojlangan va yuksak

taraqqiy etgan texnologiyalar davrida ham notiqlikning o‘rni beqiyos.

Jahon miqyosida xalq qalbi va ongi uchun keskin va shafqatsiz kurash ketayotgan bir paytda bu jarayonga qarshi chuqur bilim va ma’rifat bilan

javob bera olish, voizlik mahorati orqali fikr yetkazish san’atini

egallashni davrning o‘zi talab qilmoqda.Inson nutqi ikki xil ko‘rinishga ega bo‘ladi: og‘zaki va yozma. Yozma nutq og‘zaki nutqni maxsus belgilar tizimi yordamida ifodalash demakdir. Og‘zaki nutqda tovushlardan, yozma nutqda esa harflardan foydalanamiz.ozma nutq yozuvning kelib chiqishi va uning tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir Boshqa xalqlar qatori o‘zbek xalqi ham o‘tmishda bir qancha yozuv turlaridan foydalangan. Avesto, O‘rxun-enasoy, sug‘d, xorazm, uyg‘ur yozuvlari shular jumlasidandir. Bu yozuvlarda xalqimizning tarixi, davlat va davlatchilik faoliyati, ijtimoiiy-siyosiy hayoti, urf-odatlari, madaniyati, adabiyoti va san’atiga aloqador bo‘lgan qimmatli ma’lumotlar saqlanib qolgan. Yozuv tufayligina biz ularni bilib olamiz, o‘rganamiz, mukammallashtirib, yangiliklar yaratamiz. Yozuv sharofati bilan butun insoniyat Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari”, Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston”, Muhammad al-Xorazmiyning “Kitob al-jabr val-muqobala”, Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ragoniy”, Forobiyning “Fozil odamlar shahri” singari ilmiy asarlaridan voqif bo‘ldi. Turkiston piri Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy hikmatlari, Lutfiy, Atoiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mashrab, Furqat, Cho‘lpon-u Fitratlarning go‘zal baytlari ko‘ngil mulkiga aylanishiga ham aynan ana shu yozuv sababdir.

Yozma yuridik nutqning aniqligi deyilganda, ifodalanayotgan fikrga, voqelikka so‘z va terminlarning muvofiq kelishidir. Ya’ni shakl bilan mazmun mutlaqo mos bo‘lmog‘i nutqning aniqligini ta’minlaydigan omillardir. Nutqning aniq bo‘lishi uning shakllanishida ishtirok etuvchi nafaqat lingvistik, balki ekstralingvistik omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu esa til va tafakkurning o‘zaro aloqadorligi bilan o‘lchanadi. Tabiat va jamiyatdagi narsa-hodisalar hamda voqelik bilan ularning nutqdagi in’ikosi o‘rtasidagi aynan muvofiqlik nutqning aniqligini ta’minlaydi.

Huquqshunoslikda nutqning ekspressiv-ta’sirchanlik xususiyatidan keng foydalanilmaydi. Biroq huquqiy mavzudagi ommabop maqolalarning aksariyatida sarlavhadanoq ko‘chma ma’noli so‘zlar, ibora, maqol, matal va hikmatli so‘zlar qo‘llanadi. Gazeta yoki internet sahifalaridagi “Yolg‘onning misi chiqdi”, “So‘nggi pushaymon – o‘zingga dushman”, “Bilmayin bosdim tikanni…”, “Jazo “mukofotsiz” bo‘lmas” kabi sarlavhalarning o‘ziyoq kishida qiziqish uyg‘otishi tabiiy. Shuningdek, advokat nutqida ham ta’sirchan vositalardan foydalanish kuzatiladi

Nutq so‘zlashda, albatta, asosiy fikr (tezis) bo‘lishi va butun chiqish

unga qaratilishi kerak. Shuningdek, auditoriya bilan doimiy aloqa

o‘rnatish lozim. Notanish auditoriyada notiq va tinglovchi o‘rtasida

tinglovchiga ta’sir qilishga halaqit beradigan “rasmiylik”, ishonchsizlik

devori bo‘ladi. Bu devorni yo‘q qilish uchun notiq quyidagi vositalarga

ega bo‘lishi lozim:

 samimiylik (bu notiqning tabassumida ifodalanishi mumkin);

 ishonchli ohang;

 tabiiylik;

 erkin harakat.

Yurist omma oldiga chiqib nutq so‘zlash sizdan,

birinchi navbatda, mavzuga oid chuqur bilimni, tajribani,

ularni tinglovchilarga singdirish mahoratini, hatto, ayni

mavzu bo‘yicha boshqalar qarshisida gapirish uchun ma’naviy huquqni

talab qiladi.

 Biroq bu degani, sizda ayni vazifaga men loyiq emasman, degan

qo‘rquvni yoxud men hali tayyor emasman, degan andisha va

iymanishni aslo paydo qilmasligi kerak.

 Chunki dunyodagi aqli raso har bir kishida boshqalarda yo‘q va

hatto bo‘lishi ham mumkin bo‘lmagan o‘ziga xos hayotiy tajriba, o‘y va

fikrlar, xulosalar, kelajak mo‘ljallari, hech kimnikiga o‘xshamagan

ajoyib orzular bo‘ladi. Siz ham o‘sha insonlardan biri – takrorlanmas

hodisasiz!

 Ishoningki, sizni eshitishni xohlaydigan, kutadigan, qutlaydigan,

olqishlaydigan odamlar juda ko‘p topiladi.

 Yodingizda bo‘lsin: boshqalar bilan o‘rtoqlashishga arzigulik

g‘oya va tashabbusga ega har qanday kishi ajoyib (hatto buyuk!) nutq

irod etishi mumkin.

 Omma qarshisida so‘zlashning eng muhim talabi – bu o‘ziga

ishonch ham, o‘zini tutish ham, tekis va chiroyli gapira olish ham emas,

balki asosiysi – aytishga arzigulik g‘oya va fikrga ega bo‘lishdir!

 Siz aytadigan gap olamshumul ilmiy kashfiyot yoki yuridik

nazariyaning ochilmagan bir qirrasi to‘g‘risida bo‘lishi aslo shart emas.

Sizning chiqishingiz boshqalar bilavermaydigan biror ishni qanday

uddalash to‘g‘risidagi maslahat yoki kutilmagan hayotiy hodisa tufayli

ko‘zi yarq etib ochilgan kishining samimiy e’tirofi yoxud yaqinda o‘qib

tugatganingiz kitob, tomosha qilganingiz kinofilm haqidagi haroratli

taassurot bo‘lishi ham mumkin.

 Bilingki, olamni idrok qilish, odamni tushunishni o‘zgartira

oladigan narsa bu – g‘oya hisoblanadi. Shunga ko‘ra, o‘zingiz uchun

muhim hisoblagan g‘oyani boshqalar ongu shuuriga singdira olsangiz,

mo‘‘jiza sodir etgan bo‘lasiz;

Barcha tarixlar, g‘oyalar, fakt va tafsilotlar aynan so‘zda ifoda

etiladi, aynan so‘z tinglovchini “joyidan qo‘zg‘atadi”. Shunday ekan,

notiqning muvaffaqiyati – uning tana harakatlarida, imo-ishorasida,

jestikulyasiya va hatto ovozining jozibasida, deganlarga ishonmang.

Zero, mazmunsiz shakldan xunukroq narsa yo‘q.




Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish