1-Mavzu: XI xv asrlarda Angliya Mustahkamlash uchun savollar


Mustahkamlash uchun savollarga javoblar



Download 183,25 Kb.
bet62/65
Sana28.02.2021
Hajmi183,25 Kb.
#60747
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Jahon tarixidan Topshiriqlar (Lotincha)01

Mustahkamlash uchun savollarga javoblar.
XVII asrda Fransiyaning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy taraq- qiyoti ziddiyatli xarakterga ega edi. Kapitalistik munosabatlar- ning kirib kelishi natijasida yuz bergan iqtisodiy o‘sish, absolyutizmning mustahkamlanishi, soliqlarning oshishi, xalq omma- si ahvolining yomonlashuvi va doimiy xalq qo‘zg‘olonlari bilan qo‘shilib ketdi. YAngi iqtisodiy munosabatlar, ayniqsa, qishloqda juda qiyinchilik bilan o‘ziga yo‘l ochayotgan edi.

XVI asr oxiri XVII asr boshlarida Fransiya iqtisodiy o‘sish davrini boshdan kechiradi. Bunga qirol Genrix IV davri- da (1589 1610) soliqlarning kamaytirilishi, manufakturalar uchun qulay moliyaviy sharoitning yaratilishi, ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi boj soliqlarining joriy qilinishi, texnik qulayliklarning qo‘llab-quvvatlanishi orqali erishildi. Qirol bilan burjuaziya o‘rtasidagi ittifoq mustahkamlanib, xalqning noroziligihampasaydi.Natijadamuxolifatningharakatiuchun ijtimoiy asos ham anchaqisqardi.

1610 yili GenrixIV o‘ldirilgandan so‘ng Qirol Lyudovik XIII ning yoshligi sababli hokimiyat uning onasi Mariya Medi- chi qo‘liga o‘tdi. Aslida mamlakatni beva qirolichaning ma’shuqi florensiyalik Konchini, keyin esa Lyuinь boshqardi. Bu davrda shahzodalar va qirol oilasining ko‘p sonli boshqa a’zolari qirolichaga o‘z huquqlarini da’vo qilib 1614 1620 yillari mamlakatda boshboshdoqlikni vujudga keltirishga qaratilgan harakatni amalga oshirdi. Bu harakat na burjuaziya, na dehqonlar tomonidan quvvatlanmadi. Fransiyada absolyutizmning uzil-kesil mustahkamlanishi kardinal Rishelьyo birinchi ministr bo‘lgan yil- larga (1624 1642) to‘g‘ri keladi. Kardinal Rishelьyo hukumati abso

lyutizmni yanada mustahkamlash siyosatini olib bordi: gugenotlar- ning siyosiy avtonomiyasi yo‘q qilindi, 1632 yilgi feodal zodagon- larning isyoni bostirildi, mahalliy hokimiyatlarning huquqlari provinsiyalar intendantlari1 foydasiga qisqartirildi.

Fransiyaning ichki rivojlanishi va markaziy hokimiyatning mustahkamlanishifaoltashqisiyosatolibborishimkoniyatiniyarat- di. Amerikadagi fransuz mustamlakalariga asos solindi. O‘ttiz yillik urushning (1618 –1648) oxirgi bosqichida Fransiya Gab- sburglarga qarshi koalitsiyaga boshchilik qildi va 1648 yilgi Vest- falь tinchlik sulhiga binoan Elьzasning anchagina qismini qo‘lga kiritdi. Ammo harbiy xarajatlarning og‘irligidan norozi xalq qator qo‘zg‘olonlar ko‘tardi. XVII asrdagi shunday qo‘zg‘olonlardan eng yirigi Fronda(1648 –1653) nomini olgan yirik harakat bo‘ldi. Bu harakatning boshida qirolning absolyut hokimiyatidan norozi bo‘lgan feodal-zodagonlar bo‘lib, Fronda bostirilgandanso‘ng

ular Fransiyada faol siyosiy kuch sifatida barham topdi.

XVII asrning ikkinchi yarmi, ayniqsa 1665 –1685 yillari Fran-ssiya sanoatida sezilarli o‘sish yuz berdi. Toshko‘mir qazib chiqarish boshlandi, metallurgiya mahsulotlari ko‘paydi, ishlab chiqarishning ko‘plab sohalarida tarqoq manufaktura va hunarmandchilik o‘rniga markazlashgan manufaktura kela boshladi. Manufaktura tashabbu- sini qo‘llab-quvvatlash ayniqsa Savdo, sanoat va moliya bosh na- zoratchisi Jan Batist Kolьber (1619 –1683) davrida hukumatning asosiy iqtisodiy siyosatiga aylandi. Biroq sanoat va savdodagi muvaffaqiyatlar oldida qishloq xo‘jaligidagi turg‘unlik ayniqsa ko‘zga tashlanarli edi. XVII asrning so‘nggi ellik yilida o‘nga yaqin qurg‘oqchilik yillari bo‘lib, ochlik umummamlakat miqyosida rosta- kam ofatga aylandi. Ochlik va kasallikdan minglab odamlarning qirilishi natijasida Fransiya aholisi 1650 yili 20 mln dan 1710 yili 16 17 mln kishigacha kamayib ketdi.

Ichki ziddiyatlarga qaramasdan XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida Fransiya faol tashqi siyosat olib bordi. Lyudovik XIV davrida (u 1643 yili taxtga kelib, 1661 yildan 1715 yilgacha 54 yil mustaqil boshqargan) fransuz absolyutizmining yuqori cho‘qqiga erishganligi ham shunday tashqi siyosat yurgizish uchun imkoniyat yaratdi. 16671668 va 1672 –1678 yillari Ispaniya





va Gollandiya bilan bo‘lgan urushlardagi g‘alaba Fransiyaga Fransh- Konte, Flandriyaning bir qismi, Lotaringiyani qo‘shib olish va Evropada siyosiy gegemonligini o‘rnatish uchun sharoit tug‘dirdi.

Biroq Angliya bilan raqobatda (1701–1714 yillari Ispaniya taxti uchun bo‘lgan urushda) Fransiya engildi.

XVI–XVII asrlarda fransuz millatining shakllanishi yuz ber- di. Ichki bozorning vujudga kelishi, viloyatlararo aholiningerkin ko‘chishi, matbuotning kengayishi butun mamlakat bo‘ylab shimoliy fransuz tilining tarqalishiga olib keldi. XVII asrda orfografiya va sintaksisni tartibga solish bo‘yicha islohotlar o‘tkazilib, bu islohotlar hozirgi zamon fransuz tilini yaratish bo‘yicha muhim qadam bo‘ldi. 1631 yil 30 maydan muntazam chiqa boshlagan umum- milliy gazeta («Gazet») ham bu ishda muhim rolь o‘ynadi. Kardi- nal Rishelьyo tashabbusi bilan 1635 yil 10 fevralь kuni tashkil qilingan Fransiya Fanlar akademiyasi esa milliy-ma’rifiy ish- larning markazigaaylandi.

Ichki bozorning kengayishi aholining o‘sishiga olib keldi. Inqilob arafasida Fransiya aholisining soni 20 mln kishi- dan ko‘p edi. XVIII asr o‘rtalaridan boshlangan tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlar Fransiyaning ichki ziddiyatlari bilan qo‘shilib

ketdi. Avstriya taxti uchun bo‘lgan urushdagi (1740 –1748) mag‘lubiyat va ayniqsa 1756 –1763 yillardagi etti yillik urush oqibatida Fransiyaning Kanadadan va Hindistondagi asosiy mustamla- kalaridan ajralishi xalq oldida (ayniqsa, burjuaziya oldida) hukumatning obro‘sini tushirib yubordi. Bunga 1774 –1776 yilla- ri Bosh nazoratchi A.R. Tyurgo islohotlarining imtiyozli qatlamlar qarshiligi tufayli amalga oshmay qolishi qo‘shilib, siyosiy va iqtisodiy islohotlarning absolyutizm bilan sig‘ishmasligini ko‘rsatdi. Jamiyatda ijtimoiy ziddiyatlar kuchayib, mamlakatni inqilobiy bo‘hron yoqasiga olib keldi.
Fransiya XVIII asrda. Buyuk fransuz burjua inqilobining sabablari va boshlanishi
So‘l kuchlar tomonidan Buyuk deb atalgan bu inqilob faqat Fran-ssiyadagi emas, balki butun Evropadagi eski tartiblarni ham buzib tashladi. U xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib, butun XIX asr uning ta’siri ostida o‘tdi.

«Odamlar ozod va teng huquqli bo‘lib tug‘iladilar!» – bu so‘zlar 1789 yili Fransiyada jarangladi va qariyb ikki asr boshqa qit’alarda ham aks sado berdi.

Qishloq xo‘jaligi. Dehqonlar va zodagonlar. XVIII asrning 70-yillariga kelib ham Fransiya agrar mamlakat bo‘lib qolaverdi. 25 millionli aholisidan 22 millionini dehqonlar tashkil qi- lardi.

Bu paytga kelib, dehqonlarning asosiy qismi shaxsan erkin bo‘lsada, hali yana bir yarim million dehqonlar monastirlarga qarashli edi. Dehqonlar yashayotgan va ishlayotgan erlar feodal- larning mulki hisoblanardi. Buning uchun ular senьorlar foy- dasiga bir qator to‘lovlar (pul yoki mol bilan) to‘lardi. Ko‘pincha dehqonlar erdan foydalanganligi uchun hosilning to‘rtdan bir qismini berishga majbur edilar. SHuningdek, yana senьorlar foy- dasiga dehqondan yo‘l, ko‘prik, yarmarka to‘lovlari, tutun puli (uy- ida olov yoqish huquqi uchun) olinardi. Tegirmon, nonvoyxona, uzum ezuvchi bosqonlardan foydalanish huquqi ham faqat senьorlarga tegishli edi. Dehqonlar baliq ovlay olmas, o‘rmonda ov ham qila olmasdilar. Senьor sud hokimiyatiga ham ega edi.

Katolik cherkoviga dehqonlar hamon hosilning «o‘ndan bir»ini berardi. Ular davlatga jon boshi solig‘idan tashqari boshqa soliqlar ham to‘lardi.

Qishloqlarning kambag‘allashishi odatiy hol bo‘lib qoldi.

Ko‘pgina dehqonlar tilanchi va daydilarga aylanib ketdilar. «Non isyonlari» va soliq zulmiga qarshi qo‘zg‘olonlar ham tez-tez bo‘lib turardi.

Sanoat va savdo. Fransiyada hukmron bo‘lgan eski tartib sa- noat va savdoning rivojini ham to‘xtatib turardi. Agar dehqon kambag‘alligi uchun hech narsa sota olmasa, unda uning sotibolishga ham puli bo‘lmas edi. Bu esa ichki bozornitoraytirardi.

Ko‘mir, metallurgiya, to‘qimachilik sohalari ba’zi bir yutuqlarga erishdilar. Bezak buyumlarini ishlab chiqarish esa gullab-yashnar- di, boy fransuzlarga qimmatbaho matolar, chinnivor, zargarlik bu- yumlari kerak edi.

Fransiyadassex tizimi qisqargan, lekin mamlakatningmuhim shaharlarida u hali saqlanib qolgandi. Qirol hokimiyati yirik manufakturalar qurilishiniquvvatlardi.

Mamlakatning eng yirik moliyaviy va sanoat markazi Parij edi. XVIII asr 80-yillariga kelib u erda 60 ta bank ochildi. Ma- nufakturalarni ishchi kuchi bilan ta’minlash maqsadida hukumat maxsus ishchilar uyi yoki gospitallar tashkil qildi. Ish kuni quyosh chiqqundan to botgunga qadar davom etardi, jarimalar, oylikdan ushlab qolish odatiy hol edi. Manufakturalarning ishchilari kor- xonaning o‘zida yashashardi, ularga faqat yakshanba kuni duo o‘qib ke- lishi uchungina darvozadan chiqishga ruxsat berilardi. Ayollarga er- kaklarga to‘langan haqning yarmi berilardi, xolos. Bolalar mehnati undan ham arzon turardi.

XVIII asr oxirida Fransiya hali sanoat to‘ntarishini boshidan kechirmagan, mashinalar kamdan-kam qo‘llanilardi. Masalan, 1789 yili Fransiya to‘qimachilik sanoatida 900 ta «jenni» tipidagi ma- shinalar mavjud bo‘lsa, shu paytda Angliyada ular soni 20 mingdan ziyod edi. Turli xil to‘siqlarning mavjudligiga qaramasdan XVIII asrda Fransiyada ishlab chiqarishning o‘sishi kuzatiladi. Imti- yozli (qirolga qarashli) manufakturalar soni 1715 yilgi 135 ta o‘rniga 1789 yili 532 taga etdi. 1722 yili suyuq cho‘yan olish usuli o‘zlashtirildi. 1720 yili Anzen yaqinida ko‘mir konlari ochilib, 1734 yili uni qazib olish boshlandi. SHu yili Fransiyada birinchi bug‘ mashinasidan foydalanildi. Asr o‘rtalariga kelib takomil- lashtirilgan to‘quv stanoklarini yasash yo‘lga qo‘yildi (1747, Vo- kanson).

Ichki savdoni bojxona chegaralari siquvga olardi. Bir viloyat- dan boshqasiga mahsulot o‘tkazilganda ham boj olinardi. Senьor- lar ularning er mulklaridan o‘tayotgan savdogarlardan yo‘l solig‘i talab qilardi. SHunga qaramasdan ichki yo‘llarning qurilishiga katta e’tibor beriladi. 1789 yilga kelib mamlakatda 12 ming lьe yangi yo‘llar quriladi.

XVIII asrda Fransiya yirik dengiz va mustamlakachilik davlati bo‘lib, katta harbiy va savdo flotiga ega edi. Ayniqsa dengiz sav- dosining kengayishi yangi geografik kashfiyotlar va texnik mukam- malliklarni talab qilardi: 1734 yili Buger o‘zining kemasozlik nazariyasini e’lon qiladi, 1748 yili Lerua ochiq dengizda aniq ku- zatuvlar uchun zarur bo‘lgan xronometrni yaratadi. Fransuz dengiz sayohatchilarining kashfiyotlari olimlarni Erning yuzasini o‘lchash fikriga olib keladi. Buning natijasida 1735–1745 yillari ek-

vatorga, Lakondamin va Laplandiyaga Mopertyui 1 (1734 –1737) eks- peditsiyalari uyushtirilib, o‘z davrida astronomik bilimlarning rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi.

Butun XVIII asr davomida tashqi savdo to‘xtovsiz o‘sib bordi. Savdogarlar YAngi Dunyo bilan,SHimoliyAfrika, O‘rta dengizi davlatlaribilansavdoyurgizaredi.Fransuzsavdogarlarimustam- lakalarda plantatsiyalarga, qullarga, zavodlarga egalik qilishardi, qul savdosi bilan shug‘ullanardi. Qisqa vaqt ichida ular ulkan boy- lik to‘plardi. Ammo mavjud eski tartiblar yangi, kapitalistik mu- nosabatlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan edi. Barcha – burjuaziyaning keng qatlamlari ham, hunarmandlar ham, yollanma ishchilar ham, ilg‘or zodagonlar ham, dehqonlar ham o‘zgarishlarni kutayotgan va ulardan manfaatdoredi.

SHaharlar tez o‘sib bordi. XVIII asr o‘rtalariga kelib poytaxt Parijning aholisi 1 million kishidan oshib ketdi. Ayniqsa, Parij XVIII asr ikkinchi yarmida tez kengaydi va qayta qurildi.

Aholi sonining oshib borishiga qaramasdan XIX asr o‘rtalariga qadar Parijda tug‘ilish o‘limdan ortiq emasdi. XVIII asr 80-yil- larida har yili o‘rtacha 20 ming odam o‘lardi. Ayniqsa, chaqaloqlar o‘limi yuqori bo‘lib, tug‘ilgan har 1000 ta chaqaloqdan 273 tasi o‘lardi2. Buning ustiga 1870 – yillari Parijda 30 ming chaqaloqdan 7 yoki 8 mingi tashlab ketilgan bolalar bo‘lardi. Bunday bolalarni kasalxonaga olib kelishning o‘zi bir hunar bo‘lib qoldi.

Tabaqa tizimi. O‘rta asrlardagi kabi monarxiya jamiyatning uch tabaqaga: birinchisi – ruhoniylar, ikkinchisi – zodagonlar, uchin- chisi – aholining qolgan barcha qatlamlari – bo‘linishini o‘rnatgan edi.

Qadimiy bir formula har bir tabaqaning hayotdagi o‘rnini aniq belgilab berardi: «Ruhoniylar qirolga duolari bilan xizmat qiladi, zodagonlar – qilichi bilan, uchinchi tabaqa – mol-mulki bi-lan». Birinchi va ikkinchi tabaqalar imtiyozli hisoblanardi. Ular soliq to‘lamasdi va erga egalik qilishardi. Ruhoniylar va zodagon- lar birgalikda mamlakat aholisining 4 foizini tashkil qilardi (130 ming ruhoniylar va 350 ming zodagonlar). CHerkovning oliy





mansablariga faqat zodagonlar, odatda, oliy nasab oilaning kenja farzandlari tayinlanardi. Ko‘pincha episkop va arxiepiskoplar dunyoviy turmush tarzida yashardilar, ular o‘zlarini hashamlar bi- lan o‘rab olardilar.

Zodagonlarning yuqori unvondagilarini 4 ming oila tashkil qilardi. Bu odamlar qirolning sovg‘a va nafaqalari hisobiga kun ko‘rardilar. Masalan, Markiz de Otishan to‘rtta nafaqa olardi: birinchisi, yozuvda ko‘rsatilishicha, «marhum otasining xizmatlari uchun, ikkinchisi, o‘shaning o‘zi uchun, uchinchisi xuddi yana shu asosda, to‘rtinchisi xuddi shu sabablarga ko‘ra».

Ofitserlik lavozimiga ham faqat zodagonlar tayinlanar edi. 1781 yilgi Nizomga ko‘ra ofitserlar o‘z ajdodlariningto‘rt

pog‘onasizodagonlarbo‘lganliginihujjatlarbilanisbotlashlari kerak edi. Saroyda turmaydiganlar va muhim lavozimlarniegalla- maganlari esa tobora kambag‘allashibborardi.

Eng og‘ir taqdir uchinchi tabaqaning chekiga tushgandi. Uning tar- kibi olaquroq dehqonlar, oddiy shaharliklar, hunarmandlar, savdo- garlar, sanoatchilardan iborat bo‘lib, ana shular barcha soliqlarni to‘lar, lekin mamlakatni boshqarishga yaqinlashtirilmas edi.

Burjuaziya orasida boy kishilar juda ko‘p edi, ular millionlab mablag‘ga ega edilar. Ulardan ba’zi birlari hatto qirollik saroy- iga ham qarz berardi. Lekin ular siyosiy huquqlarga ega emasdilar.

Imtiyozlarni yo‘qotishga, shaxs erkinligiga intilish absolyut monarxiyani yo‘qotish zaruratiga olib keldi. Ilgarigidek XVIII asrda ham fransuz qirollari absolyut hokimiyatga ega edilar. «... Millatning huquq va manfaatlari – bari shu erda, mening qo‘limda, qirollik hokimiyati esa faqat mening shaxsimda mujassamlash- gan», – degan edi 1776 yili Lyudovik XVI Parij parlamentida.



LyudovikXIVningvafotidankeyinuning5yoshlichevarasiLyu- dovik XV (1715 –1774) qirol bo‘ldi. U voyaga etgunga qadar gersog FilippOrleanskiyregentdebe’lonqilindi,mamlakatniu8yil boshqardi, qirol esa raqs tushdi va ov qildi. Qirol saroyi yana ham bayramona mo‘l-ko‘lchilikda bo‘ldi, xazina esa tobora bo‘m-bo‘sh bo‘lib borardi. Lyudovikning tashvishi bitta edi – mamlakatdan saroy hashamatlari uchun mablag‘ undirib olish. U «Bizdan keyin ne bo‘lsa bo‘lar» qabilida yashar va mamlakatni boshqarar edi, shu- ning uchun ham davlatni to‘la xonavayronlikka olib keldi. Barcha ogohlantirishlarga u «Mening davrimga etadi, o‘rnimgakeladiga

vorisim esa o‘zi bilganicha ilojini qilsin», – deb javobberardi. Uning tashqi siyosati ham mamlakat uchun halokatli bo‘ldi. U sulola manfaatlari uchun aralashgan barcha urushlar boyberildi.

Xalqaro maydonda Fransiyaning obro‘yi tushib ketdi. Urush va soliqlardan qiynalib ketgan xalqning ahvoli tobora og‘irlashmoqda edi. Burjuaziya va zodagonlarning bir qismi qirolning siyosatidan g‘azablanardilar. Fransiya inqilobga yaqinlashardi.

1774 yilning may oyida Lyudovik XV vafot etdi va uning na- birasi, yosh, tajribasiz, qat’iyatsiz, ov qilishni va chilangarlik ishini sevadigan Lyudovik XVI (1774 –1793) qirol bo‘ldi. Kasal- mand, injiq yosh qirol davlat masalalarini hal qilishga ojizlik qilardi. Uning xotini Mariya Antuanetta Avstriya imperatori- ning qizi edi. Quvnoq, go‘zal, dadil bu ayol o‘z eriga katta ta’sir o‘tkazardi. Mariya Antuanetta saroy ko‘ngil-xushliklarining tash- kilotchisi va qalbi edi.

Fransiya esa o‘zgarishlar kutardi va qirol ham ularni o‘tkazishga moyil edi: u taxtga o‘tirish marosimida sovg‘a sifatida keltiril- gan 24 mln livr puldan voz kechdi; barchaning la’natiga uchragan kansler Mopa bilan abbat Terreni ishdan bo‘shatib, Parijdan sur- gun qildi; Parij parlamentini tikladi; moliya bosh nazoratchisi lavozimiga iqtisodchi olim Rober Tyurgoni tayinladi. Tyurgo bu lavozimga tayinlanganligi uchun Lyudovik XVIga minnatdorchilik bildirayotib, shunday dedi: «Men o‘zimni qirolning qo‘liga emas, sofdil insonning qo‘liga topshirayotirman». Bunga Lyudovik XVI:

«Va siz adashmaysiz», – deb javob berdi. Biroq oradan yigirma oy o‘tgandan keyin vazir iste’foga chiqdi.



Tyurgoning dasturi mamlakatni islohot yo‘li bilan inqirozdan chiqarishga qaratilgan edi. U qo‘shimcha soliqlarni kiritmaslik- ni taklif qildi, donga qat’i narxni bekor qildi,ssexli tizim-

niyo‘qotaboshladi,zodagonlarvacherkovningfeodalhuquqlarini tugatmoqchi edi. Afsuski, 1774 yil hosilsiz bo‘ldi, donningnarxi keskin ko‘tarilib ketdi. Bu «un urushi»ni keltiribchiqardi.

Parijda, uylarning qurumdan qorayib ketgan devorlarida qo‘lda yozilgan afishalar paydo bo‘ldi: «Agar non arzonlashmasa, vazirni almashtirmasa biz qirolni va butun Burbonlar avlodini qirib tashlaymiz». Tyurgo iste’foga jo‘natildi, uning qarorlari bekor qilindi. Islohot qilishga birinchi urinish ana shunday muvaffaqiyatsizlikka uchradi.


Download 183,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish