2.To’g’ri tirnoqli birikmalar
Duradgorlik buyumlari tayyorlashda ularning sifatli chiqishi va detallarning puxta birikishini ta’minlash maqsadida, uning shakli va o’lchamlariga qarab har xil ko’rinishdagi bir tirnoqli, ikkn tirnoqli, ko’p tirnoqli ochiq, yashirin va yarim yashirin tirnoqli birikmalar hosil qilinadi. Ulardan eng soddasi va eng ko’p qo’llanadigani ochiq ko’rinishidagi bir tirnoqli birikmalardir(70 –rasm).
70-rasm.
To’g’ri tirnoqli birikmalar.
Bir tirnoqli birikmalar hosil qilish mashqi quyida ko’rsatilgan tartibda bajariladi.
1. Birikmaga mos yog’och tanlanadi, randalash uchun qo’yim qoldirib undan material arralab olinadi.
2. Chizma asosida l uzunlikdagi, eni a, qalin,ligi h bo’lgan ikkita brusok
tayyorlanadi yoki dasta bet bog’lashni o’rganish uchun ishlatilgan tayyor brusoklardan foydalaniladi.
3. Brusoklarning uchlarini guniya asosida arralab to’g’ri burchakli qirqimlar hosil qilingandan so’ng tirnoq va quloqlar rejalanadi. Buning uchun brusoklarning
uchida o’lchamda tirnoq va quloq uzunligi rejalanib, qolgan tomonlarga guniya yordamida olib o’tiladi. Bir tirnoqli birikmalarda tirnoqning qalinligi yoki quloqning kengligi brusok qalinligining 1/3 qismiga teng qilib olinadi (shuni hisobga olib ko’pincha bir tirnoqli birikmalarda brusokning kalinligini 3 ga qoldiqsiz bo’linadigan o’lchamda tayyorlanadi). Shuning uchun tirnoq va quloq o’lchamlarini rejalashda xatkashning bir cho’pini brusok qalinligining 1/3 qismiga
h/3, ikkinchi cho’pini brusok qalinligining 2/3 h qismiga teng o’lchamga sozlanadi va ikkala cho’p yordamida «bet»larga nisbatan brusok chetlariga reja chiziladi.
4. Reja asosida tirnoq chiqarish va quloq ochish uchun birinchi navbatda tilish ishi olib boriladi. So’ng tirnoq chiqarish uchun kertish va quloq ochish uchun o’yish ishi bajariladi.
5. Tirnoq va quloqlarni o’zaro bir-biriga kiritib birikma hosil qilingach, uning jipsligi ta’minlanadi. Jipslikni ta’minlash chaspakli dastarra yordamida olib boriladi. Buning uchun birikmaning chokiga ham «bet»dan, ham orqadan arra arralanadi.
Birikma hosil qilishni bir necha bor mashq qilinadi. Ikki tirnoqli birikmalarda har bir tirnoqning qalinligi brusok qalinligining 1/5 qismiga teng qilib chiqariladi, quloqlar unga moslab ochiladi(71-rasm).
71-rasm.
Tirnoqlarni arra yordamida ochish.
Ikki tirnoqli birikmalar hosil qilishda birinchi navbatda tirnoqlar chiqariladi. So’ng tirnoqlarga moslab quloq o’rinlari rejalanadi.
Ko’p tirnoqli birikmalarda ham oldin tirnoqlar chiqarilib, so’ngra ular asosida
quloq o’rinlari rejalanadi.
Ikki tirnoqli va ko’p tirnoqli birikmalarda ikki cho’pli xatkashlar yordamida rejalash mumkin emas. Ular uchun maxsus ko’p chizg’ichli xatkashlar
tayyorlanadn yoki andazalardan foydalaniladi.
Bir tirnoqli yashirin yoki yarim yashirin birikmalarda quloq, o’rnida uya yoki teshik ochiladi. .Buning natijasida tarnoq butunlay ko’rinmaydi yoki tirnoqning uch qismigina ko’rinadi. Shunga ko’ra yashirin tirnoqli birikmalarda uya (brusokning eniga qarab) brusok enining 2/3 yoki ¾ qismigacha o’yilib, tirnoqning uzunligi unga moslab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |