1-MAVZU: Web texnologiyalarga asoslangan kompyuterli testlarni loyihalashtirish
Ishning maqsadi: Test tuzish va kompyuterda test o’tkazish uslublarini amalga oshirish metodikasi va ular haqidagi talabalarning bilim,malaka va ko’nikmalarini yanada rivojlantirish.
Amaliy mashg’ulotning metodik ta‘minoti: Qo’shimcha adabiyotlar, labaratoriya ishida ishlatishga mo’ljallangan rasmlar, ma’ruza matni va prezentatsiyalar to’plami.
Texnik vositalar: Kompyuter asosiy va qo’shimcha qurilmalari proyektor elektron doska.
Dasturiy vositalar: Fan uchun xalqaro me’yorlar talablari darajasida ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standartlari hamda OTM lar professor o’qituvchilari tomonidan tasdiqlangan namunaviy dasturlar fanning dasturiy ta’minoti hisoblanadi.
Test (inglizcha – test – tajriba, sinov) diagnostika metodi bo‘lib, standart savollar beriladi.
Test sistemasi o‘quvchilarni baholashning boshqa ko‘rilgan metodlariga qaraganda qanday afzallikka ega? Undan foydalanish mohiyati nimada? Bu savollarga jabov beramiz.
Barcha o‘quvchilarga teng sharoit yaratiladi (vaqt hisobida ham, test savollarini tanlash hisobida ham).
Ma’lum vaqt ichida ham o‘quvchilarning keng doirasini, ham mavzuning to‘liq mazmunini qamrab olish mumkin.
Berilgan savollarda tasodifiylik elementlari kamayadi, bu esa imtihon oluvchining xolisligini ta’minlaydi.
Imtihon oluvchi va topshiruvchi o‘rtasida subektiv fikrni yo‘qqa chiqaradi.
Tekshirishga vaqt va kuch sarflash kamayadi, shu bilan birga o‘qituvchi va o‘quvchi ustida nazoratni yengillashtiradi.
Test javoblariga mashina tomonidan tezda statik ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki savol va javoblar standart shaklga ega.
4– rasm. Testlarning turlari.
Testlarni bir qancha turlari mavjud: eslash va to‘ldirish uchun testlar; tanlov testlari. Tanlov testlari o‘z navbatida alternativ, ko‘p tanlovli va kesishuvchi tanlovli testlarga bo‘linadi.
Birinchi turdagi testlar o‘quvchilarga gapdagi yoki bog‘lovchi matndagi bo‘shliqlarni to‘ldirish vazifasini qo‘yadi. Masalan:
1-test. Qolib ketgan so‘zni qo‘ying.
Belgili o‘zgaruvchanlik -- bu .... ga olingan belgilar ketma-ketligi.
A). Qo‘shtirnoq.
В). Qavs.
С). Figurali qavs.
D). apostrof
Muqobil test - bu o‘quvchi ikkita “ha yoki yo‘q” javoblarini tanlash kerak bo‘lgan vazifalar.
2-test. 1 Bayt 8 bitdan iboratmi?
A). Ha
В).Yo‘q
Kesishuvchi tanlovli testlar bir qancha vazifalardan iborat bo‘lib, bu vazifalar bajarilgandan so‘ng o‘quvchi olgan natijalar va taxmin qilingan natijalar o‘rtasida muvofiqni tekshiradi.
3-test. Har bir son uchun Paskal tilida yozuv toping.
a) 7 1) 3.E -10
b) 6,0 2) 1
v) 7,345678 3) 4.E 27
g) 0,00012 4) 87 8787.8
d) 0,00000000003 5) 6.0
ye) 4 *1027 6) 9.91.E-12
j) 2,34455628921 7) 1.2E-4
z) 1,000000001 8) 7
i) 878787,8 9)2.344556
k) 9,91*10 -12 10) 7. 345678
Ko‘p tanlov testlari vazifa va javoblar to‘plamidan (javoblardan biri to‘g‘ri) iborat. O‘quvchi ushbu to‘plamdan uning fikriga to‘g‘ri hisoblangan javobini tanlash kerak.
4-test. Beysik-bu:
A. Programma
V. Programmalash tili.
S. Yuqori darajali programmalash tili.
D. Ikqilangan kod tili.
Hozirgi vaqtda bir necha xil ARM “Test” lari mavjud. Ularning har biri o‘zining afzallik va kamchiliklariga ega. Ammo kompyuterda test olish ko‘p jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchi ishida yengillik yaratadi.
1.Quyidagi jadvalni daftaringizga chizib to’ldiring.
Bilaman
|
Bildim
(mavzudan olingan yangi ma’lumotlar)
|
Bilishni istayman
(qiziqtirgan savollar)
|
|
|
|
O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
Quyidagi masalalarni yeching:
Vazifa
Informatika fanining bitta mvzusi bо‘yicha о‘quvchilar bilimini nazorat qilish uchun har xil turdagi testlardan 5 tadan tuzilsin.
Kompyuterdan test olish usullarining ijobiy tomonlarini aniqlang.
Savollar
Informatika fanidan о‘quvchilar bilimini nazorat qilishning maqsad va vazifalari qanday?
Siz informatika fani bо‘yicha о‘quvchilar bilimini nazorat qilishning qanday turlarini bilasiz? Ularni ta’riflang.
Test deganda nimani tushunasiz?
Testlarning qanday turlari mavjud?
Qanday qilib testni tо‘g‘ri tuzish mumkin? Misol keltiring.
Adabiyotlar:
1. Yuldashev U.Y., Boqiyev R.R., Zokirova F.M. Informatika o‘qitish metodikasi. Toshkent, “Talqin”, 2005 y.
2. Saidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T., 2003y.
3. Saidaxmedov N.S. Yangm pedagogik texnologiyalar T., “Moliya”, 2003y., 172 b.
4. To‘raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. T.,
“Fan”, 2006 y., 240 b.
5. Isoqov I., Qulmamatov S.I. Informatikani o‘qitishda innovatsion texnologiyalar
fanidan ma’ruza matnlari. Guliston, GulDU, 2013 y.
6. Abdukarimov H., Suvonov O. Umumiy pedagogika: Texnologiya va amaliyot. O‘quv-metodik
qo‘llanma. T., 2012 y., 120 b.
7. Isoqov I.,Abdurahimov D., Toshtemirov D.E. Informatika fanidan o‘quv-uslubiy
majmua. Guliston, GulDU, 2013 y., 337 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |