1-mavzu. Tolali materiallarni quritish va namlash fanining maqsadi va vazifalari va qo’llaniladigan asosiy uskunalari to’g’risida umumiy ma`lumotlar Reja


O’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi



Download 37,15 Kb.
bet3/5
Sana23.06.2022
Hajmi37,15 Kb.
#697688
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MA\'RUZA

O’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi.
«Tolali materiallarni quritish va namlash» fanini o’rganish (o’zlashtirish) uchun talabalarga kerak bo’ladigan fanlardan bilishi lozim bo’ladigan quyidagi asosiy bo’limlari haqidagi ma’lumot:
“Matematika” fanidan - differentsial tenglamalar, xosilalarni,”Fizika” fanidan - tabiatning asosiy qonunlari, diffuziya qonuniyatlarini, ”Issiqlik texnikasi”dan - issiqlik hisoblari, issiqlik o’tkazuvchanlik va issiqlik o’zatish, havo va bug’ning asosiy xossalari, ko’rsatkichlari va xokazo. “Gidravlika”dan - gidrodinamikaning asosiy qonunlari, ventilyatorlar, nasoslarni, “Avtomatika” - datchiklar, haroratni bir meьyorda ushlab turuvchi moslamalar va xokazo.
“Elektrotexnika” - energiyaning sarflanishi, quvvat, haqidagi ma’lumotlarni bilishlari bilan o’zaro aloqada bo’ladi.
Fanni o’qitishdagi yangi texnologiyalar.
Fanni o’qitish jarayonida yangi zamonaviy kompьyuterlardan va uning yordamida internet tarmog’i orqali olingan ma’lumotlar texnologiyalaridan video, audio texnikalaridan va o’qitishni zamonaviy o’qitish uslub vositalaridan foydalaniladi
Fanning o’qitish sistemalari va uslubiy ko’rsatmalari.
Ushbu fan “Tabbiiy tolalarni dastlabki ishlash” va“To’qimachilik sanoati maxsulotlari texnologiyasi” yo’nalishdagi “Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va jihozlari” balavrlar uchun mo’ljallangan bo’lib, 5-semestrda o’qitiladi. Ushbu semestrda ma’ruza, laboratoriya ishlari va mustaqil vazifalarini bajaradi. Mazkur o’quv dasturida «Tolali materiallarni quritish va namlash» fanini o’rganish asosida ilmiy izlanishlar olib borish uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar, o’qitiladigan mavzular, mustaqil ishlar mazmuni, foydaniladigan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.
Fandan bajarilgan laboratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlarning hisob kitoblari asosan kompyuterlarda bajariladi. Fanni o’rganish uchun talaba kompyuterlarda mustaqil ishlay bilishlari kerak.
Paxta xom ashyosining namligi.
Terib olingan paxta xom ashyosini iflosliklari va namligi yuqori bo’lishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
-paxta ko’sagi ochilish jarayonida undagi paxtani namligi 105-130% gacha bo’lib u to’liq ochilishi natijasida (2-3 kunda) uni namligi (havoning xarorati -20-30 0S nisbiy namligi 60-65% bo’lsa) 7-8 % gacha pasayadi. Havo harorati past bo’lib nisbiy namligi 65 % dan yuqori bo’lgan holatlarda paxta namligi ham mos ravishda yuqori bo’ladi.
- paxta dalalarini qoniqarsiz defolyatsiyalanganligi natijasida paxtaga ko’p namligi yuqori bo’lgan ko’k barglar qo’shilib qolishi;
- terim barvaqt, ertalab amalga oshirilishi. SHudring tushishi va yog’ingarchilikdan so’ng darxol terilishi.
- to’liq ochilmagan ko’saklardan paxta terilishi.
Tayyorlanayotgan paxta xom ashyosining sifati uning navi, namligi, ifloslanishi, tashqi ko’rinishi bilan aniqlanadi. Paxta xom ashyosining namligi uni texnologik va tovar qiymatiga ta’sir qiluvchi muhim ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi. Respublikamizda tayyorlanadigan paxta xom ashyosining o’rtacha namlik me’yorlari O’zDst 615-08 “Paxta. Texnik shartlar” davlat standartida belgilangan va u 1-jadvalda ko’rsatilgan.
Modomiki, paxta xom ashyosi paxta tozalash korxonalariga katta partiyalarda olib kelinar ekan, uni bir vaqtning o’zida barchasini qayta ishlashning iloji yo’q, ularning ko’pgina qismini uzoq vaqt davomida saqlashga to’g’ri keladi. Saqlanayotgan vaqtda namligi yuqori paxta hom ashyosini tashqi ko’rinishi va tolasini pishiqligi tez pasayadi, paxta chigiti esa qizib ketib fizik mexanik xususiyatlarini yo’qotishi mumkin. Paxtani qayta ishlash jarayonida esa, texnologik mashinalarni normal ish rejimi buziladi, tozalash samaradorligi pasayadi va paxta homashyosini texnologik mashinalar tirqishida tiqilib qolishi yuz beradi. Yuqori sifatli tolani olish va texnologik mashinalarni yaxshi ishlashini ta’minlash uchun paxta xom ashyosini zudlik bilan quritish va uni namligini 7-8 %ga tushirish lozim.
1-jadval
Paxtaning sinflari bo’yicha ifloslikning massaviy ulushi
va namlikning massaviy nisbatini cheklangan me’yorlari, foiz

Paxta navi

1 sinf

2-sinf

3 sinf

Iflos-likning massaviy ulushi

Namlikning massaviy nisbati

Iflos-likning massaviy ulushi

Namlikning massaviy nisbati

Iflos-likning massaviy ulushi

Namlikning massaviy nisbati

I

3,0

9,0

10,0

12,0

16,0

14,0

II

5,0

10,0

10,0

13,0

16,0

16,0

III

8,0

11,0

12,0

15,0

18,0

18,0

IV

12,0

13,0

16,0

17,0

20,0

20,0

V

-

-

-

-

22,0

22,0

Paxtani quritish, ya’ni namlikni undan chiqarish maxsus qurilmalarda-quritgichlarda yoki ochiq havoda amalga oshiriladi. Tabiiy quritish ko’p joyni, ko’pgina ishchi kuchini, ob-havo sharoiti bilan bog’liq bo’lgan sharoitni talab qilgan holda sekin amalga oshiriladi. SHuning uchun u paxta tozalash sanoati uchun qo’llanilmaydi.


1954 yildan boshlab paxta xom ashyosini sanoat usulida quritish aerofantan, tasmali, minorali va boshqa quritgichlarda amalga oshirilgan.
Ushbu quritgichlarda quritish paxta ekish xo’jaligida qo’l mehnatini katta sarfi xisobiga amalga oshirilar edi. Quritish jarayoni uzlukli, barcha tsikl bir necha soat davom etar edi. Quritgichlar paxta xom ashyosi massani bir tekisda quritishni ta’minlay olmagan. Bu esa tolaning sifatini tushib ketishiga olib kelgan.
Paxta xom ashyosini ishlab chiqarishni o’sishi, xosilni mashinada teriishni joriy qilish natijasida terish muddatini qisqarishi natijasida paxta xom ashyosini quritishda og’ir qo’l mehnatini kamaytirish hamda paxta xom ashyosini tabiiy sifat ko’rsatkichini va xizmat qilayotgan xodimlarni xovfsizligini ta’minlovchi, yuqori unumdorlikka ega bo’lgan quritgichlarni yaratish zarurati paydo bo’lgan. Uzluksiz harakatlanadigan, yuqori samaraga ega mexanizatsiyalashgan quritgichlar yaratildi. natijada quritish va tozalashda qo’l mehnati sarfini sezilarli darajada qisqartirishga erishiladi.
Hozirgi paytda paxta xom ashyosini quritish uchun baraban tipidagi yuqori unumdorli 2SB-10, SBO quritgichlari qo’llanilmoqda.

Download 37,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish