Klassifikatsiyalash jarayoni Axborot rеsurs markazlari, Axborot kutubxona markazlari kutubxona fondlarini har tomonlama chuqur yoritib berish, kitobxonga, kutubxonachiga unumli ishlashiga imkon yaratadi.
Kutubxona–bibliografiya ishi nazariyasi va amaliyotida hujjatlarni klassifikatsiya tushunchasi deb, aynan sistemali (fan sohalari bo‗yicha) klassifikatsiyaga aytiladi.
Sistemali klassifikatsiyaning asosiy hususiyatlari shundan iboratki, bunda barcha bilimlar majmuasi fan sohalarini bo‗linishiga asoslanib, alohida bo‗limlarni hosil qiladi. Bo‗lim ichida yana mayda bo‗linmalar va bo‗limchalar tashkil qilinadi. Bu bo‗linmalarning har birida bilimning muayyan sohalariga tegishli masalalardan biriga doir kitoblar birlashtiriladi. Bo‗linmalar ichida yana kichik bo‗limchalar hosil qilinadi.
Klassifikatsiya bo‗limlarini umumiy tushunchadan (ya‘ni bo‗limdan) xususiy, juz‘iy tor ma‘nodagi tushunchaga bo‗linma, bo‗linmachalarga o‗tishi ierarxik – sistemali tartib deyiladi. Masalan musiqa tushunchasi umumiy deb olsak, vokal musiqasi, estrada orkestri – bu xususiy tor ma‘noni anglatadigan tushunchalar.
Bo‗lim, bo‗limmalar va bo‗limmachalarni ierarxik bog‗lanishi kutubxona bibliografik klassifikatsiyalar jadvallarini asosini tashkil etadi.
Sistemali kataloglar hamda Axborot - rеsurs markazlari, Axborot kutubxona markazlari, kutubxonalarning fondlari ham huddi shu
klassifikatsiya asosida tuziladi. Klassifikatsiya bo‗limlarini umumiydan (bo‗limdan) juz‘iyga (bo‗linma va bo‗linmachalarga) tomon bunday joylashtira borish sistemali tartib deyiladi. ―Sistemali joylashtirish‖ va
―sistemali katalog‖ degan tushunchalar shuning mantiqiy ifodasidir.
Kitoblar tokchalarda va sistemali katalogda ham bilimning har xil bo‗limlari bo‗yicha kitob va kartochkalar bo‗lim, bo‗linmalar, bo‗linmachalari tashkil qilinib umumiydan juz‘iyga, yoki xususiyga tomon ketma-ket joylashtiriladi.
Umumiy va juz‘iy degan tushunchalar nisbiy tushunchalardir, albatta. Masalan fizika bo‗linmasi – tabiiy fanlar asosiy bo‗limiga nisbatan juz‘iydir – ayni chog‗da u akustika, optika va boshqa mayda bo‗linmalarga nisbatan umumiydir.
Klassifikatsiya bo‗limlarini umumiydan juz‘iyga tomon joylashtirish printsipiga amal qilib, ularning nomlarida muayyan izchil tartib: bo‗lim, bo‗linma, bo‗limcha degan tartib belgilash mumkin bo‗lur edi. Biroq kutubxonashunoslik tajribasida ―bo‗lim‖ termini odatda har bir bo‗linishga nisbatan qo‗llaniladi, ―bo‗linma‖, ―bo‗limcha‖ terminlari esa bo‗limning tobelik ma‘nosini bildirishi lozim bo‗lgan hollardagina ishlatiladi. Masalan,
―Akustika bo‗limi‖ ayni chog‗da bu fizika bo‗limining bo‗limchasi deyiladi.
Bibliografiyada hujjatlarni klassifikatsiyalash keng qo‗llaniladi. Xuddi kutubxona sistemali katalogi singari bibliografik nashrlarda ham hujjatlarning tasvirlari mazmuniga qarab, bu asarlarning mavzusini ochib beruvchi rubrikalar ostida guruhlarga ajratiladi. Bibliografik nashrlarda hujjatlarni mazmuniga qarab guruhlarga ajratish hamma vaqt ham bilim sohalariga qarab klassifikatsiyalash bilan bog‗layverilmaydi.
Bibliografik nashrlarning ko‗pchiligida hujjatlarni predmet katalogiga yaqinlashtirib predmet asosida guruhlarga ajratish usullaridan yoki geografik belgilariga qarab, guruhlarga ajratish usulidan foydalaniladi. Bibliografiyaning turli xillarini guruhlarga ajratishning xarakteri va usullari mazkur nashrning maqsadlari bilan belgilanadi. Biroq bilimning barcha
sohalariga yoki ko‗p sohalariga oid matbuot asarlarini o‗z ichiga oluvchi universal xarakterdagi ko‗pgina bibliografik nashrlarda, shuningdek katta sohali bibliografiyalarda asarlar rubrikalar bo‗yicha guruhlarga ajratiladi va rubrikalar sistemali katalogning tuzilishiga o‗xshash tartibda, ya‘ni bilim sohalariga qarab joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |