1. Mavzu: Yog’



Download 9,79 Mb.
bet18/86
Sana18.02.2022
Hajmi9,79 Mb.
#450517
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   86
Bog'liq
yogochga ishlov berish va duradgorlik dastgohlari

14-rasm.
Cho’zilishga chidamliligini tekshirish namunasi.

Mashinaning kuch o’lchagichidan maksimal nagruzka Rmaks 5 kG/sm2 gacha aniqlikda hisoblab chiqariladi.


Ishlaydigan qismi yemirilmagan namunalarni sinash natijalari hisobga olinmaydi. Sinab bo’lgach, namunalarning namlik darajasi aniqlanadi.
Namunalarning namligi o’zgartirilmagan vaqtdagi mustahkamlik chegarasi quyidagi formula bo’yicha 5 kG/sm2 gacha aniqlikda hisoblab chiqariladi:



σach.ch (W) =


bu yer da Rmaks maksimal nagruzka, kG;
Рма лс
ав

a — namuna ish qismining o’rtacha kengligi, sm;
— namuna ish qismining o’rtacha qalinligi, sm.
Nina bargli daraxt (yog’och)ning namlik darajasi uning tolalar bo’ylab cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasiga arzimaydigan darajadagina ta’sir etadi; shuning uchun ularning cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasini topishda yuqoridagi usul qo’llanilmaydi.
Aniq namunalarning tolalar boylab chozilishdagi mustahkamlik chegarasi 800
1500 kG/sm2, tolalarning kondalang cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi esa
15100 kG/sm2 atrofidadir.
4.Yogochning fizik xossalari
Materialning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning ximiyaviy tarkibini
o’zgartirmaydigan xossalar yog’ochning fizik xossalari deb ataladi.
Yog’ochning fizik xossalariga uning rangi, tovlanishi, tob tashlab eshilishi, tabiiy guli, xidi, namligi, nam ta’sirida bo’kilishi, quruvchanligi, zichligi, nam
o’tkazuvchanligi, issiqliq o’tkazuvchanligi, tovush o’tkazuvchanligi, elektr
o’tkazuvchanligidan iborat.
Rang yog’och materiallarning turlarini va ularning sifatlarini aniqlashga imkon beradigan muhim xossalaridan biri.
Yog’ochning rangi avvalo uning turiga va o’sish sharoitiga bog’liq.
Yog’ochning hidi. Yog’och undagi smolalar, efir moylari, oshlash kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog’lik holda har xil hidli
bo’ladi.
Yog’ochning o’zak qismi o’tkir hidli bo’lib, unda yuqoridagi moddalar ko’p bo’ladi.
Yog’ochning namligi. Namlik daraxtning xayoti va uning o’sishi uchun kerak bo’lgan asosiy omillardan biridir.
Namlik daraxtning o’sish sharoitiga va turiga yangi kesilgan yoki eski
kesilganligiga quritilgan yoki quritilmaganligiga qarab oz yoki ko’p bo’ladi.
Yog’ochning namligi quyidagi formula yordamida topiladi; V= f /G’100%
bu yerda f- nam va quruq yog’och og’irliklarining ayirmasi
F- absolyut quruq yog’ochning og’irligi,
Yog’ochning namligi ikki usul bilan aniqlanadi.
1) Laboratoriya usuli bilan aniqlanadi.
2) Sun’iy yo’l bilan aniqlanadi.
Laboratoriya sharoitida nam va quritilgan yog’ochlarning og’irligini tortish yo’li bilan, formula yordamida va namlikni ulchaydigan asbob – elektrovlagomer yordamida.

Laboratoriya holatida namlikni aniqlash uchun taxta yoki brusokning uchidan 0,5 m gacha qirqib tashlab qolgan qismidan 10-15 mm qalinlikda butoqsiz biror-bir nuqsonsiz namuna arralab olinadi (8-rasm). Namuna tozalab tortiladi va quritgich shkaflarda 100-105° temperaturada quritiladi. Quritish vaqtida namunani birinchi bor 6 soatdan keyin tortib ko’riladi, ikkinchi va undan keyingi tortishlar xar ikki soatdan so’ng takrorlana boradi. Quritish so’nggi tortishlar bir-biridan farq qilmay qolgunga qadar davom ettiriladi.
Namunalar ixtiyoriy bir usul bilan quritiladi (yoz kunlari ochiq havoda quyosh issiqligida, qish kunlari isitish batareyalariga qo’yib va x.k.)
Topilgan qiymatlar
B f 100% PH PK 100%
F PK
formulaga qo’yilib, xar bir namunaning namligi aniqlanadi.
Yog’ochlarni namligiga qarab; xo’l, chala quruq, ochiqda qurigan, uyda qurigan va absolyut quruq deb bir-biridan farq qilinadi.
Yangi kesilgan daraxtning namligi turiga, kesilgan vaqtiga qarab 40% va undan ortiq bo’ladi. Xo’l yog’ochning namligi 23% va undan ortiq. Chala quruq yog’ochning namligi 18% dan 23% gacha.
Ochiq havoda qurigan yog’ochning namligi 12% dan 18% gacha. Uy ichida
qurigan yog’ochning namligi 8% dan 12% gacha.
Absolyut quruq yog’ochning namligi 0% bo’lib, bu laboratoriya sharoitidagina olinadi.
Duradgorlik ishlari va mebelsozlikda namligi 8-12% o’rtasida bo’lgan uyda
qurigan va namligi bundan kam bo’lgan yog’ochlarni ishlatishga ruxsat etiladi.
Yog’ochlarning qurishi natijasida o’lchamlarini qisqartirishi, yorilishi, nam tortib bukilishi, tob tashlab qiyshayishi kabi xollar yog’ochning namligiga bog’liq.
Yog’ochlarning qurishi natijasida yog’och materiallar o’lchamlarini
qisqartiradi (9-rasm).
Qurish natijasida yog’ochning o’lchamlari turli yo’nalishda turlicha qisqaradi. Yog’och bo’yicha ya’ni tolalar yo’nalishi bo’yicha 0,1 dan 0,3 gacha; ko’ndalang qirqim radiusi, ya’ni o’zak nurlari bo’yicha 3 dan 5% gacha. Agar quruq yog’ochni zax xonalarda yoki ochiq havoda saqlansa, u nim tortib bukiladi
va o’lchamlari, xajmi, og’irligi ortadi, shakli o’zgaradi. Yog’ochlarning nam tortib buzilishi, ishdan chiqishining oldini olish maqsadida ularni ishlatish sohasiga qarab tug’ri tanlash, xizmat sharoitiga mos namlikdagilardan foydalanish kerak.
Tob tashlab qiyshayish yog’ochlarning turli yo’nalishda turlicha qurishiga bog’lik. Taxtaning o’zakka yaqin tomoni sekin qurib, tashqi pustloq osti tomoni nisbatan tez quriydi. Tashqi tomon tez qurib, tortishib taxtaning o’zak tomonini tortadi. Buning natijasida taxtaning bir tomoni dung (qovariq), ikkinchi tomoni nov
(botiq) shaklga keladi (10-rasm, a).
Tob tashlash faqat yog’ochning ko’ndalang qirqimida sodir bo’lib qolmasdan, balki bo’ylama tob tashlash ham ro’y beradi. U yog’ochning bo’yiga egilishi (10-rasm, b) shuningdek vintsimon tob tashlash yoki eshilish ko’rinishida
(10-rasm, n) ro’y berishi mumkin. Yog’ochning og’irligi uning turiga, tuzilishiga va namligiga bog’liq.
Yog’ochning solishtirma va xajmiy og’irligi bo’ladi. Solishtirma og’irlik xech qanday g’ovakligi, namligi bo’lmagan absolyut zich yog’ochning og’irligi, solishtirma og’irlik g/sm3 larda ifodalanadi.
Tovush o’tkazuvchanlik deb, yog’och materiallarning tovushini o’tkazish
qobiliyatiga aytiladi. Yog’ochning tovush o’tkazish qobiliyati yuqori. Yog’och
tolalari yo’nalishi bo’yicha tovushni havoga nisbatan 15-18 marta, eni bo’yicha 3-6 marta tez o’tkazadi.
Yog’ochlarning issiqlik o’tkazish qobiliyatiga issiqlik o’tkazuvchanlik
deyiladi. Yog’och boshqa materiallarga qaraganda issiqlikni yomon o’tkazadi.
Issiqlik o’tkazuvchanlik yog’ochning xajmiy og’irligiga, namligiga, temperaturasi va tolalarning yo’nalishiga bog’liq.

Download 9,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish