1-Mavzu: umumiy pedagogika


-Mavzu. Odob-axloq tarbiyasi



Download 0,5 Mb.
bet31/39
Sana03.04.2022
Hajmi0,5 Mb.
#526333
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkint davlat pedagogika universiteti

17-Mavzu. Odob-axloq tarbiyasi.
Reja:
1. Axloq va odob tushunchalariga izoh.
2. Axloqiy tarbiyaning vazifalari.
3. Axloqiy tarbiyaning mazmuni.
4. Sharq mutafakkirlari axloq-odob tarbiyasi haqida.

1. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo’lgan ma'lum xatti-harakat qoidalari yig’indisidir. Axloq odamlarning bir-birlariga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga, ishlab chiqarish vositalariga, mehnat mahsulotlari va shu kabilarga munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo’ladi.


Odob – odamning jamoat, el-yurt orasida o’zini tutish, boshqalar bilan qay yo’sin muomala qilish, o’z turmushi, maishati va bo’sh vaqtini qanday tashkil etishi, xullas, shaxsning kundalik xulq-atvori, yurish-turishi, xatti-harakatlari qanday bo’lishi lozim va ma'qul ekanligi xususida bahs etadi. Aniqrog’i, axloq kishining ichki olami, e'tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo’lsa, odob shaxsning ko’zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomala-munosabatlari tarzida namoyon bo’ladi. Axloq kishidan har xil holatlarda qanday yo’l tutish kerakligini yaxshi o’ylab, maqsadga muvofiq harakat qilishni talab etsa, odob o’z qoidalarining odat tusiga kirishini, ya'ni har qanday vaziyatda ana shu odatni namoyon qilishini taqozo qiladi. Axloq ilmi yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi murakkab muammolar haqida bahs yuritib, insonning kamolotga erishish yo’lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo’lgani kabi uning axloq-odob ham juda murakkab olam, desak yanglishmaymiz. Axloqli, odobli komil insonda odamiylikning eng yaxshi xislatlari: mehr-muhabbat, rahm-shafqat, adolatu diyonat, hayoyu iffat, vafoyu sadoqat, himmatu saxovat, imon-e'tiqod kabilar mujassam bo’ladi, Ayni holda shu xislatlarning aksi beburd, axloqsiz kimsalar fe'lida ko’rinadi.
Qadimgi faylasuflaru donishmandlar axloq-odobga juda katta baho berib, uni jamiyatning poydevori deganlar. Asrlar davomida axloq-odob mavzuida qanchadan-qancha kitoblar, hikmatnomalar, odobnomalar, pandnomalar va nasihatnomalar, ibratli hikmatu rivoyatlar yaratilgan. Xalq og’zaki ijodi xazinalarida axloq-odobga doir bebaho fikr javohirlari borki, ularning hammasini hisoblab-hisobiga, ta'riflab-ta'rifiga yetib bo’lmaydi. Muqaddas Qur'oni Karimda va payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadislarida insoniy axloq-odobning barcha qirralari o’z ifodasini topgan.
2. Insonning jamiyatga bo’lgan munosabatini shakllantirish, salbiy illatlarga qarshi nafrat uyg’otish, ongli intizomni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish kabilar axloqiy tarbiyaning vazifalaridir.
Axloqiy tarbiya vazifalaridan yana biri insonning jamiyatga bo’lgan munosabatini yuqori pog’onaga ko’tarishdir. Imon va insof, so’z va ish birligi, insonparvarlik – yangi ko’rilayotgan jamiyatning asosiy xususiyatlari bo’lib qoladi. Shunday ekan, jamiyat va xalq manfaati, uning baxt-saodati uchun kurashish mas'uliyatini har bir fuqaro teran his etishi va unga amal qilishi lozim. Yoshlarni tarbiyalashda sho’rocha axloq usullaridan voz kechib, sharqona va milliy axloq-odob normalari asosida ish yuritish bilan birga jamiyatga hurmat, mustaqillikni mustahkamlash, insonlarga insoniy munosabatda bo’lish kabi fazilatlarni singdirish taqozo etiladi. Bu vazifalarni amalga oshirish o’quvchilarning jamiyatga bo’lgan munosabatini shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.
Axloqiy tarbiya vazifalaridan biri – ongli intizom bo’lishidir. Ongli intizom kishining kundalik faoliyatida, xulq-atvorida, kishilar bilan aloqasida, umumiy dunyoqarashida namoyon bo’ladi. Ongli, intizomli kishining madaniyati, muomalasi kundalik masalalarni hal qilish bilan hayotining mazmuni, yaxshilik va yomonlik, ma'naviy boylik haqidagi tasavvurlari bilan u yoki bu tarzda bog’langandir. Ongli intizom egasi bo’lgan kishi o’z axloqiy burchini to’g’ri anglaydi, o’z xatti-harakatlariga baho beradi, noto’g’ri xatti-harakatni qoralaydi. Intizomli kishi o’z xulq-atvoriga to’g’ri baho berish bilan birga biror xatti-harakat uchun shaxsiy mas'uliyatni his etadi.
Abdulla Avloniy "Intizom deb qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o’z vaqtida tartibi ila qilmoqni aytilur. Agar yer yuzida intizom bo’lmasa edi, insonlar bir daqiqa yasholmas edilar" deb ta'kidlaydi. Demak, intizom ruhimizga, fikrimizga ta'sir qiladigan xislat, tartib-odob, ma'naviy quvvatdir. Intizom yaxshi xulqlarning manbaidir.
3. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng ta'lim-tarbiyaning mazmuni va mohiyatida, usullari va shakllarida jiddiy "o’zgarishlar" ro’y berdi. Ta'lim-tarbiyada milliy qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish asosiy o’rinni egalladi. Tariximiz, madaniyatimiz, milliy urf-odatlarga e'tibor kuchaydi. Haqiqatan ham, bugungi kunda O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash va kelajakda istiqlol istiqbolini rivojlantirish, avvalo komil insonlarga bog’liq. Komil inson O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda o’z e'tiqodi, g’ayrat-shijoati, madaniyati, bilimi va ularni tatbiq etish mahorati bilan ajralib turadi. Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada, sog’lom ma'naviy muhit barqaror bo’lishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki sog’lom muhit natijasidagina axlokqy fazilatlar tarkib topadi.
Ota-onalar o’z farzandlarini komil insonlar qilib tarbiyalashi, ularda Vatanga muhabbat, mehnati va fidoyiligi bilan o’zgalarga foyda keltirish, sadoqat, samimiylik kabi xislatlarni kamol toptirishga xizmat qiladi. Farzandlarimizning bunday insonlar bo’lishida oilaning totuvligi, ota-onaning o’zaro mehr-muhabbati ham samarali ta'sir ko’rsatadi. Kishi o’z hayotida axloqiy kamolotga qanchalik ko’p intilsa, shunchalik o’z xato-kamchiliklarini anglab boradi.
4. Turon zaminimiz xalqlari axloqiy tarbiya sohasida boy an'analarga ega. Axloqqa oid dastlabki fikrlar "Avesto" kitobida, qadimgi bitiklarda va boshqa yozma manbalarda o’z ifodasini topgan. Bulardan tashqari, o’zbek xalqi o’rtasida keng tarqalgan pandnomalar, o’gitlar va odobnomalarda, xalq pedagogikasida, falsafiy risolalarida, allomalar merosida axloqiy masalalarga keng o’rin berilgan.
Hadisi shariflardagi axloqqa oid ibratli, maslahatlar, hikoyatlar, asrlar davomida ajdodlarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an'analar Beruniy, Forobiy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Navoiy, Bobur singari buyuk allomalar, olimlar, yozuvchilarning axloq haqidagi ko’plab fikr-mulohazalari bugungi kunda ham oilaviy hayot uchun, har bir inson uchun qadr-qimmatini yo’qotmagan muhim tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Jumladan, Amir Temur axloqi husniya – yaxshi xulqlar egasi bo’lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo’l qo’ymagan, balki yetti o’lchab bir kesgan. Amir Temur singari jahon ma'naviyati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan buyuk bobokalonlarimizning axloq, go’zal xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi. "O’g’illarim! Millatning ulug’ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o’qing, aslo unutmang va tatbiq eting. Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qo’riqlang, yo’qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin".
Ismoil Al-Buxoriy "Axloqning yaxshi bo’lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik shart, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo’lsang ham zarari yo’qdir", - deb yozadi. O’rta Osiyo mutafakkirlarining axloq haqidagi fikrlari, o’gitlari shunday kuchga egaki, ular o’quvchilar qalbida insoniylik urug’larining unib chiqishiga, katta hayot yo’liga olib chiqishga yordam qiladi, ma'naviy kuch-quvvat beradi.
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos
Hojib, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy kabi ulug’ mutafakkirlarning axloqiy qarashlari va qadriyatlardan mustaqil O’zbekiston istiqlolini mustahkamlashda, o’quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirishda, kundalik turmushimizda keng foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir.
Abu Ali ibn Sinoning axloq haqidagi qarashlari uning shoh asarlari bo’lmish "Tib qonunlari", "Ash-shifo" va boshqa asarlarida ham o’z ifodasini topgan. Ibn Sino ta'limotiga ko’ra, odamga do’st tutinishning uch xil yo’li bor: "Birinchidan, har qanday qiyinchilik bo’lishiga qaramay, kishi o’z do’stini falokatdan qutqarishni, ikkinchidan, g’oyaviy yaqinlik va dunyoqarashlar umumiy bo’lgan chinakam va doimiy do’stlikni va uchinchidan esa kishining mansabi, puli yoki mavqeiga qarab o’zining shaxsiy manfaatini qondirish ko‘zda tutilgan do’stlik bo’ladi", - deb ta'kidlaydi Ibn Sino.
Yusuf Xos Hojib "Qutadg’u bilik" dostonida hokim bilan xalq o’rtasidagi o’zaro munosabatlar masalasiga e'tibor beradi. Uning fikricha, agar beklar tabiatan ezgu bo’lsalar, barcha fuqarosi boyiydi, olam guliston bo’ladi. Shuningdek, "Hamma narsaning qoidasi, tartibi, ta'limi bor, tartib, odob qoidalarini to’g’ri tutsa, kishining yuzi yorug’ bo’ladi", - deb ta'kidlaydi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish