1 мавзу: Ҳужжатларни классификациялаш ҳақида умумий тушунча


XIX asrning birinchi yarmida matbuot asarlarini



Download 1,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/106
Sana08.08.2021
Hajmi1,43 Mb.
#142600
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106
Bog'liq
kutubxona kataloglari

XIX asrning birinchi yarmida matbuot asarlarini 
klassifikatsiyalashning rivojlanishi 
XVIII  asrning  so‗nggi  yillari  va  XIX  asrning  boshlarida  frantsuz  burjua 
revolyutsiyasi  g‗oyalari  ta‘sirida  Frantsiyada  yangi  printsiplarga  asoslangan 
kutubxona-bibliografiya  klassifikatsiyalari  tuzishga  intilish  yuzaga  keldi. 
Usha  davrdagi  har  xil  loyihalarda  ilohiyotni  oldingi  o‗rinnlardan  biriga 
qo‗yishdan  keskin  voz  kechish  g‗oyasi  namoyon  bo‗ladi.  Ba‘zi  mualliflar 
uchun  shunday  tartib  o‗rnatishga  urindilarki,  bu  tartib  insoniyat  tarixidagi 
bilim  olish  izchilligiga,  olam  va  tabiat  haqidagi  bilimlardan  inson  hamda 
                                                 
1
  Garchi  titul  varag`ida  1742  yil  deb  ko‗rsatilgan  bo‗lsa-da,  taxminan  1742—1744  yillarda  bosilgan.  Bu 
katalogning  keyinchalik  rus  tilida  nashr  etilgan  bir  қismi  (nashr  etilgan  yili  ko‗rsatilmagan)  «Камерный 
каталог» degan nom bilan mashhur.  
2
  I.  B  a  k  m  e  y  s  t  e  r,  ―Опыт  о  Библиотеке  и  Кабинете  редкостей  и  истории  натуральной  Санкт-
Питербургской  императорской  Академии  наук‖;  bu  asar  Fanlar  akademiyasining  ichki  kutubxonachisi 
Iogann Bakmester tomonidan frantsuz  tilida nashr etilgan, rus tiliga esa Vasiliy Kostigov tarjima qilgan. Spb., 
1799.  
 


 
 
 
53 
jamiyat  haqidagi  bilimlar  tomon  boradigan  izchillikda  o‗rganishga  mos 
bo‗lishi lozim edi; boshqa mualliflar fanlarning har xil ehtiyojlar: moddiy va 
ma‘aviy ehtiyojlar ta‘sirida vujudga kelish izchilligini to‗g‗riroq izchillik deb 
hisoblar edilar. Yosha davrdagi ko‗pdan-ko‗p klassifikatsiya loyihalari uchun 
asos qilib olingan g‗oyalarning progressiv xarakterida bo‗lganligiga qaramay, 
ularda  asosiy  e‘tibor  fanlarni  klassifikatsiya  qilishga  qaratilgan  hamda 
kutubxona klassifikatsiyasi tuzilishi bilan bog‗liq bo‗lgan masalalar yetarlicha 
hisobga olinmagan edi. Fransiyada reaktsiya boshlanganligi va reaktsiya bilan 
birga  cherkov  ta‘sirining  kuchayishi  munosabati  bilan  bu  sxemalar  amalda 
qo‗llanilmadi.  
G‗arbiy Yevropa kutubxonalarida «Fransuz sistemasi» ning eng keyiigi va 
ideologik  jihatdan  juda  reaktsion  variantlaridan  biri    —  J.  Sh.  Bryune
 
(1810 
yil) klassifikatsiyasi keng yoyildi. 
 
Bryune 
fransuz 
revolyutsiyasidan 
keyin 
boshlagan 
reaktsiya 
yangiliklarini  aks  ettirib  kutubxona  klassifikatsiyasining  ilmiy  bilim  rivojiga 
bog‗liqligini  qat‘iy  suratda  rad  etadi  va  kutubxona  klassifikatsiyasiga 
kitoblarni  joylashtirish  uchun  qulay  bo‗lgan  amaliy  sxema  deb  qaraydi.  U 
revolyutsiya  davridagi  sistemalarning  mualliflarini  «ilohiy  kitoblarni» 
mensimaslikda  ayblab,  ilohiyot  detallashtirilgan  sinfni  yana  birinchi  o‗ringa 
qo‗yadi.  Bryune  sistemasida  ijtimoiy  fan  bo‗limlari  tartibsiz  joylashtirilgan 
bo‗lib, ularning o‗zaro aloqasini anglab olish mumkin emas. Yurisprudentsiya 
bo‗limi  ijtimoiy  fanlar  kompleksidan  chiqarib  tashlanib,  ilohiyot  bo‗limiga 
yaqinlashtirilgan  edi.  Bryune
 
sistemasi  Yevropada  XIX  asrning  birinchi 
choragida  hukmronlik  qilgan  reaktsion  g‗oyaga  hamohang  edi.  Bu 
sistemaning  ta‘siri  juda  katta  bo‗ldi  va  keyingi  davrlardagi  ko‗p 
sistemalarning  strukturasida  jumladan  Parijdagi  Milliy  kutubxona  va 
Londondagi  Britaniya  muzeyi  kutubxonasi  hozirga  qadar  qo‗llanayotgan 
sxemalarda aks etdi.
 
Nemis universitet kutubxonalari XIX asrning birinchi yarmida «fakul‘tet 
sistemasi»ning  har  xil  variantlaridan  ularni  yanada  detallashtirilgan  holda 


 
 
 
54 
foydalanganlar.  50-yillarda  A.  Shleyermaxerning  puxta  ishlab  chiqilgan 
bibliografik  klassifikatsiyasi  munosib  ravishda  shuhrat  qozondi;  unda 
«fakul‘tet  sistema»larining  asosiy  bo‗limlari  sxemaning  oxiridan  joy  olgan 
bo‗lib, ulardan oldin esa umumiy bo‗lim, adabiyot va san‘at, tarix, matematika 
va  tabiatshunoslik  bo‗limlari  joylashtirilgan  edi;  bundan  tashqari,  o`nta 
iqtisodiy va texnika fanlarining katta bo‗limi ham kiritilgan edi. 
XIX  asrning  birinchi  yarmida  rus  kutubxona  va  bibliografik 
klassifikatsiyalari  juda  taraqqiy  etdi.  Naturalist  olim  Pavel  Grigorevich 
Demidov  o‗z  kutubxonasining  katalogi
3
  uchun  ishlab  chiqqan  sxema  eng 
dastlabki  klassifikatsiyalardan  biri  bo‗lib,  bu  sxema  Rossiya  va  Yevropadagi 
g‗oyat nodir nashrlarni o‗z ichiga olgan edi. Bu sxemaning tabiiyot fanlari va 
texnologiya  bo‗limi  kutubxonaning  asosiy  mundarijasiga  muvofiq  tarzda 
hammadan  ko‗ra  ko‗proq  detallashtirilgan  edi.  Fanlarni  bir-biridan  umumiy 
tarzda chegaralashda Pavel Grigorevich Demidovning XVIII asr oxiri va XIX 
asrning  boshlaridagi  progressiv  frantsuz  klassifikatsiyalarining  birmuncha 
ta‘sirida bo‗lganligi ko‗zga tashlanadi.  
Pavel  Grigorevich  Demidov  o‗zi  qabul  qilgan  fanlar  tartibini  «bilish 
qobiliyatiga  qarab»  degan  an‘anaviy  bo‗lim  bilan  asoslangan  bo‗lishiga 
qaramay, u fanlarni Frensis Bekon  klassifikatsiyasidagi an‘anaviy ajratishdan 
chetga chiqqan.  
           Pavel Grigorevich Demidov 
Ilohiyot  falsafa  bo‗limidan  chiqarib 
tashlangan,  alohida  texnologiya  bo‗limi 
ajratilgan,  tarix  bo‗limida  faqat  jamiyat 
tarixi  va  geografiya  qoldirilgan.  Sxema 
yozma  va  og‗zaki  ijodiyot  tarixiga,  fanlar 
tarixi,  bibliografiya,  entsiklopediyaga  doir 
adabiyotni 
va 
umumiy 
mazmundagi 
                                                 
3
 Bu katalog 1806 yilda nashr etilgan; uning bir qismi oradan 40 yil o‗tgach, bibliograf V. M. Undolskiy 
tomonidan quyidagi nomda nashr qilingan: «Каталог Российским книгам библиотеки Павла Григорьевича 
Демидова, Составленный им самим». M., 1846. 


 
 
 
55 
boshqa  kitoblarni  o‗z  ichiga  oladigan  umumiy  bo‗lim  (Polimatiya)  bilan 
tugallanadi. 
XVIII  asr  oxiri  va  XIX  asrning  boshlarida  Peterburgdagi  Xalq 
kutubxonasiga  asos  bo‗lib  xizmat  qilgan  katta  kitob  kollektsyasi  sistemaga 
solindi.  1809  yilda  A.  N.  Olenin  Xalq  kutubxonasi  fondini  tashkil  etish  va 
kataloglarini tuzish uchun foydalanilgan klassifikatsiyani  e‘lon qiladi; Olenin 
Xalq  kutubxonasida  direktor  yordamchisi  lavozimida  (keyinchalik  direktor 
lavozimida) ishlagan. Bu asarga
4
 so‗z boshida A. N. Olenin o‗sha vaqtda juda 
mashhur  bo‗lgan  chet  el  klassifikatsiya  sxemalarini  tahlil  qilib  chiqqan.  Bu 
sxemalarning 
asosiy 
kamchiligi 
mualliflarning 
bahosiga 
ko‗ra,— 
bo‗limlarning qabul qilingan tartibi yetarlicha asoslab berilmaganligidir.  
 

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish