1-Mavzu: VI-VII asrlarda Sug’d, Farg’ona va Xorazm Reja



Download 32,18 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi32,18 Kb.
#894970
Bog'liq
1-Mavzu VI-VII asrlarda Sug’d, Farg’ona va Xorazm Reja


1-Mavzu: VI-VII asrlarda Sug’d, Farg’ona va Xorazm
Reja:

    1. Sug’dning ilk feodal davlatlar konfederatsiyasi.

2. Farg’ona, Xorazm, Choch va Eloqdagi mustaqil hokimliklar.
3. Ilk o’rta asr shaharlarining shakllanishi.
Adabiyotlar:

  1. Наршахий. Бухоро тарихи. – Т.: 1999, 38-63 бетлар

  2. История ат-Табари. –Т.:1987, 34-46 бетлар.

  3. Исҳаков М. Унутилган подшоликдан хатлар. – Т.: 1992 , 3-24 бетлар.

  4. History of civilizations of Central Asia .The crossroads of civilizations: A.D. 250 to 750 Volume III.1996. 452-465 р.

  5. A. Sagdullayev O’zbekiston tarixi 1-kitob .Toshkent 2019, 292-319 betlar

  6. A. Sagdullayev O’zbekiston tarixi 1-kitob .Toshkent 2021, 285-314 betlar

  7. B. Eshov O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi 1-kitob .Toshkent 2019, 208-225 betlar

VI asr o’rtalariga kelib feodal munosabatlar rivojlanayotgan bir davrda, siyosiy jixatdan eftaliylar davlati porakandalikka yuz tuta boshladi uning tarkida 15 dan ortiq mustaqil feodal hokimliklar vujudga keldi. Turk xoqonligining 563-567 yillar davomida olib borgan urishlari natijasida Eftaliylar ustidan g’alaba qozondi va O’rta Osiyoda xoqonlik hokimiyatini o’rnatishga muoffaq bo’ldi. Xitoy tarixiy manbalaridan aniqroq bo’lishicha Samarqand va uning atrofidagi hududlar Kan degan nomda yuritilgan. Shuni alohida qayt etish lozimki Kan kichik bir viloyatni ifodalab qolmasdan u butun bir So’g’diyonani ifodalovchi nom bo’lgan. VII asrda Li Yan-shou tamonidan yozilgan “Beyshi” yani “Shimoliy xonadonlar tarixi” nomli asarida bir qator viloyatlar qatorida Samarqandni ham keltirib uni Kan deb ataydi. Bundan tashqari Suy sulolasi tarixi yoritilgan “Suyshu” nomli, hamda Txan sulolasi tarixi yoritilgan “Txanshuda” nomli tarixiy asarlarda ham shunday takrorlanadi. VI-VII asrlarda so’g’d mahalliy hokimlar tamonidan idora etgilgan. Bu haqda qadimgi Xitoy manbalarida qayt etilgan. Tarixiy manbalarda alohida mulkiy hududlar Kan sulolasiga itoadda bo’lganligi to’g’risida so’z boradi. Har bir mamuriy birlikning o’z nomi bo’lib ular quydagilardir: Maymurg’, Ishtixon, Kushoniya, Buxoro, Naqshab, Amul, Andxoy va Samarqand. Samarqand bu mulkliklarning kattasi bo’lgan. Bu viloyatlarning ko’pchiligi Zarafshon vodiysida, Qashqadaryo Vodiysida joylashgan bo’lib, bu joylarning hammasi So’g’diyona deb nomlangan. Yuqorida qayt etilgan mulkliklarning boshqalari kuch qudrat jihatdan yuksak bo’lgan Samarqand hokimi bilan hisoblashib muomilada bo’lgan. Hatto ayrim davlat boshliqlari u bilan quda andachilik munosabatlarini ham o’rnatgan. Buxoro viloyati hokimlari Samarqand hukmdorlari bilan qon qarindosh bo’lib, ular umumiy ajdod tarafidan bir birlari bilan chambarchas bog’langan edi. Bevosita Kan hukmdoriga bo’ysingan Buxoro hokimi ham xuddi shu nomdagi unvon soxibi bo’lgan. Kanning marazlashgan davlat bo’lishi 6 asrlarga yani eftalit davlatining kuchsizlanib yemirilib kelayotgan davriga to’g’ri keladi.


Samarqand So’g’d hukmdorining saroyida ajdotlar ibodatxonasida har yilning oltinchi oyida qurbonlik keltirish munosabati nishonlanib unda mamuriy birliklarning hukmdorlari ishtirok etganlar va bu holat ular barchasining qon- qarindosh aloqasida ekanligadan dolalat beradi.
VII asrning birinchi choragida Kesh viloyati kuchayib, davlatning poytaxti hozirgi Kitob o’rnida Kesh shahri bo’lib qolgan. Manbalarga ko’ra, uning hokimi Tish (Ticho) degan kishi bo’lib, bu borada mazkur davlat boshlig’i qudratli hukmdorga aylangan. Yoqubning bergan malumotiga qaraganda VII asrning boshlarida Kesh viloyati kuchaya boshlagan. Yoqub o’z axborotida Kesh xokimini Ticho deb ataydi. Manbalarda qayt etilishicha Keshga u tamonidan asos solingan. VII asr o’rtalarida Kesh hukmdori- ixshid Shishpur butun Keshning hukmdori sifatida tan olingan. U o’z nomidan tangalar zarb ettirgan uning davrida zarb etilgan tangalarda “Ixshid -Shishpar” degan yozuvlar mavjud. Malumki ixshid So’g’d hukmdorining nomi. Bundan Shishparning butun So’g’d viloyatining hokomi bo’lganligi malum bo’ladi. U boshqa davlatlarga esa rasmiy ravishda elchilar yuborib turgan. Jumladan Xitoy davlati bilan diplamatik aloqalar o’rnatgan. Ammo Kesh xokimlarining So’g’d ustidan hukumronligi uzoq davom etmadi. Keyinroq taxminan VII asrning ikkinchi yarmida, Kesh va Samarqand o’rtasida qattiq kurashlar bo’lib, bu kurashlar natijasida Samarqand siyosiy jihatdan hukmronlikni o’z quliga qaytarib olishga erishadi. Uning hukmdori ishid soxibi bo’lish bilan bir qatorda Kesh hokimini taxtdan ag’darib tashlab, o’rniga esa o’z vakilini o’tqazadi. Endilikda Kesh hukmdoriga “ixrid” unvoni beriladi va u Samarqand hokimiga merosiy ravishda tobe bo’lib qoladi. Samarqand hokimi o’sha paytda ixshid Varxuan bo’lgan. So’g’diyonaning mahalliy hokimlari Choch va Xorazmning mustaqil hukmdorlari bilan birlashgan edilar. Yirik siyosiy birliklar malum muddatlarda shaharlardan birida o’z quriltoylarini o’tkazib turganlar.
Xorazm boshqa shahar davlatlarga nisbatan ancha mustaqil edi. Mamalakatni afrig’iylar sulolasiga mansub podsholar boshqarar edi. VI-VII asrlarda Xorazm o’z boshidan iqtisodiy inqirozni kechirib turgan. Xorazmliklar boshqa davlatlar, xususan, Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo- sotiq munosabatlarida bo’lishgan. Xorazm madaniyati o’z qiyofasini saqlab qolgan va hyech qanday tashqi tasirlarga uchramagan.
Sug’diyonaning tarkibiga o’sha vaqtlarda Panjikentdan Karmanagacha bo’lgan yerlar kirgan. Buxoro esa VII asrda mustaqil mulklar itifoqidan iborat alohida birlashma sifatida Samarqandga bo’ysinmay qolgan. Uning podshosi “buxorxudod” unvoni soxibi bo’lgan.
2-masala:
Forg’ona Kan siyosiy ittifoqiga kirmagan bo’lib, u alohida mustaqil davlat edi. Uni “afshin” boshqargan. Farg’ona Tangritog’ xalqlari bilan o’zaro aloqada bo’lgan. VI-VII asrlarda yurtimiz hududida yuz bergan ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlar tatqiqotchilar tamonidan ijtimoiy iqtisodiy jihatdan o’rganilib chiqilgan. Mazkur ilmiy tatqiqotlarning natijalariga suyangan holda o’sha davrda So’g’diyona Xorazm va Forg’ona hamda mazkur geografik hudularga qarashli mulklarda dehqonchilik bog’dorchilik ayniqsa uzumchilik paxta yetishtirish va uy chorvachiligining ancha rivoj topganligini anglash mumkin. Iqtisodiy qayotning muhim jarayonlaridan biri sanalgan savdo- sotiq va hunarmandchilik ham bu davrda gullab yashnagan. Bu davrda Forg’ona Farkan yoki Davon deb yuritilgan. Uning podsholari “ixshid” deb nomlangan.koson, Axsikat va Qubo kabi yirik shaharlarida hunarmandchilikning turli soxalari rijoj topgan. Yuqorida nomlari qayt etilgan shaharlarda tog’ qalari mavjud bo’lgan, bu istehkomlar vodiy bo’ylab joylashgan.
V-VII asralarda Chirchiq Ohangoron vodiysida ikkita mutaqil feodal davlatlar mavvjud b o’lgan. Mazkur davlatlarning tarixiy manbalarda Choch davlati nomi ostida tilga olinsa, yana biri Eyuloq mulki nomlari ostida tilga olinadi. Chochning poytaxti chochkand shaxri bo’lib, podshoxi “tudun” nomlanadi. Eloqnning poytaxti Tunkat shahri bo’lib hokimi dexqon deb yuritilgan. Mazkur davlatlar V asralrda Eftaliylar davlaatiga bo’ysintirilgan bo’lsa, VI asrda G’arbiy turk xoqonligiga bo’ysintiriladi. Choch vaeloqda sug’orma dehqonchilik chorvachilik hunarmandchilik ayniqsa konchilik ichki va tashqi savdo yuksak darajada edi. O’rta asrlarda Choch voxasi uzil kesil shakllangan edi. Uning hududi 50 ga yaqin sug’orish inshoatlari yordamida su g’orilar edi. Chochliklar dehqonchiligining asosini arpa, bug’doy va tariq tashkil etgan. Chochkat shahri atrofmda 50 dan ortiq katta kichik istehkomlar, feodal qo’rg’onlari va qishloqlar mavjud bo’lgan. Choch va Eloqda qadim zamonlardan konchilik yuksak darajada rivojlangan. Chunki Choch va Eloq tog’lari oltin, kumush, rangli madanlar, temir va jilvador chaqmoqtoshlarga boy bo’lgan. Konchilikda –oltin va kumush madanlarini qazib olishda Eloq O’rta Sharq mamlaakatlar ichida shuxrat qozanodi. Choch va Eloq orqali savdo yo’lining o’tganlagi unda sado sotiqning rivojlanishi va ularining shaharlarining gavjumlashib rivojlanishiga asos bo’ldi. Chochliklar tashqi savdoda asosan chet mamlakatlarga qimmatbaho metallar qimatbaho toshlar hamda g’alla, quruq meva yilqilar chiqargan. Chochning karvon yo’li ustida joylashganli chochliklarning savdo bilan zug’ullanishlariga zamin yaratib bergan. Chochlik savdogarlar o’r ta osiyoda alo hida o’rin tutgan. VI- VII asrlada Chochda ikki tillilik mavjud edi. Bu davrda ular turk xoqonligi tarkibida bo’lishiga qaramasdan so’g’d tilini rasmiy til sifatida saqlab qolgan edi. Chochda keyingi davrlarda kumush va mis tangalar zarb etilganligi tarixiy manbalarda aks ettirilgan.
3-masala:
Bu davr O’rta Osiyoda Feodal munosabatlarning o’rnatilishi shimoldan ko’chmanchi xaqlarning kirib kelishi natijasida bu diyorda vujudga keolgan o’ta murakkabsiyosiy vaziyat, hamda ijtimoiy vaziyat xo’jalikning rivojlanishi, shahar va qishloqlarning qiyofasi va aholisining tutmush tarzi hamda yashash sharoitiga jiddiy tasir ko’rsatdi. Feodal munosabatlarning o’akllanishi va ko’chmanchi aholining o’troqlashuvining kuchayishi natijasida ekin maydonlariga bo’lgan ehtiyoj ortib bordi. Kanallar barpo etilib sug’orish tizimi tubdan yaxshilandi. Tog’ oldi yerlariga su chiqarilib yangi yerlar o’zlashtirildi. Yirik sug’orish inshoatlari atroflarida, markaziy shaxarlarning tevarak atroflarida yangi tipdagi turur joylar; qo’rg’on va qo’rg’onchalar barpo etildi. Ko’shiklar va qo’rg’onlar davr ehtiyoji va talabidan kelib chiqqan holda barpo etilgan bulib, bu binolar mudofaa inshoati vazifasini bajarar edi. Bu inshoatlar mamuriy markaz hamda oziq ovqat ombarlari, eng asosiysi harbiy garnezon vazifasini o’tagan. VI-VII asrlarda O’rta Osiyo shaharlarida hali savdo sotiq rivojlangan bo’lishiga qaramasdan, shaharlarning maydoni halti unchalik katta emas edi. Eng katta shahar hisoblangan Samarqand shahrining umumiy maydoni 220 gektarni tashkil etar edi xalos. Bu davrda xorazmda ham bir qator shaharlar yuzaga keldi jumladan 5-8 asrlarda mashhur bo’lgan Qiyot, Xozarasp va Urgench shaharlarini misol qilib olishimiz mumkin.
So’g’d hududida arablar davriga qadar rivojlangan sug’orish tizimi bo’lgan. Samarqand shahrinii suv bilan taminlovchi aloxida suv tarmog’i o’sha vaqtlarda mavjud edi. Kushoniya, Narpay, Buxora voxasining esa Shopurkon Samarqand atrofining “Rabori xo’ja” degan joyida uchta suv tarmog’iga ajraluvchi kanallar suv bilan taminlangan. Arablar Samarqandga kelgan vaqtlarida uning tevarak atrofidagi dalalarning yashilligi bog’larning obodligini ko’rib hayratlaninib qolganlar. Bu mazkur joylarda qishloq xo’jaligi va tarmoqlarining ravnaq topganligidan dalolat beradi. Dehqonchilik suniy suhorishga asoslangan shu bilan birga lalmikor dehqonchilik ham keng rivoj topgan. Ziroatchilikda g’alla, no’xat shuningdek paxta yetishtirgan bo’lsa, bog’dorchilikda uzum va boshqa turdagi mevalar: gilos, shaftoli, olchadan hosil olingan. Chorvachilik sohasida yirik shohli mollar, qo’y echki boqilgan bo’lsa, ot, xachir, eshshakdan ulov sifatida foydalangan. So’g’d va Farg’onaning zotdor otlariga Xitoyda talab- ehtiyoj nihoyatda katta edi va yana aynan shu mamlakatga eksport qilinar edi. Tuyalardan tekisliklar dasht va cho’l mintaqalarida transport va uy hayvoni sifatida keng fodalanilgan.
So’g’dda ipak tolasi yetishtirilgan. Paxta jun va ipak tolasini qayta ishlash zaminida mato ishlab chiqarish ancha rivojlangan edi.
Manbalarda So’g’d may tayorlash ancha yuksak daraja ekanligi haqida malumotlar bor. Bu yerning uzimi may tayyorlash uchun nixoyatda bob ekanligi g’aqida malumotlar bor uzumdan tayyordangan ichimlikning katta zaxiralari zadogonlarning uylarida saqlangan.
VI-VII asrlarda savdo stiq ishlarida janubdan shimolga tamon ko’chgan. Bunga vositachilik qilish so’g’diylarning qo’liga o’tadi. Ular nafaqat quriqlikda, balki shu bilan bir qatorda Kaspiy dengizi orqali ham savdo ishlarida faol qatnashgan. Bu borada Poykant shahrini aloxida tilga olish lozim, chunki mazkur joyda savdogarlar ko’p istiqomat qilganlar va o’sha vaqtdagi oldi sotdilarni ular amalga oshirganlar. Shu boisdan ham bu shahar savdogarlar shahri yani “Madinat at-tujor” deb bejiz aytilmagan.
So’g’ddan chet mamalakatlarga mevalar: oq va sirir olcha chorva mollariadan quyriqdor qo’ylar shuningdek yilqidar chiqarilagn.
So’g’dning atroflari tog’lar bilan o’ralganligi bois bu yerlarla oltin mis temir qalaiy kumush singari rangli metallarning konlari juda ko’p bo’lgan. Kesh tog’laridan qizil tuz va oltin qazib olinsa iloqdan kumush va qalayt, maymurug’dan latun, oltin qazib chiqariladi. Mazkur maxsulotlarning zarur qismi ichki ehtiyojlar uchun bo’lsa, qolgani eksport sifatida chiqarib turilgan. Yuqoridagi misollar so’g’dda temirchilik soxasining yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Metallurgtyada turli mehnat qurollari: belkurak, bolta, o’roq, mix, taqa va hakoza mehnat qurollari ishlab chiqarilgan. Turli tuman hunarmandchilik buyumlari: pichoq qaychi bezak ashyolari kalit qulf chiroqlardan, harbiy qurollar ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yilgan. Shuning uchun ham so’hd harbiylari qurolanish jihatidan boshqa hudud harbiylariga nisbatan ancha ustin bo’lgan.
Kumush va bronzadan turli idishlar yasalar, shu bilan bir qatorda bunday ashyolarning sirti naqshi nigorlar bilan o’yma ravishda ishlanar edi. Oltindan yasalgan halqalar, bilakuzuklar, sirg’alar, feruza, duru gavxarlar bilan bezatilib chiqarilar va juda boy bejak buyumlari sanalar edi.
Mug’ tog’idan 150 xil matolarning nuschalarining topilishi bu yerda to’qimachilikning rivoj topganligidan dalolat beradi. Mazkur topilmalarning asosiy qismi paxtadan tayyorlangan matolardir.
Shuni alohida takitlash jogizki VII asrda harbiy to’qnashuvlarning kupayishi iqtisodiy hayotda katta o’zgarishlarni yuzaga keltiradi. Birinchidan markazlashgan hokimiyat zaiflashdi; ikkinchidan notinchik malum darajada iqtisodiy tanglikni yuzaga keltirdi. Buning oqibatida shaharlar tushkunlikka yuz tutib, ularning maydoni qisqarib borgan. Katta oilalar egalik qilgan qurg’on -qalalar ahamiyati oshdi va ko’payib bordi. Xorazm va So’g’dda bunday qalalarning atrofida dehqonchilik mavzeylari hamda ularda dehqonlar va savdogarlarning mustahkam uy qurg’onlari to’planib qolgan edi.
So’g’d viloyati axolisi assosan savdogarlar, hunarmandlar, taqvodarlar, harbiy askarlar, shuningdek ziroatkor va chorvador qatlam vakillari sanalgan. Albatta ijtimoiy qatlamlar orasida dehqonlar mavqyeyining ustunligini alohida qayt etib o’tish zarur. Chunki ular zadogonlar saanalib, aolining boshqa qatlamiga nisbatan boy- badavlat va yirik yer mulklariga egalik qilishgan. “kashavarz” yoki kishtukorknandalar qatlami vakillari dehqonlardan yerlarni ijaraga olib malum darajada to’lov berish evaziga ish yuritganlar. Akkor va chorikorlar esa mardikorlik qilish bilan kun kechirganlar.
Jamiyatda dindor shaxslarning ahamiyati ulkan edi. Ular turli diniy marosimlar va udumlarni ado etishda ommaga rahbarlik qilganlar. Vag’n yani ibodatxona xo’jaligi ham ularning qaromog’ida bo’lgan.
VI-VII asrlarda madaniy jarayonlar jamiyatdagi siyosiy iqtisodiy va ijtimoiy voqyealar bilan o’zaro tasirda rivojlanib borgan. Bu davrda turli xalqlarning til va yozuv turlari bir-biriga tasir o’tkazdi. So’g’diylarning tili va yozuvi o’ziga xos edi. Uning ayrim so’zlari va tushinchalari hozirgi o’zbek tilida ham saqlanib qolgan. Arab yozuviga qadar turk-runiy, uygur, moniviy, so’g’d braxma va suryoniy yozuvlari mavjud bo’lgan.
Shimoliy Mo’g’ilistonning O’rxun va Selenga daryolari voxasida topilgan Tunyuquq, Qultegin, Bilgaxoqon, Kulichur, Ungin singari yodgorliklar shular jumlasiga kiradi. Turkiy – run yozuvlarini turkiy xalqlar, turkiy tamg’a(belgilar)lar negizida ixtiro qilganlar degan taxminiy fikrlar mavjud. So’g’d yozuvlari keng hududda tarqalgan. Bu jarayon so’g’dlarning yangi yerlarni o’zlashtirish faoliyati va savdogarlarning “Buyuk ipak yo’lai”dagi say harakatlari bilan bog’langan. Shuning uchun ham so’g’d tilidagi yozma yodgorliklar O’rta Osiyo, Qozog’iston, Sharqiy Turkiston, Pokiston va Mo’g’iliston tuprog’idan topib tekshirilgan.
So’g’d yozuvi oramiy alifbosi asosida shakllangan bo’lib uning tarkibida 25 ta harf bo’lgan va ular so’ldan o’nga tamon yozib chiqilgan. So’g’d yozuvi ish yuritishda, savdo madaniy aloqalarda katta ahamiyatga ega bo’lib, qadimgi uyg’ur mo’g’il va manjurlarning yozuvlarining paydo bo’lishiga asos bo’ldi. So’g’dliklarning o’z taqvimlari bo’lib unda har bir oyning nomlari aniq qilib belgilangan va kursatilgan.
So’g’d hududida buddaviylik, xristianlik va manixiylik adabiyoti namunalarining so’g’d tilida bayon qilinishi mazkur tilning ustunligidan dalolat beradi.
O’sha davrda Xorazmda mahalliy yozuq ham keng tarqalgan va amalda bo’lgan. Tunroqqaladan topilgan shoh arxivi bundan dalolat beradi. Boy bezaklar sopol metall idishlar devoriy suratlar, hatto kiyimlardagi tasvirlar bu yerda tasviriy sanatning taraqqiyotidan dalolat beradi.
Diniy qarashlarda zardushtiylik yetakchi o’rinda turgan. Axuramazda samo va yerning asoschisi bo’lib uning sharafiga qurbonlik keltirganlar. So’g’diylarning Yettisuvdagi ayrim joylarga borib o’rnashishlari oqibatida zardo’shtiylar bilan o’sha yerliklarga xos shamoniylik dinining bir-birlari bilan qo’shiluvi yuz berdi. Oltoydan So’g’dga ko’chib kelgan ayrim urug’ aymog’lar esa zardo’shtiylikni qabul qilgan edilar.
Ilk o’rta asrlarda sug’orma dehqonchilik maydonlarining kengayib, qishloq xo’jalik mahsulotlarining ortib borishi ,xunarmandchilik buyum va asbob –uskunalariga bo’lgan extiyoj savdo-sotiqning avj olishi, o’z navbatida, shaxarlarning ravnaqiga, ayniqsa uning xunarmandchilik mahallalarining kengayishiga ta’sir etdi.Chunki VI-VII asrlarda Buxoro va Poykand shaharlarining maydoni 20 gektardan oshmagan. Bu davrda O’rta Osiyoda eng katta shaharlardan biri Samarqand edi. Uning umumiy maydoni 200 gektardan salgina oshiqroq edi.VI-VIII asrlarda, bir tomondan , shaxar aholisining ortib, uning gavjumlashuvi,ikkinchi tomondan,xunarmandchilik,savdo-sotiqning tobora kengayib borishi bilan shaxarlar atrofi o’zlashtirilib, obod etiladi. Natijada ayrim markaziy shaxarlarning tashqi devorlariga tutashgan joylarda hunarmandchilik mahallalari paydo bo’ladi. Atrofii mudofaa devori bilan o’ralmagan bu istehkomsiz mahallalar manbalarda «rabaz» yoki «rabod» nomi bilan ifodalanadi. Keyinchalik rabodlar ham alohida devor bilan o’rab olinadi. Rabodlarda hunarmandchilik mahallalaridan tashqari savdogarlar, o’zga yurtlardan kelgan musofirlar uchun karvonsaroylar, bozorlar, ibodatxona va dahmalar qad ko’taradi. Shunday qilib, shaharlar atrofida rabodlarning qad ko’tarish bilan ilk o’rta asrlarda ular uch qismli bo’lib qoladi. Uning podshoh qasri joylashgan qismi «koh», ichki shahar «shaxriston» deb yuritiladi. Shaharning uchala qismi ham aloxida-aloxida devorlar bilan o’rab olinadi. Ularning bir necht darvozalari bo’lgan. Manbalarda ta’rif etilishicha, VII asrda Buxoro besh qismdan iborat bo’lib, u besh qator devorlar xalqasi bilan o’ralgan. Shahar oralab oqib o’tgan anhor handak vazifasini bajargan. Shuningdek, Poykand shahrining ichki va tashqi ikki shahristoni bo’lib, rabodida ko’plab karvonsaroylar,otashparastlarning gumbazli go’rxonalari, shishagarlar va kulollarning xumdonlari xamda korxonalari joylashgan.
Ilk o’rta asrlarda So’g’dda shahar va qishloq aholisi naf deyilgan.Ijtimoiy jixatdan u bir necha tabaqaga bo’lingan. Zodagonlar ozod, shahar hunarmandlari-ozodkor, savdogarlar-g’uvokor, ziroatkorlar-kashovarz, xizmatkorlar-chorikor, mute qo’shchilar-kadivar, qulva cho’rilar –bantak va doya deb yuritilgan.
Toxariston ilk o’rta asrlarda tashkil topgan mayda davlatchalar konfederasiyasini tashkil etardi.Toxaristonda shishasozlik xam ancha rivoj topgan edi. Rangdor shishalardan surmadonlar,marjonlar va munchoqlardan tashqari xilma-xil shisha buyumlar yasalgan.VIII asr boshlarida Toxaristondan Xitoyga olib chiqilgan qizil va zumrad rangli shishalar xitoyliklarni lol qoldirgan.
Toxaristonda ayniqsa to’qimachilik yuksak darajada edi. Ip, jun va ipakdan rangli ,guldor va yo’l-yo’l matolar to’qilgan. Toxariston juda ko’p mamlakatlarga elchilar yuborib, ular bilan savdo aloqalari olib borgan. Chetga ko’plab qimmatbaxo toshlar chiqarilgan. Mashhur Badaxshon la’li esa jahon bozorlarida nixoyatda yuqori baholangan.Xuttalondan uyur-uyur zotdor yilo’ilar olib chiqilgan. Toxariston dori-darmonlari esa Xitoyda juda qadrlangan.So’g’d tangalariga taqlidan so’qilgan o’z pullari ichki savdo muomalasida yurgan.
Farg’onada Koson, Axsikat va Kubo kabi yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli soxalari rivoj topib, uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo’lgan. Qo’shni mamlakatlarga arg’umoqlar,bo’yoqlar, shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan.
Choch shahar aholisining bir qismi savdo bilan mashg’ul bo’lgan, VI-VIIasrlarda Sharqiy Turkiston bilan savdo-sotiq qilishda chochliklar Samarqand va Buxoro savdogarlaridan keyin uchinchi o’rinda turgan. Choch poytaxti tashqi savdo markazi edi Choch va Eloq tog’lari oltin,kumush, rangli ma’danlar, temir va jilvador chaqmoq toshlarga boy edi.Shu tufayli bu o’lkada konchilik va unga asoslangan hunarmandchilik rivoj topadi. Oltin va kumushlar qazib olishda Ayniqsa Eloq, O’rta Sharq mamlakatlarida shuhrat topadi.
2-masala:

Farg’onaning Xitoy bilan olib brogan savdo-iqtisodiy aloqalari ham qiziqish uyg’otmay qolmaydi. CHjan Siyan ilk bor Farg’onada bo’lib qaytgandan so’ngbu yurtga uzoq Xitoydan birin- ketin savdo karvonlari qatnay boshlaydi. Tabiiy ravishda ular xitoylik xunarmandlar ishlagan nafis buyumlarni keltirib, ularni Farg’ona ajoyibotlari, masalan, otlar, dehqonchilik maxsulotlariga ayriboshlashga harakat qilganlar. CHunonchi, CHjan Syanning uzum va beda o’simligi haqida o’z hukmdoriga yetkazgan malumotidan so’ng oily farmonga ko’ra shu ikki o’simlik ko’chati va urug’ elchilar , savdogarlar orqali Xitoyga olib ketiladi va hosildor yerlarda parvarish qilina boshlanadi. SHu tariqa xitoyliklar uzum va bedani o’zlari uchun kashf etganlar. Bartol’d fikriga qaraganda , tahminan shu davrda Farg’ona orqali xitoyliklar paxtachilik bilan ham ilk bor tanishganlar. Bu yerda paxta va uning qadimgi Xitoy ierogliflda pak qabilida ifodalanishi diqqatni tortmay qolmaydi. Ammo paxtachilik bilan rasmana sug’llanishni xitoyliklar ancha keyin boshlaganlar.Umuman olganda, farg’onaliklar savdo-sottiq ishlarida mohir hisoblanganlar. Miloddan avvalgi 1-mingyillikning so’nggi asrlarida shakillana boshlagan Buyuk Ipak yo’lining shimoliy yo’nalishi xuddi shu Farg’ona orqali o’tgani bejiz emas, albatta.


Markaziy osiyo orqali Xitoydan g’arbga o’tadigan saydo karvoni yo’llari doimo so’g’dlar nazorati ostida edi . So’g’dlik savdogarlar o’zlarining bu yo’ldagi xukmronliklarini saqlab qolishuchun SHarqiy Turkistonda , Ettisuvda , Oltoydan to Enisey soxillariga qadar bo’lgan hududlarda , SHimoliy xitoyning SHansi viloyatida, Dunxuan kabi qator shaxarlarda o’z karvonsaroylarini va qishloqlarini barpo etganlar. Nefrit savdosida yuechji qabila ittifoqi asosiy vositachi bo’lgan. Xan sulolasi davrida ana shu n efrit savdo yo’li orqali SHarqiy Turkistonga ko’plab ipak matolari borardi Xitoy bu yo’lni iqtisodiy zaruryat tufayli qo’lga kiritishga harakat qildi. Biroq miloddan avvalgi 165 yilda bu yo’l xunnlar qo’liga o’tadi. ”Ipak yo’li “ savdosida Xitoy manbalaridaga qaraganda otlar alohida ahamiyat kasb etagan. Otlarning bahosi ipakning bahosiga singari juda yuqori bo'lgan. 8 asr boshida bitta otning bahosi 40 taxlam ipakka teng bo’lganligi takidlanadi. 9asrning birinchi yarmida esa 100 ming otga bir million taxlam ipak bergan. Ayniqsa, Tuva, Xakasiya, Oltoy, Farg’ona vodiysi va Ettisuv viloyatlarida etishtirga otlar zotdorva beboho bo’lgan.
Parfiyalikla savdogarlari faoliyati diqqatga sazovardir. Manbalarda yozilishicha, ular quruqlik hamda dengiz orqali turli o’lkalar bilan savdo aloqalarini olib borganlar. SHuni qayd etib o’tish lozimki, Arshakiylar saltanati SHarq va G’arb mamlakatlari o’rtasidagi o’ziga xos iqtisodiy-savdo ko’prigi sifatida taniqli bo’lgan.
Parfiyaliklar xaykaltoroshlik,zargarlik soxalarida mohir hisoblanganlar.QadimgiNiso shahri o’rnidan topilgan ashyolar-marmardan ishlangan xaykallar fikrimiz dalili bo’la oladi.Ular yuksak sanat asari hamda malum manoda saltanat boyligi ,ko’rki sifatida oily hukmdor qarorgohida alohida joyda saqlangan.
Eftalilar savdo-sotiq gurkirab rivoj topgan.Bir tomondan, ulkan mintaqaning siyosiy jihatdan yahlitligi , ikkinchi tomondan SHarq va G’arb mamlakatlaroro iqtisodiy –savdo munosabatlari oralig’da bo’lib ichki va tashqi savdo ishlarining yanada tarraqiy etib borishiga qulay sharoit yaratib bergan. Bu esa o’z navbatida yo’l, qatnov, taminoti, xizmat ko’rsatish tarmoqlarining kengayib borishiga yo’l ochgan. Tashqi savdoda ipak, lak, bo’yoqlar, rangli shishalar, qimmatboho toshlar, arg’umoq otlar, matolar, shirinliklar, qurol –yarog’ kabi noyob mahsulotlar bozori chaqqon bo’lgan.
Xalqoro savdoda Xitoy bilan aloqada bo’lgan davlatlar orasida Sug’diyona va Baqtriya muhim o’rin tutgan. Sug’dlar qadimdan yaxshi diplomatik va savdo sohasida mohir ekanliklari malum . Ular tijorat ishlarida faol qatnashishi bilan cheklanmasdan , Sug’diyonadan ancchagina uzoqda ham savdo-sottiq olib boradigan manzillar tashkil etkanlar. Ana shunday manzillar SHarqiy Turkiston , Xitoy , Yaponiyada qurilgan.Sug’diyonaning Samarqand , Buxora , Nasaf , Kesh ,Varahsha ,Panjakent shaharlari Buyuk ipak yo’lidagi muhim savdo nuqtalari bo’lgan .Ulardan Sug’diyonaning paytaxti Samarqand savdo va hunarmanchilikning markazi sifatida alohida o’rin tutgan.
Markaziy Osiyo xalqlari dunyodagi eng boy tarixga ega bo’lgan xalqlardan ekanligi yuqoridagi mavzularda qayd etildi. Bu o’lkada qadim-qadimdan yashab kelgan xorazmiylar, baqtriyaliklar, sug’diyonaliklar, parfiyaliklar ,davonliklar, qang’liklar, kushonlar va boshqalar o’z paydo bo’lishi, rivojlanish va yozuvlariga ham ega bo’lganlar. Hozirgacha bizgacha malum bo’lgan manbalarda Markaziy Osiyo xalqlarining yozuv tarixi yoshini taxminan 2300-2500 yillar atrofida deb hisoblaydilar. Xorazim ,bahtar va sog’dda eron tillari bir necha lahjalardan iborat bo’lgani kabi, turkey tillar ham xilma-xil laxjalarni o’z ichiga olgan . Uzoq yillar o’tishi bilan eron tillari zaminida fors-tojik tili, turkey tillar lahjalari zaminida turkiygo’y xalqlar tillari paydo bo’lgan. Qadim-qadimdan bu xududda yonma- yon, yelkama-yelka yashab kelgan, doimoiqtisodiy , ishtimoiy va madaniy jixatdan aloqador va bog’lanib ketgan eron va turk tillarida so’zlashuivchi xalqlar so’zlashuv tili jihatdan ham bir-birlariga kuchli tasir o’tkazgan .Buni nafaqat og’zaki so’zlashuvtilida , balki yozma madaniyatda ham ko’rish mumkin.
Miloddan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida Eron Markaziy Osiyo va boshqa o’lkalarda oromiy yozuvi keng tarqalgan . Markaziy osiyopni Iskandar Zulqarnayn bosib olgach ,bu erdga yunon yozuvi kirib kelgan . Xullas ,davrda ahomoniylarning oromiy yozuv asosida parfiyon, so’g’d , baxtar va Xorazm yozuvlari paydo bo’lagan .Keyinchalik Run (O’rxun –Enosoy ), Uyg’ur kabi bir qator yozuvlar vujudga kelgan .Tarixiy yozma manbalarning guvohlik berishcha ,Kushon davlati davrida hind xalqlari bilan o’zoro aloqadorlik negizida Brahma va Qharoshhi deb atalgan hind alifbolari ham ishlatilgan .
Muarrihlar muqqadas ‘’Avesto’’ kitobini miloddan avvalgi 7 - 5 asrlarda bitilganligini tahmin qiladilar . Markaziy Osiyoda uzoq vaqtlar qo’lanib kelingan xorazm vasog’d yozuvlari ham qadimiydir. Xorazm yozuvi oromiy yozovining qadimiy ananalarini o’zida saqlab qolgan edi . Buni rus olimi S.P.Tolstov o’z hamkasplari bilan Xorazmdagi Qo’yqirilgan qalasida arxeologiyaga oid tatqiqotlar uyushtirib topgan ashyolar asosida isbotladi . Bu erda u xorazm yozuvi namunalarini topdi. bu yozuvlar qadimgi xorazm tangalari, muxirlari, xujjatlari, san’at asarlari, uy –ro’zg’or buyumlarida aks etgan edi .
Massagetlar va shaklar orasida tarqoq xolda yashagan sog’dlarning yozuvi bitilgan ba’zi manbalarbizgacha yetib kelgan .Jumladan , Sug’diyonada topilgan miloddan avvvalgi 2 asrga mansub so’g’d tangalariga zarb urilgan “Geroy Jabg’u, Katfuz Jabg’u” so’zlariga qarab ,arxeolog olima O.N Smirnova sog’dlar turk tilida so’zlashganlar ,degan xulosaga keladi. Sog’d xokimlari va lashkarboshilarining ko’pchiligi turk bo’lmaganligi mashhur tarixchi Tabariy ham takidlaydi.
SHunday, qilib ,yuqoridagi dalil- asoslar Markaziy Osiyo xududidagi xalqlar eng qadimgi yozma madaniyatga ega bo’lganligini isbot qiladi . Turk xoqoligida ichki va tashqisavdo ancha rivoj topgan . Ayniqsa Buxoro xududi ayniqsa savdo markazlaridan hisoblanardi. Poykent “Savdogarlar shahri”deb nom chiqargan. Savdo–satiqda xusuvsan Xitoy bilan munosabat yetakchi o’rinni egallagan. Faqat 627 –647 yillar maboynida Samarqanddan Xitoyga to’qqizta savdo elchiligi yuborilgan So’g’d yozuvi 25 ta belgidan iborat bo’lib, chaptan o’nga qarab yoziladi.
Markaziy Osiyo hududlarida zardushtiylik bilan bir qatorda Moniylik dini ham milodimizning 3 asri o’rtalaridan boshlab keng tarqala boshlagan dinlardan biridir. Moniylikning asoschisi Moniy ibn Fatak (216-277) dir. U 216 yilda Taysafun (Ktesafon) yaqinida tavallud topgan. SHu bilan birga Moniy 230 yillarda Eron, Markaziy Osiyo, Hindiston bo’ylab safar qilib zardushtiylik, buddiylik, braxmanlik dinlari bilan va turli diniy ta’limotlar bilan tanishadi. 240 yillardan boshlab Moniy o’zining mustaqil ta’limotini targ’ib qila boshlaydi. O’z ichiga zardushtiylik, buddiylik, braxmanlik, xiristianlik dinlarining ba’zi tomonlarini olgan bu talimot boshqa mamlakatlarda ham qiziqish uyg’ota boshlaydi. Jumladan, sosoniylar sulolasidan bo’lgan Eron shohi SHopur 1 bu ta’limotlarni quvvatlab, Moniyni Eronga taklif etadi. Moniy 242 yilda SHopur 1 ning taxtga o’tirib toj kiyish marosimi paytida birinchi marta o’z ta’imotini bayon etib va’z o’qiydi. SHapur 1 ushbu maniylik ta’limotini xiristiyanlik va mahalliy dinlardga qarshi qo’ymoqchi bo’ladi. Biroq zardusht kohinlari bu diniy ta’limotga shubha bilan qarab unga keskin qarshi chiqadilar. Zardusht kohinlarning kuchayishi tufayli Moniy muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Erondan qochishga majbur bo’ladi. SHundan so’ng Moniy Markaziy Osiyo yerlarida, shu jumladan O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatadi.
Moniy samo nuri elchisi hisoblangan. Uning ta’limotida borliqning 2 supstansiya asosida –yorug’lik, yaxshilik, ruh olami bilan zulmat, yovuzlik, materiya olamining o’zoro kurashini etirof etuvchi Zardushtiylik dualizm yotadi.Birinchi olamda xuda, ikkinchisida shayton, iblis xukum suradi. Ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada materiya xalokatga uchraydi, ruh ozodlikka chiqadi. Moniy ta’limotiga ko’ra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson ikki unsurdan (ruh –nur farzandi, jism –zulmat farzandi ) iborat bo’lgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashishida nur kuchlariga yordam bera oladi. SHuning uchun moniylar hayotida zohirona yashashni targ’ib etganlar. Ular go’sht istemol qilmasliklari, foniy dunyoning o’tkinchi moliga qo’l urmasliklari lozim bo’lgan.Moniy tarafdorlarining shiyori “Kimki boy bo’lsa, keyin qashshoq bo’lib sadaqa so’raydi va abadiy azob chekadi”. Moniylik keng tarqaldi. U O’zbekiston hududidan tashqari, SHarqiy Turkiston, Italiyadan to xitoygacha yoyildi. Keyinchalik bu ta’limot Misr va Ispaniyagacha tarqaldi.
Moniy 273 yilda Eronga qaytadi vaShoh Bahrom 1 ning topshirig’ bilan 275 yilda hibisga olinib zindonband qilinadi va 277 yilda qatil etiladi. Moniy bir necha kitoblar mualifidir.
Moniylik ta’limoti Moniy o’limidan keyin ham keng tarqalgan. U 8 asrda Uyg’ur xonligida hukmron dinga aylanadi. Ammo keyinchalik moniylik islom dini ta’qibiga uchraydi vaasta-sekin Evro’pa va Osiyo mamlakatlarida barham topadi.
Kushonlar davrida O’rta Osiyoda turli diniy e’tiqodlar mavjud bo’lgan. Ulardan keng tarqalgan zardushtiylik, yani otashparaslik edi.
Ko’pchilik olimlarning fikricha, otashparaslikning shakillangan joyi O’rta Osiyo bo’lib, uning muqqaddas kitobi avesto Horazimda bitilgan. Zardushtiylikning mohiyati bilan chop etilgan kitoblar orqali jumladan o’zbek tiliga tarjima qilingan avesto orqali tanishish mumkin.
SHuningdek budda dini ayrim o’lkalarda, husuvsan SHimoliy Baqtiryada keng tarqaladi. Milodiy 1- 3asrlarda budda ibodathonalar soni ko’payadi. Masalan Ko’hna Termizda devorlari turli-tuman rangli naqshlar bilan bezatilgan ibodatxona ochilgan Kushonlar davrida O’rto Osiyo halqlari boshqa halqlar bilan keng iqtisodiy va madaniy aloqakar o’rnatgan. 3 asrga kelib Kushon podsholigining tushkunlik davri boshlanadi vau mayday davlatlarga bo’linib ketadi.
Xorazm davlatida amalda bo’lgan diniy etiqodlarga kelsak ahali arosida zardushtiylik, obodonlik va farovanlik hudosi Anahita , quyoshva yorug’lik hudosi Mitra, baht, toley vadavlat hudosi Humo kabilarga sig’nish keng tarqalgan.
Ota-bobolarimiz ruxiga sig’inish ham turkiy xalqlaro’rtasida 10 asrga qadar keng tarqalgan diniy etiqodlardan bo’lgan. Bu hol ruh o’lmaydi, u narigi dunyodaham yashaydi, degan tasavurlardan paydo bo’lgan 576 yilda Istami xoqonni dafn qilish marosimida uning o’g’li otasining minib yurgan otlarini, shu bilan birga to’rt harbiy asirni otasining arvohiga qurbon qilgan 6-7 asrlarda turkiy xalqlar o’rtasida otashparaslik, buddizim va xristian dini ham rivojlana bordi.
Download 32,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish