12
4. Ishchi aralashmani yoqish usuliga qarab – elektr uchquni yordamida
(benzinli, gazli) va havoni yuqori bosimda siqish (dizelli)
yordamida;
5. Qo‘llanadigan yoqilg‘i turiga qarab – benzin, gaz va dizel yoqilg‘isi bilan
ishlaydigan;
6. Silindrlar soniga qarab - bir, ikki va hakozo silindrli;
7. Silindrlarni joylashishiga qarab – vertikal (tik), gorizontal (yotiq) va
burchak ostida o‘rnatilgan;
8. Aralashmani silindrga to‘ldirish usuliga qarab - oddiy (porshen yordamida),
qo‘shimcha kuch ostida to‘ldirish (kompressor yordamida)
9. Sovutish usuliga qarab - suyuqlik va havo yordamida sovutiladigan turlarga
bo‘linadi.
1.9-rasm. To‘rt taktli dvigatellarning ishlash sxemasi:
Yengil, kam va o‘rta yuk ko‘taradigan avtomobillarda ko‘p silindrli
karbyuratorli dvigatellar qo‘llaniladi. Bu dvigatellarda aralashma siliindr
tashqarisida (karbyuratorda) hosil etiladi va elektr uchquni bilan yondiriladi. Ish
sikli porshenning nechta yo‘lida bajarilishiga qarab to‘rt
taktli va ikki taktli
dvigatellarga bo‘linadi. Dvigatellarda tirsakli val aylantirilsa, porshen silindr ichida
ilgarilanib qaytib to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi. Porshenning tirsakli val o‘qidan
eng uzoqlashgan nuqtasi yuqorigi chekka nuqta (YU. CH. N) deb ataladi.
Porshenning val o‘qiga eng yaqinlashgan nuqtasi pastgi chekka nuqta (P. CH. N)
deb ataladi.
Chekka nuqtalar orasidagi masofa porshen yo‘li (S) deb ataladi. Porshenning
har yo‘li ichida bajariladigan jarayon takt deb ataladi. YU. CH. N. da turgan
porshenning tepasida hosil bo‘ladigan hajm siqish kamerasining hajmi (Vs)
deyiladi.
Porshen YU. CH. N. dan P. CH. N. gacha harakat etib bo‘shatadigan hajmi
silindrning ish hajmi (V
h
) deyiladi. V
h =
(
D
2
/4)
(S/1000), (l)
bunda: D- silindr diametri (mm); S- porshen yo‘li (mm).
Dvigatel silindrlari ish hajmini silindrlar soniga ko‘paytmasi dvigatelning
litraji (V
l
) deb ataladi. V
l =
(
D
2
/4)
(S/1000)
i q V
h
i , (l)
13
P. CH. N da turgan porshen tubining tepasidagi hajmi silindrning to‘la hajmi
deb ataladi. V
a =
V
h
+ V
c
Silindr to‘la hajmining siqish kamerasining hajmiga nisbati dvigatelning
siqish darajasi (E) deyiladi.
E = V
a
/V
c
= (V
h +
V
c
)/V
c
= V
h
/V
c
= 1 ; E
kar =
6 . . . 10; E
diz =
13 . . . 20
Dvigatellar ishlayotgan vaqtda uning silindrlarida
doimiy takrorlanadigan
kompleks ketma-ket jarayonlar (kiritish, siqish, ish bajarish, chiqarish) sodir
bo‘ladi. Shu jarayonlar ma’lum tartibda takrorlana beradi. Silindrlarda
takrorlanadigan barcha jarayonlar dvigatelning ish
jarayoni yoki ish sikli deb
ataladi.
6
I.Kiritish takti.
Kiritish klapanlari ochiq, chiqarish klapanlari yopiq xolatda
bo‘ladi. Porshen YU. CH. N. dan P. CH. N. tomonga tirsakli valning xisobiga
harakatlanib, silindrlarda siyraklanish hosil qiladi. Silindrga toza havo(dizel
dvigatellarda) yoki xavo bilan yonilg‘i aralashmasi(karbyuratorli dvigatellarda)
to‘ldiriladi. Kiritish taktida bosim 0,08-0,09 mPa, harorat 300-340 K bo‘ladi. (K-
kelvin).
II. Siqish takti.
Ikkala klapan yopiq bo‘lganligi
sababli silindrlarda havo
siqiladi. Bosim 3,5 . . . 4,0 MPa harorat 780-900 K gacha ko‘tariladi. Siqish
taktining oxirida forsunkadan yuqori bosim bilan yonilg‘i purkaladi. Aralashma
hosil bo‘lib, qizigan havo haroratidan alangalanadi. Gaz bosimi 5,5. . . 9,0 MPa
gacha, harorat 1900. . . 2400 K gacha ko‘tariladi.
III. Ish yo‘li takti.
Dizellarda siqish taktida aralashma yonib tugamasdan ish
yo‘li
taktida ham, yonishda bir oz davom etadi. Ish yo‘li taktining oxirida
silindrlardagi bosim 0,2. . . 0,3 MPa, harorat esa 900. . . 1200 K gacha pasayadi.
IV. CHiqarish takti.
Bu taktda yonib bo‘lgan ish aralashma silindrdan
chiqarib yuboriladi. CHiqarilgan gazlarning bosimi takt oxirida 0,11-0,12 MPa,
harorat 650... 900 K atrofida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: