12-Mavzu: Yurist shaxsiy imijni shakllantirish usullari
Reja:
1. Imijning motivatsion madaniyati. A.Maslouning ehtiyojlar nazariyasi.
2.Insonning o‘ziga baho berishining roli, o‘z obrazini yaratishi.
Biz o‘zimizni har kuni vitrinaga qo‘yamiz: sotuvchilar, hamkasblar, ish
beruvchilar, dugonalar, do‘stlar, sevgilimiz oldida. Bu savdo-sotiqning
bahosi – baxt, shaxsiy muvaffaqiyat, xotirjamlik va qulaylik. O‘zni taqdim
eta bilish, ya’ni o‘zi to‘g‘risida chiroyli tasavvur uyg‘ota bilish kundalik
muloqotda, kasbiy faoliyatda, intim vaziyatlarda muhim rol o‘ynaydi.
Amerikaning besh nafar prezidenti (Kennedidan tortib Kartergacha) imijini
yaratgan imijmeyker Lilian Braunning fikriga ko‘ra, “kasbiy bilim,
ko‘nikmalaringiz sizni ish va xizmat o‘sishingizni ta’minlab bera olmaydi”.
Qanchalik g‘alati eshitilmasin, tasavvur mexanizmi shundayki,
odamlar kitobga – muqovasiga, mahsulotga – o‘ramiga, insonga esa
tashqi ko‘rinishiga qarab baho beradilar. Siz buni istaysizmi-yo‘qmi,
sizdan taralayotgan signallar boshqa odamlar tomonidan muayyan tarzda
qabul qilinadi va siz bunga qarshilik qilolmaysiz. Istalgan kishi siz bilan
birinchi bor uchrashar ekan, siz haqingizda axborot yig‘a boshlaydi:
kiyinish uslubingiz, o‘zingizni tutishingiz, hatti-harakatlaringiz,
ovozingiz, nutqingiz va h.z.
Frederik X. Vents o‘zining “Ajoyib ko‘nikmalarga o‘rgatish”
kitobida tabassum ham inson imijiga ta’sir ko‘rsatadi, deb ta’kidlaydi.
1. Tabassum bizni jozibador qiladi.
2. Tabassum kayfiyatimizni o‘zgartiradi.
3. Tabassum stressni yengadi.
4. Tabassum immun tizimimizni mustahkamlaydi.
5. Tabassum muvaffaqiyatli inson siymosini yaratadi.
Birinchidan, insonning tashqi ko‘rinishi, yuz ifodasi, nigohi, qomati,
hatti-harakati, qadam tashlashiga qarab uning bo‘layotgan voqealarga
munosabati haqida fikr yuritish mumkin. Yaxshi yaratilmagan imij
insonga haqiqiy fazilatlarini, o‘z imkoniyatlarini namoyon etishda
halaqit beradi. Imij va karyera o‘rtasida bevosita bog‘liqlik bor, ayniqsa,
boshqaruv, moliya, savdo kabi sohalarda.
Ikkinchidan, ko‘pgina kompaniyalarda xizmat ko‘rsatuvchi
personal, ishchilar va hatto birinchi bo‘g‘in ish boshqaruvchilari
uniformada yurishadi. O‘rta va yuqori bo‘g‘in ish boshqaruvchilari
uchun tashqi ko‘rinish standartlari anchayin keyin boshlandi. Biroq tez
rivojlandi. Bugungi kunda jiddiy kompaniyalar o‘z ish
boshqaruvchilarining tashqi ko‘rinishiga muayyan talablarni ishlab
chiqishgan.
Uchinchidan, o‘zing birga ishlaydigan va o‘zaro munosabatda
bo‘lgan odamlar bilan murosa qilish uchun to‘g‘ri yaratilgan imij zarur.
Buning uchun quyidagilar mavjud:
Ish kiyimi kodeksi yoki dresskod – bu ishga qanday kiyinish
kerakligi haqidagi qoidalar to‘plami va kiyim, oyoq kiyimda biror-bir
firma yoki lavozimga tegishlilikni bildiruvchi belgilar tizimi. Kiyimga
xalqaro talablar standartlari, moda injiqliklariga qaramay, barqaror.
Xalqaro ishbilarmonlik etikasida korporativ stilga muayyan talablar
mavjud.
Kostyum erkaklar va ayollar uchun ham ish uniformasi
hisoblanadi.
Aksessuarlar uncha katta va murakkab, bachkana bo‘lmasligi
kerak: yaxshi soat, mo‘jaz ziraklar, nikoh uzugi va b.
Kiyimda turli rasmlar, yozuvlar bo‘lmasligi kerak.
Yubka haddan tashqari tor va kalta bo‘lmasligi lozim.
Oyoq kiyim poshnasi o‘rtacha, tumshug‘i yopiq bo‘lishi kerak.
Ayollar chulki yoki kolgotkida bo‘lishi lozim.
Ayollar ko‘zga keskin tashlanmaydigan darajada lab va ko‘z
bo‘yoqlaridan foydalanishlari mumkin.
Ish joyida ayollar yubka, kofta yoki jemperda, erkaklar esa
kostyum, ko‘ylak, galstukda bo‘lishlari kerak.
Erkaklar uchun kalta yengli ko‘ylaklarni kiyishga issiq kunlarda
ruxsat beriladi.
Darvoqe: Ishbilarmon kishilar turli taqdimotlar, uchrashuvlar,
kelishuvlarda foydalanadigan kichik bir sir bor: notiq tinglovch ilarga
nisbatan biroz yaxshiroq ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak. Bu inkor qilib
bo‘lmaydigan haqiqat!
Imijning motivatsion madaniyati. A.Maslouning ehtiyojlar nazariyasi
Sizga yoqsa-yoqmasa-da, xatti-harakatlarimizga munosabat
imjimizni belgilab beradi. Shuni esda tutingki, siz bilan muloqotga
(yakkama-yakka, guruhda yoki onlayn) kirishgan har bir inson sizni o‘z
tasavvurlari, fikrlari, kamchiliklariga asoslanib qabul qiladi. Imijingiz
atrofdagilar siz to‘g‘ringizda qanday fikrdaligiga, shuningdek, ularda
qanday his-tuyg‘ular uyg‘otishingizga qarab ham belgilanadi.
Sog‘lik, ijod, o‘zlikni namoyon qilishning tobora yuqori
darajalariga intilish insonga xos xususiyat.
Nevrozlarni – rivojlanish yo‘liga qo‘yilgan to‘siqlar, deb qabul
qilish mumkin.
Sinergetik jamiyatning bosqichma-bosqich rivojlanishi tabiiy va
zaruriy jarayon. Bu shunday jamiyatki, unda har bir a’zo (individ)
shaxsiy rivojlanishning yuqori darajasiga bir-birining erkinligini
cheklamasdan erishishi mumkin.
Biznes samaradorligi va shaxsiy rivojlanish bir-biriga zid emas.
Amalda o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayoni har bir individning
samaradorligini oshiradi. Inson tabiatini o‘rganish jarayonida vetaxassis
A.Maslou ko‘p xulosalar yasadi, quyidagi g‘oyalar ham shular
jumlasidandir. Bu nazariyaga asosan, insonni professional va
noprofessional faoliyatning muayyan mashg‘ulotiga eltuvchi quyidagi
ehtiyojlari mavjud:
Fiziologik ehtiyojlar
Xavfsizlikka ehtiyoj
Egalik va muhabbatga ehtiyoj
Hurmat va e’tirofga ehtiyoj
O‘zlikni namoyon qilishga ehtiyoj
shakllanishiga yordam beradi. Ulg‘aygach esa uning o‘zi to‘g‘risidagi
fikri boshqalar fikriga unchalik ham bog‘liq bo‘lmaydi, chunki u ruhiy
jihatdan shakllanib bo‘lgan va nimalarga qodirligini yaxshi biladi. Biroq
shunda ham inson atrofdagilarning e’tirofi va tanqidiga muhtoj bo‘lsa,
bu uning o‘z-o‘zini baholash darajasi baland yoki pastligidan darak
beradi.
O‘z-o‘zini baholashning baland darajasi – bunda inson o‘z
muvaffaqiyatlarini orttirib ko‘rsatishga moyil bo‘ladi. Bu ko‘pincha
boshqalarning muvaffaqiyatlarini kamsitish bilan kuzatiladi. Tanqiddan
og‘rinadi, o‘z fikrini agressiv tarzda himoya qiladi. Natija – atrofdagilar
bilan munosabatlarda qiyinchiliklar, o‘zlikni namoyon qilishda
muammolar tug‘iladi.
O‘z-o‘zini baholashning past darajasi – bu o‘z ahamiyati va
qobiliyatlarini kamsitadi. O‘z muvaffaqiyatlarini tasodif, boshqa
odamning yordami, omad bilan bog‘laydi va eng oxirida o‘zining
kuchini e’tirof etadi. O‘qish, ish, karyera va shaxsiy hayotidagi
muvaffaqiyatlar o‘rtacha bo‘ladi.
Ma’lumki, muvaffaqiyatli insonlar boshqalardan ajralib turishni
istaydilar va bunga asoslari bor. Ular ajralib turish uchun imkoniyatlarni
muntazam izlaydilar. Lekin ayrimlar ajralib turishga harakat ham
qilmaydilar. Ular e’tibordan qochadilar, chetga o‘tadilar, o‘zlariga
e’tiborni tortmaydilar. Nega?
Birinchi sabab bu – qo‘rquv. Tavakkal qilsamu, yutqizsam nima
qilaman? G‘oya bersam-da, bu boshlig‘imga qarshi qilib qo‘ysa-chi?
Hamkasblarim zarar ko‘rib qolsa-chi? Imijimni ko‘tarish va o‘zimni
ko‘rsatishimga nima halaqit beradi?
Ushbu fikrlarni muhokama qiling: “O‘sish yo‘q ekan, demak,
kunbotar yaqin” (kichik Seneka).
“To‘dadan chiqib ketish hech qachon kech emas. Orzuyingga
ergash, maqsading sari intil” (Bernard Shou).
O‘z-o‘zini takomillashtirish uchun ko‘plab usul va tavsiyalar
mavjud. Amerikalik olim Stiv J.Skottning “Yaxshi yashash uchun 77
yaxshi odat” kitobidagi o‘zgarishlar dasturida ularga misollar keltirilgan:
Zararli odatlardan voz kechish
Kuchli xususiyatlar bilan o‘ynash
Kichik bo‘lsa ham erishsa bo‘ladigan vazifalarni tanlash
O‘z xatolari ustidan kulish
Sayohatdan zavqlanish
Doim nima bilandir mashg‘ul bo‘lish
Yozuvlar va qaydlar qilib borish
Butun umr davomida komillikka, yuqori mansablarga erishish
uchun nafas gimnastikasi va boshqa pozitiv amallarni bajarish. Eng
muhimi, bu hech qachon to‘xtab qolmaydigan jarayon ekanligini anglab
yetish.
Do'stlaringiz bilan baham: |