36-rasm.
Yog’ochdan xari, taxta va pushtaxta xosil qilish.
37-rasm.
Arralangan yog’och namunalari. a-ikki tomonlama
tekislangan to’sin, b-uch tomonlama tekislangan to’sin, s- to’rt tomonlama tekislangan to’sin, d-cheti qirqilmagan taxta, ye-chetlari qirqilgan taxta(1-yuzasi, 2-yon tomoni, 3- qirrasi, 4-ko’ndalang yuzasi),
f-chala tekislangan taxta, j-tekislangan taxta, i-to’sin, k- pushtaxta, l-tekislangan pushtaxta, m-tekislangan shpal, n- tekislanmagan shpal.
Xarini brus yoki taxtalarga tilishdan chiqqan eng chetki ikki taxtasiga pushtaxta deyiladi (37-rasm, k,l). Pushtaxtalar, odatda, to’shama qatlamlarga va muvaqqat (yordamchi) imoratlarga ishlatiladi.
Tilingan yog’och materiallar qay tarzda ishlov berilganligiga (ko’ndalang kesimining shakliga), eni bilan yo’g’onligi (qalinligi)ning bir-biriga bo’lgan nisbatiga qarab bir necha xilga ajratiladi (37-rasm). Eni qalinligidan ikki baravardan ziyod bo’lgan yog’och materialga taxta deyiladi, eni ikki qalinligidan oshmaydigan material esa bruscha deb ataladi (37-rasm,ye,i).
Taxtalar, yupqa (qalinligi 35 mm gacha — yo’nilgan taxta) va qalin (qalinligi 35 mm dan ziyod) taxtalarga ajratiladi.
Taxtalar qay tarzda ishlov berilganligiga, ya’ni ko’ndalang kesimining shakliga qarab, yon chetlari arralangan, ya’ni to’g’ri qirrali taxtalarga xamda yon chetlari
arralanmagan taxtalarga ajratiladi (38-rasm). Yon chetlari arralangan taxta deganda, har ikki yoni boshidan oxirigacha yoki bo’yining yarmigacha arralangan
(olingan) taxta tushuniladi, yon chetlari arralanmagan taxta deganda, yonlari mutlaqo arralanmagan yoki bo’yinning yarmidan kamroq qismigacha arralangan (olingan) taxta tushuniladi.
38-rasm.
Xodani uzunasiga tilishda: a-bir xil oraliqdagi, v-turli xil oraliqdagi, s-radial yo’nalishda taxtalar hosil qilish.
Taxtaning enli ikki tomoni yuza (plast) deb ataladi. Yoni olingan va olinmagan taxtalarning ostki va ustki yuzalari boshdan oxirigacha arralangan bo’lishi lozim. Taxtabop xari to’rt tomonidan xam arralansa, bruslar xosil bo’ladi. Bruslarning ko’ndalang kesimi katta bo’ladi, ular bruschalardan shunisi bilan farq qiladi. Tilingan yog’och materiallar qarag’ay, qoraqaragay, tilog’och, pista qarag’ay (kedra) va oqqarag’ay (pixta) daraxti tanasidan tayyorlanadi. Yaproqli daraxtlar turidan bo’lgan yog’och materiallar ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan konstruksiyalarga ishlatiladi.
Taxta va bruslarning standart uzunligi 1 dan 6,5 m gacha bo’lib, bir o’lcham
ikkinchisidan 0,25 m farq qiladi, ko’priklar qurishda ishlatiladigan taxta va bruslarning uzunligi esa 9,5 m gachadir.
Bruslar ko’ndalang kesimining o’lchami 110x110 mm dan 220x260 mm gachadir. Yog’ochning sifatiga va qanchalik toza ishlanganligiga qarab bruslar to’rt sortga ajratiladi. Taxtalarning har bir sortiga qanday talablar qo’yilsa, bruslarning sortiga ham xuddi shu talablar qo’yiladi, biroq nuqsonlarga taalluqli talablar uncha katta
emasdir. Masalan, brusda buramalik va xilma-xil ko’zlar taxtadagiga nisbatan
ko’proq bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |