1-mavzu. Yangilanish davrida ona tili ta’limini o‘qitishning huquqiy-me’yoriy asoslari. Reja



Download 138,5 Kb.
bet1/7
Sana06.06.2022
Hajmi138,5 Kb.
#641250
  1   2   3   4   5   6   7

1-mavzu. Yangilanish davrida ona tili ta’limini o‘qitishning
huquqiy-me’yoriy asoslari.
Reja:

  1. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida o‘zbek tili ta’limini rivojlantirishning metodologik asoslarining yaratilishi.

  2. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni, O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantiirsh konsepsiyasi va boshqa rasmiy hujjatlarda filologik ta’lim va tadqiqot samaradorligini oshirish masalalari.

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak”1, degan muhim vazifa qo‘yildi.


Yangilanish davrida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Davlatimiz rahbarining Farmon va Qarorlari o‘zbek tilini o‘rganish, uning davlat tili maqomini mustahkamlash, mamlakatimiz va jahonda keng targ‘ib qilish ishlarini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim tarixiy qadam bo‘ldi.
Rasmiy ta’lim-tarbiya uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qiladi. Uning boshqa ta’lim-tarbiyalardan farqi shuki, jamiyat talabi asosida ishlab chiqilib, davlat buyurtmasi, talablari mazmun mohiyatiga mos tasdiqlangan dastur, ishchi reja asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni, 2019-yil 21-oktabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeiyni tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5850-son Farmoni, 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni, 2020-yil 29-oktabrda qabul qilingan “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-son Farmonining 1-ilovasi 4-bob 4-paragraf, 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son Qarori qabul qilindi.
Ma’lumki, 2019-yil 29-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepiyasi”da ta’limning mazmuni va metodlarini yangilash muhim vazifa sifatida belgilangan2. Ayni paytda O‘zbekistonda 10 mingdan ziyodroq umumta’lim maktabida 6 yarim million o‘quvchiga ta’lim berib kelayotgan yarim millionga yaqin o‘qituvchining faoliyati boshdan oyoq shunga qaratilgan. Konsepsiyada belgilangan ulug‘vor maqsadlarni amalga oshirish uchun o‘qituvchining bilim va pedagogik mahorati, ma’naviy qiyofasi, saviyasi, innovatsion o‘zgarishlarga moyilligi yetarli bo‘lishi lozimligi o‘z-o‘zidan ravshan.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi xalq ta’limi tizimining uzoq muddatli rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, jumladan:

  • O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;

  • uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

  • o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

  • xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;

  • xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;

  • yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;

  • davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;

  • yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;

  • xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish.

O‘zbekistonda birgina 2019-yilning o‘zida mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish boshladi, 19 ta yangi oliy o‘quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi, OTMlarga 146 ming 500 nafar yoki 2016-yilga nisbatan 2 barobar ko‘p talaba o‘qishga qabul qilindi. Prezidentning 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonida “O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish”3 belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-son Farmonida ilm-fanni, shu jumladan, o‘zbek tili va adabiyoti sohasidagi ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, uning zamonaviy infratuzilmasini yaratish vazifalari belgilab berildi4. Farmon yangi davr poydevorini yaratishda tarixiy bosqichga qadam bo‘ldi.
Yangilanish davrida o‘zbek tilining obro‘-e’tibori va ahamiyatini oshirishda keyingi ikki yilda qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar g‘oyat muhimdir. Birinchisi. Prezidentning 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmonida 21-oktabr sanasi “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilindi. Shuningdek, 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilib, uning vazifalari etib belgilandi, xususan, sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish; davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish; o‘zbek tilining yozma nutqi me’yor va qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘liq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish; davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish; davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar va «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish va nazorat qilish; ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik ob’ektlarga nom berilishini monitoring qilish va muvofiqlashtirish; davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Download 138,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish