Insonda ikki xil, ya’ni pozitiv va negativ ichki kuch bor.
Insonning shakllanishini oldindan bilib bo‘lmaydigan jarayon
sifatida ta’riflash mumkin. Uni boshqarib bo‘lmaydi. Bu jarayon inson
taqdiriga va tug‘ma xususiyatlarga ega, degan fikrlar ham yo‘q emas.
Aksincha fikrlovchilar ham mavjud.
Darvoqe: Eng asosiy harakatga keltiruvchi omil – bu motivatsiya.
Insonda motiv, sabab, ehtiyoj bor ekan, u zarur yo‘nalishda harakat
qilishda davom etaveradi.
Inson jamiyatda yashar ekan, har kuni turli insonlar bilan turli
vaziyatlarda jamoat munosabatlariga kirishishga majbur bo‘ladi. Bu esa
uning shaxsiyatiga, ma’naviy qadriyatlariga, ruhiy holatiga va aqlidrokiga ta’sir qiladi va ularda o‘z aksini topadi.
1. Topshiriq – shaxsiy o‘sish uchun mashq: “Bu hayotda nimada
omadim chopgan?”
Guruh juftliklarga bo‘linadi. Boshlovchi topshiriq beradi va siz o‘z
juftingizga hayotda nimada omadli ekanligingizni gapirib berishingiz
kerak. Uch daqiqadan so‘ng rollaringizni almashtirasiz. Topshiriq
bajarilgach, o‘z taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashasiz.
2. Topshiriq – shaxsiy o‘sish uchun mashq: “Yakshanba oqshomi”
Sizdan faqat bir narsa talab qilinadi: o‘zingiz, yaqinlaringiz va
do‘stlaringizni yakshanba – bu sizning o‘zingizga bag‘ishlangan kun
ekanligiga o‘rgatishingiz lozim. Shu kuni siz alohida xonada
boshqalardan xoli qolishingiz, sayr qilishingiz, kinoga borishingiz yoki
xiyobonda sayr qilishingiz mumkin. Xullas, nima istasangiz shuni
qilasiz. Yagona shart – hech kimning oldida hech qanday
majburiyatingiz yo‘q. Nazariy jihatdan, yakshanbani turmush
o‘rtog‘ingiz va farzandlaringizga bag‘ishlashingiz mumkin. Lekin,
baribir, sizdan nimanidir talab qila boshlashadi. Shuning uchun eng
ma’quli – xoli qolish va o‘z xobbingiz bilan shug‘ullanish.
odamlar faqat eng yaxshi mahsulotlar va xizmatlardan foydalanishadi,
uzoq vaqt davomida sinalgan kompaniyalar bidan hamkorlik qilishadi.
“Imij” inglizcha so‘z bo‘lib, rus va o‘zbek tillarida kam ishlatilgan
davrlarni bugun tasavvur qilish qiyin. Tarjimada obraz, siymo, siyrat
ma’nolarini beradi. Bu uchchala so‘z ham tabiatan berilgan, o‘z-o‘zidan
paydo bo‘lgan qiyofaga nisbatan kengroq ma’noni anglatadi. Bu
ko‘pincha sun’iy ravishda tuzilgan, ob’ektni (xoh u inson, tashkilot yoki
biror-bir mahsulot bo‘lsin) to‘g‘ri qabul qilishga yo‘naltirilgan butun bir
tizimdir.
Brend – bu boshqalarning siz to‘g‘ringizdagi fikri. Brend har bir
insonda bor va muvaffaqiyatli bo‘lish uchun boshqalar ko‘zi uchun
o‘zimizga kerakli obrazni yaratishimiz kerak. Mutaxassislar shaxsiy
brendni yaratish, uni takomillashtirish, har xil (masalan, ijtimoiy
tarmoqlardagi) tajovuzlardan asrash va bu bilan o‘z reputatsiyasini
qo‘llab-quvvatlashni oddiy misollar bilan tushuntirishgan. Axir sizning
ishga joylashishingiz, hamkorlar bilan munosabatingingiz bunga
bevosita bog‘liq.
Inson imiji – bu atrofdagilarning uning haqidagi fikri. Ushbu fikr
faqat tashqi ko‘rinishdan hosil bo‘lmaydi. Ko‘p kasblar uchun bu muhim
tarkibiy qism bo‘lib, u nafaqat turmush tarziga, balki shaxsning
atrofdagilar tomonidan qabul qilinadigan sub’ektiv siyratiga ham ta’sir
ko‘rsatadi. Har bir inson u yoki bu xislatlariga urg‘u berib, o‘zini yaxshi
tomondan ko‘rsatishni istaydi. Masalan, biror-bir inson bilan
tanishayotib unga yoqish uchun buni intuitiv tarzda bajaramiz.
Aks imij – insonning o‘zi to‘g‘risidagi tasavvuri.
Joriy imij – tashqi nazar uchun.
Istalgan imij – biz intilgan obraz.
Korporativ imij – tashkilot imiji, bunga uning reputatsiyasi ham
kiradi.
Darvoqe: Psixologlar tadqiqotlariga ko‘ra, 85 foiz insonlar boshqa
odamlar to‘g‘risidagi ilk fikrini tanishuvning dastlabki 10–20
soniyasida hosil qiladilar. Dastlabki taassurot uzoq vaqt turadi va uni
o‘zgartirish uchun ancha harakat qilishga to‘g‘ri keladi.
Imijning asosiy tarkibiy qismlari:
shaxsning ob’ektiv tashqi jihatlari (mimika, motorika, ovoz
tembri)
o‘ziga xos hatti-harakatlar (nutq odati va uslubi, kiyinish uslubi
va qadam bosishi)
ijtimoiy va professional tavsifi (ma’lumoti, ijtimoiy mavqei,
kasbi)
o‘zi to‘g‘risidagi fikri (atrof-olamda o‘zini shaxs sifatida qanday
tasavvur qiladi?)
vositachilar – ommaviy kommunikatsiya vositalari yordamida
yaratilgan ommaviy obraz
Do'stlaringiz bilan baham: |