8-Mavzu:Axloqiy sifatlarning huquqshunos takomiliga ta`siri
Reja:
1. Axloqiy sifatlarning huquqshunos takomiliga ta`siri
2.Axloqning o‘ziga xos xususiyatlari
Axloq shunchaki munosabatlami tartibga keltirish uchungina emas, balki ulami
uyg‘imlashtirish uchun ham zarur. Munosabatlami boshqarish ikki
xil usul bilan amalga oshiriladi: xulq-atvomi rag‘batlantirish va
jazolash. Axloq jamiyatdagi munosabatlami tartibga soladi va
ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari ifodalanadigan maqsadlami ilgari
suradi.Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o'zlashtirilgan nazariy-huquqiy
bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi
ko'nikma va malakalami hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi
huquqiy sifatlami qaror toptirish va huquqiy madaniyatni
shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaxs
huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya
jarayoning muhim bosqichidir.
Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal
etiladi:
- o'quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy-
huquqiy munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi
ahamiyati to'g'risida ma’tumotlar berish;
- o'quvchilarda huquqiy bilimlami egallashga bo'lgan ehtiyojni
yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;
- o'quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi
ko'nikma va malakalami hosil qilish;
- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasawur,
huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy
mas’ullik, huquqiy faollik, huquqiy e’tiqod va huquqiy
salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;
- o'quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy m e’yorlar,
qonunlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to'g'ri baholash,
harakat va harakatsizlikning qonuniy bo'lishiga erishish, davlat
Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va
burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni
qaror toptirish, har qanday ko'rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi
murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.
Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi e ’tiqodlar,
tasavvurlar, baholar, his-tuyg'ular va ma’naviyatning boshqa
tarkibiy qismlari tizimidir. Boshqacha aytganda, huquqiy ong
muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan
tasawur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo'lib, ijtimoiy-
psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega. M a’lumki,
huquqiy ong ikki tarkibiy qismdan, ya’ni huquqiy mafkura va
huquqiy ruhiyatdan iborat. Huquqiy mafkura huquqning mohiyati,
ahamiyati va talablari to'g'risidagi g‘oyalar, qadriyatlami o'z ichiga olsa, huquqiy ruhiyat hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, y a’ni
huquqning emosional qabul qilinishi bilan bog‘liq.
Huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartibga solingan
ijtimoiy munosabatlardir. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi
navbatda, yuridik normalami amalga oshirishning, huquq amal
qilishining natijasidir. Aynan huquqiy munosabatlar orqali huquq
«yashaydi», amal qiladi,
Huquqiy faoliyat - huquqiy m e’yorlar, qonunlar talablariga
nisbatan ongli yondashish, ularga qat’iy va og‘ishmay amal qilish,
qonunlami hurmat qilish, ulami shaxs erkini himoya qilish kafolati
sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol
ishtirokni tashkil etishga yo'naltirilgan amaliy xatti-harakatlar
majmui.
Huquqiy madaniyat - bu kishilaming huquqiy bilim darajasi,
huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga
rioya qilishdir. Huquqiy madaniyat murakkab, serqirra hodisa bo‘lib,
u eng avvalo, huquqiy ongning muayyan darajasi, ya’ni huquqiy
voqelikni ongli ravishda tushunib, o ‘zlashtirishni; umumiy madaniy
asoslar, yuksak madaniylik darajasi, milliy negizlari va manbalar,
tarixiy xotira, urf-odatlar va an'ana! ami; aholi tomonidan qonunlami
bilishning tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yuqori
darajasini, ular riufuzini; huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik,
huquqni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa organlar ishining
samarali usullarini hamda fuqarolar va mansabdor shaxslaming
qonunga itoatkorligini talab etadi.
Axloqning o‘ziga xos xususiyatlari deganda biz uning qat’iy amrlik, m e’yoriylik va baholash jihatlarini tushunamiz. Qat’iy amr o zini tutishdagi muayyan talabni, axloqiy qonun-qoidalami bajarishini taqozo etadi. U shaxs manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan muvofiqlashtiradi va jamiyat manfaatlari ustuvorligini ta’minlaydi, ayni paytda shaxs erkinligini cheklamaydi, faqat o‘zboshimchalikka yo‘l qo'ymaydi. Unga ko‘ra, biror inson ikkinchi insonga vosita deb qaramasligi lozim. Qat’iy amr tug‘ma axloqiy hodisa, uning talabi so‘zsiz va ixtiyoriy tarzda bajarilishi kerak; u ixtiyor erkinligi bilan zaruriyatning mutanosibligini ifoda etadi. Ikkinchi xususiyat — axloqning m e’yoriylik jihati bilan bog‘liq. M e’yorlar, qonun-qoidalar, pand-o‘gitlar v.b. shakllar vositasida axloq boshqarish vazifasini bajaradi. Ular orqali kishilar faoliyati yo‘lga solinadi, fazilatlar asosida ijtimoiy munosabatlar amalga oshiriladi, individning axloqiy sifatlari jamiyat talablariga moslashtiriladi, tashqi da’vat ichki yo‘nalmaga, shaxs ma’naviy dunyosining bir qismiga aylanadi, odamzod avlodlarining axloqiy aloqalari davom ettiriladi. Axloqiy me’yorlarning ikki turi mavjud: xatti-harakatning yo‘l qo'yib bo‘lmaydigan shakllarini anglatuvchi taqiqlar (odam o‘ldirma, yolg‘on gapirma, o‘g‘irlik qilma va h.k.) va o‘zni tutishning eng yaxshi ko‘rinishlariga da’vat (halol bo‘l, rostgo‘y bo‘l, ezgu ishlar qil va h.k.). Axloqning o‘ziga xos uchinchi xususiyati esa insonning o‘z xattiharakatlariga munosabatini ichiga oladigan ichki baholashdan va inson xatti-harakatlarining boshqa kishilar hamda jamiyat tom onidan umum qabul qilingan axloqiy m e’yorlar asosida baholaydigan tashqi baholashdan tashkil topadi. Shunga ko‘ra, baholash ko‘rinishlari ham ikki xil bo'ladi. Birinchisi — ijobiy: m a’qullash, rozilik, ikkinchisi — salbiy: tanbeh va norozilik. Bu xususiyatlar faqat axloqqa xos. Shu bilan birga uning yana boshqa ikki xususiyati borki, ular nafaqat axloqqa, balki ma’naviyatning barcha sohalari uchun umumiylik tabiatiga ega. Ularga alohida to'xtalib o‘tamiz. Biz shu o‘ringacha, e’tibor qilsangiz, axloqni butun insoniyat uchun umumiy hodisa sifatida talqin etib keldik. Zotan, axloq eng awalo, umuminsoniy an’anaviy hodisadir. Asosiy axloqiy qadriyatlar, mushtarak axloqiy tushunchalar, axloqiy tamoyil va m e’yorlar barcha mintaqalar hamda millatlar uchun bir xil m a’no kasb etadi. Chunonchi, muhabbat, ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, vijdon, burch, insonparvarlik, odamiylik, baxt, to ‘g‘rilik, rostgo'ylik, saxiylik va baxillik singari fazilat hamda illatlar tom m a’noda umuminsoniy hodisalardir. Zero, o'zbekcha ezgulik yoki yovuzlik, inglizcha vijdon, fransuzcha insonparvarlik, arabcha yolg‘on, deyish mumkinmi? Albatta, yo‘q. Lekin, ayni paytda, axloqda umuminsoniylik jihatlaridan tashqari, mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari axloqning nisbatan kichikroq qamrovga ega bo‘lgan ko‘rinishlarida — xulqiy xatti-harakatlar, odob va etiketda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Axloqning insoniylashtirish vazifasi ham muhim. U odam zodni hayvoniy xislatlardan — zulm , zo‘ravonlik, zug‘um, adolatsizlik, insofsizlik kabi qator illatlardan forig1 bo‘lishi, yuksak insoniy fazilatlar bilan yo g rilib yashashi, doimo komillikka intilishiga ko‘maklashish bilan belgilanadi. Ayni paytda mazkur vazifa axloqiy qonun-qoidalar www.ziyouz.com kutubxonasi hamma uchun majburiyligini, ular oldida, ijtimoiy hayotda egallagan o‘rnidan qat’i nazar, barcha odamlarning teng ekanini ta’minlashga, jamiyatda obro'parvarlik (avtoritarizm) axloqini inkor etishga va insonparvarlik (humanizm) axloqini barqaror qilishga yo‘naltirilgan. Shunday qilib, biz ikki bob mobaynida baholi qudrat qisqacha axloqning ichki murvatlari to ‘g‘risida fikr yuritdik. Endi uning tashqi m a’naviy olamda tutgan o‘rniga, undagi boshqa ijtimoiy-ma’naviy hodisalar bilan o‘zaro aloqalariga to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |