1-Mavzu: Umumiy psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi. Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari



Download 54,64 Kb.
bet2/6
Sana25.02.2022
Hajmi54,64 Kb.
#293034
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- amaliy mashgulot 2020

Ijtimoiy psixologiya - kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifni, shaxsning ruxiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Avvallari I.p. da voqelik falsafiy nuqtai nazardan oʻrganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan.




Pedagogik psixologiya

Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish.




Differentsial psixologiya

Differensial psixologiya - psixologiya fanining odamlar oʻrtasidagi individual-psixologik tafovutlarni oʻrganuvchi sohasi. D. p. atamasini 1900 y. nemis psixologi V. Shtern fanga kiritgan. D. p. muayyan individlar bilan birga, turli ijtimoiy sinflarga, etnik, yosh va b. guruhlarga mansub shaxslar psixikasining namoyon boʻlishidagi tafovutlarni aniklab beradi.




Аniq faoliyat turiga koʼra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud:
- mehnat psixologiyasi: inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tamoyillarini oʼrganadi. Mehnat psixologiyasining bir nechta boʼlimlari mavjud;
a) muhandislik psixologiyasi - inson bilan mashina oʼrtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini oʼrganadi;
b) aviasiya psixologiyasi- uchishga oʼrganish jarayoni va uchish moslamalarini boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini oʼrganadi;
v) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati, fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan vaqtda va organizmga juda koʼp ortiqcha taʼsirlar yuklangan paytda asab va ruhiy zoʼr berish bilan bogʼliq boʼlgan alohida holatlar tugʼilganda odam faoliyatining xususiyatlarini oʼrganadi.
Pedagogik psixologiya-uning predmeti oʼquvchilarga taʼlim-tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini oʼrganish, oʼquvchilar tafakkurini taraqqiy topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini oʼzlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini oʼrganadi. Pedagogik psixologiya boʼlimlari quyidagilardir:
a) taʼlim psixologiyasi;
b) tarbiya psixologiyasi;
v) oʼqituvchi psixologiyasi;
Tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyatining va bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini oʼrganadi. Uni quyidagi tarmoqlari mavjud:
a) neyropsixologiya - psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar oʼrtasidagi nisbatni oʼrganadi;
b) psixofarmakalogiya - dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga taʼsirini oʼrganadi;
v) psixoterapiya - bemorni davolash uchun ruhiy taʼsir vositalarini oʼrganadi;
Yuridik psixologiya-xuquq tizimi bilan bogʼliq boʼlgan psixologik masalalarni oʼrganadi.
Uning quyidagi tarmoqlari mavjud.
a) sud psixologiyasi - jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorini, ruhiy xususiyatlarini tahlil qiladi;
b) kriminal psixologiya - jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga doir psixologik masalalar, jinoyatning motivlari bilan shugʼullanadi.
Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvori bilan bogʼliq hodisalar oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarini, psixologik targʼibot metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini oʼrganadi.
Sport psixologiyasi - sportchilar shaxsi va faoliyati xususiyatlarini, ularning psixologik jihatdan tayyorligining shart-sharoitlari, musobaqalarni tashkil etish va oʼtkazish bilan bogʼliq psixologik omillarni oʼrganadi.
Savdo psixologiyasi - asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan boʼlib, kishilar ruhiyatiga tijorat taʼsirini psixologik shart-sharoitini, xaridorlarga xizmat koʼrsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Modalar psixologiyasini tadqiq qiladi.
Sanʼat psixologiyasi - sanʼat asarlarining yaratilishida faoliyat-ning psixologik tomonlarini, inson tomonidan badiiy asarlarni idrok etilishi, turli hodisalarni paydo boʼlishi va estetik tarbiya muammolari, musiqaviy, badiiy, adabiy qobiliyatlarni shakllantirish va tarbiyalash muammolarini oʼrganadi.
Ilmiy ijodiyot psixologiyasi ilmiy faoliyatning psixologik xususiyatlari, ijodiyotda intuisiya va ilhomni tadqiq qiladi.
 Rivojlanishning yosh xususiyatlarini oʼrganuvchi sohalar.
А) yosh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini oʼrganadi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi, oʼsmirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga boʼlinadi.
B) patopsixologiya- miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni oʼrganadi.
Oligofrenopsixologiya - miyaning tugʼma kamchiliklari tufayli paydo boʼladigan boʼlimlarni oʼrganadi.
Surdopsixologiya - eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari boʼlgan bolalarning
rivojlanishini oʼrganadi.
Tiflopsixologiya - koʼrish qobiliyati past yoki umuman koʼrmaydigan kishi faoliyatini oʼrganadi.
Qiyosiy psixologiya -hayotning filogenetik shakllarini oʼrganuvchi psixologiya sohasi boʼlib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali oʼxshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi.
Аkmeologiya yetuklik darajasiga erishgan shaxs rivojlanishining yuqori darajasi ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini, ayniqsa rivojlanishining eng yuqori choʼqqiga erishish xususiyatlarini oʼrganadi.
 Inson va jamiyat oʼrtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini oʼrganuvchi psixologiya sohalari.
1.Ijtimoiy psixologiya - uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo oʼzaro tasir jarayonida paydo boʼladigan psixologik hodisalarni oʼrganadi.
2.Differentsial psixologiya - shaxs shakllanishining individual psixologik yoʼnaltirilganligi kabi xususiyatlarni oʼrganadi.
3.Din psixologiyasi - inson ongiga diniy qarashlarning tasiri masalalarini oʼrganadi.
4.Etnopsixologiya - inson psixologiyasining etnik xususiyatlari, milliy xarakter, milliy tuygʼu, milliy gʼoya, oʼz-oʼzini anglash, etnik stereotip, ularning qonuniyatlari va vujudga kelish xususiyatlarini oʼrganadi.
5. Boshqaruv psixologiyasi - bu psixologiya fanining shunday sohasiki, unda inson tomonidan - boshqarishning psixologik tomonlarini oʼrganadi.
6.Marketing psixologiyasi - yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishlab chiqarish korxonalari va firmalarni boshqarishni va ular faoliyatini tashkil etishning psixologik muammolarini tadqiСq qiladi.
Shu bilan birga psixologiyaning bir qator tadbiqiy sohalari ham mavjud.
Eksperimental psixologiya - eksperimental metodlar yordamida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida, eksperimental tadqiqotlar oʼtkazishda asosiy rol oʼynagan.
Ekstremal psixologiya - insonnning oʼzgargan muhit shart-sharoitlarida psixik faoliyatning kechishi qonuniyatlarini oʼrganadigan psixologiya sohasi.
Psixofiziologiya - odamlarning individual psixologik va psixofiziologik farqlarini tadqiq qiluvchi, psixologiya sohasi.
Siyosiy psixologiya - jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, taʼsirchanlik va taʼsir koʼrsatish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya so?asi.
Oila psixologiyasi - oila psixologiyasini oʼrganuvchi, fanlararo tadqiqot qilishga yoʼnalgan psixologiya sohasi.
Parapsixologiya - Hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, tushuntirish qiyin boʼlgan psixik hodisalarni oʼrganadi.
Fan rivojlanib, taraqqiy etib borishi jarayonida uning sohalari ham kengayib bormoqda.

Download 54,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish