1-Mavzu: XI xv asrlarda Angliya Mustahkamlash uchun savollar



Download 183,25 Kb.
bet59/65
Sana28.02.2021
Hajmi183,25 Kb.
#60747
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixidan Topshiriqlar (Lotincha)01

8-Mavzu REFORMATSIYA VA EVROPADA ABSOLYUTIZMNING MUSTAHKAMLANISHI

Mavzu yuzasidan savollar.
1.Reformatsiyaqandayjarayon,uningmaqsadivavazifalarinimalar- dan iboratedi?

2. M. Lyuter va T. Myunser ta’limotlarining mohiyati va farqlari nimalardan iboratedi?



3. Katolik cherkovi reformatsiyaga qarshi qanday kurash olibbordi?

4. Kalьvin ta’limotining mohiyatinimada?

5. AngliyadaReformatsiyajarayoniqandaykechdivanimalargaolibkeldi?

6. Fransiyada diniy urushlar qanday oqibatlarga olibkeldi?

7. Niderlandiya inqilobining sabablarinimada?


Mustahkamlash uchun savollarga javoblar.
Germaniyada Reformatsiyaning boshlanishi

XVI asr va XVII asrning birinchi yarmi Evropada Reformatsiya 1 cherkovni qayta qurish uchun kurash bayrog‘i ostida o‘tdi. Bu harakat barcha Evropa mamlakatlarini, jamiyatning barcha qatlamlarini qamrab oladi.

asr boshlarida katolik cherkovi. Har bir dindorning or- zusi Xudoning erdagi jonli mujassami hisoblanmish Rimpapasi yashayotgan muqaddas shahar Rimni ko‘rishedi.

YUz minglab kishilar barcha Evropa mamlakatlaridan va jamiyat- ning barcha qatlamlaridan o‘z orzulariga etish uchun yiroq Italiya- ga, Rimga ziyoratga jo‘nashardi. Ammo ko‘pincha bu ziyorat dindorlar- ning hafsalasini pir qilar edi.

Tunash uchun dehqonlarning uylarida yoki yo‘l yoqasidagi mehmonxonalarda to‘xtar ekanlar, ziyoratchilar papa va kardinallar yashayotgan hashamatli uylarni, ularning ochko‘zligi, Xudoning xiz- matkorlariga sira ham mos kelmaydigan hayot tarzini afsus va na- domatlar ila g‘azab bilan bir-birlariga aytishardi.

Papaning qudrati faqat uning Xudoga chuqur va sidqidildan ishonchi bilangina emas, cherkovning boyligi bilan ham izohlanardi.

Oddiy dehqondan tortib to qudratli knyazgacha hamma o‘z daro- madlarining o‘ndan birini cherkovga berishlari kerak edi. Papa xazinasiga oliy diniy lavozimlar episkop va abbatlarni tay- inlash ham katta foyda keltirardi. Papa amaldorlarining son- sanoqsiz armiyasi hayosizlarcha yulg‘ichlik bilan shug‘ullanishardi. Papa amaldorlariga pora bermasdan papalik idoralarida birorta ham hujjatni olib bo‘lmasdi. Qimmatbaho sovg‘alarsiz Rimga bo- rib o‘tirmasdilar – porani faqat kardinallar emas, papaning o‘zi ham olardi.

SHu davrda ayniqsa indulьgensiyalar gunohlardan kechish haqidagi papa yorliqlari bilan savdo qilish keng tarqaladi. CHer- kov faqat sodir etilgan gunohnigina emas, qilinajagini ham ke- chirar edi!

XVI asrda indulьgensiyalarni sotish katolik mamlakatlarda bu- tunlay hayosiz xarakterga ega bo‘ldi. Ularni har bir burchakda soti- shardi, ayniqsa monaxlar bu ish bilan faol shug‘ullanishardi.Xalq to‘plangan hamma joyda ularga indulьgensiyalarni sotibolishni,

«o‘z nomiga to‘ldirish va qiyomat kunida ruhini qutqarishni» ta- klif qilishardi.

XVI asr boshlarida katolik ruhoniylari va Rim papasidan norozilik aholining keng qatlamlarini qamrab oldi.Knyazlar

o‘z ishlariga ruhoniylarning aralashayotganidan (ular ham cherkov erlaridan bir qismini o‘ziniki qilib olishga yo‘q demyishas- di), shaharliklar – shahar hududida joylashgan monastirlarning yulg‘ichligidan, dehqonlar – cherkov mulklarining ko‘payibborayot- ganidan va katta diniy soliqlardan noroziedilar.

Katolik cherkovining siyosati, ayniqsa, tarqoq Germaniyada kuchli norozilik uyg‘otardi, chunki ba’zi bir erlarga ruhoniy hukmdorlar boshchilik qilar va masalan, Fransiyadagi kabi o‘z fuqarolarini himoya qila oladigan kuchli imperatorlik hokimiyati yo‘q edi.

Markazlashgan davlat va markaziy hokimiyatni mustahkamlash yo‘lidan ketgan davlatlarda Rim papasining da’volari qirollik hokimiyati tomonidan kuchli qarshilikka uchradi. Tarqoqlikni boshdan kechirayotgan Germaniyada esa papa hamon katta hokimiyat da’vo qilayotgan edi. To‘g‘ri, ba’zi bir nemis knyazlari hali XVI asrdayoq o‘rta bo‘g‘in ruhoniylarni o‘z hokimiyatiga bo‘ysundirgan edi. Hatto knyazlardan biri o‘z erida o‘zi papa ekanligini ham ayt- gan. Biroq asosiy hududlarda ruhoniylar anchagina katta dunyoviy hokimiyatga ham ega edilar. Nemis erlaridan juda katta miqdordagi pul ruhoniy-knyazlar va turli xildagi soliq yig‘uvchilar orqali papa xazinasiga tushayotgan edi. SHu kabi sabablarga ko‘ra Germaniya Reformatsiyaning vatani bo‘lib qoldi. Uni knyazlarning bir qismi, shaharliklar, dehqonlarqo‘llab-quvvatlardi.

Evropada Reformatsiyaning rivojlanishiga Martin Lyuterning (1483 1546) ta’limoti katta ta’sir qildi. M. Lyuter Saksoni- yaning Eysleben shahrida – mis sanoatining o‘sha paytdagi yirik markazlaridan birida tug‘ilgan. Uning otasi o‘ziga to‘q tadbirkor – mis eritish korxonasi va mis konlarining egasi edi. Kon ishlari- ni boshqarish knyazlarga tegishli bo‘lib, olingan anchagina qism mis ham knyazlarga berilardi. Bu hol kon ishlari bilan shug‘ullanuvchi o‘rtahol byurgerlarning doimiy noroziligiga sabab bo‘lardi

SHunday qilib, Lyuter o‘zining holatidan norozi bo‘lgan, katolik ruhoniylariga nisbatan muxolifat kayfiyati shakllangan byurger- lar doirasida ulg‘aydi.

18 yoshida Lyuter Erfurt universitetiga o‘qishga kirdi. Bu erda u gumanistlarning radikal to‘garagi a’zolari bilan tanishdi va bir qancha vaqt ular ta’siri ostida bo‘ldi. Biroq universitetni tamomlagandan so‘ng Lyuter avgustinchilar monastiriga xizmatga kirdi va uning dunyoqarashi shu erda to‘liq shakllandi. Monaxlar ordeni uni Saksoniyaning Vittenberg shahrida tashkil qilingan universitetga dars berish uchun yubordi. Lyuter tez orada ilohiyat doktori ilmiy darajasini oldi.

Reformatsiya uchun kurash qanday boshlandi? Lyuter bilan Rim o‘rtasida ajralish qanday ro‘y berdi?

1517 yilning 31 oktyabrь Martin Lyuter cherkov eshigiga bir necha varaq qog‘ozni yopishtirib qo‘ydi. Bu mashhur «95 tezis» – in- dulьgensiyalarni sotishga qarshi e’tirozlar edi. Aslida faqat il- miy munozara uchun mo‘ljallangan ushbu tezislar lotinchadan nemis tiliga tarjima qilinib, butun Germaniyani to‘lqinlantirib yubor- di. Keng muhokamalar davomida Lyuterning qarashlari va pozitsiya- si aniq bo‘lib bordi.

1520 yil 15 iyunda papa Lev X (1475 –1521) Lyuterni cherkovdan haydashga tahdid qiluvchi bulla1 e’lon qildi. Papa vakillari bul- la matnini Germaniya bo‘ylab tarqatib, Lyuter asarlarini yoqishni tashkil qildi. Bunga javoban Lyuter o‘z talabalari yordamida cher- kov kitoblari va bulla matnini yoqadi. 1521 yil boshida Lyuter va uning tarafdorlari cherkovdan haydaldi.

Lyuter Rim sudiga borishdan bosh tortdi va 1521 yilda uni Vorms shahridagi imperatorlik sudiga chaqirishdi. Bundan ikki yil oldin – 1519 yili nemis knyazlari Muqaddas Rim imperiyasi- ning imperatori qilib, buyuk katolik qirollar Ferdinand va Iz- abellalarning nabirasi ispan qiroli Karl I (1500 1558) ni say- lashgan edi.

YAngi imperator endi Karl V deb atalardi. Ispaniya haqida,



«bu – quyoshi hech qachon botmaydigan imperiya», deyishardi. O‘z bo- shida bir necha tojlarni yiqqan Karl V Ispaniya, Niderlandiya,
nemis erlari, Neapolь va Sitsiliya, YAngi Dunyo mustamlakalariga hukmronlik qilardi.

Karl V haqida uning «vatani yo‘q qirol» deyishardi. Nider- landiyada tug‘ilib, u erda 17 yoshgacha yashadi. O‘smirligida Karl har tomonlama ma’lumot oldi, flamand, ispan, nemis, fransuz va Italьyan tillarini bilardi. Karl V chiroyli va kelishgan, qomatli odam edi. U ishda charchamas, o‘z maqsadiga etishishda tirishqoq, har qanday to‘siqlarni enga olardi. Biroq o‘z xarakte- rining dadilligiga qaramasdan u kamgap, o‘jar va mug‘ambir ham edi. Karl V dunyo xristianlarining katolik mamlakatini tuzish- ni orzuqilardi.

Lyuterning do‘stlari, uning hayoti uchun xavotirlanib, Vorm- sga bormaslikni maslahat beradilar. «Mendan hamma narsani ku- tinglar, faqat qochishni va voz kechishni emas. Men qochmayman va eng so‘nggi kunimgacha tan oladiganim, o‘z ta’limotimdan voz kech- mayman!», – bu jasur inson o‘z tarafdorlariga ana shunday javob berdi.

Vormsga boradigan yo‘lda unga tantanali uchrashuvlar uyushtir- dilar, ko‘plab xalq to‘plandi va u o‘z duolarini o‘qidi. Vorms seymi uning uchun eng sharafli onlar bo‘lib qoldi. SHahar ko‘chalari va maydonlarini xalq oqimi to‘ldirib yubordi.

Imperator Lyuterdan o‘z ta’limotidan voz kechishni talab qildi, lekin u papaga bo‘ysunishdan va indulьgensiyalarning sotilishini ma’qullashdan bosh tortdi. Yig‘ilganlarga murojaat qilib, Lyuter o‘zining mashhur so‘zlarini aytdi: «Men shu so‘zimda turibman. Va boshqacha bo‘la olmayman. Xudo menga ko‘maklashadi. Omin». Uning nutqi davomida zaldan ma’qullagan xitoblar eshitilib turdi.

Suddan keyin ko‘pchilik Lyuterni ham YAn Gusning (1369 –1415) taqdiri kutayapti, deb o‘ylagandi. Ammo Saksoniya kurfyursti Fridrix III Donishmand (1463 –1525) uning qochishiga yordam berdi, Lyuterni o‘z qasrlaridan biriga yashirib qo‘ydi. U erda Lyuter ri-ssarь Georg nomi bilan yashadi hamda Injil va boshqa diniy yozuv- larni nemis tiliga tarjima qildi.

U qasrda yashar ekan, bu vaqtda Vittenburg va boshqa erlarda ka- tolitsizmning qulashi boshlandi. Reformatsiya boshlandi. Germaniya yo‘llari bo‘ylab xalqni faqat Rim papalari emas, balki dunyoviy knyazlar hokimiyatini ag‘darib tashlashga chorlovchi sayoq jarchilar izg‘ib yurishardi.

Lyuter bu chaqiriqlarni qabul qila olmas edi. U o‘z taraf- dorlariga keskin qarshi chiqdi va knyazlarni cherkov ustidan o‘z hukmronliklarini o‘rnatishga chaqirdi. M.Lyuterning 1525 yilmay oyida «Bosqinchi va qaroqchi dehqon to‘dalariga qarshi» nutqida shundaydeyiladi:«BudehqonlarmanauchyildirkiXudogavaodam- larga qarshi dahshatli gunohlarni o‘zlariga olishibdi, shuning uchun ham ular bir necha karra ham jismonan, ham ma’nan o‘limga loyiqdirlar.

Birinchidan, ular o‘z xo‘jayinlariga sodiqlikka va vafodorlik- ka, itoatkor bo‘lishga qasam ichganlar. Ikkinchidan, ular qo‘zg‘olon qilishar ekan, o‘zlariga tegishli bo‘lmagan monastir va qasrlarni shakkoklarcha talon-toroj qilar va o‘g‘irlab ketishar ekan, ular yo‘llardagi qaroqchi va qotillar misoli faqat shuning o‘zi uchunoq ikki karra tana va ruh o‘limiga mahkumdirlar. Qilmishi tasdig‘ini topgan har qanday isyonkor Xudo va imperator qahriga duch bo‘ladiki, unday odamni boshqalardan oldin yanchib tashlagan har qanday kishi adolatli va yaxshi ish qilgan bo‘ladi... CHunki isyon shunchaki qotillik emas, mamlakatni alangaga tashlaydigan va vayronaga aylantiradi- gan ulkan yong‘inga qiyosdir... SHuning uchun ham, dehqonlarni kim- ning qo‘lidan kelsa, o‘sha urishi, bo‘g‘ishi, sanchishi kerak, bu ishni oshkora yoki maxfiy qilishi mumkin va yodda saqlashi kerakki, isyon- kordan ko‘ra zaharliroq, zararliroq, shaytonroq hech narsa bo‘lishi mumkin emas. Uni xuddi quturgan itdek o‘ldirish kerak...»

Lyuteran cherkovi va Lyuter ta’limoti. Lyuter ta’limo- tining asosiy mohiyati shundaki, inson «qalbini qutqarishga»,

«gunohlardan forig‘ bo‘lishga» cherkov va uning marosimlari orqali emas, insonga xudo tomonidan in’om etilgan e’tiqod orqaligina erishish mumkin. U inson e’tiqodini uning xudo bilan aloqasidagi yagona vosita deb biladi. Bu bilan Lyuter ruhoniylarning jamiyat- dagi imtiyozli holatini inkor etadi va knyazlar hamda byurgerlar- ning umumiy xohish irodasini ifoda etadi.

Katolik cherkovning ta’limotiga qarama-qarshi o‘laroq, Lyuter cherkov va ruhoniylar inson bilan xudo o‘rtasida vositachilik qila olmaydi, deb e’lon qildi. Rim cherkovining odamlar «gunohlarini kechirishga» bo‘lgan da’vosini esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yolg‘on deb atadi. Bu albatta cherkovning mutlaqo keragi yo‘q, degani emas, u boshqacha bo‘lishi kerak, xolos. Ruhoniylar dindorlarga Injilni tushun- tirsinlar, ularga muqaddas kitoblarni o‘qishni o‘rgatsinlar.

Lyuter ruhoniylar ham uylana olishlari, odatdagi kiyimlarni kiyishi, oddiy odamlar qanday bo‘lsa, shunday bo‘lishi kerak, deb hisoblardi. CHerkov ham «arzon» bo‘lishi kerak uzoq cho‘ziladigan marosimlardan ozod bo‘lishi, ruhoniylarning qimmatbaho kiyimi- dan, boy ichki bezaklardan voz kechmog‘i kerak. Lyuteran cherkovi esa dunyoviy hokimlarga knyazlar va imperatorlarga bo‘ysunmog‘i ke- rak. Bunday ta’limot knyazlarning ham manfaatlarini ifodalardi. CHerkov islohoti shiori ostida monastirlarning erlarini tortib olish hollari uchray boshladi.

1529 yili Karl V knyazlarga monastir va cherkov mulkini olib qo‘yishni taqiqladi. SHunda Lyuterning tarafdorlari unga noro- zilik bildirdilar. «Protestant» so‘zi ana shunday paydo bo‘ldi. CHerkov islohotchilarini protestantlar deb atay boshladilar.


Download 183,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish