1-Mavzu: Yurist yozma nutqining shakllantirish talablari Reja: Yurist yozma nutqining shakllantirish


- Mavzu: Jamoada ishni to`g`ri tashkil etish usullari



Download 4,54 Mb.
bet14/66
Sana31.12.2021
Hajmi4,54 Mb.
#202568
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
Bog'liq
Ma`ruza matn Huquqiy ko`nikmalar va metodologiya(1)

4- Mavzu: Jamoada ishni to`g`ri tashkil etish usullari

Reja:

1.Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari .

2. Jamoaning tarkib topishi va rivojlanish bosqichlari

. Jamoa so‘zi lotincha ―kollektivus‖ so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma‘nolarini anglatadi, aniqroq aytiladigan bo‘lsak jamoa bu kishilardan iborat guruh demakdir. Zamonaviy talqinda ―jamoa‖ tushunchasi ikki xil ma‘noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda kishilarning istalgan tashkiliy guruhi tushiniladi (masalan ishlab chiqarsh jamoasi, zavod jamoasi, xo‘jalik jamoasi va h.k.). Ikkinchidan jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchi tarbiyalanuvchilarning birlashmasi o‘ziga xos muhim belgilarga egadir. Quyidagi jamoa va uning xususiyatlari borasida so‘z yuritamiz. Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash tarbiya tizimida muhim axamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning etakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanishi davridayoq bildirilgan. Jamoada uning a‘zolari o‘rtasidagi munosabatining alohida shakli yuzasiga keladi. Bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta‘minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning etarli darajada uyushgan har qanday guruhlar ajratib turadi. Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me‘yorlari o‘z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlari tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o‘zaro birlik uzviy maqsadga muvofiq tashkil etadi. Shu bois jamoa hayotining bir yagona maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy g‘oyaviy yo‘nalganligi uning etakchi belgisi hisoblanadi. Har bir jamoa boshqa bir jamoalar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Uning har bir a‘zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoani tushinish, uni xis etish hamda shaxsni shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay olish umumiy va xususiy maqsadning qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatining birligini namoyon etadi hamda bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaydi. Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan jamoa navbatdagi muhim xususiyatdir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishini ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir. Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, ya‘ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim xisoblanadi. Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa faoliyati natijasida jamoa a‘zolari o‘rtasidagi ishchanlik, bir-biri uchun g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun javobgarligi xissi qaror topadi. Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma‘suliyat xissini uyg‘ota borib, jamoa a‘zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoaga mansublik xissini paydo bo‘lishini uyg‘otadi, jamoa munosabatida bo‘lishi ehtiyojini oshiradi. Jamoa a‘zolari o‘rtasida o‘zaro guruhiy yaqinlik, hissiy birlik yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko‘pincha o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi hamda ular pedagogik ta‘sir ko‘rsatish uchun qo‘l keladi. Ruxiy va hissiy birlik jamoa a‘zolarining birgalikdagi faoliyatini mazmuniga ular orasidagi hosil bo‘lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir. 2. Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari. Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur tuzilma bir tomondan jamoa a‘zolari qo‘shilgan ishchanlik munosabatlarini ifoda etsa, ikkinchi tomondan rahbarlik vazifasini bajaruvchi tarbiyachilar hamda jamoa a‘zolari o‘rtasidagi mavjud boshqarish munosabatlari mazmunini ifoda etadi. Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a‘zolari o‘rtasida shaxslararo ma‘naviy psixologik munosabatlarining umumiy tizimi va mikroguruxini tashkil etuvchi ayrim a‘zolar o‘rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a‘zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. Tarbiyalanuvchi shaxsning jamoadagi o‘rni uning shakllanish jarayoniga ta‘sir ko‘rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‘lganda, jamoaning rasmiy etakchilari norasmiy munosabatlari tizimida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina chinakam jamoa bo‘la oladi. Shuningdek, norasmiy guruhlar, umumjamoa ijtimoiy manfaatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lgandagina jamoa o‘zining chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin. Jamoaning o‘ziga xos yana bir xususiyati shundaki, yashash joylarida o‘zaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik axil va inoq munosabat zaminida tashkil topgan bo‘lmasin haqiqiy jamoa bo‘la olmaydi. Chinakam jamoa ijtimoiy axamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olish, jamoa a‘zolari o‘rtasida ijtimoiy ahamiyatli faoliyat, maqsad, ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabatlarini o‘rnata olishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga pedagogik rahbarlikning bo‘lishidir. Shunday qilib, jamoa – kishilarning shunday muayyan guruhi bo‘lib, u ijtimoiy axamiyatga ega bo‘lgan maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilganini tashkil etadi. Ushbu guruh a‘zolari o‘zaro birlik, a‘zolarning munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga bo‘y sunishi, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni olib boradilar. Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatning maqsadi hisoblanadi. Jamoaning etakchi tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarini xosil qilish, mustahkam hayotiy pozisiyani qaror toptirishdan iboratdir. Umumiy o‘rta ta‘lim hamda yangi turdagi ta‘lim muassasalarida jamoani shakllantirish ma‘suliyatli vazifa sanaladi. Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo‘g‘in- bu sinflar jamoasi sanaladi. Sinf jamoasi doirasida o‘quvchilarni asosiy faoliyati o‘qishdir. Aynan sinf jamoasida o‘quvchilar o‘rtasida mustahkam shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Bu bilan sinf jamoasi o‘z negizida maktab jamoasini shakllanishi uchun o‘ziga xos poydevor vazifasini bajaradi. Maktab jamoasi tarkibida o‘quvchilar jamoasi asosiy qismini tashkil etadi. O‘quvchilar jamoasi – bu, ijtimoiy ahamiyatni tashkil qilish, shuningdek umumiy saylov organlariga va umumiy javobgarlik, barcha a‘zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o‘zaro birlikka ega o‘quvchilar guruhidir. O‘quvchilar jamoasi pedagogik-tarbiyachilar hamda bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini boshqaruv jarayonini tashkil etuvchi mustaqil tizim, shuningdek, o‘zining psixologik muhitiga, an‘analariga ega guruh hisoblanadi. Demak, yuksak darajada uyushtirilgan jamoa o‘zida bir necha xususiyatlarni namoyon etadi. Ular quyidagilardir: Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi. Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi. Majburiy ma‘suliyatli munosabatning yo‘lga qo‘yilishi. Saylangan umumiy rahbariy organga egalik. Jamoani shakllantirish muayyan mudatli, murakkab jarayondir. Jamoaning vujudga kelishi uchun 4 bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlari dastlab pedagog butun guruhga talab qo‘yadi, so‘ngra jamoa faollari jamoa a‘zolariga talab qo‘yadi, so‘ngra butun jamoa aloxida shaxsdan muayyan tarzda olib borishni talab qiladi va nixoyat, shaxs o‘z-o‘ziga talab qo‘yadi. Ushbu jarayonning sxema va nixoyat, shaxs o‘z-o‘ziga talab qo‘yadi. Ushbu jarayonni sxema tarzida quyidagicha bayon etish mumkin. Yosh avlodni hayotga va mehnatga tayyorlashda, ularda oliy axloqiy sifatlarini shakllantirishda jamoa ruhida tarbiyalash alohida o‘rinni egallaydi. O‘quvchi maktab davrida jamoa bo‘lib o‘qiydi hamjihatlikda ishlaydi, demak, jamoatchilikning dastlabki tamoyillari bilan tanishadi va ularni o‘rganib boradi. Jamoatchilik tushunchasini tor ma‘noda va keng ma‘noda tushunish mumkin. Tor ma‘noda jamoa ma‘lum guruh kishilar yig‘indisi, sinf jamoasi va boshqalardir. Jamoatchilikni keng ma‘noda tushunish bu, dastavval, uning obyektiv asoslarini bilishdir. Shaxsning asosiy xususiyati jamoa bo‘lib, u obyektiv asosida shakllanadi. Bu esa, dastavval, jamiyat xarakteriga va hayot sharoitiga bog‘liqdir. Jamoatchilik nazariyasining bu obyektiv qonuniyligini, albatta, hisobga olish zarur. Jamoatchilikning bunday tarixiy taraqqiyotini kuzatish hozirgi jamiyatda jamoatchilikning mohiyati nimadan iborat ekanligini, shuningdek, jamoatchilikning mohiyati nima bilan xarakterli ekanligini bilish taqozo etadi. Bizning qarashimizcha, jamoatchilik shaxsning asosiy xususiyatigagina emas, balki butun g‘oyasi hamdir. Ayrim olimlar jamoatchilikni nazariy jihatdan inkor etadilar yoki bu ikki yuzlamachilik, munofiqlik qiladilar. Jamoatchilikning rivojlanish dialektikasi, bir tomondan, obyektiv asosini ko‘zlasa, ikkinchi tomondan, jamoaning rivojlanishi, nazariy psixologiyasi sifatida obyektiv moddiy asoslarini aks ettiradi. Jamoatchilikda shaxsiy va jamoat manfaati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Jamoatchilik manfaati shaxsiy qiziqishni ham ko‘zlaydi, shaxsiy manfaat, o‘z navbatida, umummanfaatni ham ko‘zlaydi. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, jamoatchilik o‘zining mohiyati bilan o‘zining asoslariga ega. Agar jamoatchi ma‘lum guruh, jamiyatni va uning manfaatini o‘zida ifoda etsa, individualchi bir kishinigina manfaat va qiziqishini ifoda etadi. Jamoatchilikning shakllantirish jarayoni, ruhiy tabiatini ma‘lum darajada ochish maqsadga muvofiqligini taqozo etadi. Jamoatchilik kishilardagi irodaviy, aqliy va hissiyot jarayonidir. Jamoa hissiyot bo‘lib, kishilarning bir-biriga va atroflarga bo‘lgan munosabatlarida hamda ichki kechinmalarida, kishilarning ichki his-tuyg‘ularini, o‘z jamoasining yutuq va kamchiligi to‘g‘risidagi ichki kechinmalarini tushunamiz. Shaxsdagi aqliy jarayon bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham, kishilardagi jamoa hissini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Yoshlarda jamoatchilikni shakllantirish bilan bir vaqtda, ularning aqliga, hissiyotiga ham ta‘sir ko‘rsatiladi. Demak, o‘quvchilarda jamoatchilikni shakllantirish dialektik jarayon bo‘lib, shu shakllantirish bilan bir vaqtda individualizmga qarshi kurashiladi. Bu kurashda yoshlarning ongi, psixikasi individuallikni e‘tirof etadi. Bu psixikaning dialektik taraqqiyoti hisoblanadi. Kishi o‘zida jamoa hissi paydo bo‘lishi bilan individualizmni inkor etadi. Individualizm inkor etish jarayoni psixik va amaliy tajribada ma‘lum darajada qiyinchilikni vujudga keltiradi. Bu qiyinchilik bilan kurashish, so‘zga irodaviy jarayonga bog‘liqdir. Shuning uchun ham jamoatchilikni shakllantirishda irodaviy jarayon birinchi darajali ahamiyatga egadir. Jamoatchilik kishilarning umumiy maqsad yo‘lida birgalikda qilgan mehnat va kurash jarayonidagi birlashuvi, jipslashuvi, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam va birodarligi demakdir. O'quvchilarni jamoa ruhida tarbiyalashning pedagogik omillari. Kishilarda bir necha asrlar davomida shakllangan munosabatlar va odatlarni albatta, birdan yo‘q qilish uchun kishilarni tizimli ravishda jamoa ruhida tarbiyalab borish, ularda o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam munosabatlarini hosil qilish zarurdir. Jamoa ruhida tarbiyalashda asosiy masala barcha kishilarda onglilikni yangi jamiyatimiz qurilishi talablari darajasiga ko‘tarishdan iboratdir. Yuqoridagilarga asoslanib yoshlarni jamoa ruhida tarbiyalashning asosiy omillari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: - eng ilg‘or korxona jamoalarining ish tajribasidan, ahillik, ham jihatlik, jamoa va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordamlashishda ibratli oilalar, ota-onalar hayotidan misollar keltirish; - kishilarning hayotida jamoa bo‘lib, bir-birlari bilan do‘stona birodarlarcha munosabatda bo‘lib yashashlari, mehnat va ijod qilishlari, hayot va turmushlarining doim go‘zal va xushchaqchaq o‘tishiga katta yo‘l ochib berishni har tomonlama misollar asosida tushuntirish. Aksincha, kishilar o‘z hayotida jamoaga va uning qo‘ygan talablariga to‘g‘ri baho bermay hayot kechirsalar, turmush ko‘ngilsiz, shirasiz va ma‘naviy boyliksiz o‘tishini uqtirish. Jamoatchilikning bu xususiyatlari va tamoyillarini falsafiy va pedagogik jihatdan keng va teran sharhlab beradi. Jamiyat va shaxs munosabatlari muhim ahamiyatga ega. Odamning shaxsligi esa, uning o‘zga odamlarga, jamiyatga, vatanga, butun imkoniyatga munosabatlari bilan bog‘liqdir. Demak, odam biologik tushuncha, shaxsiy ijtimoiy tushuncha. Insonlarning tabiiy ehtiyojlari qoralanib, faqat ijtimoiy mexanizaga aylantirilishi, tabiatni ham siyosiylashtirish, mafkuraviy shavqatsiz tazyiq insonni qadrsizlantirishni ham sho‘rolar jamiyati misolida ko‘rib turibmiz. Jamoaning umumiy manfaati bilan bolaning shaxsiy manfaati birlashib, uyg‘unlashib ketadi. Va shu holda bola shaxsiy manfaatga nisbatan jamoaning maqsadi va manfaati muhimroq ekanligiga, bir kishi hammani (o‘z jamoasidagi hamma odamlarni) o‘ylashi, hamma (butun jamoa) esa, shu jamoadagi har bir odamni o‘ylashi, g‘amxo‘rlik qilishi zarurligini tushunish bolalaning ongini o‘stiradi. Yanada muhimrog‘i, jamoa a‘zolarining o‘zaro hurmatini do‘stlikka aylanadi. Endi bola yoki o‘smir do‘stlarsiz hayot juda zerikarli, mazmunsiz o‘tishini anglaydi. Shunday ekan, har bir sinf rahbari o‘z o‘quvchilariga jamoani qanday qaysi yo‘l va vositalar yordamida shakllantirish mumkinligi, uning mohiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Bunda jamoatchilik va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam to‘g‘risida aforizmlardan foydalanish, kitoblarni o‘qish, voqyealardan misollar keltirish, tadbirlar o‘tkazish asosida o‘quvchi-larni jamoatchilik ruhida tarbiyalash muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar jamoatchilikning mohiyatini puxta bilgan taqdirdagina uni amalga oshirish uchun samarali kurashishlari mumkin. Buning o‘qituvchi o‘quvchilarga jamoatchilik jamoa va shaxsning rivojlanishi uchun asosiy vosita ekanligini tarbiya jarayonida ishonarli va ta‘sirli amalga oshirish zarur. Jamoa va shaxs muammosi yosh avlodni tarbiyalashning eng dolzarb nazariy va amaliy masalalaridan biri xisoblanadi. Shu jihatdan ham o‘quvchilarni jamoatchilik ruhiyatiga, jamoa hayotiga, jamoa bo‘lib uyushishga odatlantirish, malaka hosil qilish, jamoatchilik ongini shakllantirish umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarining vazifasi xisoblanadi. Shaxs faqatgina har tomonlama rivojlangan bo‘lib qolmasdan, balki u ijtimoiy faol bo‘lishi, o‘zining borliq kuch va imkoniyatlarini Vatanga xizmat qilish uchun zo‘r berish hamda jamiyatda o‘rnini topa olishi kerak. Bundan tashqari shaxsning Vatanga xizmat qilishida uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyat va qobiliyatlaridan samarali darajada foydalaniladi. Jamoatchilikning asosiy xususiyatlaridan biri o‘quvchilarda vatanparvarlikni shakllantirishdir. Chunki, vatanparvarlik hissiyoti kishilarning o‘z ona-Vataniga, taqdiriga g‘amxo‘rlikdir. Haqiqiy vatanparvar o‘z ona-Vatani, xalqining gullab-yashnashi, erkinligi uchun kurashadi. Demak, ona-Vatanimizning taqdiri, dastavval, butun mehnatkash xalqning taqdiridir. Buning uchun kurash-har bir kishining burchidir. Vatanparvarlik-bu kishining axloqiy xususiyatidir, o‘z ona-Vatanining munosib fuqarosi bo‘lishi uchun tanmay intilishidir. Shuning uchun qadim vaqtlardan beri vatanparvarlik asosida o‘z Vatanini sevish tushunilgan. Millatlararo totuvlik ham jamoatchilikning asosiy xususiyatlaridan xisoblnadi. Maktab jamoasida o‘quvchilarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash adabiyot, geografiya, rus tili, chet tili va boshqa fanlarni o‘qitish asosida amalga oshiriladi degan fikr noto‘g‘ri. Bola, dastlab, oilada ilk yoshligidan, so‘ngra maktabning birinchi sinfidan boshlab vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadi. Oilada hamma katta-kichiklar birga bo‘lishib, radio, televizordan bir necha millat o‘quvchilarining o‘zaro do‘stligi va o‘rtoqligi haqidagi eshitirishlarini tinglaydilar, ko‘radilar va birgalikda muhokama qiladilar. Bu esa juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bundan tashqari maktab jamoasida olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar ham o‘quvchilarning millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashiga ta‘sir ko‘rsatadigan kuchli vositadir. Ayniqsa, maktab jamoasida o‘zbek, rus, ukrain, belarus, gruzin, arman, qozoq, tojik, turkman, ozarbayjon, tatar, qoraqalpoq va boshqa millat bolalarining bir-birlari bilan juda quvnoq va ahil bo‘lib o‘qiyotganliklari, yashayotganliklari bu millatlararo totuvlikni mustahkamlaydi va ular o‘rtasida do‘stlikni yanada rivojlanishi hamda mustahkamlanishida katta rol o‘ynaydi. Demak, maktab jamoasida millatlararo totuvlik tarbiyaning xususiyatlari quyidagicha namoyon bo‘ladi: 1. Maktab jamoasi bolalarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashda ular e‘tiborini, albatta, bir millatning ikkinchi bir millatdan farq qiladigan urfodatlari, millatga xos xususiyatlariga emas, balki turli millat vakillarini bir maqsad uchun birlashtiradigan va yaqinlashtiradigan umumiy an‘analarga qaratish. 2. Maktab jamoasi bolalarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga bag‘ishlangan suhbatlarda turli millat xalqlarning hayotidan misollar keltirish, ularning tinchlik, mehnat, ozodlik, tenglik, qardoshlik va baxt-saodat uchun olib borayotgan kurshlarni ko‘rsatib o‘tish. 3. Dunyodagi barcha millat xalqlarining birdamlik uchun kurashlari natijasida millatlar o‘rtasida vujudga kelgan umuminsoniy qadriyatlarni bolalar ongiga singdirish. Masalan, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va otaonalarni hurmat qilishlari singari milliy an‘analar bilan bolalarni tanishtirish. 4. Maktab jamoasida o‘quvchilarni har bir millatning o‘zaro do‘stligi, qardoshlarcha munosabati, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashi, o‘zaro hurmat ruhida tarbiyalash baynalminal tarbiyaning birinchi vazifasidir. Jamoatchilik tarbiyasining xususiyatlaridan yana biri o‘rtoqlarcha yordamdir. O‘rtoqlarcha o‘zaro yordam hissi, dastavval, oilada, maktab sharoitida, jamoa bo‘lib ishlash jarayonida singib boradi. Jamiyatimizda har biri kishi o‘zaro o‘rtoqlarcha yordamlashishni, bunga ehtiyoj borligini yoshlikdan, o‘quvchilik chog‘idan his eta boshlaydi. O‘qituvchi, ota-onalar bu hisni qo‘llab-quvvatlashi, uning kengroq shakllanishiga barcha vositalar bilan, pedagogik mahorati bilan yordam berishlari zarur. O‘quvchilarga bu sohada ijtimoiy fanlar eng yaqin ko‘makchidir. O‘quvchilar kishilar, jamoalar, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro yordamni bilib, ularning ma‘nosini tushunib boradilar. Kishilarning, o‘quvchilarning xat o‘qishda va o‘zaro munosabatlarda o‘zaro o‘rtoqlashish, yordamlashishdek hissini tarbiyalashda ajoyib manba bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari o‘rtoqlarcha o‘zaro yordamning navbatdagi formasi bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchining doimiy biriktirib qo‘yilishidir. Xuddi shuningdek, guruhga, sinfga va boshqalarga biriktirib qo‘yish ham o‘zaro yordam formasidir. O‘rtoqlarcha o‘zaro yordamning yana bir formasini birlashtirib kichkina guruh sifatida dars tayyorlashda namoyon bo‘ladi. O‘rtoqlacha o‘zaro yordam o‘quvchilarning san‘at havaskorlari, sport musobaqalariga o‘quvchilarni tayyorlashda, ularning rahbarlar ishlariga yordam berishlarida ko‘rinadi. O‘rtoqlarcha o‘zaro yordam shanbalik, yakshanbaliklarda o‘quvchilrni faol qatnashtirish yo‘lidir. Mehnatga ongli munosabatda bo‘lish harakatlari, mamlakatimizda shanbaliklar va yakshanbaliklar uyushtirish, ayniqsa, ahamiyatlidir. Shuni aytish kerakki, maktab jamoasi-o‘quvchilarda jamoatchilik hissini tarbiyalashning asosiy manbai xisoblanadi. Har qanday bolalar jamoasi, u qanday tarzda bo‘lishidan, uning oldiga qanday o‘ziga xos vazifa qo‘yilishidan qatiy nazar tarbiyachi undan bolalarni tarbiyalash manbai sifatida foydalanishi shart. Maktab-bolalar jamoasi o‘quvchilarda tarbiyaning u yoki bu tarkibiy qismi va sifatlari manbai sifatida xizmat qiladi. Shunday qilib maktab jamoasi o‘quvchilarda jamoatchilik hissini tarbiyalashning manbai ekanligi dastavval o‘quvchilarning jamoa bo‘lib ijtimoiy-foydali ishlarga qatnashishida, jamoa bo‘lib sayohatlarga borishida, yozgi mehnat va dam olish lagerlarida, turli musobaqa va ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etishlarida yaqqol ko‘rish mumkin. O‘quvchilar bu tadbirlarda qatnashishi bilan ularda birgalashib umummanfaat yo‘lida mehnat qilish jamoa manfaati uchun qayg‘urish va umummanfaatni shaxsiy manfaatga yuqori qo‘yish, o‘zaro o‘rtoqlarcha yordam, hamkorlik, birlik, ahillik singari axloqiy sifatlar shakllana boradi. Ayrim hollarda, ba‘zi o‘quvchilarda jamoatchilikka zid bo‘lgan shaxsiyatparastlik, xudbinlik kabi salbiy-axloqiy ko‘rinishlar ham paydo bo‘lib qolishi mumkin. Bizning fikrimizcha, maktab jamoasi o‘quvchilarda jamoatchilik hissini tarbiyalashning manbai ekanligini belgilashda yuqoridagi kabi hollarni hisobga olishlari shart. Demak, jamoatchilik tarbiyasi, dastavval, birgalikdagi jamoa bo‘lib, ko‘pchilik foydasi uchun mehnat qilish, shaxsiy manfaatini umummanfaatiga bo‘ysundirish, bir-birlariga beg‘araz va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam berishni o‘quvchilar ongiga singdirish ko‘zda tutiladi. O‘rta maktab o‘quvchilarini tarbiya jarayonida jamoatchilik va o‘rtoqlarcha yordam ruhida tarbiyalashning xilma-xil yo‘l va vositalari mavjud. Chunonchi, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga qatnashtrish sport musobaqalari, sayohat, munozara va konferensiyalar, sinf soatlari, sinf majlisi, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam haqida individual va jamoa suhbatlar o‘tkazish, maktab radiosi va eshittirishlari va maktab devoriy gazetasi singari maktabda olib boriladigan ish turlari o‘quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalashning eng asosiy vositalari bo‘lib hisoblanadi. O‘quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va ularning jamoatchilik haqida olgan bilimlarini amaliy hayotga tadbiq qilishlarini aniq maqsad asosida munozaralar o‘tkazish juda ahamiyatlidir. Ma‘lumki, sinf rahbari va maktab tarbiya ishlarining tashkilotchisi vaqti-vaqti bilan o‘quvchilar o‘rtasida turli mavzularda munozaralar o‘zining oldiga qo‘ygan vazifalari va formasi bilan munozaralardan ma‘lum darajada farqlanadi. Munozara o‘tkazishdan taxminan bir oy ilgari munozara mavzusi tanlanib, o‘quvchilar diqqatiga havola qilinadi. Bunda munozara shartlari, talablari, munozaraga tayyorlanish uchun kimlardan maslahat olish, qanday adabiyotlar o‘qish hamda munozara mavzusining taxminiy rejasi va yo‘l-yo‘riqlari haqida ma‘lumot beriladi. Munozara o‘tkazish uchun ko‘proq jamoa, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam ma‘nosini anglatishga yordam beradigan mavzular tanlanadi. Biz tajriba olib borayotgan maktablarda to‘rt o‘quv yili davomida quyidagi mavzularda munozaralar o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Munozara vaqtida o‘quvchi shu mavzu bo‘yicha o‘z bilganlarini erkin holda gapirib beradi. Munozara o‘quvchiga murakkab masalalarni tushunib olishga, o‘z tushunchasini o‘rtoqlari oldida namoyish qilishga va bilim doirasining kengayishiga yordam beradi. Munozarada o‘quvchi o‘rtoqlarining qimmatli fikr va maslahatlaridan bahramand bo‘ladi. Shuningdek, munozarani yakunlab bergan o‘qituvchilarning aniq fanlari o‘quvchilar bilimini to‘ldirishga yordam beradi. Shuning uchun ham o‘quvchilar munozaraga katta qiziqish bilan tayyorlanadilar va faol ishtirok etadilar. Jamoatchilik va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam dastavval kishilarning umumiy maqsad yo‘lida birlashib mehnat qilishida namoyon bo‘ladi. Bizda har qanday ongli ijodiy mehnat, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi mehnat kishilarining bilimi, aql-idrokini, irodasini ishga solish orqali bajariladi. Bularning asosida birlik, hamkorlik, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam yotadi. Busiz mehnat sifati va unumdorligi ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. Demak, o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnat o‘z bilim, his-tuyg‘u va irodasini sarflab hamkorlikda o‘zaro yordamlashib ishlashlari jamoatchilik hissining qaror topayotganligi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun o‘quvchilarning birgalashib ishlashi, umumiy maqsadni ko‘zlab mehnat qilishi jamoatchilikning asosiy omili bo‘lib hisoblanadi. Jamoa, ijtimoiy-foydali mehnat maktab o‘quvchilarining do‘stlashishiga, birlashishiga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi va shu bilan birga, barcha o‘quvchilarning umummaktab jamoasi atrofida mahkam jipslashuviga yordam beradi. O‘quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnatga qatnashishi ularda o‘zaro munosabat, do‘stlik, o‘rtoqlik, hamkorlik hislarining o‘sishiga yordam beradi. Shuni aytish kerakki, o‘quvchilar bajaradigan ishning, vazifaning maqsadi qanchalik aniq bo‘lsa, o‘quvchilarning o‘zaro aloqasi va birligi kuchaya boradi. O‘quvchilar biror ishni jamoa bo‘lib bajarishi bilan o‘sha ishidan qanoat hosil qiladi, sinf va maktab jamoasi oldida o‘z burchini o‘tagani bilan quvonadi. Binobarin, o‘quvchilarda mehnatga, umumxalq ishiga qiziqish kuchayadi, yangicha ishlash va yashash, o‘qish va o‘rganishni hayotiy zaruriyat sifatida tobora chuqur anglay boradi. Umuman olganda, o‘quvchilarni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish ularga hozirgi zamon mehnat madaniyatining sinalgan yo‘llarini o‘rgatish yo‘li bilan o‘quvchilarga mehnatga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, mehnat ahllarini hurmatlash, mehnat qilish orqali zavq-shavq olishga alohida e‘tibor beriladi. Bu o‘quvchilarimizda mehnatsevarlik, o‘z ishining ustasi, ijodkori bo‘lib tarbiyalanishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Maktabda o‘quvchilarni ijtimoiy-foydali mehnat qilishga jalb etishga jamoa bo‘lib mehnat qilishga, mehnat bilan madaniy dam olish yo‘llariga ham alohida e‘tibor beriladi. O‘quvchilarga mehnat haqidagi bilim va tushunchalarni singdirishda mehnatning tagi rohat ekanligi, mehnat, faqat mehnatgina odamning hamma orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishi mumkinligi tushuntiriladi. O‘quvchilarni mehnatga o‘rgatish va mehnatga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishda har qanday mehnatning ham qadrlnishiga alohida e‘tibor beramiz. Hashar o‘zining tarixiy va ijtimoiy ildizlariga ega. O‘tmishda og‘ir mashaqqatli mehnat natijasida kambag‘al dehqonlar o‘zlariga ajratilgan erlarni ishlashda yakkaligi sababli va imkoniyati bo‘lmaganligi hamda kelib chiqqan. Hashar o‘zining mohiyati bilan jamoa mehnati bo‘lib, jamoa tomonidan ma‘lum shaxs manfaati uchun bag‘ishlangan jamoa mehnati deyish ham mumkin. Chunki shu yo‘l bilan ma‘lum bir shaxs, bir tomondan, moddiy manfaatdor bo‘ladi, ikkinchi tomondan, ma‘naviy boyiydi. Shunisi harakterliki, o‘quvchilarning hasharga borishi ularda yaxshi kayfiyat tug‘diradi. Shuning uchun hashar o‘quvchilar uchun quvnoqlik, zavqshavq baxsh etishini sezish qiyin emas. Hashar orqali o‘quvchilar ota-onalari, maktab ma‘muriyati, o‘quvchilar jamoasi, sinf jamoasi va, umuman, o‘zlarini jamoatchilik oldidagi o‘quvchilik burchlarini bajarganday his qiladilar. Shu bilan birga o‘quvchilar hasharda qatnashish orqali kishilar muhtojligini qondirish bilan o‘zlarini yanada tetik, baquvvat va sadoqatlidek his etadilar. O‘quvchilar hasharga qatnashish bilan umum manfaatiga xizmat qilish, oliy maqsadlarni ko‘zlash kishilarning birinchi darajali vazifasi ekanligi anglab etadilar. Nihoyat, o‘quvchilar hasharda qatnashish yo‘li bilan yaqindan aloqada bo‘lish, do‘stlashish, o‘zaro o‘rtoqlarcha yordam berish, hamchihatlik, birlik, fidoyilik singari jamoatchilikka xos sifatlarni tobora ko‘proq shakllantiraboradilar. Jamoa deyilganda umumiy maqsad sari intilgan va birgalikdagi faoliyat uchun jipslashgan o'quvchilarning guruhlari tushuniladi. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo'yish, faollarni tarbiyalash, o'quv, mehnat, ijtimoiy- siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, sog'lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an'analarni yaratish va kuchaytirish. Jamoada bir-biriga g'amxo'rlik qilish, o'zaro yordam, faqat o'zi haqida emas, balki boshqalar haqida ham o'ylashga intilish, jamoa manfaatini o'z qiziqishidan ustun qo'yish ko'nikmalari hosil bo'ladi. Jamoada o'rtoqlik va do'stlik xissi tarkib topadi. O'quvchilar jamoasini tuzayotib, tarbiyalayotib maktab o'qituvchilari uning har bir a'zosini shaxsini shakllantiradi. Jamoadagi o'quvchilarning o'zaro munosabati o'zaro javobgarlikni xis etish, topshiriqlarni bajarishda barcha a'zolarning tengligi bilan ajrab turadi, chunki unda o'quvchilar o'zaro yaqin muomalada bo'ladilar, hamma vaqt birgalikda harakat qiladilar, butun jamoa qo'ygan maqsadni hal etishda qatnashadilar. Har bir sinf kichik jamoa bo'lib, o'z faollariga ega bo'lsa-da, bu jamoa maqsadlarning birligi va umumiy ishlarni tashkil etish bilan bog'liq bo'ladi. Shuning uchun har bir o'qituvchi tarbiyaviy ishni sinfdagi jamoa munosabatlarining rivojlanish darajasi(bosqichi, davri)ni aniq belgilashdan boshlaydi. Sinf rahbari jamoasining o'z ish uslubi bilan rivojlanishiga to'sqinlik qilmasligi uchun vaqti-vaqti bilan jamoaiing rivojlanishi darajasini aniqlab turadi. Tarbiya nazariyasi jamoa rivojlanishining uch daraja bilan belgilaydi. Dastlab pedagogning kuch-g'ayrati natijasida sinfda o'rnatilgan muayyan talablar; tartib, intizom bilan o'quvchilarning uncha katta bo'lmagan qismi sinf rahbarining harakatlarini qo'llab-quvvatlashi bilan izohlanadi. Past darajadan yuqori darajagacha boradigan yo'l uzoq bo'lib, muayyan qiyinchiliklarni bartaraf etish bilan kechadi. Ayni paytda jamoani shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishlar juda qiziqarlidir. Umuman o'quvchi tarbiyasining asosiy natijalari bu ish qanchalik muvaffaqqiyatli o'tishiga bog'liq bo'ladi. Agar o'quvchilar jamoasi barpo etilmagan bo'lsa, o'quvchi maktabni hyech afsuslanmay tark etadi. Xatto keyinchalik maktab yillarini eslamaydi ham. O'quvchilarni inoq jamoaga birlashtirgan mohir sinf rahbari qo'lida tarbiyalangan odam baxtlidir. Ulg'ayayotgan kishi, fuqaroning hayotidagi mavqyeini shakllantirishda, uning hayot yo'lini belgilashda o'z vazifasini anglash sinf rahbarining bolalar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boradigan faol va qat'iy faoliyatining zarur sharti hisoblanadi. 3. Jamoaning tarkib topishi va rivojlanish bosqichlari. Bir so‘z bilan aytganda, jamoa bolalarning bir guruhi emas, balki mazsus tashkil etilgan munosabatlar tizimidir. Jamoa o‘z-o‘zini boshqarish va tartibga solish organlariga ega bo‘lib, ular barcha bolalarning va jamiyatning manfaatlarini ifodalovchi vakillardir. Jamoa maktab o‘quvchilarini umumiy maqsad, umumiy mehnat bilan hamda mehnatni umumiy tarzda tashkil etish bilan birlashtiradi. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq muddatli, murakkab jarayondir. Jamoani vujudga kelishi uchun to‘rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichida dastlab pedagog butun bir guruhga talab qo‘yadi, so‘ngra jamoa faollari jamoa a‘zolariga talab qo‘yadi, butun jamoa alohida shaxsdan muayyan tarzda faoliyat olib borishni talab qiladi va nihoyat, shaxs o‘z-o‘ziga talab qo‘yadi. Qo‘yilayotgan talablar mazmunidagi farq va jamoa a‘zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ijodiy hamkorligi a‘zolarining xulq-atvor, axloqiy kamolot darajasini ko‘rsatuvchi muhim belgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Jamoani shakllantirishda uning hayotini belgilovchi ichki jarayonning mohiyatini inobatga olish zarur. Jamoani shakllantirish bosqichlarini belgilash shartli hisoblanadi, chunki jamoaning bosqichlari chegara yoki oraliqqa ega emas. Shunga qaramay, pedagogik nuqtai-nazardan jamoaning shakllanish bosqichlariga ajratish juda muhim. Bolalar jamoasi rivojlanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat pedagoglar tomonidan qo‘yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang‘ich nuqtasidir. Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa bo‘lmay, balki, tashkil etuvchi birlik (guruh, sinf)dir. Tarbiyalanuvchilar talablarning qo‘yilishiga e‘tiborsiz qaraydilar. Jamoa a‘zolarning uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilishl va ularni muayyan maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqali jamoa tarkib topadi. Mazkur bosqichda pedagogning asosiy maqsadi jamoa a‘zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat bo‘ladi. Ushbu bosqichda pedagogning talabchanligi, qat‘iyligi, izchilligi, murosasizligi va barcha a‘zolariga talabni birday qo‘ya olishi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Bu vaziyatda o‘qituvchining ―hukmdorlik‖ davri uzoq davom etishi mumkin emasligini hisobga olish zarur. Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faollarining paydo bo‘lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir. Jamoa faoli muayyan guruhning shunday a‘zolaridanki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar va pedagog faoliyati talablariga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo‘ladilar. Faollar pedagogning yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar. Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faollarining pedagog talablarini qo‘llab-quvvatlashi hamda o‘z navbatida uning o‘zi bu talablarni jamoa a‘zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tavsiflanadi. Endilikda pedagogik jamoada paydo bo‘lgan va u bilan bog‘liq bo‘lgan muammo, masalalarni yolg‘iz o‘zlari hal qilmaydilar. Lamoa a‘zolari bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga ularni jalb etadi. Jamoa hayotini tashkil qilishl usuli murakkablashib boradi, ya‘ni jamoa o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tadi.Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to‘xtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat ko‘rsatayotgan kuch jamoaning bir qismi xolos. Bordiyu jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to‘xtab qolsa, jamoa faollari guruhning boshqa a‘zolari bilan qarama-qarshi qo‘yish xavfi tugilishi mumkin. Mazkur bosqichda jamoa moddiy va ma‘naviy imkoniyatlarini to‘plab, mustahkamlanib va boyib borar ekan, shaxsning har tomonlama ulg‘ayishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni sekin-asta yaratib beradi. Bu esa ikkinchi bosqichni –jamoa shaxsni har tomonlama kamolga etkazishning obyektiv shakli asosida boshlashini taqozo etadi. Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Bu bosqich jamoa faoliaytida anchagina sermahsul hisoblanadi. A.S.Makarenkoning aniqlashicha, bu davrda butun jamoa ―ayrim o‘zini chetga olib qoluvchi, injiq shaxslar‖ga talab qo‘ya boshlaydi. Jamoa endilikda faqat faollargina emas, balki uning butun a‘zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. Pedagog mazkur yo‘nalishdagi ishni maqsadga muvofiq va izchil tarzda olib brogan sharoitda ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasini jamoaning birgalikdagi faoliayti yakuni uning a‘zolari tomonidan jamoa bo‘lib muhokama qilinadi: turli mavzuda suhbatlar, ma‘ruzalar uyushtiriladi. Jamoa rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi. Bu bosqich uchunchi bosqichning bevosita davomi bo‘lib, uning barcha a‘zolari jamoa oldida turgan talablar asosida o‘z-o‘zlariga talablar qo‘ya olishlari bilan tavsiflanadi. To‘rtinchi bosqichda jamoa a‘zolarining o‘ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo‘ya olishlari bilan xarakterlidir. Bu bosqichda amalgam oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas‘uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldidagi istiqboli, yuksak va murakkab talablar qo‘yish uchun qulay sharoit yaratiladi: Bugungi kunda pedagog olimlar bolalar jamoasi rivojlanishi jarayonini tashkil qilar ekan, uni quyidagi ikki bosqichga bo‘ladi: 1. Jamoani dastlabki jipslashtirish 2. Jamoani shakllantirish- uning har bir a‘zosini individual rivojlantirishning asosidir. Jamoa hayotidagi har bir bosqichni ajratib ko‘rsatish yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning etakchi ahamiyatini ta‘kidlaydi Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ichki jihatlariga katta ahamiyat bergan edi: 1. Doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyatga tayyorligi; 2. O'z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun g'ururlanish asosida qadr-qiymatini anglash; 3. Uning a'zolari o'rtasidagi do'stona birlik; 4. Jamoaning har bir a'zosidagi do'stona birlik; 5. Tartibli, ishchan harakatga undovchi faollik; 6. O'z hissiyot va so'zlarini boshqara olish ko'nikmasi. 4. O‘quvchilar jamoasini tarbiyalash. O‘quvchilar jamoasini tarbiyalashning eng samarali yo‘li, ularning umumiy qiziqishlari asosida talablar qo‘yish va istiqbolni belgilashdir. Talablar pedagogik jihatdan puxta ishlab chiqilgan taqdirdagina ijobiy natija beradi: 1) O‘quvchi shaxsiga qo‘yiladigan pedagogik talablar har bir jamoa a‘zosini hurmat qilish bilan qo‘shilishi kerak. Bu pedagogik odobni muhim qismi bo‘lib, har bir sinf raxbari yoddan chiqarmasligi shart. Sinfning ya‘ni jamoaning eng yaxshi o‘quvchilariga ko‘proq talablar qo‘yiladi,bu bilan ularga alohida ishonch va xurmat bildiriladi. 2) Pedagoglar jamoasi talablarni muayyan sinfning aniq sharoitini hisobga olgan holda qo‘yadi. Har yili o‘quvchilarga ma‘lum bir chorakda, yarim yillikda yoki o‘quv yili davomida qanday talablar qo‘yish maqsadga muvofiqligi belgilab olinadi. O‘quvchilardan erishilgan narsani emas, balki vazifa qilib qo‘yilgan narsani talab qilish kerak. 3) Talablar aniq bo‘lib, bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi. O‘quvchilar o‘zlaridan nima talab qilinayotganligini aniq tushunishlari lozim. O‘quvchilarni talablar mazmuni bilan tanishtirib, ularning ahamiyatini muntazam suratda nazorat qilib borishdan iborat. O‘quvchilar jamoasini tarbiyalashda istiqbollar qo‘yishning ahamiyati juda katta. Agar jamoa oldida qiziqarli, aniq maqsad bo‘lmasa, uni tashkil etish va jipslashtirish usulini topib bo‘lmayda. Istiqbollarni belgilashning ikki asosiy usuli bor: 1. Asosiy pedagogik talabni o‘qituvchining o‘zi o‘quvchilar oldiga qo‘yadi. Bunda u ana shu vazifalarni xal etish yo‘llarini ko‘rsatadi va jamoa a‘zolarini qiziqtirishga intiladi; 2. Jamoa a‘zolari qiziqarli tadbirlarni ilgari suradilar, sinf rahbari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi, hamda amalga oshirish usullarini topishga yordam beradi. Birinchi usul o‘quvchilar jamoasini tarkib toptirishning dastlabki bosqichida qo‘yilib- yaqin kunlarga mo‘ljallangan istiqbol deyiladi. Ikkinchisi ancha yuqoriroq bosqichda sinf faollari tomonidan qo‘yilibo‘rta kunlarga mo‘ljallangan istiqbollar deyladi. Agar belgilangan istiqbolalrni jamoani barcha a‘zolari qo‘ysa- bu uzoq muddatli istiqbollar deyilib, jamoani shakllanganligini bildiradi. O‘quvchilar jamoasi o‘sib va mustahkamlanib borishi bilan jamoa oldiga o‘rtacha va uzoq istiqbollar qo‘yiladi. Masalan: otaliqqa olingan bog‘cha uchun o‘yinchoqlar yasash, hosil bayramini o‘tkazish, jonajon o‘lka bo‘ylab yozgi sayohatni uyushtirish va boshqalar. Jamoa doim faoliyatda olg‘a intilishda bo‘lishi uchun uning oldiga yangi, qiziqarli istiqbollar qo‘yish talab etiladi. Jamoa hayoti jo‘sh urib turmasa, keyin bu aloqalarni qaytadan tiklash juda qiyin bo‘ladi. O‘quvchilar jamoasini shakllantirishda an‘analar muhim o‘rin tutadi. Jamoani hech bir narsa an‘anachalik mustahkamlay olmaydi. An‘analarni tarkib toptirish, ularni saqlab qolish- tarbiya ishining muhim vazifasidir.An‘analari bo‘lmagan maktab yaxshi maktab bo‘lishi mumkin emas. Mavjud an‘analarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: A) kundalik turmush an‘analari, B) bayram an‘analari Kundalik turmush an‘analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini birbiriga o‘zaro yordamning har xil turlari, mehnat faoliyatini- yosh meva ko‘chatlarini parvarish qilish, hayvonlarni boqish, yolg‘iz yashovchi keksalarga yordamlashishni va boshqa yumushlarni o‘z ichiga oladi. Bayram an‘analariga Navro‘z, Mustaqillik bayramlari, bitiruvchilar kechasi, «Savodxonlik bayram»lari kiradi. Har kanday holatda ham bayramlar yorqin, qiziqarli, quvnoq, tantanavor o‘tishi kerak.Asosiy maqsad o‘quvchilar o‘tkazilayotgan tadbirning ahloqiy mazmunini tushunsagina, ularga ongli munosabatda bo‘lsagina, uning ta‘siri kuchli bo‘ladi. Jamoani rivojshlanish bosqichlarida, jamoa a‘zolarini xilma-xil faoliyati jarayonida har bir maktabda o‘ziga xos an‘analar yuzaga keladi. Bu yangi an‘analar shu maktabda olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlar bilan bog‘liq bo‘ladi, uning hayotini jonlantiradi va bezaydi. Shuning uchun yangi an‘ananing kelib chiqishida bolalarning faol ishtirok etishiga katta imkoniyatlar beriladi. Maktab rahbarlari va o‘qituvchilar o‘quvchilar jamoasiga u yoki bu ortiqcha an‘anani yuklamasliklari, majburan singdirmasliklari kerak. Ularning vazifasi jamoa a‘zolariga sezdirmay va ularni tashabbusini buzmay, an‘analarni yaratash zarurligini tushuntirish, an‘analarni tayyorlash hamda o‘tkazishda birgalikda ish olib borish, o‘quvchilarni ana shu an‘analarni davom ettirishga o‘rgatishdan iborat. An‘anaga har doim yangi pedagogik talablarni aks ettiruvchi, uning tarbiyaviy ahamiyatini oshiruvchi yangiliklar kiritib borilishi talab etiladi. An‘analar yildan - yilga ko‘payib borib, asta-sekin maktabning o‘ziga xosligini ta‘miilaydi. Shunday qilib, o‘quv-bilish faoliyati bilan bog‘liq istiqbol va an‘analar jamoa rivojlanishining barcha darajalarida muhimdir. Rivojlanishning yuqori darajasida sinfda obro‘li faollar, sog‘lom ijtimoiy fikr mavjud bo‘lganida, bunday istiqbol va an‘analar o‘quvchilarning darsdagi va darsdan tashqari faoliyatini qamrab olishi, xilma-xil, ba‘zan murakkab shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Bu istiqbol va an‘analarni amalga oshirish o‘quvchilar ko‘z o‘ngida ham, boshqa sinf o‘quvchilari, o‘qituvchilar, ota-onalar ko‘z o‘ngida ham jamoa obro‘sini oshiradi. Ko‘pgina maktablarda sinf jamoalari har yili bilish va ko‘ngilochar dasturlari bo‘lgan mavzuli maktab kechalari, fan xaftaliklari tayyorlaydilar. Bu faqat baquvvat jamoanigina qo‘lidan keladi. Bu tadbirlarni tayyorlashda odatda jamoaning har bir a‘zosi band bo‘ladi. Bunday istiqbol va an‘analarning alohida tarbiyalovchi ta‘siri shundan iboratki, sinf jamoasi uni yordamida umummaktab jamoalari bilan bog‘lanadi. Kishilarda bir necha asrlar davomida shakllangan munosabatlar va odatlarni albatta, birdan yo‘q qilish uchun kishilarni tizimli ravishda jamoa ruhida tarbiyalab borish, ularda o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam munosabatlarini hosil qilish zarurdir. Jamoa ruhida tarbiyalashda asosiy masala barcha kishilarda onglilikni yangi jamiyatimiz qurilishi talablari darajasiga ko‘tarishdan iboratdir. Yuqoridagilarga asoslanib yoshlarni jamoa ruhida tarbiyalashning asosiy omillari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: - eng ilg‘or korxona jamoalarining ish tajribasidan, ahillik, ham jihatlik, jamoa va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordamlashishda ibratli oilalar, ota-onalar hayotidan misollar keltirish; - kishilarning hayotida jamoa bo‘lib, bir-birlari bilan do‘stona birodarlarcha munosabatda bo‘lib yashashlari, mehnat va ijod qilishlari, hayot va turmushlarining doim go‘zal va xushchaqchaq o‘tishiga katta yo‘l ochib berishni har tomonlama misollar asosida tushuntirish. Aksincha, kishilar o‘z hayotida jamoaga va uning qo‘ygan talablariga to‘g‘ri baho bermay hayot kechirsalar, turmush ko‘ngilsiz, shirasiz va ma‘naviy boyliksiz o‘tishini uqtirish. Jamoatchilikning bu xususiyatlari va tamoyillarini falsafiy va pedagogik jihatdan keng va teran sharhlab beradi. Jamiyat va shaxs munosabatlari muhim ahamiyatga ega. Odamning shaxsligi esa, uning o‘zga odamlarga, jamiyatga, vatanga, butun imkoniyatga munosabatlari bilan bog‘liqdir. Demak, odam biologik tushuncha, shaxsiy ijtimoiy tushuncha. Insonlarning tabiiy ehtiyojlari qoralanib, faqat ijtimoiy mexanizaga aylantirilishi, tabiatni ham siyosiylashtirish, mafkuraviy shavqatsiz tazyiq insonni qadrsizlantirishni ham sho‘rolar jamiyati misolida ko‘rib turibmiz. Jamoaning umumiy manfaati bilan bolaning shaxsiy manfaati birlashib, uyg‘unlashib ketadi. Va shu holda bola shaxsiy manfaatga nisbatan jamoaning maqsadi va manfaati muhimroq ekanligiga, bir kishi hammani (o‘z jamoasidagi hamma odamlarni) o‘ylashi, hamma (butun jamoa) esa, shu jamoadagi har bir odamni o‘ylashi, g‘amxo‘rlik qilishi zarurligini tushunish bolalaning ongini o‘stiradi. Yanada muhimrog‘i, jamoa a‘zolarining o‘zaro hurmatini do‘stlikka aylanadi. Endi bola yoki o‘smir do‘stlarsiz hayot juda zerikarli, mazmunsiz o‘tishini anglaydi. Shunday ekan, har bir sinf rahbari o‘z o‘quvchilariga jamoani qanday qaysi yo‘l va vositalar yordamida shakllantirish mumkinligi, uning mohiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Bunda jamoatchilik va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam to‘g‘risida aforizmlardan foydalanish, kitoblarni o‘qish, voqealardan misollar keltirish, tadbirlar o‘tkazish asosida o‘quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar jamoatchilikning mohiyatini puxta bilgan taqdirdagina uni amalga oshirish uchun samarali kurashishlari mumkin. Buning o‘qituvchi o‘quvchilarga jamoatchilik jamoa va shaxsning rivojlanishi uchun asosiy vosita ekanligini tarbiya jarayonida ishonarli va ta‘sirli amalga oshirish zarur. Jamoa va shaxs muammosi yosh avlodni tarbiyalashning eng dolzarb nazariy va amaliy masalalaridan biri xisoblanadi. Shu jihatdan ham o‘quvchilarni jamoatchilik ruhiyatiga, jamoa hayotiga, jamoa bo‘lib uyushishga odatlantirish, malaka hosil qilish, jamoatchilik ongini shakllantirish umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarining vazifasi xisoblanadi. Shaxs faqatgina har tomonlama rivojlangan bo‘lib qolmasdan, balki u ijtimoiy faol bo‘lishi, o‘zining borliq kuch va imkoniyatlarini Vatanga xizmat qilish uchun zo‘r berish hamda jamiyatda o‘rnini topa olishi kerak. Bundan tashqari shaxsning Vatanga xizmat qilishida uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyat va qobiliyatlaridan samarali darajada foydalaniladi. Jamoatchilikning asosiy xususiyatlaridan biri o‘quvchilarda vatanparvarlikni shakllantirishdir. Chunki, vatanparvarlik hissiyoti kishilarning o‘z ona-Vataniga, taqdiriga g‘amxo‘rlikdir. Haqiqiy vatanparvar o‘z ona-Vatani, xalqining gullab-yashnashi, erkinligi uchun kurashadi. Demak, ona-Vatanimizning taqdiri, dastavval, butun mehnatkash xalqning taqdiridir. Buning uchun kurash har bir kishining burchidir. Vatanparvarlik-bu kishining axloqiy xususiyatidir, o‘z ona-Vatanining munosib fuqarosi bo‘lishi uchun tanmay intilishidir. Shuning uchun qadim vaqtlardan beri vatanparvarlik asosida o‘z Vatanini sevish tushunilgan. Millatlararo totuvlik ham jamoatchilikning asosiy xususiyatlaridan xisoblnadi. Maktab jamoasida o‘quvchilarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash adabiyot, geografiya, rus tili, chet tili va boshqa fanlarni o‘qitish asosida amalga oshiriladi degan fikr noto‘g‘ri. Bola, dastlab, oilada ilk yoshligidan, so‘ngra maktabning birinchi sinfidan boshlab vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadi. Oilada hamma katta-kichiklar birga bo‘lishib, radio, televizordan bir necha millat o‘quvchilarining o‘zaro do‘stligi va o‘rtoqligi haqidagi eshitirishlarini tinglaydilar, ko‘radilar va birgalikda muhokama qiladilar. Bu esa juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bundan tashqari maktab jamoasida olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar ham o‘quvchilarning millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashiga ta‘sir ko‘rsatadigan kuchli vositadir. Ayniqsa, maktab jamoasida o‘zbek, rus, ukrain, belarus, gruzin, arman, qozoq, tojik, turkman, ozarbayjon, tatar, qoraqalpoq va boshqa millat bolalarining bir-birlari bilan juda quvnoq va ahil bo‘lib o‘qiyotganliklari, yashayotganliklari bu millatlararo totuvlikni mustahkamlaydi va ular o‘rtasida do‘stlikni yanada rivojlanishi hamda mustahkamlanishida katta rol o‘ynaydi. Demak, maktab jamoasida millatlararo totuvlik tarbiyaning xususiyatlari quyidagicha namoyon bo‘ladi: 5. Maktab jamoasi bolalarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashda ular e‘tiborini, albatta, bir millatning ikkinchi bir millatdan farq qiladigan urfodatlari, millatga xos xususiyatlariga emas, balki turli millat vakillarini bir maqsad uchun birlashtiradigan va yaqinlashtiradigan umumiy an‘analarga qaratish. 6. Maktab jamoasi bolalarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga bag‘ishlangan suhbatlarda turli millat xalqlarning hayotidan misollar keltirish, ularning tinchlik, mehnat, ozodlik, tenglik, qardoshlik va baxt-saodat uchun olib borayotgan kurshlarni ko‘rsatib o‘tish. 7. Dunyodagi barcha millat xalqlarining birdamlik uchun kurashlari natijasida millatlar o‘rtasida vujudga kelgan umuminsoniy qadriyatlarni bolalar ongiga singdirish.


Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish