1-Mavzu: Yurist yozma nutqining shakllantirish talablari Reja: Yurist yozma nutqining shakllantirish


-Mavzu: Huquqshunos faoliyatida korrupsiyaga toqatsizlik



Download 4,54 Mb.
bet38/66
Sana31.12.2021
Hajmi4,54 Mb.
#202568
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66
Bog'liq
Ma`ruza matn Huquqiy ko`nikmalar va metodologiya(1)

10-Mavzu: Huquqshunos faoliyatida korrupsiyaga toqatsizlik

Reja:

  1. Korrupsiya muammosi va unga qarshi kurash masalasi

  2. Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida korrupsiyaga toqatsizlik


Korrupsiya muammosi va unga qarshi kurash masalasi hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. CHunki bu illatning keng quloch yoyishi o‘ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Korrupsiya xususan, demokratik jarayonlarning amalga oshishiga to‘sqinlik qiladi, iqtisodiy rivojlanishning sekinlashishi, kadrlar sifatining pasayishi va oqibatda barcha sohalarning oqsashiga, uyushgan jinoyatchilikning ildiz otishiga, hukumatga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi va ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka sabab bo‘ladi.

SHuning uchun poraxo‘rlikka qarshi har bir davlat o‘z holicha kurashib keladi va qaysidir davlatda korrupsiyaga deyarli barham berilgan bo‘lsa, yana qaerdadir bu illat “gullab-yashnash”da davom etmoqda.

O‘zbekiston 2008 yil 7 iyulda BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasiga, 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo‘shilgan. SHuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Evroosiyo guruhi to‘g‘risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya qilingan.

Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatchilikning xavfsizlik va jamiyat taraqqiyotiga soladigan quyidagi tahdidlari mavjud:

Birinchidan,siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir.

Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar etkazadi.

Ikkinchidan,jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir”, degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi.

Uchinchidan,jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini emiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi.

Islohotlar davrining muayyan qiyinchiliklari sharoitida fuqarolar ongida, ayniqsa, yosh avlodning bir qismida, hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishi va qaror topishi mumkin.

To‘rtinchidan,“pul hokimiyatga intiladi”, degan bir ibora bor. Lekin bu pul jinoiy yo‘l bilan topilgan bo‘lsa-yu, uning egalari jamiyatning hokimiyat tuzilmalariga chiqib olsalar, ular qanday usullar bilan boshqarishlarini tasavvur qilish qiyin emas.

Hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi hissini kuchaytiradi.

Davlatning o‘zini obro‘sizlantiradi. Mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham unga ishonchsizlik ortib boradi.

Beshinchidan,nopok yo‘l bilan boylik orttirganlar jazodan qutulib qolish va o‘zlarining jinoiy sarmoyalarini himoya qilish uchun har qanday xatti-harakatlarga tayyor turishlarini yaxshi bilib olish lozim. Bunday kimsalar adolatli jazodan qo‘rqib, hamma ishni qilishga, hatto vaziyatni beqarorlashtirishga, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarishga shay turadilar. Bunday paytda ehtiroslarni junbushga keltirish, olomonni qo‘zg‘atish va uning orqasiga yashirinib olishdan qulayi yo‘q. Bunday odamlarning “Faqat bizga yaxshi bo‘lsa, ishimiz bitsa – bo‘lgani”, qabilidagi maslagi xudbinlikning, hamyurtlariga nisbatan surbetlarcha loqaydlikning yaqqol ko‘rinishidir.

Oltinchidan,jinoiy usullar bilan boylik va mo‘may pul orttirgan kimsalarning yangi huquq himoyachilari va hatto demokratiya uchun jafo chekkan kurashchilar sifatida siyosatga kirib olishga harakat qilayotganidan dalolat beruvchi misollar oz emas.

Ular bunday xatti-harakatlari bilan insoniyatning adolat va demokratiya kabi olijanob ideallariga naqadar jiddiy zarar etkazayotganlarini, o‘z xalqlari va mamlakatlari sha’niga dog‘ tushirayotganlarini aytib o‘tirishning hojati bormikin?

Ettinchidan,jahon xo‘jalik aloqalariga faol integratsiyalashuv, chet el investitsiyalari va tadbirkorlarini iqtisodiy o‘zgarishlar jarayoniga tortish sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan faoliyat bugun O‘zbekiston uchun ustuvor vazifalar hisoblanadi. Bu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish sharoitida korrupsiyachilarning xatti-harakatlari nafaqat mamlakatimizning halol fuqarolarini tadbirkorlikdan chetlatadi, balki chet ellik sheriklarda ishonchsizlik uyg‘otadi va ularni cho‘chitib qo‘yadi.

Natijada mamlakat g‘oyat muhim kapital mablag‘lar manbaidan, texnologiyalar va tajribadan, jahon iqtisodiy tizimining sog‘lom, sof qismiga qo‘shilish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Bunday mamlakat xalqaro xufiya va jinoiy tuzilmalar tobora ko‘proq qiziqadigan va faol ish olib boradigan makon bo‘lib qoladi.

SHu bois bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev: “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur” ligini qayta-qayta uqtirib, “Xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirishni biz birinchi darajali vazifamiz hisoblaymiz” deb, ta’kidlamoqda. Ana shu maqsadda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni ishlab chiqildi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma’qullangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 3 yanvarda imzolangan va 2017 yil 4 yanvarda matbuotda e’lon qilingan bo‘lib, 6 bob, 34 moddadan iborat.

Ushbu qonunning 3-moddasidakorrupsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan:

Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

Ø qonuniylik;

Ø fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

Ø ochiqlik va shaffoflik;

Ø tizimlilik;

Ø davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;

Ø korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;

Ø javobgarlikning muqarrarligi.



Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizning kelajagini va obro‘-e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro bu tahdidni esda tutmog‘i darkor. Halol mehnat qilish, o‘z bilimi, kuch-g‘ayrati va ijodiy qobiliyatini sarflash uchun barqaror shart-sharoit bo‘lishini istaydigan, farzandlari va yaqin kishilari kelajakda ham demokratik, fuqarolik jamiyatida sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarining samaralaridan to‘la-to‘kis foydalanishni orzu qiladigan har bir millat, har bir fuqaro, jinoyatchilik va korrupsiya yo‘liga o‘z vaqtida zarur to‘siq qo‘yilmasa, bu illatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi anglab etmog‘i lozim.

Jannatmonand yurtimizning qay burchiga nazar solmang, bunyodkorlik ishlariga, xalqimizning yaratuvchilik mehnati bilan bandligiga guvoh bo‘lasiz. Oqshomlari yurtdoshlarimiz istirohat bog‘larida, sayilgohlarda bexavotir sayr etib yurganini ko‘rib quvonasiz. Bularning barchasi mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik sharofatidan. Go‘zal diyorimizda tinchlik-osoyishtalik hukm surishi, huquq-tartibot ta’minlanishida ichki ishlar organlarining munosib hissasi bor.

Mazkur soha vakillarining kasb bayrami arafasida O‘zA O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat BOBOJONOV bilan suhbat uyushtirdi.

– Prezidentimiz uch yil muqaddam ichki ishlar organlarini xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi ijtimoiy tuzilmaga aylantirish vazifasini qo‘ygan va yurtdoshlarimiz ichki ishlar organlarining har bir xodimi timsolida o‘z himoyachisini ko‘rishi lozimligini ta’kidlagan edi. Soha vakillari tomonidan ana shu vazifa qanday bajarilayapti?

– Darhaqiqat, davlatimiz rahbari doim ikki masalaga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Birinchisi, Vatanimiz taraqqiyotining eng muhim omili bo‘lgan yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlash, ikkinchisi, aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish, ma’nan va jismonan barkamol avlodni voyaga etkazish.

Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi.

So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, keng ko‘lamli islohotlar jarayonida asosiy e’tibor yuksak texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, mamlakatimizga chet el investorlarini jalb qilish, sog‘lom raqobat muhitini yaratishga qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida xorijiy kompaniya va korporatsiyalar, ishbilarmon doiralar o‘z sarmoyalarini tinchligi barqaror mamlakatga sarf qilishini alohida ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, tinchlik va osoyishtalik barqaror yurtga investitsiya keladi, bunday davlat har tomonlama yuksaladi, taraqqiy topadi. Aholisi sog‘lom mamlakatda esa barkamol avlod voyaga etadi. Bunday yurt qudratli bo‘ladi.

Biz – ichki ishlar organlari xodimlari zimmasiga yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdek mas’uliyatli va sharafli vazifa yuklangan. SHu nuqtai nazardan, tizimni isloh qilish va zamon talablari asosida takomillashtirish davlatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Agar e’tibor bersak, Prezidentimiz imzolagan ilk huquqiy hujjat aynan 2016 yil 16 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonuni bo‘ldi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ichki ishlar organlarida tub islohotlar amalga oshirilib, mutlaqo yangi tizim shakllantirildi. Ichki ishlar organlarini aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatadigan, xalq manfaatlariga xizmat qiladigan professional, xalqchil tuzilmaga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borildi.

Bugungi kunda turli xavf-xatar va tahdidlar, xalqaro terrorizm va ekstremizm, korrupsiya, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, axborot xuruji va yot g‘oyalarga qarshi kurashish, ularga barham berish bo‘yicha ichki ishlar organlari oldiga yangi vazifalar qo‘yildi. Xususan, faol investitsiya siyosati yuritilmoqda, zamonaviy korxonalar barpo etilmoqda, soliq tizimi tubdan isloh qilinib, tadbirkorlik va xususiy mulkni rivojlantirish, barcha soha va tarmoqlarda innovatsiya, ilm-fan yutuqlari, yangicha va ijodiy yondashuvlarni joriy etishga alohida e’tibor berilmoqda. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari eng chekka hududlarga ham yangilanish nafasini, bunyodkorlik ruhini olib kirmoqda.

Jamiyatimizda “Qonun va adolat – ustuvor”, “Jinoyatga jazo muqarrar” degan muhim prinsiplarni ta’minlash, ichki ishlar organlarini tom ma’noda inson huquq va manfaatlari himoyachisiga aylantirish bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Tizim oldiga qo‘yilgan bunday vazifalarni bajarish ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishni taqozo etadi.

SHu bois ham asosiy e’tibor quyi bo‘g‘inni kuchaytirishga qaratilib, bevosita mahallalarda kriminogen vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishga ta’sir ko‘rsata oladigan ixcham va mobil tizim shakllantirildi. Ichki ishlar organlarini xalqqa yanada yaqinlashtirish maqsadida olis aholi punktlarida 824 ta tayanch punkti tashkil etildi. Profilaktika inspektorlari soni 1552 nafarga ko‘paydi. Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha 30 ta boshqarma va ularning 161 ta bo‘limi tashkil etildi.

Ichki ishlar organlari tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilib, “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz poytaxt”, “Xavfsiz hudud”, “Xavfsiz turizmni ta’minlash”, “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash”, “Xavfsiz xonadon” konsepsiyalari amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning viloyatlarga tashriflari yakuni bo‘yicha hududlarning o‘ziga xos tajribasi sifatida Andijon viloyatida “Namunali hudud”, Buxoro viloyatida “Xotin-qizlar bilan ishlash”, Farg‘ona viloyatida “YOshlar bilan ishlash”, Bo‘ka tumanida “Prezidentning beshta tashabbusi”, Jizzax viloyatida “Jinoyatga qarshi kurashish haqiqati va adolati”, Sirdaryo viloyatida “Jinoyatdan xoli mahalla” konsepsiyalari yaratildi. Ichki ishlar organlarining boshqa huquq-tartibot idoralari va keng jamoatchilik bilan hamkorligi natijasida 9116 ta mahalladan 4518 tasida umuman jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

“Jinoyatga qarshi kurashish haqiqati va adolati” tamoyilidan kelib chiqqan holda, jinoyatning kelib chiqish sabablarini chuqur o‘rganish va tahlillar asosida zarur chora-tadbirlarni belgilash, qolaversa, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, har bir hududning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda zarur chora-tadbirlar belgilash muhim deb o‘ylayman.

Aytish kerakki, Prezidentimiz tashabbusi bilan “Mahalla posboni” tuzilmasi rahbari lavozimi o‘rniga profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi lavozimi joriy etilib, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ularning shaxsiy javobgarligi belgilab qo‘yildi. Bu borada mazkur tuzilmaga ana shu talabga to‘liq javob bera oladigan munosib kadrlarni tanlash belgilangan. Jinoyatlarning kelib chiqish sabablari oiladagi muhitga ham bog‘liq ekani bois oilalar bilan ishlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Har haftaning payshanbasi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” etib belgilanib, aholi o‘rtasida keng qamrovli huquqiy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Bunday tadbir va uchrashuvlarda har bir jinoyatning kelib chiqish sababi, unga olib kelgan shart-sharoitlar tahlil qilinib, mahalla faollari va keng jamoatchilik ishtirokida zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Davlatimiz rahbari har bir ichki ishlar organi xodimi timsolida yurtdoshlarimiz o‘z himoyachisini ko‘rishi lozimligini ta’kidlagan edi. Bu borada ichki ishlar organlarining imijini oshirish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratining yangi tizimi o‘rnatilgani, joylarda birinchi rahbarlardan boshlab profilaktika inspektorlarigacha bo‘lgan bo‘g‘indagi mas’ullarning xalq oldida hisobot berish amaliyoti joriy qilinishi odamlarda davlat idoralariga ishonch yanada ortishiga zamin yaratmoqda.

SHuning uchun ham bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlari yangicha dunyoqarash, yangicha tafakkurga ega bo‘lishi, ish uslubini o‘zgartirishi, bilimli, salohiyatli va fidoyi bo‘lishi lozim. Bunday maqsadlarga erishish uchun har bir xodim doimiy ravishda o‘z ustida ishlab, zimmasiga yuklatilgan vazifani vijdonan bajarishi, o‘zini Vatan taqdiriga daxldor deb bilishi, xalqimizning tinch-osoyishta hayotini ta’minlash yo‘lida bor bilim va tajribasini safarbar etishi zarur.

Xodimlarning fuqarolar bilan muomala madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratilib, “Ichki ishlar organlarining tashqi sohaviy xizmatlari faoliyatida axloq va muloqot madaniyati kodeksi” tasdiqlangan. Ushbu Kodeksda xodimning fuqarolar bilan muloqot madaniyati mezonlari, asosiy qoidalar, majburiyat va vakolatlari belgilandi. Bu kabi sa’y-harakatlar, avvalo, ichki ishlar organlari xodimlarini xalqimizga yanada yaqinlashtirish, fuqarolarning soha xodimlariga nisbatan ishonchi ortishiga erishish imkonini beradi. Albatta, xalq manfaati yo‘lida xizmat qilayotgan har bir xodim, avvalo, o‘zining bilimi, ma’naviyati va dunyoqarashi kengligi bilan ajralib turishi kerak.

– Davlatimiz rahbari ichki ishlar organlari oldiga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oqibati bilan kurashish emas, ularning barvaqt oldini olish vazifasini qo‘ygan edi. Ana shu vazifani bajarish yo‘lida nimalar qilinmoqda va qanday natijalarga erishilmoqda?

– Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida 2018 yil yakuni bo‘yicha har bir mintaqada sodir etilgan jinoyatlar chuqur tahlil qilinib, hududlarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda jinoyatchilikning oldini olish va uni jilovlash bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi.

YUqorida ta’kidlanganidek, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirlari doirasida tashkil etilayotgan ishlar ham huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga xizmat qilmoqda. Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda profilaktika inspektorlari muhim o‘rin tutadi. Profilaktika inspektorlari tomonidan aholi muammolarini tizimli o‘rganish, ularni bartaraf etish maqsadida 9,5 millondan ortiq xonadon o‘rganildi. Uyma-uy yurib o‘rganishlar natijasida 22 mingdan ziyod oilaning notinchligiga barham berildi, 9 mingdan ortiq yosh oila ajrashib ketishining oldi olindi. Jamoatchilik bilan yaqin hamkorlik va muloqot o‘rnatilgani natijasida joriy yilning 9 oyida 4518 mahallada bironta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

SHuningdek, sodir etilgan har bir jinoyat sektor rahbarlari ishtirokida mahallalarda, aholi o‘rtasida keng muhokama qilinib, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab borilmoqda.

Muhokamalar natijasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha mutasaddi idoralarga 18 mingdan ortiq taqdimnoma kiritildi. Fuqarolarda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish, huquqiy savodxonligini oshirish borasida 252 mingdan ortiq uchrashuv va davra suhbati o‘tkazildi. SHunday profilaktik tadbirlar natijasida joriy yilning 9 oyida umumiy jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26 foizga (34243 tadan 25344 taga) kamayishiga erishildi.

– YUrtdoshlarimiz shahar ko‘chalarida ichki ishlar organlari xodimlari bilan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari birgalikda xizmat o‘tayotganiga o‘rganib qolishdi. Bunday o‘zaro hamkorlik qanday samara berayapti?

– Tarixdan ma’lumki, jamiyatda adolat hukm surib, tinchlik-osoyishtalik qaror topsa, albatta, mamlakat yanada ravnaq topadi, uning nufuzi ortadi. Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning “Xalqimiz ertaga yoki kelajakda emas, balki bugun yaxshi va munosib hayot kechirish kerak” degan so‘zlari barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy poydevorini tashkil etadi.

Bu borada o‘tgan davrda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, huquq-tartibotni mustahkamlash yo‘lida Prezidentimiz tashabbusi bilan jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida keng qamrovli islohotlar olib borildi. Bunda alohida e’tibor hodisa va ijtimoiy xavfli qilmishlar oqibatiga emas, balki ularning asl kelib chiqish omillarini aniqlash va barvaqt oldini olishga qaratildi.

Eng muhimi, jinoyatlar dinamikasi, ya’ni vaqti bo‘yicha asosiy qismi (70 foizi) kechki va tungi vaqtlarda qayd etilayotganiga o‘z vaqtida e’tibor qaratib, jamoat tartibini ta’minlash kuchlari imkoniyatidan oqilona foydalanishga qaratilgan samarali tizimni belgilab berdi.

– Mamlakatimiz bo‘ylab korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilmoqda. Siz rahbarlik qilayotgan tizimda ushbu illatning ildiziga bolta urish, xodimlar ma’naviyatini yuksaltirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar xususida ham to‘xtalsangiz.

– Hech kimga sir emas, agar jamiyatda qonun ustuvorligi ta’minlanmasa, odamlarda nafaqat bugungi, balki ertangi kunga ham ishonch yo‘qoladi. Qaerda shaxsiy manfaat har narsadan ustun qo‘yilsa, o‘sha joyda korrupsiya ildiz otib, oxir-oqibat davlat tanazzulga yuz tutadi. Bunday jamiyatni har qanday ongli odam tark etish chorasini qidiradi, hech bir xorij investori o‘z mulkini, sarmoyasini bunday mamlakatga kiritishni xohlamaydi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, investor sarmoya kiritishdan oldin mamlakatda yaratilgan shart-sharoit va muhit to‘g‘risida davlat idoralari vakillaridan emas, balki tadbirkorlardan so‘raydi.

SHuning uchun ham davlat organlari xodimlarining vijdonli va halol bo‘lishi katta ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, korrupsiya darajasi davlatning xalqaro hamjamiyatdagi obro‘-e’tiborini belgilovchi muhim omillardan biri sanaladi. Bugun korrupsiya balosi hammani birdek tashvishga solayotgan jiddiy muammolardan biriga aylangan. SHuning uchun dunyodagi barcha davlatlar, jumladan, O‘zbekiston ham ushbu illatning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurashga kirishgan.

Davlatimiz rahbari ko‘plab ma’ruza va chiqishlarida poraxo‘rlik, ta’magirlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilishga qarshi kurash butun jamiyatning maqsadiga aylanishi kerakligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib, “Jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, unga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekanligini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur” deb ta’kidlagan.

Mamlakatimizda shaxsning mansabi va mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi ta’minlanmoqda, jinoiy qilmishlar sodir etgan mansabdor shaxslarga ham qonuniy choralar ko‘rilmoqda. Joriy yil 27 may kuni Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilinib, 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi tasdiqlandi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.

Bugungi kunda yuqorida qayd etilgan qonun hujjatlari hamda davlat dasturlaridan kelib chiqib, ichki ishlar organlarida ham korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Bundan tashqari, joriy yilning o‘zida Vazirlikning aynan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishiga oid muhim hujjatlari qabul qilindi. Xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik va murosasizlik immunitetini shakllantirish maqsadida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar ta’sirchanligi oshirilmoqda. Bosh prokuratura bilan hamkorlikda xodimlarni o‘qitish bo‘yicha trening kurslari o‘tkazilmoqda. SHu bilan birga, joriy yilning dekabr oyi “Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”, deb e’lon qilindi va mazkur oylik doirasida bir qator tashkiliy, amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

YAxshi ma’lumki, korrupsiyaga barham berish va uning oldini olish masalasida shunchaki profilaktik tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazish yoki jazolash bilan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Bu muammodan xoli bo‘lish albatta, tizimli yondashuvni talab etadi. SHuning uchun ham Prezidentimiz tomonidan xodimlarimizni ijtimoiy himoya qilish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. SHuningdek, ularga xizmat uy-joylari, imtiyozli kredit asosida avtomashina va uzoq muddatga mo‘ljallangan kreditlar, farzandlariga ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma va shu kabi boshqa ko‘plab imtiyozlar berilmoqda. Ichki ishlar organlarida maxsus jamg‘armalar tashkil etilib, ustama haq to‘lash orqali xodimlar mehnati qo‘shimcha rag‘batlantirib kelinmoqda. Amalga oshirilayotgan bunday sa’y-harakatlar albatta, o‘z samarasini bermoqda.

Bu borada quyidagi vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim:

birinchidan, ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishni kuchaytirish;

ikkinchidan, korrupsiyaning xavf-xatarlarini chuqur tahlil qilish asosida xodimlarni ushbu illat va uning oqibatlaridan xabardor qilish maqsadida huquqiy targ‘ibot ishlarini jadallashtirish;

uchinchidan, xizmat vazifasi yuzasidan bevosita fuqarolar bilan muloqotda bo‘ladigan, korrupsiya xavfiga uchrash ehtimoli yuqori bo‘lgan sohaviy xizmatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda inson omilini kamaytirish;

to‘rtinchidan, ichki ishlar organlari xodimlariga pora taklif qilgan va boshqa noqonuniy maqsadlarni ko‘zlagan shaxslarga nisbatan kurashish borasida olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish;

beshinchidan, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va moddiy rag‘batlantirish masalasi doimiy diqqat-e’tiborda bo‘lishi;

oltinchidan, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashishda barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning mas’uliyati va javobgarligini oshirish;

ettinchidan, davlat hokimiyati institutlariga ishonch va korrupsiyaga qarshi choralarning ta’siri darajasini baholash maqsadida jamoatchilik fikrini o‘rganish.

Muxtasar aytganda, ushbu masalaga hech birimiz befarq bo‘lmasligimiz, korrupsiyani jamiyatimizdan ildizi bilan sug‘urib tashlash uchun hamjihatlikda kurashishimiz lozim.

– Prezidentimiz o‘tgan yili yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar qoniqarli emasligini tanqid qilgan edi. Ushbu tanqiddan qanday xulosa chiqarildi?

– Bugungi kunda mamlakatimizda ayollarning jamiyatdagi o‘rni kengayib, oila mustahkamligi, farzand tarbiyasi kabi masalalarni o‘rganish, xotin-qizlar bilan bog‘liq turli salbiy oqibatlarning oldini olishga e’tibor tobora kuchaymoqda. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida ijtimoiy-huquqiy himoyaga muhtoj, og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, jumladan, oilaviy muammolarga, turmushida zo‘ravonlikka duch kelgan ayollarni aniqlash, ular bilan yakka tartibda profilaktik tadbirlar o‘tkazish va shu orqali sog‘lom turmush tarziga qaytarish eng dolzarb masalaga aylandi.

Prezidentimiz joriy yil 29-30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyatni xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha barcha masalalarda namunali hududga aylantirish vazifasini qo‘ygan edi. SHundan so‘ng viloyatdagi barcha xotin-qizlarning turmush sharoiti o‘rganilib, moddiy, ma’naviy, tibbiy, ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar aniqlandi, ularga tizimli yordam ko‘rsatish ishlari boshlandi.

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 iyundagi qaroriga asosan respublika, viloyat va tuman (shahar) ichki ishlar organlari tizimida xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha 360 ta inspektor shtati joriy etildi. Ular zimmasiga Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, mahalla faollari, mahallalardagi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek, boshqa hamkor tashkilot va idoralar bilan birgalikda ayollarning huquqi, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qiyin ahvolga tushib qolgan har bir xotin-qizga yordam ko‘rsatishni tashkil etish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish vazifalari yuklatildi.

Ayni paytda ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda mahallalarda uyma-uy yurib, aholining tashvish va muammolarini o‘rganish asosida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga amaliy yordam ko‘rsatmoqda.


Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish