1-mavzu. TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNING TASNIFI VA ASOSIY
QISMLARI. ICHKI YONUV DVIGATELLARI. DVIGATEL MEXANIZM VA
TIZIMLARI
Reja:
1. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashning ahamiyati va rivojlantirish
istiqbollari. Traktorlarning rivojlanish tarixi, ularning vazifasi,
tuzilishi va ishlash
jarayoni;
2. Traktorlarning tasniflanishi va texnik ko‘rsatkichlari; Traktorlarni qishlq
xo‘jaligida qo‘llanishi.
3. Dvigatelning vazifasi, tuzilishi va ish jarayoni;
4. Dvigatelning asosiy mexanizm va tizimlari; Dvigatellarning tasniflanishi.
Tayanch iboralar:
traktor, ichki yonuv dvigateli, transmissiya, yurish qismi,
boshqarish mexanizmi, ishchi jihozlari, g’ildirakli va zanjirli traktor, traktor turlari,
krivoship-shatun mexanizmi, gaz taqsimlash mexanizmi, dvigatel tizimlari, ish
jarayoni, dvigatel turlari.
1.Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashning ahamiyati va rivojlantirish
istiqbollari. Traktorlarning rivojlanish tarixi, ularning vazifasi, tuzilishi va
ishlash jarayoni
Qishloq xo’jaligi oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga sanoat uchun ham xom-
ashyo ishlab chiqaradi. Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish va yig’ishtirib olishda
bir nechta texnologik jarayonlar (ishlar) qo’l mehnati,
mashina va mexanizmlar
hamda avtomatik vositalar yordamida bajarilishi mumkin.
Qo’l mehnati bu dehqonchilikda bajariladigan ishlarning kishilar mehnati orqali
bajarilishidir.
Mexanizatsiyalashgan ishlar bu dehqonchilikda bajariladigan ishlar mashina va
mexanizmlar yordamida bajarilishidir. Bunda inson mehnatidan texnikalarni
boshqarishda foydalaniladi.
Avtomatlashtirilgan ishlar bu dehqonchilikda bajariladigan ishlar avtomatik
qurilmalar yordamida nazorat qilinishi va bajarilishidir.
Bugungi kunda qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo’l
mehnatidan voz kechilishiga o’tilmoqda. Qishloq xo’jalik
ekinlarini yetishtirish va
yig’ishtirib olishda qo’l mehnatidan mexanizatsiyalashgan ishlarga o’tishda kishilar
mehnatidan texnikalarni boshqarishda foydalanilgan. 1 kishi juda qattiq harakat qilsa
1 kunda 10 sotixgacha maydonni ag’darishi mumkin. Agarda yuqori unumli traktorga
plugni agregatlab ishlatilsa 1 nafar mexanizator lalmikor maydonlarda 20…30 gektar
yerni shudgor qilishi mumkin. Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda
mexanizatsiya vositalaridan foydalanish texnologik jarayonlarni (agrotexnik
tadbirlarni) qisqa muddatlarda sifatli bajarish imkoniyatini beradi. Natijada ma’lum
ekin maydonlaridan yuqori hosil olish imkoniyati yaratiladi. Dala sharoitlarida
hamma vaqt ham insonning qo’l mehnati qilishi uchun sharoit yetarli bo’lmaydi.
Dunyoda aholi sonining ko’payishi oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan
talabini
oshishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun yer tabiiy resurslaridan, yangi tejamkor
texnologiyalardan va serunum zamonaviy traktor va qishloq xo’jalik texnikalaridan
foydalanib, oziq-ovqat xavfsizligi masalasini yechish imkoniyati yaratiladi.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirish istiqbollari. Qishloq xo’jaligi
rivojlangan
mamlakatlarda barcha texnologik jarayonlarni nafaqat mexanizasiyalashtirish, balki
avtomatlashtirish ham amalga oshirilmoqda. Hattoki, sanoatlashgan va to’liq
avtomatlashgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish tizimi yo’lga
qo’yilmoqda.
Respublikamizda ham paxta yetishtirish va yig’ishtirib olishda ayrim paxta
to’qimachilik klasterlarida mexanizatsiya vositalaridan foydalanish 85-90%
gacha
chiqmoqda. Hattoki ayrim issiqxonalarda qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish va
yig’ishtirib olish jarayonlari 100% mexanizasiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan.
Demak, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va yetishtiriladigan mahsulotlar
tannarxini kamaytirish mexanizasiyalash va avtomatlashtirish tizimini yanada
rivojlantirishni taqoza etadi.