Ishonch bildiring.
Ishonch – har narsaning kaliti. Modomiki, jamoa kelajak yorug‘ligini ko‘ra olmayotgan ekan, hech bo‘lmasa ularga ishonch taftini his qilishlariga imkon bering. Xodimning bor mahoratini kashf qilish uchun unga ishonch bildirish kerak. Aks holda, atrofingizda kimlar borligini bila olmaysiz.
Imkon bering, kechirimni qabul qiling.
Xato emas, davo topishga intiling. Qo‘lida katta kaltak, ammo tilidan asal tomadigan yo‘lboshchi uzoqqa boradi. Rahbarlar jamoa muvaffaqiyat qozonganda ularni ko‘klarga ko‘tarib maqtasa, yomon natijaga erishilganida hammaning boshiga urishni yaxshi ko‘rishadi. Yetakchi muvaffaqiyat jamoaning mehnati ekanini anglaydi, qiyin paytlarda kamchiliklarni bartaraf qilishni o‘zidan boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |