6-Mavzu: Navroʻz bayrami boʻyicha Ekskursiya dasturini tuzish.
Eng qadimiy xalq bayrami bo’lgan Navro’z («Navro’z bayrami») 21 mart kuni, bahor kunu-tun tengligi paytida nishonlanadi. Bu tabiatning uyg’onishi, ekin ishlarining boshlanishi bayrami bo’lib, marosimlarida zardushtiylik alomatlari saqlanib qolgan. Qadimgi O’zbekistonning ziroatchilik vohalarida har bahor faslida katta sayllar, bayramona bozorlar tashkil etilgan. An’anaga ko’ra uylarda hozir ham «bo’g’irsoq» pishiriladi va marosim taomi – «sumalak» tayyorlanadi. Bayramdan keyin odatda daladagi ekin ishlari boshlangan, ularning paytida ham o’tmishda turli urf-odatlar va marosimlar bajarilar edi: dalaga chiqishdan avval ho’kizlarning shoxxlari va bo’yinlariga moy surtiladi. Birinchi egatni mahallaning eng e’tiborli va qari a’zosi o’tkazadi. Davlat mustaqilligi davri mobaynida Navro’zni nishonlash yangicha ko’lam va teranlikka ega bo’ldi. U do’stlik, barcha xalqlarning birlashuvi, aka-ukaligining umummilliy bayramiga aylandi. Yorqin rang-barang teatrlashtirilgan tomoshalarda Navro’zning falsafiy-shoirona talqini, uning xalq tarixidagi o’rni anglab ko’rsatiladi.
Fors adabiyotida Navro‘zning paydo bo‘lishi boshqa ko‘plab urf-odatlar, marosimlar, madaniyat va sivilizatsiyalar kabi podshohlar bilan bog‘liq. Hijriy IV-V asrlarda yashab o‘tgan shoir va yozuvchilar Firdavsiy, Manuchehriy, Unsuriy, Beruniy, Tabariy, Mas “udiy, Miskavayh, Gardiziy va boshqa ko‘plab shoir va yozuvchilarning tarixiy va mifologik manbasi, hech shubhasiz, xalq adabiyoti bo‘lgan. Islomgacha boʻlgan davrda Navroʻzning paydo boʻlishini Jamshid hukmronligi davriga bogʻlagan Firdavsiy bu haqda “Shohnoma”da Jamshidning toj kiyishini tasvirlaydi. Navro‘z Jamshiddan oldin ham nishonlangan. Aburayxon Beruniy bu bayramning kelib chiqishini Jamshid bilan bog‘lashiga qaramay, quyidagilarni ta’kidlaydi: “Yangi kun kirgach, Jamshid bayramni nishonlay boshladi; Garchi undan oldin ham Navro'z ulug' va ulug' bayram bo'lgan.
7-Mavzu: Navroʻz bayrami tadbirlariga ekskursiya tashkil qilish.
Bu tabiatning uyg’onishi ekin ishlarining boshlanishi nishonlashga qaratilgan bayram bulib marosimlarda qadimiy zardushtiylik alomatlari saqlanib qolgan.Ananaga ko’ra uylarda hozir ham huddi qadimgidek bo’g’irsoq pishiriladi va marosim taomi sumalak tayyorlanadi. Bayramdan keyin odatda daladagi ekin ishlari boshlangan. O’tmishda turli urf odatlar va marosimlar bajarilar edi: dalaga chiqishdan avval hokizlarning shaxlari va buyinlariga moy surtiladi birinchi ko’chatni eng etiborli va keksa azosi ekan. O’zbekiston uz mustaqilligini qo’lga kiritgan navro’z bayramini nishonlash davlat darajasida muhim ahamiyat kasb etadi rang barang teatrlashtirilgan tamoshalardan navro’zing falsafiy shoirona talqini uning xalq tarixidagi o’rni aks etdiriladi. Oilaviy ananalar, bayramlar. Xalqning ananalarining muhim qismini oilaviy marosimlar tashkil qilgani uchun ularni alohida tadbiq qilish extiyoji yuzaga keladi. Mazkur tizimga chaqaloqning dunyoga kelishi, unga ism berish, chaqaloq chillasi beshik to’yi soch to’y, tish to’yi, birinchi qadam, sunnat tuyi, muchal yoshi nikox tuyi kabilar kiradi.Xalq bayramlarining axloqiy tarbiyaviy tomonlariga alohida etibor berish lozim. Chunki halq bayramlarida qadimiy va islomiy odatlar chatishib ketib ular odamlar o’rtasida mexr oqibati izzat hurat qadr qimmat muruvat kabi insoniy fazilatlarning ravnaq topishiga katta yordam beradi. Bayramlarning mazmuniga insoniylik, oliyjanoblik, sahiylik, raximdillik, mexr muruvvatlik kabi g’oyalar singib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |