1-Mavzu: XI xv asrlarda Angliya Mustahkamlash uchun savollar


Mustahkamlash uchun savollarga javoblar



Download 183,25 Kb.
bet64/65
Sana28.02.2021
Hajmi183,25 Kb.
#60747
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Jahon tarixidan Topshiriqlar (Lotincha)01

Mustahkamlash uchun savollarga javoblar
XVII asrda Fransiyaning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy taraq- qiyoti ziddiyatli xarakterga ega edi. Kapitalistik munosabatlar- ning kirib kelishi natijasida yuz bergan iqtisodiy o‘sish, absolyutizmning mustahkamlanishi, soliqlarning oshishi, xalq omma- si ahvolining yomonlashuvi va doimiy xalq qo‘zg‘olonlari bilan qo‘shilib ketdi. YAngi iqtisodiy munosabatlar, ayniqsa, qishloqda juda qiyinchilik bilan o‘ziga yo‘l ochayotgan edi.

XVI asr oxiri XVII asr boshlarida Fransiya iqtisodiy o‘sish davrini boshdan kechiradi. Bunga qirol Genrix IV davri- da (1589 1610) soliqlarning kamaytirilishi, manufakturalar uchun qulay moliyaviy sharoitning yaratilishi, ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi boj soliqlarining joriy qilinishi, texnik qulayliklarning qo‘llab-quvvatlanishi orqali erishildi. Qirol bilan burjuaziya o‘rtasidagi ittifoq mustahkamlanib, xalqning noroziligihampasaydi.Natijadamuxolifatningharakatiuchun ijtimoiy asos ham anchaqisqardi.

1610 yili GenrixIV o‘ldirilgandan so‘ng Qirol Lyudovik XIII ning yoshligi sababli hokimiyat uning onasi Mariya Medi- chi qo‘liga o‘tdi. Aslida mamlakatni beva qirolichaning ma’shuqi florensiyalik Konchini, keyin esa Lyuinь boshqardi. Bu davrda shahzodalar va qirol oilasining ko‘p sonli boshqa a’zolari qirolichaga o‘z huquqlarini da’vo qilib 1614 1620 yillari mamlakatda boshboshdoqlikni vujudga keltirishga qaratilgan harakatni amalga oshirdi. Bu harakat na burjuaziya, na dehqonlar tomonidan quvvatlanmadi. Fransiyada absolyutizmning uzil-kesil mustahkamlanishi kardinal Rishelьyo birinchi ministr bo‘lgan yil- larga (1624 1642) to‘g‘ri keladi. Kardinal Rishelьyo hukumati abs

lyutizmni yanada mustahkamlash siyosatini olib bordi: gugenotlar- ning siyosiy avtonomiyasi yo‘q qilindi, 1632 yilgi feodal zodagon- larning isyoni bostirildi, mahalliy hokimiyatlarning huquqlari provinsiyalar intendantlari1 foydasiga qisqartirildi.

Fransiyaning ichki rivojlanishi va markaziy hokimiyatning mustahkamlanishifaoltashqisiyosatolibborishimkoniyatiniyarat- di. Amerikadagi fransuz mustamlakalariga asos solindi. O‘ttiz yillik urushning (1618 –1648) oxirgi bosqichida Fransiya Gab- sburglarga qarshi koalitsiyaga boshchilik qildi va 1648 yilgi Vest- falь tinchlik sulhiga binoan Elьzasning anchagina qismini qo‘lga kiritdi. Ammo harbiy xarajatlarning og‘irligidan norozi xalq qator qo‘zg‘olonlar ko‘tardi. XVII asrdagi shunday qo‘zg‘olonlardan eng yirigi Fronda(1648 –1653) nomini olgan yirik harakat bo‘ldi. Bu harakatning boshida qirolning absolyut hokimiyatidan norozi bo‘lgan feodal-zodagonlar bo‘lib, Fronda bostirilgandanso‘ng

ular Fransiyada faol siyosiy kuch sifatida barham topdi.

XVII asrning ikkinchi yarmi, ayniqsa 1665 –1685 yillari Fran-ssiya sanoatida sezilarli o‘sish yuz berdi. Toshko‘mir qazib chiqarish boshlandi, metallurgiya mahsulotlari ko‘paydi, ishlab chiqarishning ko‘plab sohalarida tarqoq manufaktura va hunarmandchilik o‘rniga markazlashgan manufaktura kela boshladi. Manufaktura tashabbu- sini qo‘llab-quvvatlash ayniqsa Savdo, sanoat va moliya bosh na- zoratchisi Jan Batist Kolьber (1619 –1683) davrida hukumatning asosiy iqtisodiy siyosatiga aylandi. Biroq sanoat va savdodagi muvaffaqiyatlar oldida qishloq xo‘jaligidagi turg‘unlik ayniqsa ko‘zga tashlanarli edi. XVII asrning so‘nggi ellik yilida o‘nga yaqin qurg‘oqchilik yillari bo‘lib, ochlik umummamlakat miqyosida rosta- kam ofatga aylandi. Ochlik va kasallikdan minglab odamlarning qirilishi natijasida Fransiya aholisi 1650 yili 20 mln dan 1710 yili 16 17 mln kishigacha kamayib ketdi.

Ichki ziddiyatlarga qaramasdan XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida Fransiya faol tashqi siyosat olib bordi. Lyudovik XIV davrida (u 1643 yili taxtga kelib, 1661 yildan 1715 yilgacha 54 yil mustaqil boshqargan) fransuz absolyutizmining yuqori cho‘qqiga erishganligi ham shunday tashqi siyosat yurgizish uchun imkoniyat yaratdi. 16671668 va 1672 –1678 yillari Ispaniya





va Gollandiya bilan bo‘lgan urushlardagi g‘alaba Fransiyaga Fransh- Konte, Flandriyaning bir qismi, Lotaringiyani qo‘shib olish va Evropada siyosiy gegemonligini o‘rnatish uchun sharoit tug‘dirdi.

Biroq Angliya bilan raqobatda (1701–1714 yillari Ispaniya taxti uchun bo‘lgan urushda) Fransiya engildi.

XVI–XVII asrlarda fransuz millatining shakllanishi yuz ber- di. Ichki bozorning vujudga kelishi, viloyatlararo aholiningerkin ko‘chishi, matbuotning kengayishi butun mamlakat bo‘ylab shimoliy fransuz tilining tarqalishiga olib keldi. XVII asrda orfografiya va sintaksisni tartibga solish bo‘yicha islohotlar o‘tkazilib, bu islohotlar hozirgi zamon fransuz tilini yaratish bo‘yicha muhim qadam bo‘ldi. 1631 yil 30 maydan muntazam chiqa boshlagan umum- milliy gazeta («Gazet») ham bu ishda muhim rolь o‘ynadi. Kardi- nal Rishelьyo tashabbusi bilan 1635 yil 10 fevralь kuni tashkil qilingan Fransiya Fanlar akademiyasi esa milliy-ma’rifiy ish- larning markazigaaylandi.

Ichki bozorning kengayishi aholining o‘sishiga olib keldi. Inqilob arafasida Fransiya aholisining soni 20 mln kishi- dan ko‘p edi. XVIII asr o‘rtalaridan boshlangan tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlar Fransiyaning ichki ziddiyatlari bilan qo‘shilib

ketdi. Avstriya taxti uchun bo‘lgan urushdagi (1740 –1748) mag‘lubiyat va ayniqsa 1756 –1763 yillardagi etti yillik urush oqibatida Fransiyaning Kanadadan va Hindistondagi asosiy mustamla- kalaridan ajralishi xalq oldida (ayniqsa, burjuaziya oldida) hukumatning obro‘sini tushirib yubordi. Bunga 1774 –1776 yilla- ri Bosh nazoratchi A.R. Tyurgo islohotlarining imtiyozli qatlamlar qarshiligi tufayli amalga oshmay qolishi qo‘shilib, siyosiy va iqtisodiy islohotlarning absolyutizm bilan sig‘ishmasligini ko‘rsatdi. Jamiyatda ijtimoiy ziddiyatlar kuchayib, mamlakatni inqilobiy bo‘hron yoqasiga olib keldi.
Fransiya


Download 183,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish