Yevropada raqamli kutubxonalar faoliyati
Raqamli kutubxonalar g‘oyasi yangilik bo‘lmasada 1990 yilga qadar real
bo‘lmagan. Umuman ilk raqamli kutubxonalar Amerika Qo‘shma Shtatlarida barpo
etilgan bo‘lib, Aleksandriya raqamli kutubxonasi loyihasi, Initsiativa raqamli
kutubxonasi loyihalari misol bo‘la oladi. Tez orada raqamli kutubxonalar yaratish
borasidagi g‘oyalar, madaniy qadriyatlarning saqlash va yetkazishning yangi
muhimroq turi sifatida Yevropaga tarqaldi. Bu o‘zgarishlar rivojlanishi turli
darajada bo‘lgan Yevropa mamlakatlariga tarqala boshladi.Yevropa turli xil
rivojlanishdagi mamlakatlar bir biriga juda yaqin joylashgan mintaqalardan biridir.
O‘xshash madaniy qadriyatlar, bir biriga yaqin bo‘lgan madaniy meros bu
mamlakatlarni birlashtiradi. Mazkur asos Yevropa mamlakatlari orasidagi
hamkorlikni kuchaytiradi. Hamkorlik an’analari Raqamli kutubxonalar yaratishda
ham saqlangan.
Kutubxonalar uchun Telematika
(Kompyuterlashgan masofaviy aloqa)
Kutubxonachilik sohasi Yevropa Ittifoqining ilmiy tadqiqotlar va
texnologiyalarni rivojlantirishninguchinchi va to‘rtinchi dasturining bir qismi
sifatida kiritildi. Bu dastur faoliyati doirasida kutubxonalar uchun telematika 1990
yildan 1998 yilgacha muntazam iqtisodiy qo‘llandi. Beshinchi dasturda ham
198
kutubxonalarning raqamlashtirish faoliyatiga doir loyihalar iqtisodiy qo‘llab
quvvatlandi.
*
CANDLE (Controlled Access to Digital Libraries in Europe -
Kontroliruemыy dostup k elektronnыm bibliotekam v Yevrope
)
25
Yevropa elektron
kutubxonalaridan foydalanishni boshqarish nomli
loyiha 1998 yilda boshlanib, 30
oy mobaynida davom etdi. Bu loyiha CaseLibrary loyihasida kutubxonalar
tomonidan nashriyotlar va yetkazib beruvchi agentliklar bilan hamkorlik orqali
olinadigan
raqamli
nashrlarni
kutubxonachilarga
tanishtirishga
tomon
yo‘naltirilgan. Loyiha koordinatorlari Madridlik bo‘lib (Ispaniya), B.H. Blackwell
Ltd. (Buyuk Britaniya), Sough Bank University (Buyuk Britaniya), Univerit di
Fierenze (Italiya) va National andCapodistrian University of Athens (Greece) kabi
muassasalardan ishtirokchilarni jalb qilishdi.
*CECUP (
Central and Eastern European Copyright User Platform-
s
entralnaya i Vostochnaya Platforma Yevropeyskogo Copyright Polzovatelya)
26
.
Bu Yevropa foydalanuvchilarining mualliflik huquqi platformasining Markaziy va
Sharqiy Yevropa uchun davomi edi. Bu mualliflik xuquqi sohasida Markaziy va
Sharqiy Yevropada yuzaga keladigan muammolar, raqamlashtirish va elektron
xizmatlarning texnologik ishlanmasiga bag‘ishlanadi.
*DEBORA (
Digital Access to Books of the Renaissance
- sifrovoy dostup k
knigam epoxi Vozrojdeniya)
27
Uyg‘onish davri kitoblariga raqamli ega bo‘lish
deb nomlangan loyiha 1999 yilning yanvaridan boshlab 30 oy davom etdi. Mazkur
loyihada XVI asrning noyob hujjatlardan tarmoq orqali foydalanishning yo‘llari
ishlab chiqildi. Bunda qadimiy kitoblarni raqamlashtirish tizimi ishlab chiqildi.
Loyiha koordinatori Lionning axborot-kutubxonashunoslik Milliy maktabi
boshchiligida Fransiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya i Italiya davlatlari
bilanhamkorlikda amalga oshirilgan.
25
Telematics
for
Libraries,
“Telematics
for
libraries:
Projects,
CANDLE,”
available
from
http://www.cordis.lu/libraries/en/projects/candle.html
.
26
ECSC, “CECUP: Central and Eastern European copyright user platform,” 2000; available from
http://www.eblida.org/cecup/
.
27
Dernièremise a jour, “DEBORA: Digital Access to Books of the RenAissance,” 07 December 2001; available from
http://www.enssib.fr/divers/debora/
.
199
*DECOMATE II (
Developing the European Digital Library for Economics
–
Razvitie yevropeyskoy sifrovoy biblioteki dlya ekonomiki
)
28
.
Iqtisodiyot sohasiga
oid Yevropa raqamli kutubxonalarini rivojlantirish loyihasi iqtisodiyotga oid turli
axborot resurslaridan Yevropaning turli kutubxonalarining yagona interfeysi orqali
foydalanishni ta’minlashga bag‘ishlangan. Loyihaning koordinatsiya qiluvchi
muassasa sifatida Niderlandiyaning Tilburg universiteti kutubxonasi bilan bir
qatorda Gollandiya, Italiya, Buyuk Britaniya , Ispaniya va Belgiyadan 10 ta
muassasa ishtirok etdi.
*DIEPER
(
Digitized
European
Periodicals
-Otsifrovka
yevropeyskix
peridicheskix izdaniy
)
29
.
Yevropa vaqtli matbuot nashrlarini raqamlashtirish
loyihasi barcha raqamli vaqtli matbuot nashrlarining yagona markazini yaratib,
foydalanishni ta’minlash, bu elektron noshirlik, ya’ni chop etishning raqamli
formalariga o‘tishni ta’minlar edi. Gettingen Davlati va Universitet kutubxonasi
mazkur loyihaning muvofiqlashtiruvchi muassasa hisoblanib, Yevropa Ittifoqining
100 dan ortiq ishtirokchilarini jalb etdi.
*EULER (European Libraries and Electronic Resources in Mathematical
Sciences-Yevropeyskie biblioteki i elektronnыe resursы po matematicheskim
naukam)
30
.
Matematika fanlari bo‘yicha elektron kutubxonalar va elektron
resurslar deb nomlangan loyiha Yevropa ma’lumotlar bazasi asosida yaratilgan
xaqiqiy virtual kutubxona foydalanuvchilar tomonidan yaxshi qarshi olindi.
EULER loyihasining asosiy maqsadi matematika sohasiga oid elektron axborot
resurslarni integratsiya qilishdan iborat. EULER loyihasi natijasida turli
manbalarda mavjud matematikaga oid resurslar asosida raqamli kutubxona
yaratildi. Loyiha koordinatori
Berlindagi
Karlsrue
Matematika va informatika
fanlari Departamentibo‘lib, asosiy hamkorlar
Germaniya, Shvesiya, Fransiya va
Italiya davlatlaridir.
28
UAB Library Service, “DECOMATE II: Developing the European Digital Library for Economics,” 31 January 2005; available
at
http://www.enssib.fr/divers/debora/
.
29
“DIEPER: Digitized European Periodicals,” available from
http://gdz.sub.uni-goettingen.de/dieper/
30
EULER
Consortium,
“EULER:
Your
portal
to
mathematics
publications,”
available
from
http://www.emis.de/projects/EULER/
200
*NEDLIB (Networked European Deposit Library
- Setevaya Yevropeyskaya
Depozitnaya biblioteka
)
31
. Yevropa tarmoq depozit kutubxonasi loyihasi.
NEDLIB loyihasining maqsadi kutubxonalarning milliy depozitlarini
kelajakda elektron nashrlarini yaratish edi. Koninklijke Bibliotheek, Niderlandiya
Milliy kutubxonasi loyihani boshqardi. Natijada raqamli depozit tizimlar yaratish
yo‘llari ishlab chiqildi. Hamkorlar sifatida Niderlandiya, Fransiya, Norvegiya,
Finlyandiya, Germaniya, Portugaliya, Shveysariya va Italiya davlatlari,
shuningdek, uchta noshirlik kompaniyalari homiy sifatida o‘z ulushlarni
qo‘shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |