13.Mavzu: Yog’ochga ishlov berish dastgohlari
Reja
1. Frezerlash stanoki. Bo’ylamasiga frezerlash dastgohlari
2. Kesish asboblari
3. Randalash asboblari
Tayanch iboralar:Frezerli stanok, qirra, frezalash, reymus, zagatovka, madel, avtomatik, stanok, sirt,ishlov berish,randalash,igri,tores sirtlari, pichoqlar, plita, kallak,shpindel,tig’,vint,val.
1. Frezerlash stanoki. Bo’ylamasiga frezerlash dastgohlari
Zagotovkalarnimg qatlam hamda qirralariga frezalash usuli bilan tekis hamda profili bo’yicha ishlov berish uchun randalash stanogi, reysmusli stanok va zagotovkaga to’rt tomonlama ishlov beradigan
bo’ylamasiga frezalash stanoklaridan foydalaniladi.
Bo’ylamasiga frezalash stanoklarining hamma modellarida suruvchi qurilmalar bor va ularning ko’pchiligi jo’validir.
Ammo randalash stanoklari bundan mustasno, ularda zagotovka qo’lda suriladi, ayrim modellardagina avtomatik uzatkichlar mavjud.
Bo’ylamasiga-frezalash stanoklarida ulariing konstruksiyasiga qarab, quyidati operasiyalardan birontasi bajariladi:
zagotovkaning biror yon qirrasini tekislab sirt hosil qilish, masalan, baza sirt hosil qilish uchun yog’och qatlamini silliqlash;
zagotovkaning tekislangan bir yon sirtiga yondosh sirt yo’nish bilan birga, bu sirtlar orasida bir-biriga nisbatan to’g’ri burchak hosil qilish;
zagotovkaning bir-biriga nisbatan to’g’ri burchak hosil qiladigan ikkita yondosh yon qirralarini bir yo’la yo’nib tekislash;
dastlab baza sirt hosil qilingan zagotovkaning yon qirralaridan birini
yo’nish va bu sirtlar orasida talab qilingan masofa hosil qilish;
zagotovkaning o’zaro parallel ikkita sirtini bir yo’la yo’nib, u l a r o r a s i d a t a l a b q i l i n g a n m a s o f a h o s i l qilish ;
zagotovkaning barcha yon qirralariga bir yo’la ishlov berish , ularning profiliga ishlov berish, ba’zan bu ish zagotovkani eni yoki qalinligi bo’yicha kesish bilan birga qo’shib bajariladi.
Bo’ylamasiga frezalash stanogiga uzatiladigan taxta, brusok va zagotovkalar GOST 25454—80 va 2695—71 talablariga mos bo’lishi shart.
Bu materiallar arralangandan va quritilgandan keyin ularning shakllari
to’g’ri parallelepipedga o’xshamay qoladi; ular orasida tob tashlagan, egri, qiyshiq, cheti yo’nilmagan, tores sirtlari va yon sirtlari o’zaro parallel
bo’lmagan, tores sirtlari taxta yoki zagotovkaning bo’ylama o’qiga nisbatan perpendikulyar bo’lmaganlari uchraydi. Bo’ylamasiga-frezalash stanoklarida o’lchamlari va nuqsonlari standartda ko’rsatilgan normadan chetga chiqmagan taxta va zagotovkalargina ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |