To‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbariyatga murojaat qilish, ya’ni vazirlik tizimining har bir xodimi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganligini to‘g‘risida ishonchli va asosli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda belgilangan choralarni ko‘rish uchun to‘sqinliksiz idora rahbari va adliya vaziriga murojaat qilishi mumkin.
Fuqarolik jamiyati vakillari bilan o‘zaro hamkorlik, ya’ni adliya organlari o‘zlariga yuklatilgan funksiyalarni bajarishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini halollik, xolislik va mustaqillik asosida mustaqil nazorat qilish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillarini jalb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |