Pedagogika fanining maqsadi:
-Respublikamizda komil insonni voyaga etkazishning bir butun holatdagi muammolarini hal etish;
-ta‘lim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondoshish;
-umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e‘tiborga olib, ta‘lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish;
-pedagogika - tarbiyashunoslik qoida-qonunlarini ilg‘or tajribalar asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlashga tadbirlar belgilash;
-bo‘lajak o‘qituvchi va tarbiyachilarni voyaga etkazish masalalari;
-uzluksiz ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal qilish.
Pedagogika fanining vazifalari:
-Sharq va G‘arb xalq yaratgan xalq og‘zaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, ma‘rifatparvar, pedogog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg‘or g‘oyalarini o‘rganib, tahlil qilib komil inson tarbiyalash jarayonini o‘rganish;
-komil inson tarkib toptirishning qonuniyat-qoida va zarur sifatlarini aniqlash;
-pedagogika – tarbiyashunoslikdagi ta‘lim-tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviy muammolarini ishlab chiqish va yangi pedogogik texnologiya qonunlariga amal qilish;
-ta‘lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va usullarni maktab amaliy hayoti bilan bog‘lab bo‘lajak o‘qituvchilarga o‘rgatish;
-xalq ta‘limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o‘rganib-bo‘lajak o‘qituvchilarni qayta tayyorlash muammolarini hal qilish.
Pedagogikaning metodologik asosi.
Pedagogikaning metodologik asosi.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat mahsuli sifatida turli fanlar bilan qadim-qadim zamonlardan bog‘liqligidir. Olloh eru osmonni yaratib insonni er yuziga o‘zidan xalifa etib yaratdi. O‘zining mavjudligi har bir ishga qodirligini, ilmda tengsizligini , mehru-muruvvatda beqiyosligini bildirdi. Islomda ilm berishda bir biriga bog‘liq bo‘lgan din va dunyo haqida tushuncha mavjud, ular alohida tushunchalar emasligi isbotlangan. Dunyoviy deb ataladigan ilmlarning barchasi Qur‘oni Karim ta‘limoti bilan bog‘liqdir. Shuni ta‘kidlamoq kerakki pedagogika fanining metodologik asosi diniy va dunyoviy fanlar tarkibida rivojlangan. Qur‘onda “Ilm” so‘zi turli hollarda 765 marta takrorlanadi. G‘arb faylasuf olimlari ham Islom falsafasiga suyangan holda ijod etganlar.
Qadimgi Yunonistonda Suqrot, Aristotel, Platonlar ideyaga asoslangan o‘zlarining inson kamoloti va tarbiya masalalarining falsafiy negizini yaratgan.
Pedagogika ilmining asosini yaratishda Hadis, Qur‘oni Karim, ya‘ni Islom ta‘limoti katta rol‘ o‘ynaydi.
Xalq og‘zaki va yozma ijodiyoti, xalq yodgorlik obidalari, nasixatnoma, pandnoma va vasiyatnomalarda komil inson tarbiyalash qonun-qoida va usullari aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |