12-Mavzu: Turizm bozorini sigmentlash.
O‘z-o‘zidan ma’lumki, yirik turistik operatorlar har qanday sharoitda ham turizm bozorida baholarni belgilanishida korcholonlik rolini o‘ynaydilar. Bu bozor segmentlarida, VIP – turlarda, ommaviy va yangi raqobatda, narx sharoitlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Siljitish funksiyasi, ya’ni turizm mahsuloti turoperatorning marketing faoliyatini belgilovchi muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Turloyihani maksimal rentabilligini ta’minlash uchun xususan, yangi yoki modifikatsiyalangan turoperator barcha ma’lumotlarni har qanday turini yoyilishida manfaat yuzasidan kirishadi (marshrut, transfer mablag‘larini taklif etilish, joylashtirish, bo‘sh vaqtlarni o‘tkazish, narx diapozoni taklifi, reklamalar). Axborotlashtirish funksiyasi zamonaviy turizm operatorlaridan ehtimol tutilgan dalillarni qayta ishlash, siljitish, turoperator realizatsiyasida (masalan, sayohatlarni farqli xususiyatlari, turistik markazlar va taklif etilgan xordiq chiqarish, turistik imkoniyatlari xususiyati, madaniyat va mahalliy aholining vakillari, yodgorlik va muqaddas joylar, kirim-chiqim hujjatlarining rasmiylashtirish jarayoni va boshqalar) kamnoma yoki umuman noma’lum xabarlar jarayonida namoyon bo‘ladi. Yangi turmahsulot bozor segmentini ehtiyojlarini ifodalabgina qolmasdan, o‘z modifikatsiyasidan kelib chiqqan holda uning sifatigina turoperatorga kelajakda shiddatli bozor raqobatida o‘z mavqeini saqlab qolishda asosiy tanyanch nuqta hisoblanadi. Har qanday sharoitda operatorni mijoz uchun kurash ham eniga va bo‘yiga kengayib borish manfaati bilan muofiqlashadigan (bir turistik yo‘nalishda sayohat xiliga ko‘ra) turizm to‘plamni maydonga chiqaradi.
13-Mavzu: Ekskursiya xizmatlarini amalga oshirishda boshqa turdagi korxonalar bilan oʻzaro hamkorlik.
Turistik mahsulot turistik bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda yoxud turistning yoki ekskursantning buyurtmasiga koʻra turoperator tomonidan shakllantiriladigan, turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan turistik xizmatlar majmuidir.Turoperatorning turistik mahsulot jumlasiga kiruvchi alohida turistik xizmatlarni koʻrsatuvchi shaxslar bilan shartnomalar tuzishga va ularni ijro etishga doir faoliyati turistik mahsulotni shakllantirishdir.Turistik mahsulotni realizatsiya qilishga (reklama qilishga, ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishga, kataloglar, bukletlar nashr etishga va boshqalarga) qaratilgan chora-tadbirlar majmui turistik mahsulotni targʻib etishdir. Turoperator turistlar va ekskursantlarga turistik mahsulot jumlasiga kiruvchi turistik xizmatlar majmui yoki ularning bir qismi mustaqil ravishda yoki alohida turistik xizmatlar koʻrsatuvchi shaxslarni jalb etgan holda koʻrsatilishini taʼminlaydi. Turoperator turga kiruvchi xizmatlarga boʻlgan huquqni alohida turistik xizmatlar koʻrsatuvchi shaxslar bilan yoki turga kiruvchi xizmatlarning barcha turlari koʻrsatilishini taʼminlovchi, turistlar va ekskursantlarni qabul qiluvchi turoperator bilan tuzilgan shartnomalar asosida oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |