Ikkinchi bosqich - bu suiqasdlik fikrlari.
O‘z joniga qasd qilish, reja tuzish, rejani amalga oshirish uchun uning vaqtini, joyini aniqlash.
Uchinchi bosqich - suiqasdni amalga oshirish. Suiqasdning paydo bo‘lish fikridan uni amalga oshirish vaqtigacha presuitsid deyiladi.
Davomiyligini daqiqalar va oylar orqali sanash mumkin. Agar bola bir marta o‘z joniga suiqasd qilsa, o‘sha bolaga e’tibor qaratiladi.
Bu paytda suiqasdlik harakatlari kamroq bo‘ladi. Biroq, taxminan 3 oydan keyin bolaning tashqi ko‘rinishdan tinchligini ko‘rib unga e’tibor bermay qo‘yishadi va doimiy hayot tarzini davom ettiradilar, chunki bolada o‘sha holat o‘tdi degan fikr paydo bo‘ladi. Shu paytda katta yoshdagi kishilar bola holatiga qayg‘urmasligini sezib, u yana o‘z joniga qasd etishi mumkin.
Shuning uchun uzoq va davomli tarzda bolani kuzatish, u bilan suhbatlashish va boshqa profilaktik ishlarni olib borish zarur.
O‘z joniga qasd etish kattalar bo‘lmagan paytida, mavhum holatda maktabgacha va boshlang‘ich sinf yoshi paytida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Bola ochlik e’lon qilishi, uzoq vaqt davomida vannani sovuq suv bilan to‘ldirib o‘tirishi, derazadan sovuq havo bilan nafas olishi yoki qor va muzqaymoq yeb shamollashi va hokazolar kuzatiladi.
Bolalar va o‘smirlar yoshida suiqasdning sabablari:
1. O‘lim haqida tushunchaga ega emaslik. Bolalar ongida o‘lim hayotning tugashi emas, hamma narsani orqaga qaytarish mumkin degan tor tushuncha bo‘ladi.
2. O‘smirlar o‘rtasida o‘lim haqida tushunchaning (o‘rtacha 18 yoshda) kech shakllanishi.
Ular “Vatansiz va bayroqsiz” odatda hech kimga kerak emasliklarni his etadilar.
3. Erta jinsiy hayotga kirishish. Bu paytda o‘smir o‘ziga “hayotni qanday davom ettirish kerak” degan ma’noda uzluksiz savol beradi (sevgilisini yo‘qotish, homiladorlik va boshqalar), ya’ni maqsadsiz yashayotganligini o‘ylashadi.
4. Oiladagi yetishmovchilik.
5.O‘z-o‘zidan buziladigan xulq (ichkilikbozlik, giyohvandlik, jinoyatchilik) ko‘p hollarda suiqasdlik xulqi 15 yoshgacha bo‘lgan yoshlarda oilaviy, maktab ichida yoki guruhlar ichida munosabatlar bilan bog‘liq.
6. Tushkunlikka tushish.
Tushkunlikning psixogen sabablari yo‘qotishlar bilan bog‘liq bo‘lib, do‘stlari, yaqinlari, sog‘ligi yoki boshqa odatiy narsalar (masalan, uy-joyning almashishi) tufayli yuzaga keladi.
Lekin uning hayotidagi oxirgi kun yaqinlashayotganligini bilmaydi. Shuni esda tutish kerakki, tushkunlikning fiziologik va psixologik tushuntirish mumkin. Ko‘pgina tushkunlik holatiga tushgan bolalar borliq bilan uzviy uzilishlar bo‘lmaydi, o‘zlari haqida qayg‘uradi va davolanish uchun yotqizilmaydi.
O‘z joniga qasd qilishiga urinishlariga jiddiy qarash kerak. Yordam haqidagi chaqirish, albatta, inobatga olinib, yolg‘izlik krizisiga (inqiroz) yordam qo‘lini cho‘zish kerak.
O‘smirlarning ruhiy profilaktikasi o‘z-o‘ziga qasd qilish profilaktikasining asosi hisoblanadi. O‘z-o‘ziga qasd qilishni oldini olishda ota-onalar muhim rol o‘ynaydi.
Bolada tushkun kayfiyat sezilganda, ota-onalar darhol bolani bu kayfiyatdan chiqarishlari lozim.
Birinchidan, bola bilan suhbatlashish kerak, uning holati haqida savollar berib, kelajak to‘g‘risida maqsadli rejalar tuzishiga yordamlashish lozim. Bolada ijobiy kayfiyatni uyg‘otish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash lozim.
Ta’kidlash joizki, bolani boshqa ijobiy bolalar bilan qiyoslash ularning o‘ziga beradigan bahosini pasaytirish mumkin.
Bunda ilgarigi davr o‘smirlari bilan hozirgi o‘smirni qiyoslab, ijobiy kelajak o‘smiri obrazini ko‘rsatish lozim.
Ikkinchidan, bola uchun qiziqarli bo‘lgan yangi va foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullantirish, har kuni biror yangilikdan xabardor etish, avval bajarmagan ish yoki mashg‘ulotiga jalb etish, kundalik hayotiga yangilik kiritish, sport to‘garagiga qatnashtirish yoki hech bo‘lmaganda ertalabki jismoniy mashg‘ulotlarni qilishga odatlantirish, yangi sayohat marshrutlarini tuzish, dam olish kunlarida qiziqarli sayohatga olib borish, uy ishlarini bajarishda yangi usullarni topish, kino, teatr va ko‘rgazmalarga olib borish mumkin.
Uchinchidan, o‘smirga kun tartibiga rioya qilishni o‘rgatish muhimdir. Uning to‘g‘ri ovqatlanishiga, dam olishiga, toza havoda sayr qilishiga, harakatchan sport to‘garaklari bilan shug‘ulanishiga e’tibor berish lozim.
Bu davrda o‘smirning jismoniy holati va tayyorgarligiga alohida e’tibor berish lozim.
To‘rtinchidan, psixolog va psixoterapevt yordamidan foydalanish lozim.
Ta’lim muassasalarida munosabatlarni optimallashtirish
O‘smirlar orasida o‘z joniga qasd qilishning yana bir sababi shaxslararo munosabatlarning buzilishi bo‘lganligi bois sinf jamoalarining shakllan-tirish, pedagoglar va o‘quvchilar orasidagi muloqotni normallashtirish lozim bo‘ladi.
O‘quvchilarning o‘quv jarayonini optimallashtirishni, o‘quvchilarni jamoat ishlariga jalb qilish, maktabda o‘z-o‘ziniboshqarishni tahlil qilish, madaniyat, sport, fan sohalarida o‘quvchining faoliyatini shakllantirish choralarini topish zarur.
Shuningdek, o‘quvchilar bilan muloqot hurmat va ishonch asosida qurilishi lozim. O‘quvchilar orasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olish uchun o‘qituvchi quyidagilarni bajarishi lozim:
Bolalarda o‘z kuchiga ishonchni kuchaytirish;
Ularda ishonch va umidni singdirish;
Ularning xulqini nazorat qilishi, o‘quvchilar bilan munosabatni tahlil qilishi.
Ba’zi sinf rahbarlarining davomati va o‘zlashtirishini nazoratdan chetda qoldirishi bolalarga o‘z vaqtida yordam berish choralarini tashkil qilishga xalaqit beradi.
Bu borada maktab ma’muriyatining o‘qituvchilarning o‘quvchilarga bo‘lgan muomalasi doimiy nazoratga olinishi alohida ahamiyatga egadir. O‘quvchini shaxsiyatiga tegish, kamsitish, psixologik va jismoniy kuch ishlatmaslikning oldini olish maqsadida alohida choralar ko‘rish lozim.
Oxirgi tahlillar, jamiyatning asosiy tibbiy muammolaridan biri o‘z joniga qasd qilish bo‘lib, ta’lim muassasalari o‘quvchilari orasida o‘z joniga suiqasd qilish jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda o‘limning birinchi o‘ntaligiga kirishini ko‘rsatmoqda.
Ko‘pincha o‘z joniga qasd qilish ruhiy kasallik natijasida yuzaga keladi. Ruhshunoslar ham jamiyat loqaydligi oldida ojiz bo‘lib qolishadi. Afsuski, yetarli tayyorgarliksiz fojeaviy xatolarga yo‘l qo‘yilmokda.
Suitsid – faqat insonga xos bo‘lgan holat bo‘lib, yer yuzida boshqa biror-bir tirik mavjudot o‘z hayotini anglagan holda to‘xtatmaydi.
2009 yilda Rossiyada notabiiy o‘limda 20,6 ming bola va o‘smir oxirgi 5 yillikda esa 112 ming bola va o‘smir dunyodan ko‘z yumgan.
Oxirgi o‘n yilda o‘z uyidan, ota-onasidan va ta’lim-tarbiya maskanlaridan qochgan bolalar soni 3 barobarga oshgan.
Ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik, inson shaxsiyatini kamsitish, ta’lim-tarbiya jarayonida internatlarida, bolalar uylaridagi zo‘ravonliklar ko‘p bolalar hayotida uchraydi.
Ma’lumki, mehribonlik, mehr-oqibatning susayib borayotganligi jamiyatda eng avvalo bolalarga ta’sir qiladi. Ularning kechinmalari, muammolariga oilada ota-ona tomonidan, maktabda esa o‘qituvchilar tomonidan kam e’tibor beriladi, aksariyat hollarda tarbiyasi og‘ir bolalar va o‘smirlardan maktablar “tezroq qutulish” choralari ko‘riladi.
Dunyo bo‘yicha sinflardan chiqib ketgan o‘quvchilar so‘rovnomasi shuni ko‘rsatadiki, 43% maktabdan chiqib ketgan o‘quvchilar o‘qituvchilar bilan bo‘lgan kelishmovchiliklarni sabab qilib ko‘rsatishgan.
Ayrim hollarda bolalar ta’lim maskanlarida o‘z ishiga mas’uliyatsiz, shu o‘ringa noloyiq bolalar hayotiga qiziqmaydigan rahbar xodimlar tayinlanganligi ham muammoni chuqurlashtiradi.
Kattalarning yoshlarga bo‘lgan vahshiy munosabati o‘smirlarni tushkunlikka olib keladi, depressiyalar natijasida ular o‘z joniga qasd qiladilar.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, yoshlar orasida o‘z joniga qasd qiluvchilar soni oxirgi 20 yilda ikki baravarga ko‘paygan. Tadqiqotchilar 10% o‘z joniga qasd qiluvchilar o‘zini o‘ldirish maqsadida, 90% esa o‘ziga e’tiborni qaratish maqsadida qilinishini ma’lum qilishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |